O ‘quv-metodik topshiriqlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining predmetga nisbatan qiziqish va uni o‘rganishga motivatsiyasini oshirishning muhim omillarini aniqlang.
Chet tildan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallanganligini aniqlashning me’yorlarga va me’zonlarga asoslanadigan yondashuvlari qanday farqlanadi?
O‘quvchilarning ko‘rsatkichlarini adekvat baholashda nimalarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi?
Kichik maktab yoshidagi oquvchilarning bilimini baholashda qanday muammolarga duch kelinadi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Cambridge English Language Assessment: Young Learners, Handbook for teachers Starters Movers Flyers. - Cambridge University Press, 2018. – 70 p.
Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied Linguistics. – UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p.
Pinter A. Teaching Young Language learners. – UK.: Palgrave &
Macmillan, 2006. – 205 p.
TOʻRTINCHI QISM
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI KOMMUNIKATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishga kommunikativ yondashuv
Kalit soʻzlar: yondashuv, metod, bixevioristik, induktiv-ongli, ongli (kognitiv) integrativ, struktural, funksional, interaktiv, audilingual metod, audilingual yondashuv, kommunikativ metod, kommunikativ yondashuv
Ushbu paragrafda yondashuv atamasiga ta’rif beriladi va ingliz tili o‘qitish yondashuvlari tahlil etiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitishda kommunikativ yondashuvning umumiy tavsifi, kommunikativ kompetensiya nazariyasining lingvistik va psixologik asoslari va tamoyillari yoritiladi. Boshlang‘ich ingliz tili ta’limida kommunikativ yondashuvning o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Ushbu paragrafda KYO (kommunikativ yondashuv), KK (kommunikativ kompetensiya) qisqartmalaridan foydalandik.
Yondashuv til o‘rgatish va o‘rganish xususiyatlariga taalluqli tushunchalar yig‘indisidir. Yondashuv aksiomaviydir. U o‘qitiladigan predmet mazmunini ifodalaydi.
Yondashuv atamasiga lug‘atlarda biror masalani hal etish yoki muammoning yechimini topish uchun ma’lum nazariyaga asoslanish, degan mazmunda ta’rif beriladi. Ingliz tili o‘qitish metodikasida mazkur atama dastlab AQSHning Michigan universiteti professori Edvard Meyson Entoniy tomonidan til xususiyati va uni o‘rganish/o‘rgatish usullariga taalluqli qonuniyatlarni ifodalash maqsadida qo‘llanilgan bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar berilgan:
An approach is a set of correlative assumptions dealing with the nature of language teaching and learning. An approach is axiomatic. It describes the nature of the subject matter to be taught66 ….
Approach: Theoretically well-informed positions and beliefs about the nature of language, the nature of language learning, and the applicability of both to pedagogical settings67.
Yondashuv til o‘qitish mazmuni va til o‘rganish xususiyati hamda ularni pedagogik jarayonga joriy etish imkoniyatlari haqidagi nazariy jihatdan yaxshi yoritilgan pozitsiya va nuqtaiy nazar.
Entoniyning fikricha, yondashuv til haqidagi, uni o‘rganish va o‘rgatish xususiyatlarini inobatga olib takomillashtirilgan prinsip yoki tushunchalar yig‘indisi bo‘lib, u metodga moslashtiriladi yoki nazariy jihatdan unga asoslanadi. Ya’ni yondashuv atamasi orqali ingliz tili o‘qitish amaliyoti va prinsiplarining manbasi bo‘lib xizmat qiladigan til va til o‘rganish haqidagi nazariya ifodalanadi.
Yondashuv til o‘qitish sistemasi zamiridagi fundamental komponent bo‘lib, o‘qitishning umumiy metodologik asosi sifatida gavdalanadi va (til) o‘quv fanining maqsadi, vazifalari hamda ta’lim jarayonida ularni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan ta’lim mazmuni haqidagi mavjud nuqtaiy nazarlar bilan xarakterlanadi.
Metodistlarning fikricha, yondashuv o‘quv fanining mazmuni haqidagi qarashlarni umumiylashtiradi (Vyatyuntnev, 1984), konkret bilim sohasidagi tadqiqotning umumiy metodologik asosi sifatida foydalanilinadi (Bim, 1984), tadqiqotchi faoliyatining u yoki bu hodisalarni o‘rganish bo‘yicha yo‘nalishini aniqlaydi (Skalkin, 1981).
66 RichardsJ.C., Rodgers Th.S. Approaches and Methods in Language Teaching. – NY.: Cambridge University Press, 2009. – p. 19
67 Brown D.H. Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy. – NY.: Longman, 2007. – P. 17-18..
Metodikada yondashuvning yagona klassifikatsiyasi mavjud emas. Masalan, M.V.Lyaxovitskiy (1981) yondashuvlarni psixolingvistik nuqtaiy nazaridan quyidagicha klassifikatsiyalaydi:
Bixevioristik – til tashqi qo‘zg‘atuvchi stimullarga javoban nutqiy avtomatizmlarni shakllantirish usuli orqali o‘rganiladi;
Induktiv-ongli – til nutq namunalarini tahliliy kuzatish natijasida til qonuniyatlari va ularni nutqda qo‘llash usullarini egallash orqali o‘rganiladi;
Ongli (kognitiv) – til egallangan bilimlar asosida nutqiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish izchilligida o‘rganiladi;
Integrativ – til o‘qitish jarayonida ongli va g‘ayrishuuriy komponentlarni tashkiliy muvofiqlashtiradi, ya’ni ingliz tili bilim, malaka va ko‘nikmalarni parallel egallash orqali o‘rganiladi.
M.N.Vyatyutnev til o‘rganishning lingvistik omillarini inobatga olgan holda zamonaviy metodlarni tasniflash uchun yondashuvlarni 6 ta turga: grammatik, to‘g‘ri, bixevioristik, o‘quv, kollektiv, kommunikativ, individuallashgan turlarga ajratadi. J.S.Richards, T.S.Rodjerds, D.Braun, D.L.Frimenlar metodlarni tadqiq etishda til haqidagi (struktural, funksional va interaktiv) va til o‘rganish haqidagi nazariyalarga, ya’ni: a) til o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadigan psixologik va kognitiv jarayonlar; b) til o‘rganish jarayonini faollashtiradigan vaziyatlarga va optimallashtiradigan omillarga murojaat etishadi.
A.N.Shukin yondashuvlarni tilga nisbatan o‘qitish ob’yekti va o‘qitish vositasi sifatida qaraydigan guruhlarga ajratadi68. Tilga o‘rganish ob’yekti nuqtaiy nazaridan qaraydigan: a) tilni o‘rganishga; b) nutqni o‘rganishga; v) nutq faoliyati turlaridan bilim, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlar farqlanadi. Tilga o‘rganish vositasi nuqtai nazaridan qaraydigan: a) to‘g‘ri (intuitive); b) ongli (cognitive); d) shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlarni farqlash mumkin.
Adabiyotlarda audilingual metod va audilingual yondashuv yoki kommunikativ metod va kommunikativ yondashuv atamalari ko‘p uchraydi.
68 Щукин А.Н. Обучение иностранным языкам. Теория и практика. – М.: Филоматис, 2006. – С. 96-97.
Metodlar ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Tamoyillar ingliz tili o‘rgatish va o‘rganish haqidagi ma’lum nazariyaga asoslanadi. K.Richards va S.Rodjerdslar metod atamasini ta’riflash maqsadida quyidagi jadvalni shakllantirishgan (11- jadvalga qarang):
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |