Тактиканинг фан сифатида вазифалари


SHaxsiy ishlatish suv tozalash vositalarining tavsifi



Download 15,2 Mb.
bet224/224
Sana17.01.2022
Hajmi15,2 Mb.
#381732
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   224
Bog'liq
Тактик ва тактик-махсус тайёргарлик лотин

SHaxsiy ishlatish suv tozalash vositalarining tavsifi

T/r

Ko‘rsatgichlar

BIP-1

«Rodnik»

«Vega»

«Biryuza»

1.

Ishlab chiqarish unumdorligi, sh/t

0,6-1,0

1,5-2,0

5-6

10

2.

Resursi

10

20

25

50-150

3.

Og‘irligi

80

120

300

700


2. Guruh ishlatish vositalari seksiya uchun suvni tozalashda qo‘llaniladi (hisob, ekipaj) unga qo‘yidagilar kiradi

- shaxsiy olib yurish filtri NF-30; - olib yurish filtri NF-45.



Guruh ishlatish suv tozalash vositalarining tavsifi

№ p/p

Ko‘rsatgichlar

NF-30

NF-45

1.

Ishlab chiqish unumdorligi, sh/t

30

45

2.

Suvni olishgacha yoyish vaqti, daqiqa

30 (60)

30 (60)

3.

Ishlash resursi jihozlarigacha, soat

75

50-190

4.

Jihozlash vaqti, daqiqa

8-10

10-15

5.

Hisob, kishi

1

1

6.

Og‘irlik to‘plami, kg

3

7,5

1. Tabelli vositalar (batalon, divizionni) dala sharoitida suv bilan ta’minlash punktida suvni topish va tozalash uchun qo‘llaniladi. Unga quyidagilar kiradi (3-jadval): - kichik trubali quduqlar MTK-2M; - matoli-ko‘mir filtr TUF-200.



Dala suv tozalash tabel vositalarining tavsifi

№ p/p

Ko‘rsatgichlar

MTK-2 m

TUF-200

PF-200

1.

Qazish chuqurligi

7

-

-

2.

Ishlab chiqish unumdorligi, m3/s

1,0 gacha

0,2

0,2-0,3

3.

YOyish vaqti, soat

3-4

1-1,5

1-1,5

4.

Hisobi, odam

3-4

2

2

5.

Yig‘ish vaqti, soat

1

0,5

0,5

6.

Og‘irligi, kg

200

95

100


Kichik trubali quduq (KTQ).

MTK-2M (KTQ) qo‘lda quduq qurish yo‘li orqali er osti suvlarini olish uchun qo‘llaniladi va nasos kalonkasi, trubalar va suv qabul qilish uskunasidan tashkil topgan.



SKO-8s. Kichik trubali quduq MTK-2M


Matoli-ko‘mir filtr TUF-200 va ko‘chma filtr PF-200 tabiiyifloslangan suvlarni tozalash, ularni zaharsizlantirish, zararsizlantirish va dezaktivasiya qilish uchun qo‘llaniladi. Komplektiga quyidagilar kiradi: - qo‘l nasosi, - suv uchun rezervuarlar RDV-100; - brezentli chelaklar; - filtrlovchi materiallar va reagentlar; - ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar. Komplektning og‘irligi 95 kg.
Tozalash texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- rezervuarda koagulyantli (alyuminli oltingugurtga o‘xshash nordon) joyida suvga ishlov berish; - xlorni ushlash preparati (NGK) vakalsinasiyali soda; -tinish uchun vaqt (30 daqiqagacha);

- qo‘l nasosi bilan blok filtrlariga suv berish va rezervuarga toza suv tushishi.

Suvga ishlov berishda ikkita rejimda tozalanadi. TUF-200 (PF-200) filtrlari bilan suvni tozalash rejimining texnologiyasi




Tozalash rejimi

Reogentlar, 2/100 l suv

Sorbent

Tinish vaqti, daqiqa

NGK yoki DTS GK

Sernonordon alyuminiy

Kalsinasiya qilingan soda

5 0S t oshganda

5 0S t kamayganda




10

30

10(1)

BAU MF(g)

yoki


KFEM

30

60




30

30

30

KFEM

60

120

Birlashma (qismlarni) dala sharoitida suv bilan ta’minlash va tozalash uchun quyidagi shtatli vositalar qo‘llaniladi:



  • harbiy filtrlash stansiyasi HFS-2,5;

  • harbiy filtrlash stansiyasi HFS-10;

  • avtomobil filtrlash stansiyasi MAFS-3;

  • harakatlanuvchi suvni tuzsizlantiruvchi stansiya OPS-5


SHtatli suv tozalash vositalari

T/r

Ko‘rsatgichlar

HFS-2,5

HFS-10

1.

Ishlab chiqish unumdorligi, m3/s

2,5

10

2.

YOyish vaqti, (suvni olishgacha) soat/daq.

15-20

30-35

3.


YOzda

qishda


0,6-0,7

0,6-0,7


1,5

2


4.

Yig‘ish vaqti, daqiqa

30

40

5.

Hisobi, odam

3

5

6.


Olib yuriladigan zaxira reagentlar bilan ishlash davomiyligi, soat

100

100

MTK-2M rusumli kichik trubali quduqdan suv bilan ta’minlash punkti:

1 – kichik trubali quduq MTK-2M; 2 – suv tortish qatlami;

3 – rezervuar RDV-100; 4 – suv idishlarni to‘ldirish uchun shtat;

5 – niqoblash qatlami; 6 – aloqa yo‘li; 7 – to‘ldiradigan idish (kuxnya)





MTK-2M rusumli kichik trubali qudug‘i
Suv buloqlarida tuziladigan suv ta’minoti punktlari, odatda har bir batalonda jihozlanadi, qoidaga ko‘ra, batalon oziq-ovqat ta’minoti punktlari joylashgan joylarga yaqinroq joylarda.

Mudofaada ularni vzvodlarda (batareyalarga) joylashtirish maqsadga muvofiqdir.

Batalonlarda o‘z suv ta’minoti punktlarini bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa (ayniqsa suvsiz, suv kam bo‘lgan joylarda va suv manbaalarining ustini ommaviy zaharlanish sharoitlarida harakatlanganda) bo‘linmalarni xo‘jalik – ichimlik ehtiyojlari uchun suv olinadigan kolonkalardan ta’minlanadilar. Ushbu punktlardan tuzilgan (tashib keltirilgan) suv zaxiralarini jangovar harakatlar olib borilayotgan tumanlarda) yoki unga yaqinroq joylarda tarqatish tashkillashtiriladi. Ba’zida suv olinadigan kolonkalar batalonda ham tuzilishi mumkin.

Suv buloqlarni razvedka qilish, qazib chiqarish va tozalash, suv ta’minoti punktlarini qurish, suvni tashish va saqlash uchun bo‘linmalarni yumshoq idishlar bilan, hamda uni tozalash vositalari bilan ta’minlashni qism muhandislik xizmati boshlig‘i tashkillashtiradi. Suv buloqlarini razvedka qilishda muhandislik xizmati mutaxasislaridan tashqari, qism kimyo va tibbiy xizmat shaxsiy tarkibi va bo‘linmalari qatnashadi.

Suv ta’minot pukntlarini (suv olinadigan kolonkalarni) qo‘riqlash va ularni yaroqli holda saqlashni qaysi bo‘linmalar undan foydalansa shu bo‘linmalarning kuch va vositalari yordamida amalga oshiriladi.

Suv ta’minot punktlari va suv olinadigan kolonkalarda doimiy suvni sifatini nazorat qilish uchun dozimetrik, kimyoviy va sanitar nozorati yuritiladi. Ushbu vazifa qism kimyo xizmati boshlig‘i va katta vrachiga, kimyo yo‘riqchi dozimetristiga va batalon feldsheriga va vzvodlar sanitar yo‘riqchilariga yuklatiladi.

Xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlar uchun suvda kasal qo‘zg‘atuvchi mikroblar bo‘lmasa istemol qilinadi. Uning tarkibida radiofaol, zaharlovchi moddalar va toksinlar (zaharli modda) tibbiy xizmat tomonidan ko‘rsatilgan o‘lchamlardan oshib ketmasligi lozim.

Suv olinadigan kolonkalar avvalom bor, xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlari uchun zaxira suvlarini saqlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqsadlar uchun tabelda mavjud bo‘lgan muxandis-saperlar bo‘linmalarining rezina matohli suv rezervuarlaridan (RDV-5000, RDV-3000, RDV-1500, RDV -100 va RDV -12), qismning tabel vositalari - avtosisterlari ASPT-4,1 va SV-1,2 boshqa turdagi suv tashish uchun mo‘ljallangan idishlardan foydalaniladi.

Tabeldagi suv rezervuarlari suv olinadigan kolonkalarda, rezinli matohni ishdan chiqaruvchi har xil buyumlardan tozalangan tekis maydonlarda o‘rnatiladi.

Suvni uzoq muddatlarga saqlashda, suvni saqlash maydonlaridagi suv saqlash rezervuarlarining ostiga yog‘ochli taxtalar, samon, qamish va sh.o‘. buyumlar yoyiladi. Suv to‘ldirilishidan oldin tabeldagi suv rezervuarlari loydan tozalanib yuvilib dezinfeksiya qilinadi. Suv zaxirali rezervuarlar pana joylarda yoki quyosh nuri va unga loy va changlar tushmaydigan joylarda o‘rnatiladi. RDV-3000 va RDV-5000 suv rezervuarlari ularning to‘plamidagi bor qopqoqlari yordamida yopiladi, RDV-12, RDV-100, RDV-15 rezervuarlarida esa og‘zi bog‘lanadi. Mahalliy idishlar uchun ham yopiladigan qopqoqlarni nazarda tutish kerak.

Suv uzoq muddatlarga saqlanganda vaqti - vaqti bilan 0,8 – 1,2 mg/l oshmagan xlor bilan xlorlanib turiladi. Qaynatilgan suv bir sutkagacha saqlanishi mumkin, undan keyin uni qaytadan qaynatiladi yoki xlorlanadi. Ba’zi paytlarda mudofaada va uzoq muddatda joyda joylashganda suv olinadigan kolonkalarda suv ochiq suv havzalarida (kotlovanlarda, o‘ralarda), jihozlangan suv o‘tkazmaydigan tuproqlarda saqlanishi mumkin. Suv havzalarining devorlarini va ostini dezinfeksiya qilingan matohlar-brezentlar, sintetik plenkalar bilan oldinroq yopiladi. Suv rezervuarlarini va boshqa idishlarni tayyorlash uchun, ularni suvga to‘ldirish, va suv sifatini nazorat qilish uchun jalb qilinadigan shaxsiy tarkib, hamda uni tozalash, tashish va tarqatishda shaxsiy va jamoa gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari zarur. Ularni suv ta’minoti vazifalarini bajarish uchun ijozat berish qism va batalon tibbiy xizmat ishchilari nazorati ostida o‘tkaziladi.

Jang boshlanishidan avval bo‘linmalarning xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun bo‘linmalarda suv zaxiralari flyagalarda, termoslarda, kanistra va boshqa bor kichik idishlarda, hamda barcha texnikalarga suv quyish orqali amalga oshiriladi. Batalondasuv zaxiralari oshxonalarda, termoslarda, turli tabelli rezervuarlarda, ayrim hollarda esa qismdan ajratilgan idishlarda ham tuziladi.

Mudofaada qism suv ta’minoti punktidan (suv olinadigan kolonkalardan) BOOTPgacha yoki batalon suv olinadigan kolonkalarigacha suvni tashib keltirishni qism komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining farmoyishi va vositalari yordamida tashkillashtiriladi.

BOOTPgacha yoki batalon suv olinadigan kolonkalaridan bo‘linmalargacha suvni etkazib berish batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining farmoyishiga asosan batalondagi va biriktirilgan transportlardan foydalaniladi, qoidaga ko‘ra, issiq ovqat ham bir vaqtning o‘zida etkazib beriladi. Buning uchun qism shtat tabelidagi – sisternali avtomobillar ASPT-4,1 va SV-1,2 va avtomobil kuzovida joylashtiriladigan RDV-1500 va RDV-100 vositalaridan foydalaniladi va suv istemol mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan turli turdagi idishlar ham ishlatiladi.

Bo‘linmalarga suvni etkazib berish uchun RDV-12 rezervuarlaridan, flyagalar, qozonchalar, termoslar, ko‘chma oshxonalarda va mahalliy vositalarida foydalanish mumkin. Suvni vzvod (batareya)ga texnik maqsadlarda tashib keltirishni batalon komandirining front orti bo‘yicha o‘rinbosari ushbu bo‘linmalar vositalari yordamida tashkillashtiradi. Maxsus ishlov berish punktlarini suv ta’minotini qism kimyo xizmati boshlig‘i tashkillashtiradi.

Mudofaada, hamda bo‘linmalarni joyda joylashganda ularni suv bilan ta’minlash mudofaa tumanidagi yoki unga yaqinroq joylarda quriladigan suv olinadigan kolonkalardan ta’minlanadi. Bo‘linmalarni asosiy kuchlardan ajralgan holda harakatlanganida, avvalo ta’minot chizig‘ida va oldingi pozisiyada, suvni issiq ovqat bilan birgalikda etkazib beriladi. Qo‘shinlarni suv bilan ta’minotini tashkillashtirish, asosan suvni istemol qilishni minimal me’yorlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Xo‘jalik-istemol ehtiyojlariga, masalan, motoo‘qchi va tankchilar bo‘linmalari uchun suv istemol qilish me’yori bir odamga sutkasida 10 l (2,5l choy va flyagalarga suv zaxirasini saqlash uchun, 3,5 l ovqat tayyorlash va oshxona inventarini yuvish uchun, 1 l shaxsiy idishlarni yuvish va 3 l yuvinish uchun).
Issiq iqlimli tumanlarda xo‘jalik-ichish ehtiyojlariga (sutkasiga bir odamga litrda) sarflanish me’yori


Nima uchun sarflanishi

To‘liq me’yor

Qisqartirilgan me’yor

CHoy va suvdonlarda suv zaxirasiga

4,0

4,0 (3- sutkadan ortiq emas)

Ovqat tayyorlash, maxsulotlarga ishlov berish, qozon va jihozlarni yuvishga

3,8

Qozonchalar va krujkalarni yuvishga

1,2

YUvinishga

6,0

Jami:

15,0

Issiq iqlim sharoitlarida harakatlanganda suvni istemol qilish bir odam uchun sutkasida 15 litrdan oshmasligi kerak (4 l choy va flyagalarga suv zaxirasini saqlash uchun, 3,8 l ovqat tayyorlash va oshxona inventarini yuvish uchun, 1,2 l shaxsiy idishlarni yuvish va 6 l yuvinish uchun). Ayrim vaziyatlarda, ayniqsa suv manbaalari ommaviy zaharlanganda yoki suv kam bo‘lgan hududlarda harakatlanganda, shaxsiy tarkibga suv berish kamida ruxsat etilgan me’yorlarda faqat ichish uchun bir odamga mo‘tadil iqlim sharoitlarida 2,5 l beriladi (5 sutkadan ortiqroq bo‘lmasligi) va issiq iqlim sharoitlarida 4 (3 sutkadan ortiqroq bo‘lmasligi).

Batalon tibbiyot punktini jang davomida va ommaviy kasallar va yaradorlar kelganda ishlashini ta’minlash uchun uning sutkalik suv bilan ta’minoti 0,3-0,5 m3 ni tashkil etadi.

SHaxsiy tarkibni sanitar ishlov berish va cho‘miltirish uchun suvga bo‘lgan talabi odatda bir odam uchun 45 l hisobidan aniqlanadi. Bir kilogramm ichki kiyimni (ust-boshni) mexanizasiyalashgan usulda yuvilganda 60 l, qo‘lda yuvilganda – 35 l suv ketadi.

Qurol-aslahalarni, texnikalarni va moddiy vositalarni dezaktivasiya qilish uchun suvni sarflanishi quyidagicha ko‘rsatilgan: brandspoytlar yordamida ishlov berilganda bir g‘ildrakli mashinalar uchun – 70 l, zanjirli mashinalar uchun – 100 l, artilleriy to‘plari (minometlar) uchun – 40-60 l; eski lattani eritmada ivitib artilganda, birta avtomat (karabin ) uchun – 0,5 l, 1 t idishdagi oziq-ovqat uchun – 60 l, 1 t o‘q-dorilar va idishdagi texnik anjomlar uchun – 10 l; 100 kg ust - boshlarni maxsus eritmadan yuvish uchun - 50 l.

Texnik ehtiyojlari uchun suvga bo‘lgan talab quyidagini tashkil qiladi: birta g‘ildrakli mashinani yuvishga – 75 l, zanjirli mashina – 150 l, artilleriya, to‘plar (minomet) – 40 l; birta g‘ildrakli mashinani sovutish tizimiga suv quyish uchun – 75 l, zanjirli mashina – 150 l, artilleriya to‘plari (minometlar) – 40 l; birta g‘ildrakli mashinani sovutish tizimiga qo‘shimcha quyish uchun – o‘rtacha 1,5 l va zanjirli mashinalarga sutkasida 8 l.


MUNDARIJA

1. Kirish ……………………………………………………………………… 3

1.1. Umumqo‘shin jangi asoslari......................................................................................... 4

1.2. Zamonaviy umumqo‘shin janglari asoslari................................................... 8

2. Mudofaa......................................................................................................... 14

2.1. Guruh mudofaada...........................................................................................15

2.2. Mudofaaga quyilgan talablar va uning xususiyatlari......................................16

2.3. Mudofaadagi guruhning jangovar imkoniyatlari............................................17

2.4. Motoo‘qchi guruhning tayanch punkti............................................................20

3. Hujum.............................................................................................................22

3.1. Guruhning hujumdagi o‘rni va roli.................................................................26

3.2. Guruhning jangovar imkoniyatlari..................................................................27

3.3. Hujumni tashkil etish......................................................................................29

4. Marsh va safardagi muhofazalanish............................................................... 30

4.1. Guruhning (seksiya) marshdagi harakatlari ................................................... 35

4.2. Motoo‘qchi (tank) guruhi (seksiya, tank) safar muhofazalanishida........……37

5. Hududga joylashuv va poyloqchi qo‘riqiov .................................................. 40

5.1. Motoo‘qchi (tank) guruhi (seksiya, tank) soqchilik muhofazalanishida…….42 6. Qo‘shinlar maxsus harakatlarining asosi.........................................................45

6.1. Davlat yoki ma’muriy (ichki hudud rayonini o‘rab olishda) chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirish bo‘yicha harakatlar................................................. 47

6.2. Motoo‘qchi guruh (seksiya) blokpost tarkibida.............................................. 48

6.3. Mudofaa va hujum xarakteriga ega bo‘lgan qo‘shinlar maxsus harakatlarini olib borish ....................................................................................................... 52

6.4. Hujum xarakteriga ega bo‘lgan qo‘shinlar maxsus harakatlarini

olib borish........................................................................................................ 53

6.5. Qo‘shinlarning maxsus harakatida artilleriya bilan dushmanni

yakson qilish davrlari...................................................................................... 55

6.6. Noqonuniy qurollangan tuzilmaning tashkiliy shtat tuzulishi,

qurol-aslaxalari va taktik harakatlari.............................................................. 57

7. YAshovchanlik asoslari va omillari............................................................... 62

7.1. Bazalar tayyorlash va ularning mo‘ljallanishi............................................... 63

7.2. Bazada o‘rnashuvni tashkillashtirish............................................................. 64

7.3.Turli sharoitlarda yashovchanlik uchun qo‘lbola anjomlar tayyorlash

va tirik qolish omillari..................................................................................... 68

8. Xarbiy topografiya...........................................................................................72

8.1. Joyning jangovar vaziyatini elementi.............................................................74

8.2. Joyning mahalliy elementlari.........................................................................79

8.3. Joyning texnogen ob’ektlari...........................................................................81

8.4. Joyda o‘lchash ishlarini bajarish....................................................................83

8.5.Topografik kartalar, ularning mazmuni, maqsadiga ko‘ra

tasniflanishi va mo‘ljallanishi.........................................................................89

8.6. Kartada ob’ekt (nishon)lar koordinatalarini aniqlash


geografik koordinatalarni aniqlash..............................................................100

9. Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalarni texnik ta’minoti bo‘yicha asosiy tushunchalar.................................................................................................104

9.1.Texnik ta’minotning asosiy vazifalari (tadbirlari).........................................107

9.2. SHaxsiy tarkibning texnik va maxsus tayyorgarligi.....................................109

9.3. Hujumga tayyorgarlik vaqtida texnik ta’minot.............................................113

9.4.Bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining

hujumga tayyorgarlikdagi ishi........................................................................118

10. Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalarni mudofaadagi

texnik ta’minoti..........................................................................................134

10.1.Bo‘linma komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining

mudofaaga tayyorgarlikdagi ishi..................................................................138

11. Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalarning harakatlanish

(ko‘chish) vaqtidagi texnik ta’minoti............................................................146

11.1.Marsh davomida texnik ta’minot.................................................................151

11.2.Tashishlar vaqtidagi texnik ta’minot...........................................................155

11.3. Qurolli majaroda maxsus qo‘shin harakatlarini

o‘tkazish vaqtidagi texnik ta’minot............................................................162

12. Tankchi (motoo‘qchi) bo‘linmalarning maxsus sharoitlardagi texnikta’minoti............................................................................................166

13. Moddiy ta’minot..........................................................................................180

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 6 noyabr 2004 yildagi №877/8/175/149/365-sonli qarori «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining oziq-ovqat ta’minotini takommillashtirish».

  2. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 6 noyabr 2004 yildagi №878/9/176/150/366-sonli qarori «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining ovqatlantirishni tashkillashtirishni yagona talablari».

3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 3 iyul 2013 yildagi 500-sonli buyrug‘i «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘shinlar xo‘jaligini boshqarish harakatini joriy qilish».

4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996 yildagi 16-sonli buyrug‘i «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga urush vaqtida hammom - kirxona xizmatini ko‘rsatish».

5. Quruqlikdagi qo’shinlarning jangovar nizomi III qism Guruh, seksiya, tank

(to’ldirilgan va o’zgartirilgan ikkinchi nashr) O‘R MV 2019 yil 5 sentyabrdagi 010-sonli buyrug‘i bilan kuchga kiritilgan – Toshkent.

6. Tankotexnicheskoe obespechenie tankovыx (motostrelkovыx) podrazdeleniy v boevыx usloviyax VI 1989 g.

7. Boevoy ustav suxoputnыx voysk CHast 2. VI 2004 g.

8. Rekomendatsii po oformleniyu i vedeniyu boevыx graficheskix dokumentov” Voennaya akademiya VS RU. Tashkent 2002 g.

9. Taktika motostrelkovoy, tankovoy rotы i batalona. kniga 2. VI 1986 g.



10.Nastavlenie po tankotexnicheskomu obespecheniyu voysk. (Prikaz MORU № 56 ot 27.01 2004 g.) Tashkent 2004 g.





Download 15,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish