Tankchilar batalonnini marshda tanklarini batalon yonilg‘i quyish shaxobchasi
yonilg‘i quyish vositalariga kelib yonilg‘i quyilishini tagshkillashtirish (variant).
Marsh davomida, uzoq masofalarga amalga oshirilganda, qism komandirining ko‘rsatmasi bilan batalonni barcha va alohida guruh mashinalariga yonilg‘I quyish, manashu harakatlanish yo‘nalishlarida katta boshliqlarning kuch va vositalari yordamida yoyiladigan vaqtinchalik yonilg‘I quyish shaxobchalarida amalga oshirilishi mumkin.
Qarshi jang ehtimoli bo‘lgan marraga yaqinlashganda, qoidaga ko‘ra, texnikalarga yonilg‘i quyish mashinalardagi yonilg‘I zaxirasidan, batalon yonilg‘I quyish vositalari va batalonga biriktirilgan transport o‘rnatilgan saqlanish me’yorlarigacha to‘ldiriladi.
Marshda sarflangan batalon yonilg‘i zaxiralarini tiklash uchun, yuqori boshliqlarning transportlaridan texnikalarga yonilg‘i quyish tumanlariga yonilg‘i etkazib berilishi mumkin.
Ba’zi paytlarda harbiy qism komandirining yoki uning front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining ko‘rsatmasi bilan yonilg‘i olib kelish uchun, o‘z transportlarini (biror bir ofiser boshchiligida) kolonna bo‘lib o‘zlari yoki qism transportlari bilan tegishli omborlarga jo‘natiladi.
Vaziyatdan kelib chiqib olingan yonilg‘ini oldingi yoki yangi dam olish (prival) tumaniga tashib keltiriladi. Bir vaqtning o‘zida batalon front orti ta’minoti kuch va vositalarini harakat yo‘nalishidan adashmasligi va yo‘qolib qolmasligi uchun ular bilan aloqani ta’minlash. Buning uchun bevosita javobgarlikni batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari bo‘yniga oladi.
Hujumda bo‘linmalarniyonilg‘i bilan ta’minlashni va mashinalarga yonilg‘i quyishni tashkillashtirish, batalonni jangovar vazifasidan, jangovar harakatlarni olib borilishidan, batalondagi mashinalar sonidan va yonilg‘i quyish vositalarining borligiga bog‘liq bo‘ladi.
Batalon (vzvod) komandiri jang boshlanishidan avval barcha bor texnikalarga yonilg‘i quyilishi va talab qilinadigan zaxiralarni tuzish uchun choralar ko‘rishi kerak. Joydan hujumga o‘tganda qoidaga ko‘ra, qismlarni batalonlar kolonnalariga yoyilish marrasiga harakatlangunigacha ushbu tadbirlar o‘tkaziladi. Ma’lum muddatlarda mashinalarga yonilg‘i quyishni ta’minlash uchun barcha shtatdagi va batalonga biriktirilgan yonilg‘i quyish vositalari bo‘linmalarga har bir vzvodlar (guruhlar) texnikalariga yonilg‘i quyish hajmi va yonilg‘i quyish vositalarini imkoniyatlaridan kelib chiqib taqsimlanadi. Agar batalon hujum marrasiga chiqunga qadar katta masofalarga marshni amalga oshirsa, unda qismlarni batalonlar yoki vzvodlar tank va boshqa jangovar mashinalar kolonnalariga yoyilish marrasidan oldin, zarur bo‘lsa ularga har bir mashinadagi idishlardan (bochkalar, kanistralar, bidonlar) yonilg‘i quyiladi, agar jangovar mashinalarda qo‘shimcha yonilg‘i zaxiralari bo‘lmasa ularga yonilg‘i quyish yonilg‘i quyish vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda biriktirilgan yonilg‘i quyish vositalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir, batalonni yonilg‘i quyish vositalarini esa, jangovar harakatlar davomida mashinalarni ta’minlash uchun tayyor holda saqlash lozimdir. Batalon komandiri barcha hollarda bo‘linmalarni jangga tank va piyodalar jangovar mashinalarini (zirhlitransporterlarni) yonilg‘i tizimi baklarini yonilg‘i bilan to‘ldirib kirishishlari uchun choralar ko‘rishi kerak.
Brigadani batalon va vzvodlar kolonnalariga yoyilish marralarida mashinalarga yonilg‘i quyilgandan keyin tanklardan bochkalar echiladi va bo‘linmalar harakatlanish yo‘nalishida taxlab qo‘yiladi. Ular katta boshliqlarning kuch va vositalari bilan yig‘ilib tashib keltiriladi. Dushman bilan bevosita to‘qnashish holatidan hujumga o‘tganda texnikalarga yonilg‘i quyish vzvodlar (guruhlarni) egallagan tumanlarida batalonda bor va biriktirilgan yonilg‘i quyish vositalari yordamida amalga orshiriladi.
Barcha vaziyatlarda hujumga o‘tishni boshlanishida jangovar mashinalarning yonilg‘i batalonni jang o‘tkazish kuniga va jangovar vazifalarini bajarishini ta’minlashi lozimdir.
Hujum davomida jangovar texnikalarga yonilg‘i quyish zaruriyat tug‘ilganda vzvod komandirining og‘zaki talabnomalariga asosan batalon komandirining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Aniq vaziyatlardan bog‘liq holda, yonilg‘i quyish vositalari bevosita vzvodlarning jangovar tartibida (dushmanlarga ko‘rinmaydigan joylarda) jangovar mashinalarga yonilg‘i quyish vositalarining borishi bilan yoki pana joylardagi jangovar mashinalarni navbat bilan yonilg‘i quyish vositalariga kelishi orqali amalga oshiriladi.
Mashinalarga yonilg‘i quyish uchun guruhlarning zaxirada yoki alohida mashinalarni ta’mirlashga kelish vaqtlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bo‘linma komandirlari yonilg‘i quyish vositalarini kutib olishni va ularni yonilg‘i quyish shaxobchalarigacha kuzatishni tashkillashtirishadi.
Tankchilar batalonining hujumda jangovar mashinalariga yonilg‘i quyishni tashkillashtirish 3-rasmda ko‘rsatilgan. Aniq vaziyatlardan bog‘liq holda, yonilg‘i quyilayotgan jangovar mashinalar dushmanni hujumini qaytarish uchun tayyor turishlari kerak.
YOnilg‘iquyibbo‘linganidankeyinulartezdajangovartartiblaridao‘zjoylariniegalashlarilozimvaqo‘yilganvazifalarnibajarishnidavometadi.
Batalonni butun texnikalariga to‘liq yonilg‘i quyishni ularni jangovar vazifalarni bajarishi bilan tashkillashtiriladi, bu ishlarning bari kunning oxirida amalga oshiriladi.
Sarflangan batalon zaxiralarini to‘ldirish batalon komandirining (uning front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining) talabnomasi (signali) va brigada komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining po farmoyishiga asosan batalon yonilg‘i quyish shahobchasiga yonilg‘ini brigada transportlari yordamida tashib keltiriladi. Ma’lum bir sharoitlarda brigada komandirining qarori asosida buning uchun batalondagi avtoyonilg‘iquyuvchilar (avtomoyquyuvchilar va avtosisternalar) jalb qilinishi mumkin, maxsus paytlarda – uni jangovar mashinalarda ham tashish mumkin.
Dushmanni ta’qib qilishga o‘tishdan oldin batalon komandiri mashinalarga to‘liq yonilg‘i quyish uchun va ularni har birida qo‘shimcha zaxiralar tuzish uchun idishlar o‘rnatish choralarini ko‘radi. Asosiy e’tibor birinchi eshelonda jang olib borayotgan bo‘linmalarni yonilg‘i bilan ta’minlashga qaratiladi.
Ta’qib qilish davomida jangovar mashinalarga zarurat to‘g‘ilganda yonilg‘i qisqa to‘xtashlarda ularda turgan idishlardagi yonilg‘idan foydalaniladi, yoki vzvod komandirlarining talabnomalari (signallari) asosida yonilg‘i quyish vositalarini yonilg‘i quyishga ehtiyoji bor mashinalarga kelib quyadi.
Suv to‘siqlaridan kechib o‘tishdan oldinbatalonni barcha texnikalariga yonilg‘i quyiladi, buning uchun batalon shtatidagi va biriktirilgan yonilg‘i quyish va tashish vositalaridan foydalaniladi. Vaziyatdan kelib chiqib mashinalarga yonilg‘i quyish boshlang‘ich tumanda, jangovar mashinalarni germetizasiyalash tumanlarida, agar talab qilinsa, suvdan kechuv punktlarida amalga oshirilishi mumkin.
Kechuv boshlanishidan avval batalondagi yonilg‘i zaxiralari ularni saqlanish me’yorlarigacha to‘ldirilishi kerak. Batalon yonilg‘i quyish shaxobchasi qarama-qarshi qirg‘oqga jangovar bo‘linmalar ortidan o‘tkazib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |