Texnologiya (yunon. Techne - mahorat, san’at; – muayyan jarayonni
yurgazish usullari, vositalari, taktikasi va strategiyasi + logos - ta’limot) – 1. Ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo, material, yarimfabrikat va shu kabilarga
ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llanadigan usullar (metodlar) majmui81, 2. Ma’lum mahsulotni tayyorlash jarayonida amalga oshiriladigan mexanik yoki fizik harakatlar tizimidir. Texnologiyaning mukammal bo‘lishi ta’lim jarayonida bilim, malaka va ko‘nikmalarning qisqa muddatda, ko‘p miqdorda, sifatli egallanishini ta’minlaydi. Ingliz tili o‘qitish metodikasi nuqtai nazaridan uni ikkinchi yoki ingliz tili o‘rganish yoki egallash jarayonining mexanizmi, deb talqin qilish mumkin. Ya’ni texnologiya ikkinchi yoki xorijiy tilning o‘rganilishini ta’minlash maqsadida o‘qituvchi tashabbusi, yo‘l-yo‘rig‘i va ko‘rsatmasiga muvofiq sinfxonada bajariladigan mashqlar, amallar va harakatlar tizimidir. Xorijiy adabiyotlarda texnologiyani jarayon (procedure), deb nomlash holatlari ham uchraydi. Ingliz tili o‘qitish metodikasida mazkur atamaga quyidagi ta’riflar berilgan:
muayyan jarayonni yurgizish usullari hamda vositalari82;
o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lum maqsadni amalga oshirish jarayonidagi mashg‘ulotlarda sodir etadigan harakatlarining rejalashtirilgan tartibi va usuli83;
darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish jarayonidagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlik va hamjihatlikdagi faoliyati84;
ta’lim sharoiti va vaziyatini hisobga olib ayni natijani qayd etilishini ta’minlovchi harakatlar strategiyasi, ma’lum yondashuvni tatbiq etuvchi metodga xos topshiriq va amallar (task, activity) yig‘indisi85.
Tadqiqotlarda didaktik, dramatik, imitatsion, syujetli, muloqotga asoslanuvchi, rolli va proeyktli o‘yinlardan foydalanishning innovatsion pedagogik texnologiyalari takomillashtirilgan. Ushbu texnologiyalarda asosiy e’tibor mashg‘ulot jarayonida kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishini
81 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. А.Мадвалиев таҳрири остида. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004. 81- b.
82 Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012. 416- b.
83 Щукин А.Н. Лингводидактический энциклопедический словарь: более 2000 единиц. – М.: Академия, 2007.
- С. 19.
84 Brown D.H. Teaching by principles: An interactive approach to language pedagogy. – NY.: Longman, 2007. 180- p.
85 Freeman D.L. Techniques and principles in language teaching. – L.:Oxford University press, 2003. 12-13- p.
ta’minlashga qaratiladi. Birinchi bosqichda tilga oid kompetensiyalarning egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar bajariladi. Mashqlarning oson va muvaffaqiyatli bajarilishiga ko‘maklashish uchun «Scaffolding» modelidan foydalanamiz. Ikkinchi bosqichda kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishining ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Unda o‘quvchilar birinchi bosqichda egallagan bilimlaridan foydalanib interaksiyaga kirishadilar. Uchinchi bosqichda o‘quvchilar interaksiya jarayonida olingan axborot asosida tashabbusli nutq hosil qiladilar. Ushbu texnologiyalardan namunalar keltiramiz.
«Meals» mavzusi bo‘yicha tayyorlangan «Tashabbusli nutq» syujetli o‘yin texnologiyasi.
Birinchi bosqich – taqdimot bosqichi bo‘lib, unda takrorlash mashqlarining oson va muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash maqsadida havoza o‘rnatiladi. Ya’ni almashtiriladigan jadvaldan mashqning oson va muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi havoza sifatida foydalanamiz. Masalan, «Meals» mavzusiga oid leksik va grammatik materialning o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan mashqni oson va muvaffaqiyatli bajarilishiga ko‘maklashish uchun quyidagi almashtiriladigan jadval tavsiya etiladi:
For
|
breakfast
|
I
|
have
|
tea
|
lunch
|
you
|
milk
|
sugar
|
dinner
|
we
|
bread
|
butter
|
supper
|
they
|
jam
|
eggs
|
T: For breakfast I have tea. Ss: For breakfast I have tea.
T: coffee Ss: For breakfast I have coffee.
Jadval o‘z navbatida zanjirli dialog tuzish mashqining oson bajarilishini kafolatlaydi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar navbati bilan dialog tuzishadi.
S1: For breakfast I have tea and bread. What about you, Shoira?
S2: For breakfast I have jam and milk. What about you, Botir?
S3: For breakfast I have apple juice and bread. What about you, Shodiya?
Havozalash bosqichida o‘qituvchi (AKTdan foydalanib) doskada quyidagi jadvalni havola etadi.
For
|
breakfast lunch dinner
|
I
you we
they
|
eat
|
|
|
|
|
|
|
my parents
|
drink
|
|
Jadval o‘quvchilarga yangi leksik materialni fahmlab olishda ko‘maklashadi. Shuningdek, o‘qituvchi o‘zini biror narsani ichayotgan yoki chaynayotgandek ko‘rsatib, so‘z ma’nosining to‘g‘ri taxmin qilinishiga ko‘maklashadi. Ushbu mashqda leksik materialning to‘liq takrorlanishini ta’minlash uchun o‘qituvchi fleshkartalarni almashtirib turishi lozim. Til materialini o‘zlashtirish tezligiga qarab jadvaldagi ustunlar navbati bilan o‘chiriladi. So‘nggi bosqichda faqat fleshkartalar qoladi.
Ushbu bosqichdagi so‘nggi topshiriqning bajarilishini havozalash uchun quyidagi almashtiriladigan jadvaldan foydalanamiz.
What
|
do
|
you
|
eat
|
for
|
breakfast?
|
lunch?
|
drink
|
dinner?
|
supper?
|
Ikkinchi bosqich – interaksiya va kommunikatsiya bosqichi bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘zaro ma’lumot almashadilar va hamkorlikda faoliyat olib boradilar.
Jamoalarga so‘rovnoma jadvallarini to‘ldirish topshirig‘i beriladi.
Jadvallarini to‘ldirish maqsadida o‘quvchilar quyidagi tartibda dialog tuzishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |