Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Download 0,66 Mb.
bet60/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

Policeman

Pupil

Good morning, this is lost property
officer Mr. Green.

Hello, this is …….

What can I do for you ?

My dog is missing.

Oh, I am so sorry. Tell me about your dog.

His name is ……..
He is (color).
He is years old.

What is your address?

.......... ……street ….
…………… district,
…………… region.

What is your telephone number?

My telephone number is
…………..

OK, donot worry. We will find your dog
verys oon.

Thankyou, sir.

O‘qituvchi o‘quvchilar bilan suhbatlashish jarayonida ular haqidagi ma’lumotlarni avvaldan tayyorlab qo‘yilgan jadvalga kiritib boradi.




Name

Eshboyeva

Saodat







Missing property

Pet: dog

Color: black

Age: 2




Address

……….street …..,
………….. village

…….. district

………..region




Telephone number

+98 998

000 00 00




O‘qituvchi barcha o‘quvchilar bilan suhbatlashib bo‘lganidan keyin, ular haqidagi ma’lumotlar yozilgan varaqlarni yordamchilariga beradi. Yordamchilar esa varaqlarga qarab yo‘qolgan uy hayvonlari kimga tegishli ekanligini aniqlashadi.


Xat tashuvchilar o‘yinchoqlarni o‘z egalariga eltib berishadi va quyidagi tartibda dadialog tuziladi.
Postman: Good morning. Pupil: Good morning.
Postman: Are you …… ?Is this your dog? Pupil: Yes it is my dog.
Postman: Here you are. Please, sign here. Pupil: OK. Thank you.
Postman: Not at all.
Tavsiyalar: ushbu kommunikativ o‘yin texnologiyasini 4-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazish ham mumkin. O‘qituvchi mashg‘ulotga kreativ yondashishi va mashg‘ulot mobaynida improvizatsiya qilishi tavsiya etiladi. O‘yinlarni muvaffaqiyatini ta’minlash uchun o‘qituvchilardan turli mavzularga mos jamlamalarni to‘plash talab etiladi. Bunday jamlamalar jonli til materiali vazifasini bajarib, o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlaydi. O‘yinlarga o‘zgartirish kiritish ham mumkin. Masalan, uy-hayvonlari emas, balki shaxsiy buyumlar, transport vositalari yoki o‘quv qurollari kabi mavzularni ham tanlash mumkin. O‘yin jarayonida ishlatiladigan nutq namunalari mustahkam o‘zlashtirib olinganidan keyin ilg‘or o‘quvchilarni bosh rolga taklif qilish maqsadga muvofiqdir.
Nutq faoliyati asosiy turlarining o‘zaro munosabatini ta’minlash maqsadida gapirish, tinglash, o‘qish va yozuv bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi. O‘quvchi gapirganda qo‘llagan birlikni tinglab va o‘qib tushuna oladi, yozuvda ham ishlata oladi. Ko‘rinib turibdiki, til materiali ma’lum natq faoliyati turidan boshqasiga o‘tib yuradi.
Ma’lumki, I-II sinflarda mashg‘ulotlar o‘yin asosida tashkil etilib, asosiy e’tibor tinglab tushunish va gapirish nutq faoliyat turlaridan ko‘nikma va malakalar egallanishiga qaratiladi. Ingliz tili o‘qitishga kommunikativ yondashuvda jonli nutq vaziyatlarini sinf mashg‘ulotlariga bog‘lash talab etiladi. Ingliz tilini boshlang‘ich sinflarda o‘qitish nazarda tutiladigan bo‘lsa, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar va ularning tevarak-atrofida sodir bo‘ladigan nutq vaziyatlarini sinf mashg‘ulotlariga olib kirish lozim.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tildan foydalanidgan vaziyatlari katta yoshlilar duch keladigan nutq vaziyatlaridan farq qiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi oila a’zolari bilan ko‘proq yo‘qotib qo‘ygan o‘quv qurollari, maktabda qaysi fandan qanday baho olganligi, o‘qituvchisi qanday topshiriq berganligi haqida gaplashsa, sinfdoshlari bilan uyga berilgan vazifaning bajarilishi, oila a’zolari, ular bilan sodir bo‘lgan voqealar, yangi xarid qilingan kiyim, tayyorlangan taom, tomosha qilingan multfilm haqida gaplashadi. Darsda esa bir-birlaridan ruchka, qalam yoki o‘chirg‘ich so‘rashadi, kimdir kitobini uyda qoldirganligi haqida gapirsa, kimdir darsda saqich chaynab o‘tirgan o‘quvchi haqida muallimni xabardor qiladi yoki bir-birlaridan shikoyat qilishadi (Mrs, John is cheating!).
Chet tilni boshlang‘ich sinflarda o‘rganish va o‘rgatishga kommunikativ yondashuv o‘smirlarga va kattalarga ingliz tilio‘rgatish kommunikativ yondashuvidan farqlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarini shifokor yoki uchuvchi sifatida tasavvur qilib rol o‘ynashni yoqtiradilar. Ular hech qachon bunday vaziyatga tushmagan bo‘lsalar-da, o‘zlarini o‘t o‘chiruvchi yoki shifokor qiyofasida ko‘rishdan zavqlanishadi. Shu sababli dramalashtirilgan, muloqotga
yo‘naltirilgan, syujetli-rolli o‘yinlar tashkil etish orqali birinchi sinflarda
kommunikativ mashg‘ulotlar tashkil etish mumkin. I-II sinf o‘quvchilari uchun har bir mavzu bo‘yicha shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va kommunikativ o‘yin mashqlari tuzib chiqililgan.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish