- Fazoviy apraksiya yoki apraktoagnoziya harakatning fazoviy tasavvuri, ya‘ni «yuqori-quyi», «chap-o’ng» kabi tomonlarni farqlashning buzilishi oqibatida rivojlanadi. Aksariyat hollarda fazoviy apraksiya ko’ruv agnoziyasisiz kuzatiladi. Agar optik-fazoviy agnoziya fazoviy apraksiya bilan birga uchrasa, unda to’la apraktoagnoziya namoyon bo’ladi. Bemorda holat, kiyinish va yotadigan joyni taxlash apraksiyasi ham kuzatiladi. Ularga ko’ruv nazorati yordam bermaydi. Harakatlarni bajarishda bemorning ko’zi o chiq yoki yumiq holatda bo’lishining ahamiyati yo’q. Bemor oddiy figuralar -aylana, kvadrat, uchburchak kabilarni chiza olmaydi. Apraktoagnoziya chap yarim sharning tepa -ensa bo’laklari, aniqrog’i 19- va 39-maydonlar yoki ikkala yarim sharning oksipitoparietal sohalari zararlanganda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |