12-MASHG`ULOT
MAVZU: DINAMIKANING BIRINCHI MASALASINI YECHISH
(BERILGAN HARAKAT QONUNIGA KO`RA KUCHNI ANIQLASH
(harakat qonuniga binoan kuchlarni aniqlash).
Agar moddiy nuqtaning tezlanishi berilgan bo‘lsa, unga ta’sir qilayotgan kuch yoki bog‘lanish reaksiyasi (12.1) va (12.2) formulalar orqali darhol aniqlanadi. Lekin bog‘lanishlar reaksiyalarini aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda aktiv kuchlar ma’lum bo‘lishi kerak. Agarda tezlanish bevosita berilmagan, lekin moddiy nuqtaning harakat qonuni ma’lum bo‘lsa, u holda kuchni aniqlash uchun (12.10) va (12.11) formulalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |