2. INDIVIDUAL USLUB QIRRALARI
Har bir tarixiy shaxs faoliyati yoki moziy voqeligi badiiy asarlarda turlicha talqin qilinishi mumkin. Bu — muallifning bilim darajasi, fikrlash qobiliyati va badiiy mahorati bilan bog‘liq jarayondir. O‘tmishda kechgan biron —bir voqea yoki tarixiy shaxs hayoti va taqdiriga oid bir necha asarlarning yuzaga kelishi yozuvchining hayot materialiga yondashuvi, badiiy — estetik o‘zlashtirishi, ijtimoiy — falsafiy umumlashma, xulosalari hamda ifoda usullari bilan bir — biridan farqlanadi.
Ana shu jarayonda yozuvchining badiiy fikrlash tarzi, ijodiy individualligi ham ayonlashadi. Badiiy uslub — yozuvchi ijodiy qobiliyatining mustaqilligini, o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi bosh omil. U orqali ijodkor shaxsiyatini, har bir ijtimoiy — siyosiy voqelik badiiy adabiyot oldiga qo‘ygan vazifalarga o‘ziga xos javob izlashi, jamiyatning ma’naviy — intellektual ravnaqida tutgan mavqeini ham aniqlash mumkin. Shuningdek, uslub yozuvchining o‘ziga xos betakror badiiy olami bilan tanishtiradi. Frantsuz mutafakkiri Lui Lekler Byuffon «Uslub —bu odamning o‘zi», deganda ana shu xususiyatlarni nazarda tutgan. Shunga ko‘ra Alisher Navoiy obrazi yaratilgan asarlarni qiyosan chog‘ishtirib o‘rganish yozuvchining ijodiy shaxsi bilan uslubini belgilash imkonini beradi.
Navoiy yashagan davr bilan bugungi kunimiz o‘rtasida besh yuz yildan ortiq vaqt bor. Biroq, shunga qaramasdan, tarixiy faktlar asosida Navoiy xaqida ko‘plab asarlarning yaratilishi ijodiy xayol natijasidir.
Mirkarim Osimning «Zulmat ichra nur», Oybekning «Alisherning yoshligi», Lidiya Batning «Hayot bo‘stoni», Qo‘ldosh Mirzoning «Mubtalo bo‘ldim senga» kabi qissalarida tarixiy fakt va badiiy to‘qimaning o‘rni va ahamiyati, avvalo, bosh qahramon — Navoiy xarakteriga nisbatan, tarixiy manbalarga qiyosan tadqiq etishni taqozo etadi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, Navoiy Husayn Boyqaro bilan maktabda o‘qib yurgan paytdan qalin do‘st bo‘lishgan. Husayn Boyqaro saltanat tepasiga kelgandan keyin Navoiy ham maslahatdosh davlat arbobi darajasiga ko‘tarilgan.
Husayn yoshligidan nayzabozlik, qilichbozlik, ot choptirish, harbiy mashqlarni bajarish kabi harbiy san’at sir — asrorlarini puxta egallagan. Navoiy esa nozik tabiatliligi, ilm —fanga rag‘bati balandligi bilan o‘rtog‘idan ajralib turgan. Mana shunday tarixiy faktlar har uch qissada badiiy to‘qimalar vositasida qanday aks ettirilganligiga, yozuvchilar uslubining individual belgilariga e’tibor beraylik.
Mirkarim Osimda: «Husayn panjaradan osilib suvga bir parcha qog‘oz tashladi —da, uning oqishini kuzatib turib:
— Alisher, — dedi, — nega muncha o‘sha kitobni o‘qiy berasan? Sabog‘ingni xech takrorlamaysan — ku! Bugun maktabxonada senga diqqat qilib qarab turdim. Yana «Mantiq ut — tayr»ni taxta ostiga qo‘yib, takror — takror o‘qiding... Sening zehning juda o‘tkir. Agar men podsho bo‘lsam, seni unutmayman,
— Eng oldin podsho bo‘l, keyin bir gap bo‘lar, — dedi Alisher uning gapiga ishonqiramay. "Amakivachchalaring — ku podsho bo‘laman deb yurtni qonga botirdi, — deb o‘yladi u. — Xalqning qonini to‘kmagan sen bormiding!?"
— Nima, men Temur avlodlaridin emasmanmu? — dedi Husayn sherigining o‘ylaganini topganday. — Temur o‘z nabirasi Mirzo Boyqaroni juda sevar ekan. Bobom serg‘ayrat va shijoatli yigit ekan. Temurlang qazo qilgach, Shohrux uni o‘ldirtirgan. Men Shoxrux avlodidan bobomning o‘chini olgusidirmen. Tag‘in bu gaplarni birovga aytib qo‘yma!»61 . Mana shu lavxalarning o‘zidayoq, kitobxon har ikki do‘stning qay biri qaysi darajaga borib etuviga tushunib etadi. Alisherning xarakteriga, yoshiga munosib bu xatti—xarakatlar va Husaynning o‘ziga qat’iy ishonch bilan gapirishi o‘quvchini ishontiribgina qolmay, balki qiziqtirib ham qo‘yadi.
Yozuvchi Lidiya Batning: «Hayot bo‘stoni» asarida o‘qiymiz:
«Er suvga tashna, — dedi Alisher, — qani endi uni qondirib sug‘orilsa: mana bu o‘t, yantoqlar o‘rniga mo‘l —ko‘l don to‘kardi.
— Uni qarang, Alisher, ilonmi?.. — Yantoqlar orasida allanarsa jadal o‘rmalab borardi.
— Darhol boshini yanchmoq kerak! — dedi Adisher. — Cho‘l iloni zaxarli bo‘ladi.
Bu orada ilon bilanglab borib, bir kavakka kirib ketdi.
— Bu erda tunamoq xatarli, — dedi Alisher xavotirlanib, — ilon ko‘p bo‘lsa kerak...
— To‘xtang, — deb uning gapini bo‘ldi Sulton Husayn, — meking xayolim xozir boshqa narsada, rostki bu erda ilon ko‘p ekan, shu yaqin orada xazina bo‘lmog‘i kerak. Rivoyatlarda ilon xazina qo‘riqlaydi, deyishadi, rivoyatlar esa xech qachon aldamaydi»62.
Muallif har ikki yosh o‘spirinning o‘ta mulohaza bilan ish yuritishini, bir — biriga bog‘liq munosabatini go‘zal lavxalarda tasvirlab bergan. Ayniqsa, yozuvchi mana shunday manzaralarni ifodalash orqali har ikki qahramonning keyingi davrdagi xayotini o‘quvchiga bir oz bo‘lsa —da, tasavvur qilish uchun imkon yaratib beradi. Oybek qissasida shunga o‘xshash holat quyidagicha talqin etiladi: «Jasur yigitlar —a! — deydi Husayn kattalardek salmoqlab, — Xudo xoxlasa, men qilichboz bo‘lurmen, ko‘zimga ko‘ringan yovning kallasini sapchadek uchirurmen.
Alisher kuldi:
— Tushundim, qnlichbozlikning sizga zaruriyati kattadir.
— Ha, do‘stim^ — dedi Husayn mag‘rurona, — aqling joyida.
Alisher indamadi. U maydonda chopib yurgan otlarning qaysi biri suluv, qaysi biri chopqirroq, degan xayol bilan band edi:
— Qara, kabutarlar raqsini ko‘r! — Alisherning egnini tortdi osmonga qarab Husayn.
Osmonda raqs etib yurgan to‘da kabutarlarni bir nafas kuzatdilar.
— Kabutarlar farishtalarga o‘xshaydi! — dedi o‘ylanib Aliiger. — Men xo‘b sevadurmen kabutarlarni, tomoshadan charchashni bilmaydurmen, ishqim baland..?»63
Oybek kichik bir lavha orqali Alisher bilan Husaynning har ikkisiga xos xarakter xususiyatlariga ishora qiladi. Buning uchun adib xar ikki o‘spirin suxbatiga urg‘u beradiki, bundan o‘quvchida qoniqish xissi paydo bo‘ladi. Xususan, Alisherning fikrchan, muloxazakorligini, Husaynning esa jasur va jo‘mardligini ko‘z oldimizda namoyon qiladi.
Voqelikdagi har bir fakt, ma’lumotning ko‘p qirraliligi, ularning tanlash va boshqa holatlar, kayfiyatlar, kechinmalar bilan bog‘liqligi, o‘zaro aloqadorlikda mavjud bo‘lishi san’atkordan aloxida ijodiy faollikni talab etadi. Ya’ni, adib faktlarni topish, saralash bilan cheklanmay, yana ular o‘rtasidagi aloqadorlikni xam ochishi kerak; ularni joy —joyiga joylashtirish, ayni shu holatda boshqa biron — bir yozuvchi ijodida uchramasligi, o‘xshab qolmasligi uchun ham intiladi. Bu narsa o‘z navbatida yozuvchining tafakkur tabiati bilan bog‘liq individual belgilarini, uslubining o‘ziga xosligini kuzatish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Ma’lumki, Sulton Husaynning podshohlik, Alisher Navoiyning esa vazirlik davrida mamlakat obod bo‘lganligi haqida tarixiy asarlarda ma’lumotlar beriladi. Bunda, shubxasiz, Alisher Navoiyning xizmatlari benihoya kattadir. U mol — mulkini, pul mablag‘larini masjidu madrasalar, hammom va shifoxonalar, rabot va musofirxonalar qurilishiga, suv chiqarib shahar va qishloqlarni obod qilishga sarflaydi. Bu tarixiy faktlar Xondamirning «Makorim ul —axloq» asarida keltirib o‘tiladi.
Mazkur qissalarda ham Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi el —yurt manfaati uchun olib borgan jo‘shqin faoliyati xarorat bilan tasvirlanadi. Har doim Sulton Husayn yonida turib mamlakat obodligini, saltanat mustahkamligini yaratish uchun xizmat qiladi. Sulton Husayn hamisha unga suyanib ish ko‘radi. Davlat ichida kelib chiqqan nizolarni tinchlik bilan bartaraf etish yo‘llarini izlaydi va topadi. Shu tariqa o‘quvchi ko‘zi o‘ngida Navoiyning buyuk insonparvarligi, adolatpesha, ilm — fan va madaniyat homiysi ekanligi namoyon bo‘ladi. Tarixiy manbalarda, xususan Vosifiyning «Badoe ul — vaqoe», Mirxondning «Ravzat us — safo», Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush — shuaro» va boshqa tarixiy asarlarida Alisher Navoiyning Husayn Boyqaro bilan davlatni barobar boshqarganligi ta’kidlanadi. ShunIngdek, Husayn atrofidagi saroy a’yonlari Navoiyni ko‘rolmaganliklari tufayli ular o‘rtasiga turli xil nifoqlar solganligi aytiladi.
Kelishmovchiliklar sababli Alisher Navoiy Astrobodga ketishga majbur bo‘ladi. Saroyda ichkilikbozlik, maishat avjiga chiqib, davlat inqirozga yuz tutadi. «Hayot bo‘stoni» va «Zulmat ichra nur» qissalarida yozuvchilar hayotiy fakt — ma’lumotlarga suyanib, moziy manzarasini, tarixiy haqiqatni badiiy xaqiqatga aylantirishgan.
Eng muximi, yozuvchi tarixiy voqelikni qanchalik chuqur o‘rgangan, uni o‘zi yashayotgan davrning ijtimoiy, ma’naviy — axloqiy masalalari bilan teran bog‘lay olgan bo‘lsa, tanlangan mavzu shunchalik ds ^arblik kasb etadi. Ijodkor asarida tasvirlanajak voqelik ichiga kirib bormasa, uni ruxiyatiga singdira bilmasa, o‘zini o‘sha jarayonlar ichida sezmasa, kutilgan samaraga erisha olmaydi. Yaratilgan obrazlar xam, tasvirlangan voqealar ham kitobxonni ishontirmaydi.
Xususan, Husayn Boyqaro nevarasi Mo‘min Mirzoni o‘z buyrug‘iga asosan o‘ldirtirgani tarixiy manbalardan bizga yaxshi ma’lum. Biroq bu fojeali hodisa qay holatda yuz berganini hech kim ko‘rgan emas (albatta, hozirgi davr nazarda tutilyapti). Mirkarim Oeim «Zulmat ichra nur», Lidiya Bat esa «Hayot bo‘stoni» nomli qissalarida badiiy to‘qima orqali o‘sha mash’um voqeani kitobxonga ishonarli lavhalarda chizib berishgan.
Mirkarim Osim qissasida o‘qiymiz: «...Xadichabegim beixtiyor vazirning o‘g‘liga ishonchsizlik bilan qarab qo‘ydi, lekin ota — bolaning tili bir ekani esiga tushib, o‘z fikrini dangal gapirdi:
— Tirmizakni jallod 1^o‘liga topshirmoq kerak.
Nizomulmulk bir irg‘ib tushdi, uning g‘udrush yuzlari bo‘rtib, ko‘zlari ola — kula bo‘lib ketdi. Vazirning novchadan kelgan chaqir ko‘z o‘g‘li esa, xech narsani eshitmagandek, ko‘zlarini baqraytirib turardi.
— Oqibat xunuk bo‘lmasaydi deb qo‘rqadurman, begim.
— O‘zingiz erkakmisiz, yo xotin kishimisiz? Hali shul yurak bila tillado‘zi chopon kiyib yuribsizmu?
— Zoti oliyni ko‘ndirib bo‘lurmikin? — dedi vazir ikkilanib.
— Siz farmon tayyorlang, ko‘ndirish mendin.
O‘zini katta oladigan, uni nazar —pisand qilmaydigan Badiuzzamonni Nizomulmulk o‘lgudek yomon ko‘rar edi. U Mo‘min Mirzoni qatl etish to‘g‘risida "farmoni oaiy" yozar ekan: «Shoshma seni, o‘g‘lingni o‘ldirtirib, o‘zingni maymundek o‘ynataman hali», deb o‘ylar va miyig‘ida kular edi.
— Hozir mirzam qatgiq mast. Imzo chektirib, muxrini bostirib olmoq qiyin ermas, — dedi Xadichabegim vazirning qo‘lidan farmonni olar ekan» (282 —bet).
Lidiya Bat «Hayot bo‘stoni» qissasida fojeani quyidagicha tasvirlaydi: «Shunda Xadichabegim o‘rnidan turdi — da, vaximali qilib shivirlay ketdi:
— Sultonim, o‘z hayotingizni, mening va farzandlaringizning hayotini saqlay desangiz, Xurosonda xukmronlik qilay desangiz, o‘n ikki yoshidanoq o‘z bobosi ulug‘ Sultonga qarshi qo‘l ko‘targan anavi bezorini o‘ldirtirib yuboring. Shundagina siz o‘zingizni ham, butun xonadoningizni ham qirg‘indan saqlab qolasiz! O‘ldirtirib yuboring!..
— Bilganlaringni qilinglar! — dedi u xirillab, so‘ng Nozomulmulk keltirib tutgan kog‘ozga muxr bosib, shu ondayoq mast uyquga ketdi».
Xar ikkala qissada xam Xadichabegimning aralashuvi, qo‘li bilan fojia sodir etiladi.
Mana shu tarixiy fakt ikki qissada ham bir xil ifoda etilgan. Mualliflarning badiiy to‘qimasida real tarixiy shaxslar xatti — harakati turlicha esa —da, gap — so‘zlarining mag‘zi, mazmuni bir xil.
Yana bir tarixiy faktning mazkur qissalardagi talqiniga e’tibor beraylik. O‘z o‘limini bilgach, boshiga tushajak fojeali qismatni dildan chuqur xis etgan, Amir Temur avlodidan bo‘lgan Mo‘min Mirzo ana shu holda o‘zini qanday tutganligining turlicha talqinini ko‘ramiz. Mirkarim Osim qissasida Mo‘min Mirzo tabiatidagi ota — bobolariga xos mardlik, botirlik, qagiyat singari xususiyatlar badiiy tasdig‘ini topgan:
«Jallod indamay beliga o‘ragan chilvirni echdi. Bolaning qo‘lini orqasiga bog‘lamoqchi bo‘ldi.
— Qoch, qo‘limni bog‘latmayman, — dedi Mo‘min Mirzo o‘zini burchakka olib. Uning zardasi qa^nab, jaxl qo‘rquvni bosib ketdi.
— Gapni cho‘zma, tiz cho‘k.
— Tiz cho‘kmayman, o‘ldifsang o‘ldiraver, shundoq turib beraman.
Bola qomatini tik tutib^, boshini g‘oz ko‘tarib turdi..." (84-bet).
O‘quvchida Mo‘min Mirzo^a nisbatan achinish, uning yosh umri xazon bo‘lganiga kuyinish hissi paydo bo‘ladi, shuning barobarida uning jasurligiga qoyil qoladi.
Lidiya Bat qissasida tarixiy fakt me’yori bir oz buzilgandek tuyuladi. Xususan, yozuvchi uni mazkur vaziyatda qo‘rqoq qilib tasvirlaganki, bu Mo‘min Mirzo shaxsiga soya soladi:
«Qal’aga jallod kirib kelganda, bola kitob o‘qib o‘tirardi. « — Mening hech qanday aybim yo‘q, — dedi u. — Men otam topshirib ketgan shaharni himoya qildim. Men aybdor emasmen.
Nogahon uning rangi quv o‘chdi — boshi tepasida qilich ko‘tarishganini ko‘rdi» (324 —bet).
Ikkala yozuvchi ham. Mo‘min Mirzo obrazini yaratishda Xondamir asaridan foydalangan. Shahzoda nomi bilan bog‘liq jonli lavhalarni, voqealarni aks ettirishda yozuvchiga badiiy to‘qima qo‘l kelgan. Mo‘min Mirzoning Xadichabegim istagi bilan shafqatsizlarcha qatl qilinishi tarixiy faktga muvofiq holda tasvirlangan. Tarixiy xaqiqatga aniqlik kiritib, kitobxon ko‘z o‘ngida ravshan gavdalantirishga erishgan.
Shuningdek, xar ikki qissada ham personajlar tili puxta ishlangan. Buni biz qissada Alisher Navoiy xarakterini to‘la — to‘kis ochib berish uchun xalq tilidan samarali foydalanganini ko‘ramiz. Bunda xalq tili va adabiy til bir — biri bilan chambarchas bog‘langan xolda berilgan. Mazkur asarlarni o‘qigan kitobxon zerikmaydi, tarixiy voqea—hodisalardan birmuncha ogoh bo‘ladi, ma’nan va fikran oziq oladi.
Shu o‘rinda Qo‘ldosh Mirzoning «Mubtalo bo‘ldim senga» qissasi haqida ikki og‘iz gapirib o‘tish joiz ko‘rinadi. Asar Alisher Navoiyning o‘smirlik davri haqida. Davr koloriti yaxshi berilgani, qaxramonlar ruhida tarixiy muhit leksikasi so‘zlarining ishlatilgani, Navoiyning she’rlaridan parchalar keltirilishi qissaning ijobiy tomonlaridir. Biroq, qissaning aksar sahifalarida kitobxon asardagi ko‘plab murakkab so‘zlarning mag‘zini chaqa olmay qiynalishi tabiiy. Chunki qissa boshdan — oyoq tarixiy so‘zlar bilan «bezatilgan». Asardagi voqea — hodisalarning tarixiy faktlarga unchalik mos tushmasligini va Navoiy shaxsiga soya soladigan lavhalarni o‘qishingiz bilan asardan ko‘nglingiz qolib, hafsalangiz pir bo‘ladi.
Tarixiy asarlardan ma’lumki, Alisher Navoiy qariyb o‘ttiz yilga yaqin davlat lavozimlarida bo‘lgan. Sulton Husaynning eng yaqin maslahatchisi sifatida davlatning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilgan: uni ezgulik va adolatga yo‘naltirishda faol ishtirok etgan. Qisqasi, butun xayoti XV asr ikkinchi yarmidagi Xurosonning ijtimoiy — siyosiy va madaniy xayoti bilan chambarchas bog‘liqdir.
Alisher Navoiy bir umr badiiy ijod va davlat yumushlari bilan band bo‘lgan. «Mubtalo bo‘ldim senga» qissasida esa biz Navoiyni bekorchi, faqat o‘zining ishqiy sarguzashtlari bilan o‘ralishib qolgan odam sifatida ko‘ramiz. O‘n olti yoshlar chamasidagi o‘spirin qaerga borsa, uning g‘azaliga bastalangan qo‘shiqlar yangraydi. Ichib, kayf bo‘lgach, sozandalaru xonandalar bilan qo‘shiq haqida bahslar qilishi qalamkashning tasvirda me’yorni va Navoiy shaxsi bilan bog‘liq faktlarni qo‘pol ravishda buzganligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, qahramon shaxsiga soya soladigan, o‘quvchining buyuk bobomiz Navoiydan ixlosini butunlay qaytarib yuboradigan lavhalarni kuzatamiz.
«Qadaxlarga quyilgan may gulgun darichadan tushgan yorug‘da jilva qilib, ajib tovlana boshladi. Alisherbek qadahni qo‘liga olib, jilvalanayotgan mayi nobga bir oz qarab turdi—da, shart ko‘tarib yubordi. Buni ko‘rib Sultonali ham qadah bo‘shaguncha ichdi.
Gazak uchun keltirilgan barra kabob ularning ishtahalarini qo‘zg‘ab yubordi. Bu gal endi men soqiylik qilayin, — deb qadaxlarni Alisherbek to‘ldirdi.
Sihdan kabob jazlarini bitta —bitta chiqarib eb, oz — ozdan icha boshladilar".
Ushbu lavxalarning o‘ziyoq, o‘quvchining Navoiy haqida g‘irt mayparast bo‘lgan ekan—da, degandek noto‘g‘ri xulosalar chiqarishiga sabab bo‘ladi.
Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda ular hayoti va taqdiriga bag‘ishlangan solnomalarni, tarixiy asarlarni sinchiklab o‘qib-o‘rganish talab etiladi. Shundagina yozuvchi asarida oldiga qo‘ygan vazifasini bajargan, badiiy — estetik maqsadi ushalgan bo‘ladi. Qo‘ldosh Mirzo qissasida mana shunday holatlarga e’tibor bermaganligini, bor tarixiy faktlarni ham badiiy to‘qima asosida, go‘zal lavhalar vositasida o‘quvchiga etkazish uchun mahorat etishmaganini ko‘ramiz.
Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlash joiz; xususan, asar personajlari tilidagi tarixiy koloritni tiklayman, deb yozuvchi kitobxonni ancha qiynab qo‘ygan. Tushunarsiz, lug‘at orqali anglashadigan so‘zlar ko‘p. Bu esa o‘quvchini asarga qiziqtirishdan ko‘ra undan uzoqlashtiradi, xolos. Ko‘rinib turibdiki, ijod jarayoni har bir yozuvchida o‘ziga xOs tarzda kechadi. Asar yozish paytyda yozuvchining shaxsi, dunyoqaraysh, mahorati, ma’naviy — fikriy saviyasi, iqtidori, ijtimoiy hayot, tarixiy vaziyat, davr talabi xamda adabiyotnyng umumiy axvoli bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga chiqaradi. Ayni shu jarayonda yozuvchining ijodiy individualligi, fikrlashining o‘ziga xosligi, ijodiy jarayonning o‘ziga xos tabiatini ham namoyon etadi.
Demak, har bir ijodkor asarinyng o‘z ichki oxangi, aloxida ritmi bor. Ana shu fikr va tuyg‘ular oqimini aks ettirishga moslashgan badiiy til o‘ziga xos asarlarni yuzaga keltiradi. Bular xar bir ijodkorning badiiy olamini belgilashga qaratilgan jihatlar. Ijodkor saloxiyati, ongi, dunyoqarashi, xayot materialini tanlashi, unga yondoshishi va badiiy talqin xususiyatlari uning individualligini tayin etishligini kuzatdik, nazardan kechirdik. Illo, adib salaflari qo‘lga kiritgan natijalardan saboq olmog‘i, o‘rganmog‘i kerak ekan. Ana shu.ijodiy jarayonga qay drajada amaliy aralashuvi yozuvchi mahoratini belgilab beradi.
Demak, keyingi yillar qissachiligi tabiatida ham ichki sifat yangilanishi jarayoni kechayapti. Tarixiy mavzuni o‘rganishda, buyuk ajdodlarimiz taqdirini yoritishda tarix tuyg‘usi badiiy psixologizmning alohida bir ko‘rinishi sifatida zohir bo‘layotir. Falsafiy o‘y — mushohadalar, publitsistik nutq, ichki monolog va boshqa ifoda usullari psixologik tahlil madaniyatida yaxlit uyg‘unlikda alohida yo‘nalish kasb etganligini ko‘rsatadi. Ushbu jarayon o‘tmish voqeligining yangicha talqinlarida, individual uslublar paydo bo‘layotganligida ayoylashmoqda. Tarixiy qissachiligimiz adabiy qahramonlari ruhiyatini, ularning murakkab qiyofasini badiiy to‘qimalar vositysida kitobxoyga etkazish, moziy haqiqatini badiiy xaqiqatga aylantirish, o‘zlik, ma’naviy —ruhiy boylik fazilatlarini ko‘rsatish — bir yo‘la jamiyat psixologiyasini xam namoyon etadi.
XOTIMA
XX asr o‘zbek adabiyotida qissa janri ancha murakkab va o‘ziga xos ijodiy yo‘lni bosib o‘tdi. XXI asr boshlarida, mustaqillik davri adabiyotida u avvalgi xususiyatlarini saqlab qolgan holda yangi rivojlanish pallasida. Shu ma’noda, keyingi davr badiiy tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish natijasida yutuq va kamchiliklarimiz ham yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.
O‘zbek tarixiy qissachiligining yuksalishida Mirkarim Osim, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘lmas Umarbekov, Yavdat Ilyosov kabi yozuvchilarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. Adabiyotga keyinroq kirib kelgan Zohir A’lam, Xayriddin Sultonov, Mahkam Mahmud, Alisher Ibodinov, Shahodat Isaxonova, Qo‘ldosh Mirzo, Mirzapo‘lat Toshpo‘latov, Isfandiyor kabi nosirlar ularning badiiy — estetik izlanishlarini davom ettirishmoqda. Tarixiy qissachiligimiz tabiatidagi sifat o‘zgarishlari, keyingi o‘n yilliklardagi rivoji ana shu adiblarning ijodiy izlanishlari bilan bog‘liqdir.
Tarixiy qissalar o‘z xususiyati va tabiatiga ko‘ra prozaning boshqa janrlariga qaraganda ancha murakkab hisoblanadi. U xikoya, esse, roman janrlarining etakchi xususiyatlarini o‘z tabiatiga singdirgan hodda yangi fazilatlar kasb etib bormoqda. Tarixiy qissalar aksar hollarda sinkretik janr, deyilganda ana shu belgilarning uyg‘unlikda zoxir bo‘lishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik ilmida uning ustivor xususiyatlarini, janr tabiatini belgilashdagi qiyinchiliklar murakkabligi ana shu omillar bilan izohlanadi. Adabiyotshunosligimizda uzoq vaqtlardan beri povest va qissa ifodasi sinonim atamalar sifatida ishlatib kelinadi. Ammo so‘nggi davr qissachiligidagi badiiy tajribalar ular tabiatini, xususiyatlarini idividual san’atkorlar izlanishlari bilan uyg‘unlikda alohida tahlil etishni taqozo qilayotir.
Hayot, ijtimoiy voqelik va uning markazidagi inson qismati badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlar, evrilishlar asosidir.
Shu ma’noda, iqtisodiy hamda ma’naviy mustaqillik xalqimizda vatanparvarlik, millatsevarlik his —tuyg‘ularini yanada' kuchaytirdi; shaxs va millat sha’nini, ona —Vatan qadr — qimmatini e’zozlashga, uni moddiy va ma’naviy jihatdan yuksaltirishga rag‘batlantirmoqda. Bu taxlit ma’naviy — intellektual ehtiyoj va zarurat Vatan tarixini, uning taraqqiyot yo‘llarini, buyuk farzandlari xayoti va taqdirini keng, chuqur bilishga bo‘lgan talab va imkoniyatlarni oshirdi. Demak, Vatan va xalq tarixini, istiqlol mafkurasining ma’naviy asoslarini mustahkamlash nuqtai nazaridan haqqoniy tasvirlagan badiiy — estetik saviyasi baland asarlar millatning" ruhiy tarbiyasida katta rol o‘ynamoqda. Tarixiy qissachiligimizda ana shu talab — ehtiyojlardan kelib chiqqan xolda so‘nggi yillarda sifat o‘zgarishlari yuz berdi.
Xususan, quyidagi xususiyatlar janr takomilida asosiy belgilar sifatida bo‘rtib ko‘zga tashlanayotir:
— Olis moziyda kechgan, millat va Vatan taqdirida g‘oyat muxim rol o‘ynagan voqea — hodisalar tarixiy qissalar uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiladi. Demak, o‘tmishda yuz bergan hamma voqealar xam tarixiy asarlar uchun badiiy — estetik tadqiqot obe’kti bo‘lavermas ekan.
— Tarixiy qissalarning etakchi qahramonlari chindan ham o‘tmishida yashab o‘tgan real shaxslardir. Asardagi to‘qima obrazlar xam o‘tmish manzaralarini badiiy xaqiqatga aylantirishga qaratilgan.
— Yozuvchining tasvirlayotgan hayot materialiga nisbatan o‘z tarixiy nuqtai nazari, badiiy — estetik kontseptsiyasi mavjud bo‘ladi. Adiblarning ongi —dunyoqarashi, falsafiy qarashlari o‘tmishning badiiy qiyofasini tiklashda g‘oyat muxim ahamiyatga ega.
— Tarixiy qissalarda tasvirlanayotgan ijtimoiy voqelikka mos koloritni, davr ruxini ifodalash uchun ijodkor arxaiklashtirilgan badiiy tildan xam foydalanadi. Muallif qahramonlar, personajlar va o‘z ruxiyatini tasvirlash barobarida jamiyat psixologiyasini, ijtimoiy tuzumlar aqli — sa’jiyasini, ma’naviy salohiyatini xam yoritadi.
Vatan o‘tmishi manzaralarini, bosib o‘tilgan jonli yo‘l mashaqqatlarini badiiy gavdalantirishning axamiyati shundaki, uzoq yoki yaqin kechmishni ko‘rsatish orqali bugunning ijtimoiy, ma’naviy —axloqiy masalalariga javob topishga intilamiz. Shuningdek, bunday asarlar ertangi kunimiz haqida qayg‘urishga undaydi, dalda beradi. Tarixiy qissaning ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati, asosan, mana shu omillardan kelib chiqadi. Zero, «Tarix millatning tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda»65.
Shaxsning tarixdagi o‘rni va roli, shaxs va millat taqdiri, shaxs va ona yurt istiqboli bilan uzviy bog‘liqlik masalasi hozirgi tarixiy qissalarda real, haqqoniy va xolis ifoda etilayotganining guvoxi bo‘lamiz. Darxaqiqat, ajdodlarimiz hayoti, taqdiri, buyuk kechmishi bugungi avlod uchun beqiyos ibrat, saboq, namuna maktabidir, boy ma’naviy poydevorimizdir. Mustaqillikning totli mevasidan bahramand avlod istiqlolga qanday qonli va shonli yo‘llar bilan kelganligimizni, bu kurashlar boshida kimlar turganini, jon olib, jon bergan fidoyi ajdodlarimizni bilishi shart. Shuning uchun ham xalqimiz To‘maris, Shiroq, Alp Tegin, Spitamen nomlarini, mo‘g‘ul istilochilariga zarba bergan Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi kabi shaxslar kurashini bilishi, fikri — zikriga naqshlashi lozim.
Mirkarim Osimning «Iskandar va Spitamen», «To‘maris», «Shiroq», Zohir A’lamning «Buxorodagi birinchi namoz», Isfandiyorning «Qasamyod», Alisher Ibodinovning «Quyosh ham olov», Shahadat Isaxonovaning «Intiqom» qissalarida yozuvchilar o‘z qahramonlarini faollikka va fidoiylikka undagan ichki sabablarni, ruhiyatidagi evrilishlarni ob’ektiv voqelik bilan aloqadorlikda chuqur tadqiq qiladilar. Qahramonlarni ijtimoiy muhit, real tarixiy shart— sharoit ichida ko‘rsatishga urinadilar. O‘tmish voqeligini badiiy haqiqatga aylantirishda to‘qima obrazlar zimmasiga ham ijtimoiy, ma’naviy — axloqiy vazifalar yuklanayotir. Ular real tarixiy shaxslar qatorida qissalarimiz obrazlar sistemasini boyitayotir. Janr va uslubiy izlanishlar rang —barangligini belgilashda muhim axamiyat kasb etayotir.
Tarixiy qissalarimizdagi obrazlar silsilasini boyitib kelayotgan yana bir qur qahramonlar xalqimiz nomini, millat shuxratini dunyoga taratgan ulug‘ allomalar, adiblar, shoirlar, fozil ajdodlarimizdir.
Shu ma’noda Muhammad ibn Muso al —Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur singari buyuk siymolarimiz hayoti va taqdiriga oid yangi —yangi badiiy talqinlar orqali kitoxonning ma’naviy — intellektual dunyosi boyib bormoqda. Komil va fozil shaxslar timsolini yaratish yozuvchidan alohida ijodiy yondashuvni, fikriy tayyorgalik talab qilinadi. Ular ijodkor — yaratuvchi shaxs bo‘lganliklari uchun qissalarda ijod psixologiyasini, buyuk kashfiyotlar bilan benazir asarlarining tug‘ilish jarayonini tasvirlash xam muhim talablardan biridir.
Mirkarim Osimning «Jayhun ustida bulutlar», «Ibn. Sino qissasi», Oybekning «Bola Alisher», Xayriddin Sultonoving «Saodat soxili» kabi qissalarida ijodkor shaxs va zamon, shaxs va jamiyat, fozil inson va ijtimoiy voqelik munosabatini ko‘rsatishga keng e’tibor qaratilgan. Qaxramonlarning ma’naviy, intellektual boyligi millat madaniyatining oydin saxifalari sifatida ochib beriladi. Va lekin, Qo‘ldosh Mirzoning «Mubtalo bo‘ldim senga» qissasida buyuk ijodkor qiyofasini yaratishga mas’uliyatsizlik bilan yondoshilgan. Bu narsa olis o‘tmish voqeligining xira tortgan tomonlarini oydinlashtirish o‘rniga aksincha, yanada qorong‘ulikka chirmab qo‘ygan. Muallif fikran va ma’nan hozirlik ko‘rmagani, mahoratsizlik tufayli asar muvaffaqiyatsiz chiqqan.
Tarixiy fakt va ma’lumotlarning badiiy to‘qima bilan yonma —yon kelishi, hamohang yashashi o‘tmish voqeligi va ajdodlarimiz faoliyati mohiyatini bugungi kitobxon ongiga singdirish, fikr —shuuriga ta’sir etish bilan bevosita bog‘liqdir. To‘qima, avvalo, fakt-ma’lumotlarni badiiy dalillashning kuchli vositasi, tarixiy xaqiqatni badiiy xaqiqatga aylantirishning asosiy yo‘lidir. Davr koloritini berish, qaxramon ichki dunyosini, his-tuyg‘ulari, ruhiyatini ochish badiiy to‘qimasiz amalga oshmaydi.
Xayriddin Sultonov, Shaxodat Isaxonova, Isfandiyor qissalariga mazkur masala nuqtai nazaridan yondashish bizni shu xulosaga olib keladiki, taxlil etilgan asarlarning badiiylik darajasi syujetning ravonligida, kompozitsiya qurilishida, obraz yoki xarakterlar yaratishdagina emas, ayni choqda badiiy to‘qimalardan xam keng va o‘rinli foydalanganligida ko‘rinadi. Tarixiy shaxslar faoliyati moxiyatini ochishda badiiy portret yaratishdan, o‘tmish voqeligi koloritining, ijtimoiy muhit tasvirining jonli chiqishida badiiy to‘qimadan oQilona foydalanish asarning estetik qimmatini yanada oshirgan, muallif niyatini yuzaga chiqishida ko‘maklashgan.
Bosh qaxramon faoliyatining u yoki bu qirrasini yoritishga yordam beradigan to‘qima obrazlar yozuvchi tomonidan shunchaki o‘ylab topilgan bo‘lmay, o‘sha moziyda kechgan tarixiy xayot va vaziyat mantig‘idan kelib chiqib yaratilganligi, shuning uchun ham o‘quvchida shubxa uyg‘otmasligi yuqoridagi qissalarning asosiy yutug‘idir.. Har qanday asarlar kabi tarixiy qissalarni xam o‘qimishli qiladigan bosh unsur yozuvchining til mahoratidir. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, yozuvchi qaxramonini o‘sha olis davr xarakteriga mos til bilan qurollantira bilsagina, u tirik inson sifatida ko‘z oldimizda namoyon bo‘la oladi.
Tarixiy qissalar hammaga tushunarli bo‘lgan adabiy tilda yaratiladi. Ammo zamonaviy asardan farqli jihati shundaki, unda til tasvirlanayotgan davrga mos tarzda ma’lum darajada arxaiklashtiriladi. Eski so‘zlarni ishlatish, ular zimmasiga yangi ma’nolar yuklash borasida me’yorni yodda tutish muhim talablardan biridir. Shu nuqtai nazardan Xayriddin Sultonov, Shahodat Isaxonova qissalari tilida davr ruxini singdirishga erisha olgan; Qo‘ldosh Mirzoning «Mubtalo bo‘ldim senga» qissasida esa xuddi shu me’yor buzilgan.
Demak, tarixiy qissachilik brrasida badiiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Birinchidan, tarixiy qissalar hayot materialini tanlash, unga yondoshish xarakteri, tahlil va- badiiy tadqiq printsiplariga ko‘ra tarixiy romanlarga yaqinligi bor. Olis moziy voqeligini, real tarixiy shaxslarni aks ettirish, o‘tmish koloriti, ijodiy uslub va til muammolari roman va qissa uchun birdek taalluqli va muximdir. Biroq qissada janr imkoniyatidan kelib chiqqan holda hamda san’atkorning badiiy —estetik maqsadiga ko‘ra ushbu muammolar chegaralangan, torroq holatda namoyon bo‘ladi. Bu borada tarixiy romanlar ko‘lami va miqyosi aloxida bir o‘rganish ob’ektidir.
Ikkinchidan, tarixiy qissa syujetida xalq og‘zaki ijodi namunalari — rivoyat va afsonalardan foydalanish, shuningdek, moziy mavzuidagi badiiy asarni fol’klor syujetlari asosiga qurish hozirgi o‘zbek nasrchiligida keng qo‘llanilayotgan tamoyillardandir. Bunday qissalar aniq shaxslar faoliyatiga emas, balki ko‘proq xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi yarim afsonaviy, romantik qahramonlarni eslatuvchi shartli personajlar sarguzashtlariga asoslanadi. Shunga ko‘ra syujetda ma’lum shartlilik, bo‘rttirish, og‘zaki ijod elementlari, rivoyatomuz voqealar uchraydi.
Uchinchidan, tarixda yashab o‘tgan qaxramonlar haqida ko‘plab badiiy asarlar yaratildi. Bularda ajdodlarimiz hayoti va taqdiridan sizib chiqqan ibratlar, saboqlar, hikmatli tajribalar ko‘zga tashlanib turadi. Mustamlakachilik ham adolatsizlikning qabix ko‘rinishlaridan biri, ayovsiz zulmdir. Ming —ming yillar badalida xalqimizning tinch, osuda, bunyodkorlik faoliyatiga rahna solib kelgan, haqiqat va adolatni bo‘g‘ib, er bilan yakson qilgan qirg‘inbarot bosqinlar jarayonida Vatan fidoyilari etilib chiqdi. Moziy kechmishining maia shunday haqiqatlari o‘zining ijtimoiy ma’nolari bilan qissalarda u yoki bu darajada badiiy ifodasini topgan. Mazkur qissalarda psixologik taxlil teranlashdi; qahramonlar ruhiyati davr psixologiyasi bilan jamiyat psixologiyasini uyg‘un yortishga moyillik ortdi, voqealar tiaimi obrazlar tabiati tasviriga to‘la ravishda bo‘ysundiriladigan bo‘ldi.
To‘rtinchidan, yana bir guruh tarixiy qissalarning bosh qaxramoni ziyoli ajdodlarimizdir. Bu narsa yozuvchidan tabiiy ravishda o‘z qahramonlarini ilm yoki ijod jarayonida ko‘rsatishni, ilmiy yoki badiiy kashfiyotlari mohiyatiga kirib borishni, o‘ziga xos ijodiy laboratoriyasini ochib berishni taqazo etadi. Aksar qissalarda mazkur xususiyatlar qahramonlarning jasoratlari jonli, hayotiy manzaralarda, asosli dalillar vositasida ifodalangan. (M.Osimning "Aljabrning tug‘ilishi", "Mohlar Oyim va Xonposhsha", "Ibn Sino qissasi" va hokazo asarlari).
Beshinchidan, real tarixiy shaxslarning badiiy obrazini gavdalantirish mas’uliyatli, mushkul vazifa. Tarixiy shaxslar faoliyatiga nihoyatda chuqur bilimdonlik va ehtiyotkorlik bilan yondashish talab qilinadiya. Zero, qahramonlar psixologiyasini yaratishdagi e’tiborsizlik, beparvolik tarix tuyg‘usini idrok etmaslik bilan qo‘shilib, badiiy sayoz, bo‘sh asarlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi.
Oltinchidan, tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirish, ma’lumki, moziydagi tarixiy voqealarni va o‘tmishda yashagan ajdodlarimiz obrazini maromiga etkazib tasvirlashga borib taqaladi. Bu ishontirish san’atidir; o‘quvchining fikriga quvvat berish, tuyg‘ularini tarbiyalash madaniyatidir. Bu tarixiy davr tabiatini ochib berish, qaxramon xarakter xususiyatlarini, gap so‘zlariyu xatti — harakatlarini davrga mos ravishda chizish, o‘tmish voqeligiga mutanosib yoritish ijodkordagi katta mehnat samarasidir, uning badiiy mahoratidir. Bunda badiiy to‘qima —«yolg‘onga» ishontirish madaniyati asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiq etilgan qissalarda yozuvchilarimiz sermazmun badiiy to‘qimalar orqali tarixiy haqiqatni jonlantirib berishgan. Ularning qissalarida davr ruhi va nafasi yaxshi yoritilgan, buyuk •ajdodlarimiz xarakteri, ichki dunyosi, dunyoqarashi atrof — tevarakda kechgan voqea—hodisalarga bevosita bog‘liqlikda ochilgan. (M.Osimning "Temur Malik", "O‘tror", "Nur va zulmat", Ya.Ilyosovning "So‘g‘diyona", X.Sultonovning "Saodat sohili" va h.k.)
Ettinchidan, badiiy uslub —yozuvchi ijodiy qobiliyatining mustaqilligi, o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi vositalardan biri. Moziydagi odamlar hayoti, shaxsiyati, faoliyati va u bilan bog‘liq tarixiy voqealar badiiy asarlarda turlicha talqin qilinishi mumkin. Bu muallifning ivdividual uslubi, bilim darajasi, fantaziyasi va maxorati bilan bog‘liq. Shu ma’noda, qissalarni mazkur masala yuzasidan taxlil etish jarayonida yozuvchilarimiz xar bir obrazga xolis yondashganliklariny, murakkab va pinhon ruxiyatini muhitdan, sharoitdan kelib chiqib tasvirlaganliklarini kuzatish mumkin. Bu xar bir yozuvchining xayot haqiqatini idrok etishi, unga o‘ziga xos yondashuvi, obrazli o‘zlashtirishi, ifoda yo‘sini singari jixatlar bilan bog‘liqdir.
Xalqimiz tarixini xolis, ob’ektiv idrok qilish va haqqoniy talqin etish, vatandoshlarda vataparvarlik, millatsevarlik tuyg‘ularini kuchaytirish va tarbiyalash, ayniqsa, bugungi kunda katta axamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan yaqin va uzoq tariximizni aks ettiruvchi, milliy mustaqillik va erkinlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan yangi yo‘nalishdagi. tarixiy qissalar ustida ish olib borish nixoyatda muximdir. O‘tmish bugungi mustaqilligimiz poydevoridir. Uni badiiy — estetik, ijtimoiy — falsafiy o‘rganish, taxlil qilish va xolisona baho berish dolzarb muammolardan biridir. Tarixiy — badiiy asarlar orqali o‘tmish haqiqatini hozirgi va kelajak avlodlarga etkazish ziyolilarning ma’naviy burchi hisoblanadi.
“O‘zbek tarixiy qissachiligi” FANIDAN
Do'stlaringiz bilan baham: |