Kinetik apraksiyada - Kinetik apraksiyada bemor chizish, yozish yoki barmog’i bilan buyruq berish kabi oddiy harakatlarni bajara olmaydi. Kinetik apraksiya premotor soha (6, 8-maydonlar) zararlanganda yuz beradi. Bu apraksiya uchun harakat perseveratsiyalari, ya‘ni biror-bir harakatni bajarish uchun befoyda urinishlar xosdir.
Regulyator (prefrontal) apraksiya - Regulyator (prefrontal) apraksiya chap peshona bo’lagining prefrontal sohasi zararlanganda kuzatiladi. Mushaklar tonusi va kuchi saqlangan bo’ladi, lekin harakat dasturi buziladi, har qanday harakatning bajarilishini ongli tarzda nazorat qilib bo’lmay qoladi. Bemorlar birinchi harakatdan ikkinchisiga bemalol o’ta olmaydi. Masalan, kvadratdan so’ng uchburchak chizish talab qilinsa, b emor uchburchak o’rniga kvadrat chizib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |