Dinamik afaziya - Dinamik afaziya. Brok markazining oldingi qismida joylashgan premotor soha, ya‘ni 9, 10 va 46-maydonlar zararlangan-da kuzatiladi. Nutq buzilishining bu turi 1934 yili K. Kleyst tomonidan yozilgan va o’rganilgan. Olim uni «nutq tashabbusining etishmovchiligi» deb atagan. Ba‘zi tadqiqotchilar dinamik afaziyani «nutq akineziyasi» deb ham atashadi. Dinamik afaziyaning xususiyati shundan iboratki, ularda nutq xotirasi, artikulyasiya va fonematik eshituv saqlangan bo’ladi. Bemorlar tovush, so’z, jumlalarni va narsalarning nomini juda yaxshi takrorlashadi. O’qish va yozish ham buzilmagan bo’ladi. Ular na to’satdan, na mustaqil ravishda gapira oladi, biron-bir tushunarli so’z yoki gapni ravon ayta olishmaydi. Har qanday fikrni bayon qilish ichki (impressiv) nutq yordamida yaratilgan dinamik jarayon bo’lib, o’zining predikativligi bilan ta‘riflanadi. Predikativlik deganda, harakatni ifodalovchi gaplar tushuniladi. Demak, dinamik afaziyaning markaziy mexanizmlari ichki nutq yetishmovchiligi, predikativligi va nutq faolligining buzilishidir
Do'stlaringiz bilan baham: |