O ‘quv-metodik topshiriqlar
A.N.Xomski nazariyasi haqida o‘z fikringizni bayon eting.
«Kognitiv konstruktivizm» va «ijtimoiy konstruktivizm» nazariyalarining o‘hshash va farqli jihatlarini aniqlashtiring.
«Eng yaqin rivojlanish zonasi» tushunchasiga berilgan ta’riflarga munosabat bildirng.
Tavsiya etiladigan adabiytolar.
Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Лабиринт, 1999.– 352 c.
Пиаже Ж. Речь и мышление ребёнка. – М.: Римис, 2008. – 416 с.
Эльконин Д.Б. Психология развития. – М.: Академия, 2007. – 144 с.
Lightbown P.S., Spada N. How languages are learned. – L.: Oxford University Press, 2006. – 234 p.
Williams M., Burden R. L. Psychology for Language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p.
Wood D. How Children Think and Learn. – Oxford: Blackwell Publishers Limited.1998. – 230 p.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘rganish usullari
Kalit so‘zlar: layoqat, innovatsion, tahlilchi, kinestetik, dinamik, instrumental (regulyativ, interaktiv, personal, evristik, kommunikativ) funksiya
Bolalar maktab ostonasiga ijobiy (jismonan chiniqqan, tirishqoq va shijoatli, kirishimli) va salbiy (tortinchoq, injiq, o‘jar, qaysar, kamgap) individual xususiyatlari bilan qadam qo‘yishadi. Shuningdek tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ta’sirlanishlari bilan ham bir-birlaridan ajralib turishadi. Masalan, ba’zi o‘quvchilar musiqadan zavqlanishadi, ba’zilari ranglardan, ayrimlari esa hamon tasavvurlaridagi ertaklar olamida yashaydi.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning til o‘rganish individual layoqatlari (individual language learning apptitude)63 va individual usullari (4MAT Learning styles)64 ham hisobga olinadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish layoqatlarining “yuqori”, “o‘rta” va “past” nisbiy darajalari aniqlangan. Ingliz tili o‘rganish layoqat darajalari o‘quvchilarning a) o‘quv faoliyat turining ratsional usullarini egallaganliklari; b) verbal xotira (so‘z mantiq xotrasi va ma’nosini tushunib eslab qolish salmog‘i)ning rivojlanganligi; d) til qonuniyatlarini kashf qilib o‘rganilishini tezlashtiruvchi tafakkurning rivojlanganligi; e) diqqatni ongli idora qila olish kabi individual xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining ingliz tili o‘rganish usullari (learning styles)ga quyidagicha ta’rif berilgan:
Learning styles refers to “ ...an individual’s natural habitual, and preferred ways of absorbing, processing, and retaining new information and skills.”65.
O‘rganish usullari “individning yangi axborot va malakalarni xazm qilish, qayta ishlash va xotirada saqlashning tabiiy odatlashgan va afzal ko‘radigan yo‘llari”degan ma’noni ifodalaydi.
Metodik adabiyotlarda ingliz tili o‘rganish usullari turlicha nomlanadi. Masalan, MakKarti (MsCarthy:1996) o‘rganish usullarini innovative, analytic, sensitive, dinamic, deb nomlagan bo‘lsa D.Nyunan (D.Nunan:2003) cognitive, sensory, personality kabi kengroq tushunchalarni ifodalovchi atamalardan foydalangan. Yuqoridagi atamalarga berilgan izohlarni umumiylashtirib ingliz tili o‘rganish usullarini quyidagicha sharhlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |