Afaziya nutqning sistem buzilishi bo’lib, bosh miya po’stlog’ida joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladi. Afaziya bosh miyaning turli sohalari, ya‘ni pastki peshona pushtasi, yuqori chakka pushtasining orqa qismi, pastki parietal va chakka-tepa-ensa sohalari tutashgan joylar zararlanganda kuzatiladi. Demak, nutq markazlari bosh miya katta yarim sharlarining katta sohasini egallaydi. Kuchli nutq buzilishlari, ayniqsa, Brok va Vernike sohalari zararlanganda, bu markazlarga chegaradosh sohalar zararlanganda esa o’tib ketuvchi afaziyalar kuzatiladi.
Afaziyalarning bir nechta tasniflari mavjud. Ularni sistemalashtirib, A.R. Luriya afaziyaning 7 ta turini ajratadi: