Dozimetrik asboblar (dozimetrlar) — ionlovchi nurlanish dozalarini yoki doza bilan bog’liq kattaliklarni o’lchashda ishlatiladigan asboblar. Bir turdagi nurlanishlar yoki aralash nurlanishlar miqdorini o'lchaydigan xillarga bo’linadi. Radiatsiya xavfi darajasini belgilaydigan ekvivalent dozasini o’lchash uchun berlarda darajalarga bo’lingan asbob bermetr deb ataladi. Gazda hosil bo’lgan ionlar tokini o’lchashga mo’ljallangan as-boblar ionizatsiya dozimetrlari deyiladi. Nurlanish tufayli ionlash kamerasida hosil bo’lgan tok kuchi rentgen birligida darajalangan asboblarda o’lchanadi va ular rentgenometrlar deyiladi. Organizmga ta’sir etuvchi nurlanish dozasini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob devori pleksiglas, polistiroldan yasaladi. Radiometrlarda u, R-nurlanish oqimini o’lchash uchun zaryadli zarralar hisoblagichlari va ssintillyasiya qisoblagichlari ishlatiladi. D. a. lyuminessensiya, foto, ssintillyasiya, yarimo’tkazgich va b. xillarga ham bo’linadi. Qo’zg’almas, ko’chma, qo’l va cho’ntak dozimetrlari ham bor. Katta dozalarni o’lchash uchun fotografik, kimyoviy va ekzoelektron emissiyaga asoslangan dozimetrlar ishlatiladi. Dozani aniqlashda esa strelkali apparatlar, sezgir fotoplyonkalar qo’llaniladi. Dozimetrik asboblar (dozimetrlar) — ionlovchi nurlanish dozalarini yoki doza bilan bog’liq kattaliklarni o’lchashda ishlatiladigan asboblar. Bir turdagi nurlanishlar yoki aralash nurlanishlar miqdorini o'lchaydigan xillarga bo’linadi. Radiatsiya xavfi darajasini belgilaydigan ekvivalent dozasini o’lchash uchun berlarda darajalarga bo’lingan asbob bermetr deb ataladi. Gazda hosil bo’lgan ionlar tokini o’lchashga mo’ljallangan as-boblar ionizatsiya dozimetrlari deyiladi. Nurlanish tufayli ionlash kamerasida hosil bo’lgan tok kuchi rentgen birligida darajalangan asboblarda o’lchanadi va ular rentgenometrlar deyiladi. Organizmga ta’sir etuvchi nurlanish dozasini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob devori pleksiglas, polistiroldan yasaladi. Radiometrlarda u, R-nurlanish oqimini o’lchash uchun zaryadli zarralar hisoblagichlari va ssintillyasiya qisoblagichlari ishlatiladi. D. a. lyuminessensiya, foto, ssintillyasiya, yarimo’tkazgich va b. xillarga ham bo’linadi. Qo’zg’almas, ko’chma, qo’l va cho’ntak dozimetrlari ham bor. Katta dozalarni o’lchash uchun fotografik, kimyoviy va ekzoelektron emissiyaga asoslangan dozimetrlar ishlatiladi. Dozani aniqlashda esa strelkali apparatlar, sezgir fotoplyonkalar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |