Kiyim-kechak va ma’naviy-ma’rifiy mulklar bilan ta’minlash
Bo‘linmalarni kiyim-kechak bilan ta’minlashni qism komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari kiyim-kechak xizmati boshlig‘i orqali tashkillashtiradi.
Batalon (vzvod) komandiri ushbu vazifalarni batalon shtab boshlig‘i (vzvod komandirining moddiy-texnik bo‘yicha yordamchisi) va bo‘ysinuvchi bo‘linmalar komandirlari orqali amalga oshirishadi.
Bo‘linmalarni ushbu buyumlar bilan ta’minlash bo‘linma komandirlarining talabnomalari asosida haqiqatan yaroqsiz holga kelgan, yo‘qotilgan yoki zaharlangan mulklarni almashtirish uchun. Bundan tashqari, yilda ikki marotaba (bahorda va kuzda) rejaga asosan mavsumiy ust-bosh kiyimlarni va poyabzallarni almashtirish o‘tkaziladi. Barcha paytlarda kiyim-kechakni bo‘linmalarga kiyim-kechak omboridan ta’minot me’yorlariga asosan xakikiy talablari xisobidan, shaxsiy tarkibni ruyxat buyicha soniga karab beriladi.
Almashtiriluvchi mavsumiy va yaroqsiz holga kelgan kiyim-kechaklar bo‘linmalardan olinib qism omboriga topshiriladi. SHaxsiy tarkibdagi zaharlangan mulklarni almashtirish, maxsus ishlov berish punktlarida almashtiriladi.
Batalonga olib kelingan kiyim-kechaklar batalon shtab boshligi (komandiri) kursatmasiga asosan bevosita vzvodlarga tarkatiladi. Kiyim-kechaklarni kabul kilish va shaxsiy tarkibga tarkatishni vzvodlar komandirlari bo‘linma komandirining moddiy-texnik ta’minot buyicha yordamchilari orkali va vzvod komandirlarining tarqatuv vedomostlariga imzo chekan holda tarqatiladi.
Kiyim-kechaklarni kiyish uchun tarqatilishidan oldin uni diqqat bilan moslash (har bir harbiy xizmatchilarni tanasiga moslab tanlash). YAxshi moslashtirilgan libos va poyabzal kiyishga qulay qilib, harakatlanishni qiyinlashtirmasdan, oyoqlarni ishqalanishini bartaraf qiladi, organizmni tez charchab qolishini kamaytiradi, qishda sovuqdan yaxshi saqlaydi. Bundan tashqari, kiyim-kechaklarni o‘ziga xos tug‘ri saralashda askarlarning tashki kurinishini kuprok yaxshilaydi va kiyiladigan buyumlardan foydalanish kursatkichlarini oshiradi.
Muddatli xizmatchilarga ishlatish uchun beriladigan kiyim-kechak, maxsus yuriknomalar asosida kursatilgan tartibda albatta tamglanishi kerak.
Kiyim-kechaklarning foydalanish muddatlarini uzaytirishda askarlarning tashki kurinishi kerakli darajada saklashda ust-boshlarni, poyabzallarini va aslaxalarini uz vaktida ta’mirlash katta axamiyatga egadir. Har bir harbiy xizmatchining ustki liboslari va ichki kiyimlarini joriy (mayda) ta’mirlash ishlarini uzlari, poyabzallarni esa –vzvoddagi etikduzlari tomonidan utkazishlari lozim. Oxirgilar bevosita o‘zlarining bo‘linmalarida yoki qismning ustoxonsiga jo‘natilib ishlaydilar. O‘rtacha va kapital ta’mirlashga muhtoj mulklarni qism ustoxonsi yoki omborga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |