Sensor afaziya - Sensor afaziya. yuqori chakka pushtasining orqa qismi, ya‘ni 22-maydon (Vernike markazi) zararlanganda kuzatiladi. Sensor afaziyaning asosida fonematik eshituvning buzilishi, ya‘ni so’zlarning tovush tarkibini farqlash qobiliyati buzilishi yotadi. Boshqacha qilib aytganda, tovushlarning akustik analizi va sintezi buziladi. Sensor afaziyaning asosiy nuqsoni nutqni tushunmaslikdir. So’zlarning ma‘nosi, ko’rsatmalar va birovning nutqiga bemor tushunmaydi. Sensor afaziyada bemor o’z fikrini turli mimik harakatlar bilan ifodalashga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |