Dala feldsherlik to‘plami kichikroq yashikda jihozlanadi ungaquyidagilar kiradi:
Qaytarma stol; - maxsus ro‘yxatdagi tibbiy dori-darmonlar yig‘imi, shuningdek morfiy, kofein, kamfara ampulada, yod damlamasi, anestezin, nitrogliserin, poliantibiotik, polianatoksin, qusish vositalari, nurlanishga qarshi preparat; - oddiy asboblar (qaychilar, pinsetlar, shprislar); - qon ketishini to‘xtatuvchi qisgich, jgutlar, kleenka, shprislar uchun idish, spirtli lampochka, harorat o‘lchagichlar.
Kimyoga qarshi vositalar sumkasi bakteriyalarni o‘ldiradigan xususiyatli degazasiya qilish eritmasi saqlanadi. Sanitar sumkasi asosan bog‘lov materiallari, kasal bo‘lganlarga yordam ko‘rsatish uchun tibbiy dori darmonlar (kofein-benzoat natriya v tabletkalarda, yod damlamasi, nashatir spirti), jgut, bog‘ pichog‘i va boshqa anjomlar bilan butlanadi.
Batalon tibbiyot punktini jihozlash uchun B-1va B-2 to‘plamlari berilishi mumkin.
B-1 to‘plami - mikroblardan tozallangan (sterillangan) tayyor toza turli bog‘lovlar, bintlar, paxta oliy navli (gigroskopik va oddiy), dokali salfetkalar, tibbiy ro‘mollarni o‘z ichiga oladi.
B-2 to‘plami transportli bel shinalari, fanerli shinalar, to‘rli va plastmassali, hamda – pastki jag‘ni ushlab turuvchi shinalarni o‘z ichiga oladi. YAradorlarni jang maydonidan batalon tibbiyot punktiga olib borish uchun kichik o‘lchamli sanitar transportyorlari, qiyin joylardan yaradorlarni olib chiqadigan to‘plamlar, qishda chang‘i-narvonli qurilmalar, kimyoviy isitgichlar, yotish qoplari, paxta-dokali konvertlar, mo‘ynali odeyalar berilishi mumkin.
Suv ta’minoti
Qo‘shinlarni suv bilan ta’minlashning vazifalari, nafaqat suvsiz va kam suv manbaalari bo‘lgan tumanlarda, balki suvga boy tumanlarda ham katta ahamiyatga egadir, chunki dushman tomonidan doimiy ommaviy qirg‘in qurollari ishlatish xavfining borligi, demakki, katta ko‘lamdagi nafaqat ochiq suv havzalarini, balki boshqa suv manbaalarini ham zaharlanishiga olib keladi. Mana shuning uchun barcha jangovar harakatlar paytlarida, marshda, mudofaada va joyda joylashganda bo‘linmalarni suv bilan ta’minlash tashkillashtiriladi. Suv ta’minoti xo‘jalik ehtiyojlari uchun (ovqat tayyorlash, sabzavotlarga birinchi ishlov berish, oshxona buyumlarini, qozonlarni, krujkalar, qoshiqlarni yuvish va shaxsiy tarkibni yuvinishi uchun), ichimlik va texnik ehtiyojlar uchun, maxsus ishlov berish va hammom kirxona xizmati ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Bo‘linmalarni suv bilan ta’minlashni tashkillashtirish o‘z ichiga suv manbaalarini razvedka qilishni, qazib chiqarishni, tozalash, tashish, zaxiralarni saqlash va mo‘ljallanganligiga qarab tarqatishni oladi. Bo‘linmalarni sifatli suv bilan ta’minlash uchun ularning komandirlari, shtablar va katta boshliqlar javob beradilar.
Bo‘linmalarni xo‘jalik - istemol ehtiyojlarini ta’minlash uchun suv ta’minoti va suv olinadigan kolonkalardan amalga oshiriladi. Ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun boshqa suv manbaalaridan ishlatish qat’iyan man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |