Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish


Kommunikativ o‘yin mashqlari



Download 0,66 Mb.
bet56/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

Kommunikativ o‘yin mashqlari


Tadqiqotlardan ma’lumki, bolalar taqlid qilishdan, takrorlash mashqlaridan zavqlanishadi. Bundan tashqari, takrorlash mashqlarida o‘quvchi zo‘riqmaydi. Chunki ular o‘zlarini xavfsiz va xotirjam his qilishadi. Ushbu vaziyatda o‘qituvchi buyumlar joyini almashtirib, masalan, sumkani polga, kitobni parta ustiga qo‘yish orqali mashqni oson va muvaffaqiyatli bajarilishini havozalaydi. Bunda tildan foydalanish uchun real maqsad paydo bo‘ladi va o‘quvchilar leksik hamda grammatik til materialini nafaqat mazmunli kontekstda qo‘llash, balki leksik birlik
va grammatik hodisaning qanday ma’no anglatishini ham mustaqil fahmlab olish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun mashq kommunikativ tus olishi lozim bo‘ladi. Masalan:

T:

What is on the table?

Ps:

A book

T:

Yes, a book is on the table. What is on the floor?

Ps:

A bag.

T:

Yes, a bag is on the floor. Where is the bag?

Ps:

On the floor.

T:

Yes, the bag is on the floor. Where is the book?

Ps:

The book is on the floor.

Guessing o‘yin mashqlarida ham kommunikatsiya sodir bo‘lishiga erishish mumkin. Masalan, I am thinking of a pupil? He is wearing blue jeans? Is he Nodir? No. He is taller than Nodir.
Ma’lumki, kommunikativ yondashuv ingliz tili real mazmunli va ma’noli muloqot qilish jarayonida o‘rganiladi, degan nazariyaga asoslanadi. Qachonki o‘rganuvchilar jonli kommunikatsiya va interaksiyaga qamrab olinsa, ular til o‘rganish uchun tabiiy strategiyalaridan foydalanadilar va bu ularga til o‘rganish jarayonida tildan foydalanish imkonini beradi. Mutaxassislarning fikricha, kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishini ta’minlovchi mashqlar tuzishda: a) kommunikativlik (ingliz tili jonli kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lganida o‘rganiladi); b) vazifaviylik (ingliz tili undan foydalanib aniq vazifa bajarish jarayonida o‘rganiladi); d) tushunarlilik va ma’nolilik (ingliz tili o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lganida va ma’no anglatganida o‘rganiladi) tamoyillarini hisobga olish lozim80.

Buning uchun birinchidan, suhbat ishtirokchilarining biri ikkinchisi ega bo‘lgan axborot yoki ma’lumotdan xabardor bo‘lmasligi lozim. Ya’ni bugun haftaning qaysi kuni ekanligi ma’lum bo‘lsa-da, «Bugun haftaning qaysi kuni?» savoliga «Seshanba» javobi olinsa, kommunikatsiya sodir bo‘lmaydi. Chunki suhbat ishtirokchilaridan biri o‘zi bilmagan yangi axborotni olish imkoniyatiga ega
80 Nunan D. Practical English Language Teaching. – NY.: McGraw-Hill, 2003. – 354 p.
emas. Bunday savollarga o‘quvchi baho olish uchun majbur bo‘lganidan rasmiy javob berish bilan kifoyalanadi. Natijada motivatsiya so‘nadi.
Ikkinchidan, muloqot ishtirokchilari qachon va qanday aytish, kimga nimani aytish yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishlari lozim. Ya’ni o‘qituvchi o‘quvchi aytadigan gap mazmuni va shaklini qat’iy nazoratda ushlab turmasligi kerak.
Uchinchidan, kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishi uchun adresatning javob replikasiga munosabat bildirilishi talab etiladi. Ya’ni gapiruvchi tinglovchidan qandaydir javob olishi va o‘z fikrini tushunarli tarzda ifodalayotganligiga ishonch hosil qilib turishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda o‘tkaziladigan so‘rovnoma jadvallarini to‘ldirish mashqlari yuqoridagi kommunikativ talablarga to‘liq javob beradi. Bunday mashqlarning bajarilishida o‘quvchilar o‘zlariga berilgan topshiriqlarni, ya’ni jadvallarni to‘ldirish uchun bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar. Topshiriqni bajarish istagi o‘quvchida jonli muloqotga kirishi uchun sabab motivi vazifasini o‘taydi. Uning borligi ehtiyojni tug‘diradi, ehtiyoj motivatsiyani qo‘zg‘aydi. Jadvallarni to‘ldirish jarayonida yangi axborot olinadi va ushbu axborotni boshqalar bilan bo‘lishishga yana bir ehtiyoj tug‘iladi. Jadval ma’lumotlar bilan to‘ldirilganidan so‘ng o‘quvchilar ushbu jadvallardan foydalanib, namuna asosida gaplar tuzishadi. Namuna asosida gaplar tuzish jarayonida o‘quvchi yangi grammatik hodisani o‘zining tashabbusli nutqida qo‘llaydi va uning ma’nosini mustaqil fahmlay boshlaydi.
Mavzu yuzasidan tayyorlangan texnologik xarita (4-ilova), substitution table
(5-ilova) va class survey jadvallari (6-ilova) ilova etiladi.
Almashtiriladigan jadvallardan mashqlarni oson va muvaffaqiyatli bajarilishiga yordamlashish, so‘rovnoma jadvallaridan kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishini ta’minlash vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha innovatsion pedagogik texnologiya ishlab chiqilgan.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish