- Efferent motor afaziya : pastki peshona pushtasining orqa qismi (44, 45 maydonlar), ya‘ni Brok markazi zararlanganda kuzatiladi.
- Efferent motor afaziyada nutqning kinetik tarkibi (ya‘ni harakat qismi) buziladi. Bemor bir so’zdan ikkinchi so’zga o’ta olmay, chaynaladi. Sog’lom odamda dastlabki so’zlar nutq uchun javob beruvchi miya strukturalari tomonidan tormozlanib, navbatdagi so’zlarga yo’l ochib beriladi va ravon so’lashga imkon yaratiladi. Demak, efferent motor afaziyada birinchi artikulyator harakatdan ikkinchisiga o’tish buziladi va bu bemor nutqida perseveratsiyalar paydo bo’ladi. Efferent afaziyada ekspressiv nutqning barcha turi va shakli buziladi: monolog, dialog, avtomatlashgan va hokazo. Ko’proq ongli ravishda, ya‘ni kimningdir ko’rsatmasi bilan nutqdagi xatolar tuzatilsa, beixtiyor so’zlash kam buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |