Reja - 1. Dozimetrik asbob haqida tushuncha
- 2. Dozimetrik asboblar, ishlash tamoyili va vazifalari.
- 3. Shaxsiy dozimetrlar.
Dozimetrik asboblar (dozimetrlar) — ionlovchi nurlanish dozalarini yoki doza bilan bogʻliq kattaliklarni oʻlchashda ishlatiladigan asboblar. Bir turdagi nurlanishlar yoki aralash nurlanishlar miqdorini oʻlchaydigan xillarga boʻlinadi. Radiatsiya xavfi darajasini belgilaydigan ekvivalent dozasini oʻlchash uchun berlarda darajalarga boʻlingan asbob bermetr deb ataladi. Gazda hosil boʻlgan ionlar tokini oʻlchashga moʻljallangan as-boblar ionizatsiya dozimetrlari deyiladi. Nurlanish tufayli ionlash kamerasida hosil boʻlgan tok kuchi rentgen birligida darajalangan asboblarda oʻlchanadi va ular rentgenometrlar deyiladi. Organizmga taʼsir etuvchi nurlanish dozasini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob devori pleksiglas, polistiroldan yasaladi. Radiometrlarda u, R-nurlanish oqimini oʻlchash uchun zaryadli zarralar hisoblagichlari va ssintillyasiya qisoblagichlari ishlatiladi. D. a. lyuminessensiya, foto, ssintillyasiya, yarimoʻtkazgich va b. xillarga ham boʻlinadi. Qoʻzgʻalmas, koʻchma, qoʻl va choʻntak dozimetrlari ham bor. Katta dozalarni oʻlchash uchun fotografik, kimyoviy va ekzoelektron emissiyaga asoslangan dozimetrlar ishlatiladi. Dozani aniqlashda esa strelkali apparatlar, sezgir fotoplyonkalar qoʻllaniladi.
Aholiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida sanitar-drujinachilar quyidagi tibbiy vositalar bilan ta`minlanadilar: beret (qalpoq), kombenzon, filtirli himoya kiyimi, rezina etik va qo`lqoplar, shaxsiy aptechka, shaxsiy paket, gazniqob, flyaga, zambil, cho`ntak fonar, sanitar sumka va shaxsiy dozimetrlar komplekti. - Aholiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida sanitar-drujinachilar quyidagi tibbiy vositalar bilan ta`minlanadilar: beret (qalpoq), kombenzon, filtirli himoya kiyimi, rezina etik va qo`lqoplar, shaxsiy aptechka, shaxsiy paket, gazniqob, flyaga, zambil, cho`ntak fonar, sanitar sumka va shaxsiy dozimetrlar komplekti.
- Sanitar sumkada:
- - zararsizlantirilgan 10 sm x 5 m kattalikdagi doka – bint (10 dona);
- - zararsizlantirilgan 14 sm x 7 m kattalikdagi doka – bint (5 dona);
- - kompress uchun 100 grammdan ajratilgan paxta;
- - og`izdan-og`izga usuli bilan sun`iy nafas oldirish uchun S simon rezina nay;
- - kosinka (2 dona);
- - leykoplastir;
- shaxsiy bog`lam paketi (3 dona);
- zararsizlantirilgan kichik bog`lam (2 dona);
- zararsizlantirilgan katta bog`lam (2 dona);
- 0,5 grammdan amilnitrit (10 ampula);
- antidotlar;
- to`gnog`ich (10 dona), qalam;
- tasmali rezina jgut (1 dona;);
- 5 % li yod (1 ml dan 10 ampula);
- qaychi, pichoq, nashatir spirti (1 ml dan 10 ampula);
- sprits tyubiklar (5 dona) bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |