Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Download 0,66 Mb.
bet45/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

L.S.Vigotski (Lev Semyonovich Vigotskiy) Piaje nazariyasini yanada takomillashtirib bolaning atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynashini isbotlab berdi. Uning fikricha, tafakkur o‘zlashtirilgan nutqdir, nutq esa ijtimoiy munosabatlarda rivojlanadi. Piaje bola bilan muhit o‘rtasidagi aloqaga e’tibor qaratgan bo‘lsa, Vigotskiy konstruktivizimning boshqa elementiga, ya’ni bola bilan ijtimoiy muhit o‘rtasidagi muloqotga urg‘u beradi.
Kattalar ko‘magi bilan bola o‘zi mustaqil bajara oladigan narsalaridan ko‘prog‘iga qodir bo‘ladi. Ushbu fikrni jonlantirish uchun, yana bolaning qoshiq bilan manipulyasiya qilishi vaziyatiga qaytsak. Qoshiqdan foydalanishni o‘rganishning ma’lum nuqtasida bola qoshiqni kosaga solishi, lekin kosadagi taomni qoshiqqa olib og‘ziga to‘g‘ri olib kelishni uddalay olmaydi. Shu payt atrofdagilar yordamga kelishadi, bolaning qo‘llaridan ushlab kosadagi taomdan qoshiqqa olishadi va uni og‘izga yaqin olib kelishadi. Shu tariqa bola kattalarning yordamida o‘zi mustaqil bajara olmaydigan ishni ko‘p vaqt sarflamay va atrofni ifloslamay oson bajarishga o‘rganadi.
Bundan tashqari, kattalarning “qoshiqni o‘ng qo‘l bilan bunday ushlaymiz, keyin uni kosaga solamiz, qoshiqni mana bunday qilib og‘zimizga olib kelamiz” tarzidagi ko‘rsatmalari bolaning nutqni idrok etishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolani predmetlarning shakli, rangi vazni bilan tanishtirishda kattalar amalga oshirish mo‘ljallangan harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatlarni qay yo‘sinda bajarishni o‘rgatadilar. Bolani «Olib kel», «Joyiga qo‘y», «Og‘zingni art», «Ushlab tur» kabi so‘z birik «qo‘linga ol», «Oldin o‘ng qo‘ling bilan tut»,
«Qoshiqni bunday ushlab og‘zinga olib bor» deb) ko‘rsatiladi. Kattalarning bunday hamkorligi va qo‘llab quvvatlashi bolaning bilimlarni egallashiga sabab bo‘ladi. Bola o‘zi mustaqil bajara olmaydigan harakatlarni maxsus shug‘ullanish natijasida mustaqil bajara oladigan bo‘ladi, ya’ni bolaning qoshiqni kosaga solishi bu «aktual rivojlanish zonasi» bo‘lsa qoshiqqa ovqatni to‘ldirib olishi uning «Eng yaqin rivojlanish zonasi » M.G. Davletshin tarjimasi) hisoblanadi.
Vigotskiyning pedagogika faniga kiritgan, ‘Eng yaqin rivojlanish zonasi’ (рус.: Зона ближайшего развития, eng.: Zone of proximal development) ta’lim orqali psixologik jarayonlarning rivojlanishini jadallashtirish konsepsiyasi pedagogikaning turil sohalari qatorida ingliz tili ta’limiga ham keng tatbiq etilib qizg‘in tadqiqot obektiga aylangan. Ushbu tushunchaga berilgan tariflarlardan namunalar keltiramiz:

  • большая или меньшая возможность перехода ребёнка от того, что он умеет делать самостоятельно, к тому, что он умеет делать в сотрудничестве, и оказывается самым чувствительным симптомом, характеризующим динамику развития и успешность умственной деятельности ребенка57.

  • содержание тех задач, которые ребенок еще не может решить самостоятельно, но уже решает с помощью взрослого (в совместной деятельности): то, что первоначально делается ребенком под руководством взрослых, становится затем его собственным достоянием (способностями, навыками, умениями). Их наличие свидетельствует о ведущей роли взрослого в психическом развитии ребенка 58.

  • The zone of proximal development is an area of learning that occurs when a person is assisted by a teacher or peer with a skill set higher than that of the subject59.

  • The zone of proximal development refers to the maturing functions that are relevant to the next age period and that provide the means to perform in collaborative situations that could not be achieved independently. These functions are not created in interaction; rather interaction provides conditions for identifying their existence and the extent to which they have developed.

  • the layer of skill or knowledge which is just beyond that with which learner is currently capable of coping.




57 Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Лабиринт, 1999.– 352 c.
58 Зинченко В.П., Мещерякова Б.Г. Большой психологический словарь. – М.: Прайм-ЕВРОЗНАК. 2003. – C. 858.
59 Penguin dictionary of psychology. https://en.wikipedia.org. Elektron resurs: Murojaat sanasi: 29.07.2019.
L.S.Vigotskiyning «ijtimoiy konstruktivizm», ya’ni nutq atrofdagi odamlar bilan muloqot qilish natijasida shakllanadi, degan mazmundagi nazariyasi soha mutaxassislari tomonidan quyidagicha tushunilgan:

  • samarali o‘rganish siri turli darajadagi malaka va bilimga ega ikki yoki undan ko‘p insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar zamirida yotadi. Ko‘proq bilim egasi bo‘lmish, odatda, ota-ona yoki o‘qituvchi, ko‘pincha esa hamrohning vazifasi boshqa birovning o‘rganishi uchun ko‘maklashish yo‘lini topishdir60;

  • tafakkur asosiy o‘zlashtirilgan nutqdir, nutq esa ijtimoiy munosabatlarda paydo bo‘ladi61;

  • bolaning tafakkuri turli darajadagi intellektlar, ya’ni kattalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish jarayonida rivojlanib boradi62.

Vigotskiy Piaje nazariyasini takomillashtirib, bolaning atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynashini isbotlab berdi. Piaje bola bilan muhit o‘rtasidagi aloqaga e’tibor qaratgan bo‘lsa, Vigotskiy konstruktivizmning boshqa elementiga, ya’ni bola bilan ijtimoiy muhit o‘rtasidagi muloqotga urg‘u beradi. Piaje uchun bola buyumlar dunyosidagi faol o‘rganuvchi bo‘lsa, Vigotskiy uchun bola insonlar bilan to‘la dunyodagi faol o‘rganuvchidir.

Kattalar bolaga o‘rganish uchun ko‘maklashuvchi vazifasini bajarishadi, ya’ni uning qo‘liga buyumlar tutqazishadi, o‘yin jarayonida gaplashishadi, hikoyalar o‘qib, ertaklar aytib berishadi. Boshqacha aytganda, atrofidagi odamlar bolaga dunyoni tanishda vositachi, undovchi, va ayni paytda, muvaffaqiyatsizlikning oldini olish choralarini ko‘ruvchilardir. Kattalar ko‘magi bilan bola o‘zi mustaqil bajara oladigan narsalaridan ko‘prog‘iga qodir bo‘ladi. Bolani predmetlarning shakli, rangi, vazni bilan tanishtirishda kattalar amalga oshirish nazarda tutilgan harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatlarni qay yo‘sinda bajarishni o‘rgatadilar: bolaga «Olib kel», «Joyiga qo‘y», «Og‘zingni
60 Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – p. 40.
61 Lightbown P.S., Spada N. How languages are learned. – L.: Oxford University Press, 2006. – p. 20.
62 Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied Linguistics. – UK.: Palgrave & Macmillan, 2011. – p. 17.
art», «Ushlab tur» kabi topshiriqlarning mohiyati tanishtiriladi, keyin unga harakatni bajarish yo‘llari («Qoshiqni mana bunday ushla», «Avval qo‘lingga ol»,
«Oldin o‘ng qo‘ling bilan tut», «Qoshiqni bunday qilib og‘zinga olib bor» deb) ko‘rsatiladi.
Yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, kichik yoshdagi o‘quvchilarga ingliz tili o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil ravishda o‘zlashtira oladigan til materialiga emas, balki mutaxassis ko‘magi yoki hamkorligida muvaffaqiyatliroq o‘zlashtira oladigan til materialiga murojaat etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar yangi til materiali o‘quvchining «Eng yaqin rivojlanish zonasi»da bo‘lsa, bu unga tushunarli bo‘ladi va u buni o‘zlashtira boshlaydi.
Vigotskiy ta’limni o‘quvchining kashf qilishiga ko‘maklashish jarayoni, deb tariflaydi. O‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirish, ko‘rsatib berish, va og‘zaki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi orqali Eng yaqin rivojlanish zonasidagi ma’lum topshiriqni mustaqil bajarish malakalarini egallaydilar. Buni hamkorlikdagi faoliyat natijasida kashf qilish, ya’ni tayyor bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki o‘qituvchi, ota-ona, yoki ilg‘orroq sherik hamkorligi va ko‘magida mustaqil kashf qilish, deb tushunish mumkin. Vigotskiy «Eng yaqin rivojlanish zonasi»ni «intellekt»ga yangi ma’no berish maqsadida qo‘llagan. Uning ta’kidlashicha, aqliy layoqat bolaning yolg‘iz o‘zi bajara oladigan narsalari bilan emas, balki mahoratli ko‘mak va bola uchun tushunarli og‘zaki ko‘rsatma yordamida bajara oladigan narsalari bilan o‘lchanishi lozim.
Vigotskiy rivojlanish nuqtasidagi turli bolalar kattalarning bir xil ko‘magidan turlicha foydalanishlarini aniqlagan. Ingliz tili o‘qitish jarayonida ham o‘qituvchi o‘quvchilarga savol bilan murojaat qilib, yangi nutq modeli bilan tanishtiradi: Do you like swimming? Bu savolga javob berish o‘zlashtirilganidan keyin o‘quvchilarga yuqoridagi «Do you like (reading, dansing)…..?» konstruksiyasi asosida boshqa savollar taqdim etiladi. Lekin hamma o‘quvchilar ham bu savollarni tushunavermaydilar. Chunki o‘quvchilarning Eng yaqin rivojlanish zonasi bir-biridan farq qiladi.
Vigotskiy bolani biror ishni ijtimoiy vaziyatda boshqa odamlar bilan bajarayotgan holatda, tilni esa turli usullar bilan unga yordam berayotganligini va asta-sekinlik bilan bolaning boshqalarga tobelikdan mustaqil harakatlanish va fikr yuritish sari odimlayotganligini kuzatadi. Ovoz chiqarib fikrlashdan miyada fikrlashga o‘tish jarayonidagi hamkorlikdagi suhbat va faoliyat keyinchalik bir individning mustaqil aqliy faoliyatiga aylanadi. Vigotskiyning bolalar so‘zni tushuncha sifatida qabul qilishlari to‘g‘risidagi fikrini tasdiqlovchilar (De Bot, 1992; Nattinger va DeKario, 1992; Lantolf 2000; Rodjers, 2000; Tauchi, 2008; Strengers, Bouers, Xaus, va Eykmans, 2011) ingliz tili o‘qitishda muhim pedagogik ahamiyat kasb etishi mumkinligiga e’tibor qaratadilar.
Masalan, Vigotskiyning tadqiqotlari J.Bruner ilmiy faoliyatida o‘z aksini topgan. Bruner bir necha oilalardagi kattalarning bolalar bilan muloqotini o‘rganish jarayonida kattalar o‘z fikrlarini imkon qadar bolaga tushunarli tarzda ifodalashga harakat qilishlarini guvohi bo‘ladi. Ayniqsa, ma’lum harakatni to‘g‘ri bajarishi uchun bolaga beriladigan ko‘rsatmalarning qayta-qayta takrorlanishi natijasida ushbu ko‘rsatmalar nutq namunasi sifatida bolaning leksik zaxirasini boyitib borishini kuzatib, Bruner «Scaffolding» (Havoza) modelini ishlab chiqdi. Ushbu nazariyaga binoan, kattalarning nutqi bolalarga dunyoni anglashlari uchun vositachi bo‘ladi va ularga muammolarni yechishda yordam beradi.
Bruner ingliz tili mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘qituvchi foydalanadigan («George, please give out the scissors (papers).», «Stand up!», «Line up!»«The lesson is over. Good bye!») bo‘lgan gaplar asta-sekin o‘quvchilarning leksik repertuari (boyligi)ga aylanib borishini isbotlaydi. Misoldagi gaplar o‘quvchilarga mazmunli til shakllarini o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va o‘quvchilar dastlabki tajribalariga asosan o‘qituvchining ko‘rsatmalarini taxminan tushuna boshlaydilar. Ya’ni taqdim etiladigan yangi nutq namunasi o‘quvchining eng yaqin rivojlanish zonasiga o‘tadi.
O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilishda o‘quvchilarga quyidagi topshiriqlarni osondan qiyinga prinsipi asosida berib borishi mumkin:




the scissors (books)

give out

the scissors

give out

the papers (pencils)

collect

the books




the flashcards

find

the papers

«Eng yaqin rivojlanish zonasi» atamasi asosida Ingliz tili o‘qitishning didaktik tamoyillaridan oson-qiyinlik yoki o‘quvchi kuchiga moslik tamoyillari rivojlantirilgan va nutq faoliyatini egallash jarayonini tezlashtirish yoki samaradorligini oshirish maqsadida qiyinchiliklarni o‘quvchi kuchiga mos holda
«taqsimlab» taqdim etilishini yo‘lga qo‘yish, o‘quv dastur va o‘quv rejalarini shu tamoyil asosida ishlab chiqish lozim.
«Kognitiv konstruktivizm» va «ijtimoiy konstruktivizm» nazariyalarining qiyosiy tahliliga asoslanib boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘rgatishda quyidagi tavsiyalar umumlashtirildi.
Piaje nazariyasiga asosan: a) til materialini metodik tayyorlashda o‘quvchilarning rivojlanish bosqichlarini inobatga olish; b) o‘quvchilarni ayni joyda va zamonda sodir bo‘layotgan, sodda va real hayot bilan bog‘langan, buyumlar bilan amalga oshiriladigan mashqlar tanlash; d) bilimlarni kreativ, kashf qilib egallanishi uchun optimal vaziyat yaratish; e) natija ketidan quvmasdan, o‘zlashtirish jarayoniga ustuvor ahamiyat qaratish tavsiyalari ishlab chiqildi.
Vigotskiy nazariyasi asosida: a) kommunikatsiya va interaksiya jarayonida tildan foydalanish; b) tushunarli tilda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va ko‘maklashish; d) o‘quvchiga uning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib, ya’ni uning eng yaqin rivojlanish zonasidagi topshiriqlarni berish, uni hamkorlikda va xayrixohlikda bajarish; e) dastlabki uzuq-yuluq talaffuz etilgan jumlalarni qayta-qayta takrorlashga undash va rag‘batlantirish; f) ingliz tilidagi nutqning vokallashish jarayonlaridagi dastlabki nuqsonlarga sabrli bo‘lish; g) o‘quvchilarga qaratilgan nutq ular uchun tushunarli bo‘lishi, ya’ni o‘quvchilarning eng yaqin rivojlanish zonasiga moslab soddalashtirilgan bo‘lishi lozim (10-jadvalga qarang).

  1. jadval.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish