A.N.Xomskiyning (Avram Noam Chomsky) – Critical (Sensitive) Period Hypothesis - Kritik (senzitiv) davr gipotezasiga asosan bolalarning miyasi til o‘rganish uchun maqbul holatda, ya’ni elastik holatda, oddiyroq tushuntiriladigan bo‘lsa, ona tili sistemasiga to‘liq moslashmagan va qotmagan bo‘lganligi sababli ularni kattalarga nisbatan yaxshiroq ingliz tili o‘rganuvchi ekanligiga ishonish mumkin. Kattalarda esa bunday bo‘lmaydi. Kritik davr gipotezasi shunday tushuniladi49.
Xomskiyning «Kritik davr» gipotezasi qizg‘in muhokama etilayotgan bir paytda uning «Universal Grammatika» sarlavhasi ostidagi innatist (innate - tug‘ma) nazariyani targ‘ib etuvchi ilmiy maqolalari tadqiqotchilar tomonidan eng ko‘p iqtibos keltiriladigan asar bo‘lib qoldi. Xomskiy zaruriy miqdorda va tarkibda oziqlantirilgan barcha bolalar bir yoshdan yurishni o‘rganganlari kabi tilni ham ayni yoshda va ayni usulda o‘rganishadi, degan mazmundagi innatist nazariyani yanada rivojlantirdi. U til o‘zlashtirish jarayonlari haqidagi turli ma’lumotlarni tadqiq etib, grammatikani bolalar kattalarga nisbatan oson o‘zlashtirayotganlik- lariga guvoh bo‘ladi.
Bolalarning til elementlaridan kreativ foydalanib, grammatik tartibli gaplar tuzayotganliklarini kuzatish natijasida Xomskiy dunyodagi barcha tillar umumiy grammatikaga ega, ya’ni har qanday tilda gap ot bo‘laklari va fe’l bo‘laklaridan tashkil topadi50, degan xulosaga keladi.
Xomskiyning ushbu xulosasi keyinchalik og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash ehtimolligi yuqori bo‘lgan so‘z birikmalar (collocations: key hole, air bag, coffee shop) yoki og‘zaki va yozma nutqda yaxlit qo‘llanilinadigan muloqot modellari (formulaic chunks, prefabricated (ready to use) sentences, fixed (semifixed) expressions)ning boy repertuarini hosil qilish orqali boshlang‘ich sinf
49 Birdsong D., Bialystok E., Hakuta K. Second Language Acquisition and the Critical Period Hypothesis. – L.: Lawrence Erlbaum associates publishers, 1999. - p. 161-181.
50 Gordon T. Teaching young children a second language. – Greenwood Publishing Group, 2007. – p. 46-47.
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning pragmatik tamoyili (nutq namunasi asosida ingliz tili o‘qitish) rivojlantirildi.
Dastlab ingliz tili maktablarda N.Xomskiy tomonidan dengizchilar va savdogarlarning muloqot tili Pindgin (language made of a small number of nouns, verbs and adjectives borrowed from different languages spoken in the area of contact) ta’sirida yaratilgan “Universal Grammar” nazariyasiga asoslanib o‘rgatildi. Ya’ni o‘quvchilar xuddi ona tilida nutq rivojlanish bosqichlaridagi kabi otlarga mos artikl va ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shmasdan, fe’llarni shaxs va zamonda tuslamasdan, ma’noni erkin ifodalashga o‘rgatiladi, qoidalar o‘quvchi talabi bilan imkon qadar sodda tilda tushuntiriladi. Mazkur nazariyaga asosan chet tilning tabiiy izchillikda o‘zlashtirilishi lozimligi targ‘ib etiladi va ingliz tili o’qitishining amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari (content goal) qatorida o‘quvchilarning til o‘rganishga munosabati (qiziqish, xoxish-istak va jurat)dan kelib chiqadigan (attitude goal) maqsadlarini ham e’tiborga olish tavsiya etiladi51.
Do'stlaringiz bilan baham: |