O ‘quv-metodik topshiriqlar
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning til o‘rganish individual layoqatlari (individual language learning apptitude) va individual usullari (4MAT Learning styles) qanday farqlanadi?
Shaxsga yonaltirilgan kompetensiyaviy yondashuv paradigmasiga muvofiq o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishdagi o‘ziga hos usullarini inobatga olishda qanday muammolarga duch kelinadi?
Stress qancha past bo‘lsa, o‘rganish samaradorligi shuncha yuqori bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrga qanday munosabat bildirish mumkin?
Kichik maktab yoshidagi oquvchilar ona tilidan qanday maqsadlarda
foydalanishlari mumkinligini tushuntirib bering.
Tavsiya etiladigan adabiytolar
Linse C.T. Practical English Language Teaching: Young Learners. – New York: McCraw-Hill, 2005. p-197.
Nunan D. Practical English Language Teaching. – NY.: McGraw-Hill, 2003. – 354 p.
Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied Linguistics. – UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p.
Boshlangich sinf o‘quvchilarini baholashning zamonaviy yondashuvlari
Kalit so‘zlar: motivatsiya, me’yor, mezon, til materiali, nutq mavzusi, nutq faoliyat turlari, fikrni shakillantirish, fikr ifodalash, ichki plan, tashqi plan
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv foliyati davomidagi muvafaqqiyatlari bilan atrofdagilarda ijobiy taassurot qoldirishga moyil bo‘lishadi. Bunday moyillik muvafaqqiyatga erishish ishtiyoqini kuchaytiradi. Muvaffaqiyat boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining predmetga nisbatan qiziqish va uni o‘rganishga motivatsiyasini oshirishda muhim omil sanaladi.
Ma’lumki chet tildan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallanganligini aniqlashning me’yorlarga va mezonlarga asoslanadigan yondashuvlari mavjud. Me’yoriy yondashuvda o‘quvchi bilimi dasturiy talablar asosida yoki sinfning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan baholanadi. Lekin bunday baholash usuli qo‘llanilganida o‘quvchining shaxsiy ko‘rsatkichlari inobatga olinmaydi. Masalan, chorak boshida bir daqiqada 15 ta so‘z o‘qish tezligiga ega bo‘lgan o‘quvchi chorak yakunida bir daqiqada 20 ta so‘z o‘qish tezligini qayd etdi. Uning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rtachaga yetmagan bo‘lsada ma’lum darajada yuqoriladi. Lekin chorak boshida bir daqiqada 20 ta so‘z o‘qish tezligiga ega
o‘quvchi chorak yakunida bir daqiqada 22 ta so‘z natija ko‘rsatdi. Bunda birinchi
o‘quvchi 5 (koifitsentda) pog‘ona yuqorilagan bo‘lsa, ikinchi o‘quvchi 2 (koifitsent) pog‘ona yuqoriladi. Ya’ni, natija yuqori bo‘lmasa-da birinchi o‘quvchi o‘rtacha daraja ko‘rsatkichiga erishish uchun ikkinchi o‘quvchiga nisbatan ko‘proq xarakat qildi.
Sohaga oid adabiyotlarda (S.Halliwell – 1993; A.Pinter - 2006) o‘quvchilarning individual ko‘rsatkichlarini inobatga oladigan, raqobatchilik kayfiyatidan xoli va motivatsiyasini oshiradigan bola parvar baholash (child friendly assessment) mezonlari tavsiya etilmoqda. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi baholarga nisbatan o‘ta ta’sirchan bo‘ladi va “sen buni yomon bajarding” mazmunidagi tanbehni “sen yomonsan” deya qabul qilishadi. Shuning uchun o‘quvchilar bilimini baholashda dastlabki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan qayd etilgan natija orasidagi farq inobatga olinishi lozim. O‘quvchining eng kichk yutug‘i ham “Balli, sen bugun avvalgidan tezroq o‘qiyapsan”, “Sen chiroyli gapiryapsan, muvofaqqiyatingdan xursandman” tarzida e’tirof etilishi kerak. Bunday rag‘bat o‘quvchini ilhomlantiradi va o‘quv predmetiga nisbatan qiziqishini oshiradi.
Har qanday o‘qituvchi belgilangan maqsadqa qay darajada erishayotganligini aniqlashni hohlaydi. O‘qitish natijasida o‘quvchilar o‘zlashtirilgan til va nutq materialidan foydalanib nimalarni ayta olish yoki yoza olishlari o‘qituvchining sa’y-harakatlariga bog‘liq. Masalan, “Oila” mavzusiga taalluqli darslar o‘tib bo‘linganidan so‘ng o‘quvchilar o‘z oila (a’zo)lari haqida qisqacha og‘zaki yoki yozma ma’lumot bera olishlari lozim. Ular oila a’zolarining yoshi, kasbi, qiziqishlari haqidagi juda sodda savollarga qisqa javob bera olishlari kerak. Shuningdek, o‘quvchilardan oila haqidagi topishmoq, tez aytish, she’r va qo‘shiqlarni ham yoddan ayta olishlari talab etiladi. Zamonaviy o‘qituvchi ushbu maqsadlarni har bir nutq mavzusi (Unit)ni boshlashdan avval aniqlab olishi zarur. Maqsadning aniq belgilanishi o‘quvchilarning ko‘rsatkichlarini adekvat baholashda muhim asos bo‘ladi.
O‘qituvchi qayerda bo‘shliq borligini, qaysi til materialining qiyin yoki oson
o‘zlashtirilayotganligini, nutq mavzusi yuzasidan lingvistik, sotsiolingvistik va
pragmatik kompetensiyalarning har bir oʻquvchi tomonidan egallanganligini aniqlay oladigan bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar amaliy mashg‘ulotlarni sifatli va samarador o‘tishini ta’minlaydi. Masalan, o‘qituvchi til va nutq materialining o‘zlashtirilishi uchun mashqlar miqdorini uning murakkablik darajasiga qarab aniqlash, yoki kompetensiyalarning egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar ratsionini ularning ta’lim maqsadi yoki vositasi sifatidagi maqomidan kelib chiqib belgilash yuzasidan metodik kompetensiyani egallaydi.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni baholash dolzarb muammolardan sanaladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani A1 darajada egallaganliklarini ob’yektiv aniqlashda murakkab vaziyatlarga duch kelinishi mumkin. Afsuski, koʻp hollarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining soʻzlar, iboralar, qoʻshiq va sheʻrlar, sahna ko‘rinishidagi rollarini yod olishlari til oʻrganilganligi va nutqni rivojlanganligi haqidagi yolgʻon tasavvurga sabab boʻladi.
Ingliz tili o‘qitishning suniy taʻlim sharoitida oʻquvchilarda ingliz tilida fikr shakllantirish va ifodalash usuli sifatida nutqni rivojlantirish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Chunki fikrni shakllantirish ichki planda ona tilida sodir boʻladi, ifodalash esa tashqi planda ingliz tilda amalga oshiriladi. Agar ingliz tili oʻrganish jarayonida oʻquvchi doimiy ravishda ona til kodini ingliz tili kodiga tarjima qilaversa u til vositalarini oʻrganadi, ingliz tilida fikr ifodalash usulini emas.
O‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini shakllantirishning
«language portfolio» metodi ham mutaxassislar (Popham -1999, Chen & Martin – 2000, Stiggins – 2001, A.Pinter – 2006, McMillan - 2007) tomonidan ijobiy baholanmoqda. Yosh davrining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholashda a) o‘quvchiga shaxs sifatida xayrixoh munosabatda bo‘lish; b) sezilarli natija qayd etilmasada o‘quvchining topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan intilishlariga ijobiy munosabatda bo‘lish; d) topshiriqning qiynlik darajasidan kelib chiqib yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniq tahlil qilish; e) erishilgan
natijani yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berish tavsiya etiladi. Ya’ni a’lo baho
olish uchun, nonushtaga, obedga va tushlik uchun nimalar iste’mol qilish to‘g‘risida gapirib berishi zarurligi haqidagi o‘qituvchi bahosi o‘quvchini o‘z ustida ishlashga undaydi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun chet tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga ehtiyojni vujudga keltiradigan shaxsiy sabablarni (maktab xududida belgi, ko‘rsatkich, e’lon va shiorlarni ikki tilda o‘rnatish, o‘zaro chet tilda yozishmalar tashkil etish, o‘rganilayotgan chet tildagi multfilm va badiiy filmlar namoyish etish) hosil qilish va o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganishga ishtiyoqini kuchaytiradigan tadbirlar (o‘rganilayotgan chet tilda shaxsning kommunikativ faoliyatga yo‘naltirilgan rolli o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari va tanlovlar) o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |