U quyidagilarga majbur:
- bo‘linmalardagi yonilg‘ini joydaligini, tejab sarflanishini nazorat qilish va zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldirish choralarini ko‘rishga - yuqori boshliqlarga mashinalarga yonilg‘i quyish vaqti va tartibi bo‘yicha takliflar berishi va mashinalarni yonilg‘i quyishga tayyorlash;
- yonilg‘i quyish vositalarini kutib olish va mashinalarga yonilg‘i quyish joylriga kuzatishni tashkillashtirish;
- texnikalarni tezda yonilg‘i quyishini va bo‘shagan yonilg‘i quyish vositalarini tezda mo‘ljallanganligiga qarab jo‘natishni ta’minlashga.
Batalon komandiri bo‘linmalarni yonilg‘i bilan ta’minlashni bevosita o‘zining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari orqali, vzvod komandirlari – guruh komandirlari orqali tashkillashtirishadi.
Batalondagi yonilg‘i zaxiralarini qabul qilish, saqlash va bo‘linmalarga uni etkazib berish uchun va jangda, marshda va joyda joylashganda mashinalarga yonilg‘i quyish, batalon front orti ta’minoti guruhi avtomobil seksiyasi kuch va vositalari bilan joylashgan tumanda yoyilgan batalon yonilg‘i quyish shaxobchasi (BYOQSH) orqali tashkillashtiriladi.
BYOQSH boshlig‘i odatda avtomobil seksiyasi komandiri hisoblanadi. BYOQSH ishlashini batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosaridan bevosita yoki batalon front orti ta’minoti guruhi komandiri orqali olingan vazifalar asosida tashkillashtiriladi.
Batalonga yonilg‘i harbiy qism omboridan yoki bevosita yuqori turuvchi bo‘g‘im omboridan tashib keltiriladi. U shuningdek harbiy qism naryadi orqali mahalliy neftbazalaridan, yon yonlg‘i quyish shaxobchalaridan va ishlatilishga ruxsat etilgan raqidan olingan o‘ljalar hisobidan ham olinishi mumkin.
Batalonga harbiy qism transportida etkazib berilgan yonilg‘i, batalon komandirining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga binoan batalon yonilg‘i quyish shaxobchasi boshlig‘i tomonidan qabul qilinib, bor idishlarga bo‘shatiladi yoki vzvodlarga tanklar, piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transporterlar) va avtomobil tortuvchilarga quyilishi mumkin. Batalon transportida “o‘ziga” olib kelingan yonilg‘i, vaziyatdan kelib chiqqan holda vaqtinchalik ushbu transportlarida BYOQSH saqlanishi mumkin yoki bevosita bo‘linmalarga etkaziladi.
Batalon texnikalariga yonilg‘i quyishda birinchi navbatda o‘zining shtat va tabelidagi vositalar bilan amalga oshiriladi. Zaruriyat tug‘ilsa batalon harbiy qism yonilg‘i quyish vositalari bilan kuchaytiriladi, ular BYOQSH tarkibiga kiritilishi mumkin.
Batalonni texnikalariga ommaviy yonilg‘i quyish vaqti va joyini harbiy qism komandiri aniqlashtiradi. Alohida va katta bo‘lmagan guruh mashinalariga yonilg‘i quyish batalon komandiri qaroriga asosan amalga oshiriladi. Qism komandirining ko‘rsatmasiga asosan yoki batalon komandiri o‘zining qabul qilgan qarori asosida texnikalarga yonilg‘i quyish tashkillashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |