Sutkalik o‘tishning qiymati (Ssut) formula bo‘yicha topilishi mumkin:
Ssut = Vsr [ 24 – (torg + tto + totd)]
Vsr - kolonnalarni o‘rtacha harakat tezligi, km/s;
torg - marshni tashkillashtirish uchun zarur bo‘lgan vaqt, s;
tto - qurol-aslaha va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish uchun bo‘linmalarga berilishi mumkin bo‘lgan vaqt, s;
totd – shaxsiy tarkibni ovqatlanishi va dam olishi uchun zarur bo‘lgan vaqt, s. tto vaqtini baholashda, marshda mashinalarga xizmat ko‘rsatish bo‘linma miqyosida o‘tkazilishini hisobga olish kerak, bunda:
tto = tnorm km.o
tnorm - bitta mashinaga xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan me’yoriy vaqt, s.
km.o - xizmat ko‘rsatish miqyosini (masshtabini) hisobga oluvchi koeffitsient.
km.o – Xizmat ko‘rsatish miqyosi (masshtabi)
koeffitsientining qiymati.
Bo‘linmalar
|
KTX o‘tkazishda
|
Raqamli TX turlarini o‘tkazishda
|
vzvod
|
1.05-1.10
|
1.20-1.30
|
batalon
|
1.20-1.35
|
1.40-1.60
|
Qurol-aslaha va texnikaga marsh davomida xizmat ko‘rsatishni tashkillashtrishda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari o‘zining va qo‘shib berilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kuch va vositalaridan unumli foydalanish uchun ularning ishini puxta tashkil etishi kerak.
Mashinalarning holatiga qarab komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari u yoki bu vositalardan vzvodlarda qachon va qanday ketma-ketlikda foydalanishni, vzvodlarning texniklari esa ularni alohida mashinalarda ishlash tartibini belgilaydilar.
Harakat marshrutida safdan chiqqan mashinalar YUKO ning kuch va vositalari bilan tiklanadi. BYUKO ning ishini batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari boshqaradi, odatda u bilan bo‘linmalarning texniklari ham birga bo‘ladi.
BYUKO zarur hollarda ekipajga nosozlikni topishga yordamlashadi, komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari esa nosozlikning xarakteri, uni bartaraf etish ishlarining hajmi, buning uchun zarur kuch va vositalarga ehtiyojni baholab kim ta’mirlashni bajarishi haqida qaror qabul qiladi. Agar nosozlikni ekipaj kuchi bilan bartaraf etishni iloji bo‘lsa unga zarur ehtiyot qismlar, asbob-anjom, moslama va materiallar ajratiladi. Ekipajga ishlarni bajarish tartibi, ta’mirlash muddatlari to‘g‘risida yo‘riqnoma beriladi, qaerga borishi va marshruti aniqlashtiriladi. Alohida hollarda komandirning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari qaroriga ko‘ra ekipajlarga yordam berish uchun bo‘linma texnigi va TXS tarkibidan 1-2ta mutaxassis qoldirilishi mumkin.
Agar mashinani o‘z kuch va vositalari bilan tiklashning iloji bo‘lmasa, u harbiy qismning YUKO ga topshiriladi, batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari esa ekipajga harbiy qism YUKO kelgunigacha qanday tayyorgarlik ishlarini bajarish haqida yo‘riqnoma o‘tkazadi.
Mashinalarning safdan chiqqan joylari, ta’mirlash ishlarining hajmi va ularni tiklash bo‘yicha qarorini batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari o‘z ishchi haritasiga tushiradi.
Marshrutda to‘xtab qolgan mashinalarni agar ular harakatga xalal berayotgan bo‘lsa chetga evakuatsiya qilish hamda engil tiqilgan mashinalarni chiqarish batalon YUKO ning shatagi bilan amalga oshiriladi, zarur hollarda batalon komandirining ruxsati bilan bo‘linmaning boshqa mashinasi bilan shatakka olib chetga chiqarish mumkin. Marshda qolgan evakuatsiya ishlari katta boshliqlarning vositalari bilan bajariladi. Katta boshliqning YUKO ning vositalari yo‘ldan chetga evakuatsiya qilingan mashinani tez topishlari uchun mashinalarga, ayniqsa, tunda yaxshi ko‘rinadigan ko‘rsatkichlar o‘rnatiladi va navbatchilik tashkil etiladi.
Yo‘lda qolib ketgan mashinalar ta’mirlash va evakuatsiya ishlarini bajarib bo‘lgach, o‘tayotgan kolonna safiga turib olib harakatni davom ettiradilar. O‘z bo‘linmalari kolonnasidagi joylarini ular to‘xtash joylarida yoki kunduzgi (tungi) hordiq joylarida egallaydilar. Harakat vaqtida kolonnalarni quvib o‘tish ta’qiqlanadi.
Ekipajlarni marshrutda to‘xtab qolgan mashinalarni ta’mirlash uchun zarur ZTMM bilan ta’minlash, marshdan oldin bo‘linmalarda yaratilgan zahiralar hisobiga amalga oshiriladi. Bu zahiralar batalonning moddiy ta’minot guruhining avtomobilida, TXS ning texnik xizmat ko‘rsatish mshinasida, tank shatagining platformasida tashib yurilishi mumkin. Sarflangan zahiralar o‘rnini to‘ldirish kunduzgi (tungi) hordiq joylarida batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining talabnomasiga ko‘ra harbiy qismning texnik mulki omborlaridan amalga oshiriladi.
BYUKO tarkibiga tayinlangan shaxsiy tarkibning tibbiy ta’minoti birinchi navbatda individual bog‘lash paketlaridan foydalangan va MTO, tank shatagining aptechkasidagi tibbiy ashyolardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Kasallar va yaradorlarga vrachgacha bo‘lgan yordam BMPda yuruvchi feldsher tomonidan ko‘rsatiladi. Vrach yordamiga muhtoj kasal va yaradorlar harbiy qismning sanitar transportiga o‘tkaziladi.
Issiq ovqat bilan ta’minlash sutkalik o‘tishning ikkinchi yarmida tayinlanadigan to‘xtashlar va kunduzgi (tungi) hordiq joylarida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |