Tayanch so‘z va iboralar Tarix tuyg‘usi, tarixiy qissa, moziy voqeligi, real voqelik, badiiy to‘qima, axloqiy saboq, real shaxslar, spetsifika, tarixiy shaxs, istibdod.
Asosiy matn Tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirish jahon adabiyotida ustivor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Tarixiy mavzuda yozilgan asarlar olis moziy voqeligini ko‘z o‘ngimizda jonlantirish bilan barobar ulardagi ijtimoiy — falsafiy mazmun bizga ma’naviy —axloqiy saboqlar beradi. Shu boisdan ham moziy voqeligining jonsiz sahifalari ma’noli manzaralar silsilasini hosil qiladi. O‘tmish voqea — xodisalar sharhi emas, aksincha, o‘zining dardi —tashvishlari, quvonchlari, orzu — armonlari bilan suhbatdoshimizga, fikrdoshimizga aylangan ma’noli manzaralar o‘quvchi ko‘z o‘ngida tirilgan holatda paydo bo‘ladi. Ularda o‘tmish bilan bugungi kunimizni bog‘laydigan ildizlar mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Ana shu asnolarda inson o‘z tarixisiz, o‘tmish xotirasisiz yashay olmasligiga, kurashishi mumkin emasligiga qat’iy amin bo‘ladi. Xo‘sh, ana shu jarayonda tarixiy qissa janri qanday xususiyatlar kasb etadi? Qanday yangi alomatlar hisobiga o‘z imkoniyatlarini kengaytiradi? O‘tmish voqeligi hamda tarixiy shaxslar xarakterini aks ettirish printsiplariga ko‘ra tarixiy qissalar ko‘proq roman janriga yaqin turadi. Xususan, tarixiy romanga xos bo‘lgan real voqelik, ajdodlar qismatini yoritishdagi fakt va badiiy to‘qima, ijtimoiy muxit, tarixiy kolorit, til va uslub muammolari tarixiy qissalarga ham taalluqlidir. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, qissada mazkur masalalar miqyosi va ko‘lami romandagiga nisbatan chegaralangan, torroq bo‘ladi, degan qarashlar ham mavjud. Shunga ko‘ra tarixiy qissaning o‘ziga xos janr xususiyatlarini quyidagicha belgilash mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tarixiy qissalarda ham real shaxslar hayoti, taqdiri badiiylashtirilishi zarur unsur hisoblanadi. Bu narsa janr spetsifikasini belgilovchi eng muxim xususiyatdir. O‘tmishga bag‘ishlangan asarlarda real shaxslar aks ettirilishi kerakmi yoki yo‘qmi degan masala tarixiy roman janri spetsifikasini belgilashda ham etakchi muammo bo‘lib kelgan. Tarixiy romanchilikning taniqli tadqiqotchilaridan S.M.Petrov, A.I.Poutkin, V.Oskotskiy, U.Normatov va boshqa olimlar tarixiy roman markazida, albatta, real tarixiy shaxs hayoti yoritilishi kerak deya hisoblashadi. M.Qo‘shjonov, S.Mirvaliev, A.Kattabekov singari romanshunos olimlar tarixiy roman markazida tarixiy xaqiqatga asoslangan to‘qima qaxramonlar xam bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlashadi. Mazkur nuqtai nazarni ular «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Qullar» kabi romanlar misolida asoslaydilar. Ushbu asarlarning etakchi qahramonlari, garchand, real tarixiy shaxslar bo‘lmasa—da, biroq bu asarlar janrini tarixiy roman deya tasniflashadi.
Tarixiy qissa janri qanday o‘ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega?
Birinchidan, tarixiy qissalarda millat va Vatan taqdiridagi hal qiluvchi muxim ijtimoy — siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar badiiy taxlil uchun asos qilib olinadi. Qolaversa, olis moziyda kechgan hamma voqea — hodisalar ham san’at asarlari
uchun badiiy — estetik tadqiqotchilik madaniyatini belgilovchi hayotiy haqiqat bo‘lavermasligi mumkin.
Ikkinchidan, har qanday zulm — istibdod ko‘rinishlariga qarshi bosh ko‘targan, xalqning orzu—umidlarini, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun boshini'tikkan, ezgulik, adolat, go‘zallik, haqiqat singari umumbashariy qadriyatlar himoyasi va tantanasi uchun umrini bag‘ishlagan real shaxslar tarixiy qissalarning bosh qahramoni bo‘ladi, Jahon badiiy tafakkurining barcha xalqlar va barcha zamonlar adabiyotiga mansub taryxiy qissalarning etakchi qaxramonlari shunday xislat — fazilatlar sohibi bo‘lib kelgan.
Uchinchidan, makon va zamon nuqtai nazaridan umumbashariy ma’naviy —axloqiy, intellektual qadriyatlarni yoqlagan, himoya etgan va ularning yuzaga chiqishi uchun kurashayotgan real shaxslarni qaysi belgilariga, jihatlariga qarab milliy mansubiyatlarini aniqlash mumkin? Har bir ijtimoiy —tarixiy taraqqiyot bosqichida o‘z millati, vatani manfaatlarini yoqlagan va kurashgan real shaxslarning fe’li — faoliyatiga ko‘ra, ezgulik, adolat, go‘zallik singari bashariy qadriyatlarga munosabati, nuqtai nazariga ko‘ra milliyligi namoyon bo‘ladi.
Shunisi e’tiborliki, o‘tgan asrning 60 — 80 — yillari qissachiligida birgina Mirkarim Osim ijodiy tajribasi misolida kuzatadigan bo‘lsak, badiiy barkamol tarixiy qissalarning etakchi qahramonlari tarixiy shaxslardir. Endi, yozuvchining dunyoqarashi, ijodiy niyatiga ko‘ra tarixiy shaxslar psixologiyasini aks ettirish printsiplarini xam nafaqat davr va ijtimoiy voqeliklar nuqtai nazaridan, shuningdek, bir adib izlanishlarida ham muayyan farqlanadi. Biri ikkinchisiga o‘xshamaydi. Bir —birini takrorlamaydi.
Biroq real tarixiy shaxslarning etakchi qahramon bo‘lib kelishigina asarning badiiyatini ham, ijtimoiy ahamiyatini ham belgilaydigan asosiy xususiyat emas. Tarixiy shaxs obrazi badiiy xarakter darajasiga o‘sib chiqmas ekan, uni yuqori saviyadagi asar deb bo‘lmaydi. Buning uchun o‘sha real shaxsning
ma’naviy — axloqiy, intellektual dunyosi jamiyat psixologiyasi bilan vobasta tahlil etilishi kerak. Bu xil estetik vazifa-ijodkor oldiga asar qahramonlarining turfa voqea—hodisalar ta’sirida yuzaga kelajak o‘y —fikrlarini, mushohada — muxokamalarini boshqa odamlar bilan munosabatlari jarayonida ular ruhiyatida kechadigan turlicha xis—tuyg‘ulari manzarasini ham berish kabi talablarni qo‘yadi. Shuningdek, qahramonlar hatti —harakati, har bir so‘zi, tabiiyki, yozuvchining g‘oyaviy — badiiy niyatiga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu narsalarning xarakter mantig‘idan kelib chiqishi asardagi psixologik tahlilning xaqqoniyligi va hayotiyligini ta’min etishga xizmat qiladi. Bularning hammasi o‘tmish voqeligi bilan real odamlar yashab, kurashib o‘tgan ijtimoiy muhitni, sharoitni ham xolis gavdalantirishga, yozuvchining badiiy — falasafiy kontseptsiyasini yoritishga qaratiladi. Shu ma’noda yozuvchi xayot materialini tanlashda, ularni saralashda, xarakterlarni talqin qilishda o‘zining bosh ijodiy niyatidan kelib chiqadi.
Tarixiy qissalarda ham xarakter yaratish jarayonining o‘ziga xos qiyinchiligi prototipni kuzatish imkoni yo‘qligi bilan izoxlanadi. Shuning uchun ham adib fakt va ma’lumotning, moziy voqea — xodisalarining tarixiy haqqoniyligiga, tasvirlanayotgan davr solnomasiga, o‘zining ijodiy tajribasiga, ko‘nglida tug‘ilgan va ijodiy tasavvurida gavdalantirgan xarakterying namoyon bo‘lishi va hatti—harakati mantig‘iga, ongi—dunyoqarashiga tayanib talqin etadi.
Yana asosiy talablardan biri — tarixiy asarlar, shu jumladan qissalar, tanlangan moziy davrga mos arxaiklashtirilgan badiiy tilda yozilishi kerak. Ularda o‘tmish, davr ruxini o‘quvchiga singdirish, boshqacharoq qilib aytganda, davr koloritini berish katta ahamiyatga ega. Shu bois yozuvchilarimiz tanlangan davrga doir ayrim so‘z va iboralarni qo‘llaydilar, xalqimizning‘ o‘sha davrga xos rasm — rusum va urf — odatlarini badiiy lavxalarda jonlantiradilar. Bunday paytda tarixiy mavzuda ijod qiladigan yozuvchilarning ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy xol. Agar muallif asarida davr koloritini saqlayman deb o‘sha davrga xos, biroq xozirgi paytda arxaik hisoblangan so‘z va iboralarni juda ko‘p qo‘llasa, kitobxon bu asarni tushunishi qiyin. Yoki aksincha, muallif o‘tmish voqea —hodisalarini bugun biz ishlatadigan so‘z va iboralar bilan ifodalasa, tarixiy davr koloriti sezilmay qoladi va asarning badiiy kuchiga putur etadi.
To‘g‘ri, xar bir tarixiy asar tili o‘z davrining adabiy normalari asosida yoziladi. Bu narsa, ayniqsa, muallif tilida o‘zligini ayon ko‘rsatadi. Lekin personajlar tilida tasvir etilayotgan zamon ruhi, davr koloriti aks ettirilishi zarur unsurlardan xisoblanadi. Xususan, taniqli olim Akram Kattabekov ta’kidlaganidek, «xalh tilida singarmonizm qonuni hukmron. Aytaylik, "borgan" emas "borg‘on", "qo‘ygan" emas "qo‘yg‘on" deb gapirilishi odat tusini olgan. Hozir yo‘q bo‘lib ketgan ba’zi so‘zlar xam iste’molda. Chunonchi, ilik (qo‘l), cherik (askar) kabi va hokazolar. Har qalay tekstda tushunarli bo‘lib turgan va ataylab lug‘at ko‘rish shart bo‘lmagan ayrim so‘z va iboralarni qo‘llash zamon ruhiga yaqinlashtiradi va asarning ishontirish kuchini oshiradi"7.
Adiblarimiz Vatan va millat tarixini, buyuk ajdodlarimiz xayoti va taqdirini hujjatli manbalar asosida, to‘laqonli, badiiy ifodasini yaratishda katta va boy tajriba orttirishdi. Bu sohada muayyan an’analar xam yaratildi. Tarixiy nasr tabiatiga xos etakchi xususiyatlar, janrning taraqqiyot tamoyillari, ijodkorlarimiz tajribasi o‘rganilgan. Shunga ko‘ra tarixiy qissalarning mavzu yo‘nalishlarini shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin. Birinchisida millat tarixyda muhim o‘rin tutgan yirik ilm —fan, madaniyat va san’at arboblari obrazini aks ettirish ustivor bo‘lsa, ikkinchi guruhni shaxs erki, Vatan mustaqilligi, xalq ozodligi uchun jon olib jon bergan jasur yurt himoyachilari xayotiga bag‘ishlangan qissalar tashkil etadi.
Vatanparvarlik, millatsevarlik tuyg‘ulari barcha xalqlar uchun xos bo‘lgan mushtarak ma’naviy — intellektual qadriyat. Uning badiiy — falsafiy talqinlari jahon adabiyoti . taraqqiyotining etakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda milliy mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustaxkamlashda, vatan o‘tmishini xolis anglashda, yosh nasllarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda ushbu yo‘nalishdagi asarlarning roli beqiyosdir.
Olis moziydan boshlab kuni kecha kechgan voqealargacha xalqimizning milliy ozodlik uchun olib borgan shonli kurashlari tarixidan iborat. Yunon, eron va arab bosqinchiligini, Chingizxon istilosi va bir yuz o‘ttiz yil davom etgan rus mustamlakachiligini bir eslaylik. Ota — bobolarimiz asrlar osha ona yurtimizni himoya qilib, bosqinchilarga qarshi omonsiz kurashib kelgan. Shiroq va To‘maris, Spitamen, Alp Tegin va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Torobiy va Najmiddin Kubro, Nomoz va Shermuhammad kabi jasur farzandlari nomini xalqimiz hamisha yodda saqlaydi; ijodkorlarimiz esa ularni ulug‘lab, o‘z asarlarida sha’nini olqishlab keladi.
Mirkarim Osimning «Aljabrning tug‘ilishi», «To‘maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Temur Malik», «Jayhun ustida bulutlar», «O‘tror», «Zulmat ichra nur», «Ibn Sino qissasi», «Singan setor», «Nur va zulmat», «Moxlar oyim va Xonposhsha», Zohir A’lamning «Buxorodagi birinchi namoz», Isfandiyorning «Qasamyod», Alisher Ibodinovning «Quyosh ham olov», Mirzapo‘lat Toshpo‘latovning «Beorom to‘lqinlar», Shahodat Isaxonovaning «Intiqom» kabi tarixiy— qahramonlik qissalari shu mavzuda yozilgan e’tiborli asarlardir. Bu qissalar badiiy jihatdan birdek darajada bo‘lmasa —da, o‘tmish voqeligi va tarixiy qaxramonlarimiz haqida jonli, hayotiy lavhalar, manzaralar yaratilishiga ko‘ra o‘ziga xos badiiy qimmatga, estetik ahamiyatga ega.
Yuqorida zikr etilgan qissalarga Narshaxiy, Muxammad Nasaviy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurazzoq Samarqandiy,
Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqa tarixchi olimlar asarlaridagi xikmatlar, ma’lumotlar, lavhalar hamda xalq og‘zaki ijodidagi syujetlar material bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbek nasrining taraqqiyot tarixida, xususan qissachiligida tarixiy qahramonlik mavzuining ishlanishi haqida so‘z borganda, avvalo, taniqli yozuvchi Mirkarim Osim haqida to‘xtalmasdan iloj yo‘q. Chunki o‘tmish madaniyatimizning yorug‘ yulduzlari, yurtning jasur himoyachilari haqida asarlar yozish an’anasini, birinchi bo‘lib, Mirkarim Osim boshlab berdi. U tarixiy shaxslarning murakkab hayot yo‘li haqida uzoq izlanishlari natijasi o‘laroq, ko‘plab tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlar yaratdi; keyingi yillar o‘zbek prozasi rivojiga munosib xissa qo‘shdi. Adibning maqsadi yosh nasllarni o‘z ajdodlari o‘tmishidan xabardor etish edi. Shuning uchun u, dastlab maktab o‘qituvchilari uchun tarix fani yuzasidan ko‘pgina qo‘llanmalar yaratdi. So‘ngra tarixiy mavzuda e’tiborli ocherklar yoza boshladi. Adib butun ijodiy faoliyati davomida faqat tarixiy asarlar yozdi; xalqimizning olis o‘tmishdagi bizga noma’lum hayot manzaralarini ravshan yoritib berdi. Yozuvchi o‘z asarlariga qahramon qilib olgan Shiroq, To‘maris, Spitamen, Temur Malik, Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Mashrab kabi buyuk siymolar obrazi bugungi o‘zbek adabiyotining eng yorug‘ sahifalariga, obrazlari sistemasida nurli qahramonlarga aylanib qolgan. Bu asarlarning ma’naviy — ma’rifiy, ijtimoiy — axloqiy ahamiyati beqiyosdir.
Keyingi paytda tarixni o‘rganish uchun keng yo‘llar ochilganligi bois sermiqyos va serqatlam moziyni badiiy o‘zlashtirish ham ancha kengaydi. Uning o‘ziga xos shakllari paydo bo‘la boshladi. Ana shunday izlanishlardan biri xalq og‘zaki ijodi, rivoyat va afsonalar syujeti asosida yaratilgan rivoyat qissalardir. Bunday asarlar ko‘proq, xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi yarim afsonaviy, romantik qahramonlarni eslatuvchi shartli personajlar sarguzashtlariga asoslanadi. Shunga ko‘ra syujetda ma’lum shartlilik, bo‘rttirish, og‘zaki ijod elementlari, rivoyatomuz voqealar uchraydi.
Xalq og‘zaki ijodidagi To‘maris va Shiroq afsonalarining . asli bizga etib kelmagan. Ularning mazmuni grek tarixchilaridan Gerodotning «Tarix» va Polienning «Harbiy hiylalar» kitobida, shuningdek, «Avesto»da xikoya qilib qoldirilgan.
To‘maris afsonasida Massaget qabilalarining, Shiroq afsonasida esa Sak qabilalarining bosqinchi yovlarga qarshi kurashi aniq, yorqin ko‘rsatib berilgan. Bu qabilalarning tadbirkorligiga, jasur va mardligiga alohida e’tibor qaratilgan. Mana shuning o‘ziyoq, xar ikkala afsonaning ham Turonda yashovchi donishmand xalqimiz tomonidan yaratilganini isbotlab turibdi.
Grek adabiyotida ta’kidlanishicha, ayniqsa, Esxil, Gerodot, Polien ijodida qayd qilib o‘tilishicha, bu afsonalarda tasvirlangan davr, ularning tarixiy ildizi eramizdan ilgarigi VI —V asrlarga to‘g‘ri keladi. Shundan ko‘rinadiki, bu asrlarda «To‘maris» va «Shiroq» kabi og‘zaki ijod namunalariga ega bo‘lgan xalqning keyinchalik, Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoga bostirib kelgan davrida rivojlangan o‘ziga xos ko‘rkam adabiyoti bo‘lgan edi, deyishga asos beradi.
Mirkarim Osim shu materiallar asosida «Shiroq» va «To‘maris» qissalariny yaratdi. Har ikkala asarda ham ajdodlarimizning vatanparvarligi, yovlarga qarshi kurashda ko‘rsatgan qahramonligi, jangu jadal saxifalari aks ettirilgan.
«To‘maris» qissasi syujetini qadimgi Turonda yashagan Sak va Massaget qabilalarining xukmdorlaridan biri To‘marisning bosqinchi Eron shohi Kayxusravga qarshi olib borgan qaxramonlik kurashi tashkil etadi. Yozuvchi tarixiy faktlarga jon baxsh etib, ezgu tilakli xalqning matonati, psixologiyasini, qaxramonligi tabiatini badiiy vositalar yordamida tasavvur qilishimizga imkon yaratadi. Muallif asar qaxramoni To‘marisni bir so‘zli, mard va nihoyatda shiddatkor sarkarda sifatida tasvirlaydi. Shaxsiy baxti va xuzur — xalovatidan ko‘ra o‘z xalqining baxt —saodatini, tinchligi va osoyishtaligi uchun jonfidolikni afzal ko‘radi. Eron shohi Kayxusrav jo‘natgan elchining: «Men yolg‘iz elchi emas, sovchi ham bo‘lib keldim. Shahanshohi olam senga g‘oyibona oshiq bo‘lganlar», degan gapiga, «Shahanshoh menga emas, mening yurtimga, boyligimga oshiq bo‘lgandir», deydi To‘maris zaharxanda qilib! «Men emas, shu serbaraka yurtim unga kerak bo‘lib qolgan. Siz, elchi janoblari, o‘z tojdoringizga borib ayting: Men uning taklifini qat’iyan rad etaman. Men unga qalliq bo‘lishni, o‘z elimni unga qul qilib topshirishni istamayman»8, deb javob beradi. To‘maris bu gapi bilan Vatanining daxlsizligini, xalqining erki va mustaqilligini saqlash bosh a’moli ekanligini uqtiradi.
Bunday yovqur javobni kutmagan Kayxusrav fig‘onidan tutun chiqib ketadi. Shoh sha’niga nomunosib nomardlik yo‘lini tanlaydi. U hiyla ishlatib, To‘maris lashkarlarini qo‘lga oladi. Ular orasida To‘marisning o‘g‘Li Sparangiz (ba’zi manbalarda Sparganiz) ham bor edi. O‘zini^g hiyla bilan qo‘lga tushganini sezgan Sparangiz kishanni echyshni so‘raydi. Grek tarixchisi Gerodot «Tarix» kitobida yozii^iga ko‘ra, Sparangiz qo‘li echilgan zahoti o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Mirkarim Osim mazkur tarixiy faktni badiiylashtiradi.' Qissaga quyidagi tahlitda singdirib yuboradi: «Qo‘limni ^chib qo‘yinglar, — deb iltimos qildi u. Kayxusrav bir mulozimiga ishora qilgan edi, u yugurib kelib yigitning qo‘lini echdi —da, o‘z joyiga borib turdi. Shu on Sparangiz qo‘ynidan kichkinagina yaltiroq pichoq olib, o‘zining ko‘ksiga sanchdi — yu, mukka tushib jon taslim qildi. «Mard yigit ekan, — dedi Kayxusrav bir ozdan keyin. — O‘limni nomusdan afzal ko‘rdi» (24 — bet).
Sparangiz o‘limidan- xabar topgan To‘maris va barcha massagetlar yuragini g‘azab, nafrat alangasi qoplaydi. To‘maris yurt boshiga tushgan bu kulfatlarni daf etish uchun jangga kirar ekan, lashkarlariga murojaat qiladi: «Opa — singillar, aka — ukalar, qaerga ketayotganingizni hammangiz yaxshi bilasiz. Shu ketganimizcha, yo xammamiz bitta qolgunimizcha qirilib, o‘z qonimiz bilan sha’nimizga tushgan dog‘ni yuvib tashlaymiz, yoki dushmanni qirib yuborib, g‘alaba bilan qaytamiz. Ishonaman, oramizda Eron shohi oldida tiz cho‘kadigan nomard yo‘q. Biz albatta engamiz! Shafqatsizlikni bizlardan ko‘rsin Eron shohi» (16 —bet).
To‘maris qo‘shinlari ayovsiz jangda g‘alaba qozonadi. Katta yo‘qotishlar, qurbonlar evaziga o‘z yurtini Eron lashkarlari bosqinidan saqlab qoladi. Muallif tarixiy voqealarga badiiylik baxsh etar ekan, ularga muxim ijtimoiy ahamiyatli ma’nolar yuklaydi. G‘alaba misolida o‘quvchi ongini, ko‘nglini tarbiyalashga alohida urg‘u beradi. Kitobxon qalbida zulmga, yovuzlikka, bosqinchilikka qarshi nafrat, vatanparvarlik, ozodlik va adolatga muxabbat tuyg‘ularini alangalatadi.
Qissadagi yirik tarixiy shaxslardan yana biri ahmoniylar davlatining asoschisi Kayxusrav obrazidir.
Kvint Kurtsiy Rufning «Aleksandr Makedonskiy tarixi» kitobida Kir real tarixiy shaxs bo‘lib, eramizdan ilgarigi 559 — 529 yillarda yashab o‘tganligi haqida gap boradi. U Yaksart, hozirgi Sirdaryo yoqasidagi G‘aza shaxrini egallab oladi. Hatto Kir bu daryo yaqinida shahar qurganligi ham ta’kidlanadi. Ruf asarida tasvirlangan afsonaviy Kir bilan bog‘liq voqealar o‘quvchini hayajonga soladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Kvint Kurtsiy Ruf asari bundan qariyb 20 asr ilgari yaratilgan, undagi voqealar 23 asr avval bo‘lib o‘tgan esa —da, bugungi kitobxonni xam ijodkorlarni ham xamisha xayajonga soladi. Chunki, o‘sha tarixiy xodisa, kurash, haqiqat go‘zal va jozibalidir. U ongimizga nur, ko‘nglimizga harorat —fikr baxsh etadi.
Asarni o‘qir ekanmiz, bugungi kun sarhadlarida turib o‘sha olis tariximizning uzoq saxifalariga nazar tashlaymiz. Ulardan bugungi kunimiz uchun ma’naviy — intellektual quvvat, madad olamiz. Qirg‘inbarot urushlar, son —sanoqsiz odamlarning qul qilib xaydab ketilishi, ayollar dod —faryodi, norasida bolalarning itlar oldiga tiriklayin tashlangani, qutirgan itlarning ojiz, himoyasiz bolalarni zanjirband ota — onalari ko‘zi o‘ngida g‘ajishi, burda —burda tilkalashi naqadar achinarli va qayg‘uli. Mana shu xil tarixiy faktlardan tegishli xulosa chiqargan yozuvchi Kayxusravni asarda tajovuzkor, qonxo‘r va ayni paytda, nomard shaxs sifatida tasvirlaydi: «Eron shohi ko‘pni ko‘rgan keksa jangchining makr — hiyladan iborat bo‘lgan rejasini zavq bilan tinglab o‘tirdi. Soddadil massagetlar daryodan o‘tishimizga monelik qilmay, mardlik ko‘rsatdi —yu, bizlar hiyla ishlatib nomardlik qilamizmi», degan fikr ko‘nglining ko‘chasiga ham kelmadi. Iroq va Misrni, O‘rta Osiyoning janubiy qismini qurol va oltin, makr —hiyla bilan bosib olib, buyuk Eron davlatini barpo etgan bu shuxratparast shox, maqsadiga erishish yo‘lida har qanaqa nomardlikdan tap tortmasdi» (11—bet).
Asardagi Zarina obrazi badiiy to‘qima mahsuli. U bosh qahramon To‘maris qiyofasini, jasoratining mohiyati va tabiatini ayonlashtiradi. Xususan xarakter mantig‘ini ta’minlashga, badiiy dalillashga yordam beradi.
Qissa ajdodlarimizning yurtimizga ko‘z tikkan yovlarga qarshi qahramonona kurashlarini aks ettiruvchi yorqin asar sifatida, ayniqsa, bugungi milliy mustaqillik sharoitida katta tarbiyaviy axamiyatga ega.
Yurtimiz dushmanlariga, bosqinchilarga qarshi kurash, o‘tmishda kechgan jang — jadallar «Shiroq» tarixiy qissasining ham qahramonlik yo‘nalishini, mazmun — mohiyatini belgilab bergan. Qissada o‘z xalqini, kindik qoni to‘kilgan tuproqni jonidan ortiq sevgan cho‘pon Shiroq obrazi etakchi o‘rin tutadi. U o‘z xayoti evaziga xalqining erkini, ona zamin ozodligini ta’minlaydi. Muallif asarda buni qahramon nutqi orqali jonli, ishonarli lavhalarda tasvirlab beradi: «Agar meni, bola—chaqam va nevaralarimni unutmasang, o‘z shirin jonimdan kechib, yurt boshiga qelgan baloni daf etardim. Dushmanni daf qilmoq uchun bir hiyla o‘ylab topdim, umrim oxirlab qoldi, axiri bu dunyodan ketmoq kerak. Men el —yurt uchun o‘limning shirin sharbatini ichmoqqa qaror qildim» (24 —bet). Shiroq fidoyi ajdodlarimizning xalqsevarlik, qahramonlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan obrazdir. Yozuvchi Shiroq jasoratini tasvirlar ekan, asrlar osha xira tortgan tarixiy fakt va ma’lumotlarga jon ato etadi. Natijada asrlar to‘zoni' orasidan voqea — hodisalar, real shaxslar o‘z dunyosi, muhabbati va nafrati ila ko‘z o‘ngimizda butun borlig‘i bilan namoyon bo‘la boshlaydi. Qissa yakunida Shiroq fojeali o‘lim topadi. Biroq u mard, tanti tabiati bilan kitobxon qalbidan joy oladi. Yurt va el uchun yovlarga qarshi kurashi bilan Shiroq ko‘z o‘ngimizda vatanparvarga aylanadi: « — Men engdim, Doro qo‘shinlarini bir o‘zim engdim! — dedi u (Shiroq) qichqirib. — Sizlarni aldab sahroning qoq o‘rtasiga olib keldim, — qo‘li bilan kun chiqish va kun botish tomonni ko‘rsatdi. — Bu yog‘i ham etti kunlik yo‘l, u yog‘i ham. Istagan tomoningizga boravering. Mening go‘rim shu erda, — deb oyog‘i ostini ko‘rsatdi» (25 —bet). Mirkarim Osim Shiroq obrazi orqali vatanparvarlik xam ijtimoiy adolat singari, xaqiqat kabi go‘zaldir, degan g‘oyani udug‘laydi. Shunday, shaxs erki, millat xurriyati hamisha bashariy qadriyatlarning betimsol namunasidir.
«To‘maris», «Shiroq» qissalarida yozuvchining tarixiy materialni taqdim etish uslubi o‘zgacha. Xususan, bu xil rivoyat — qissalarda ko‘tarinkilik va qahramonlik syujetini yoritishda ko‘proq liro — romantik uslub mos keladi. Hamid Olimjonning «Muqanna» dramasida vatanparvar Muqanna sarguzashtlari va xarakteri xuddi ana shu yo‘sinda tasvirlanganini eslash o‘rinlidir.
Ma’lumki, tarixiy asarga moziy voqea—hodisalari, real tarixiy shaxslar tasvir ob’ekti qilib olinadi. Tarix materialini qalamga olayotgan adib o‘sha olis moziyda kechgan hayot bilan bugungi davr ruxini uyg‘unlashtirmay turib tarixiy mazmunga ega bo‘lgan asar yarata olmaydi. Tarixiy asarlarga qahramon va material tanlashda ijodkordan alohida salohiyat talab qilinadi. Chunki, xar qanday tarixiy mavzudagi ijtimoiy, axloqiy, vatanparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarning bugungi kundagi ma’naviy — intellektual ahamiyati benihoya katta.
Shiroqning qahramonligi, u ishlatgan xarbiy taktika (hiyla) keyinchalik Turon o‘lkasida yashab o‘tgan ajdodlarimiz tomonidan yurtimizga qilich ko‘tarib kelgan bosqinchilarga, xususan Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlariga qarshi ishlatilganligi haqida grek tarixchilari yozib qoldirishgan. Yozuvchilarimiz Aleksandr Makedonskiy va Spitamen xaqidagi tarixiy ma’lumotlarni yoritishda Sharq va G‘arb solnomachilari bitiklaridan va yana hozirgi zamon tarixchi olimlarining ilmiy tadqiqotlaridan ham samarali foydalanishgan. Rim tarixchisi Arrianning «Aleksandrning yurishi», grek muarrixi Plutarxning «Qo‘shaloq hayotnomalar», Kvint Kurtsiy Rufning «Aleksandr Makedonskiy tarixi», Shoufmanning «Makedonskiyning Sharqdagi siyosati», shuningdek boshqa tarixchilarning asarlarida keltirilgan manbalarda, Firdavsiy va Navoiyning asarlarida ham Iskandarning xayoti, harbiy yurishlari ancha keng tasvirlanadi.
Bu mavzu so‘nggi davr o‘zbek adabiyotida ham u yoki bu darajada yoritilgan. Jumladan, Mirkarim Osimning «Iskandar va Spitamen», Isfandiyorning «Qasamyod» qissalarida ham o‘zining badiiy ifodasini topgan. Mazkur asarlarda Iskandarning talonchilik, bosqinchilik siyosati mohiyati ochib beriladi. Spitamen boshchiligida, massagetlar, so‘g‘dlarning bosqinchilarga qarshi olib borgan qahramonlik kurashi ulug‘lanadi.
Ruf kitobida qiziqarli voqealar tafsiloti bayon qilingan. Ayniqsa, so‘g‘d xalqining milliy qahramoni Spitamen haqida ancha keng ma’lumotlar berilgan. Asarda Spitamen obrazi jismonan baquvvat, tadbirkor, jasur va mard inson sifatida ifodalanadi. U Aleksandrga bo‘ysunmaydi. Unga So‘g‘diyonani qo‘sh qo‘llab topshirib qo‘ymaydi. Aleksandr so‘g‘dlar yurishiga qarshi turli xil nayranglar, hiylalar ishlatib ko‘radi. Spitamenga katta —katta va’dalar beradi. Xususan behisob boylik, amal — rutbalar va’da qiladi. Hokimlikni in’om e™oqchi bo‘ladi, biroq Spitamen vatanfurushlik qilgandan ko‘ra o‘limni afzal biladi.
Mirkarim Osimning «Iskandar va Spitamen» qissasida Spitamen qahramonligi, boy ma’naviy olami ana shu taxlit tarixiy fakt va ma’lumotlar doirasida qiziqarli lavhalarda tasvirlanadi. Spitamen — xalq orasidan chiqqan lashkarboshi. U dushmanning og‘ir zarbalaridan, talato‘plaridan gangib qolgan yurtdoshlarini o‘z atrofiga yig‘ib, bosqinchilarga qarshi qasoskorlik urushini boshlab yuboradi. Yozuvchi Spitamen psixologiyasini chizarkan, uning ongi — shuuridagi qilt etgan tebranishlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi; mard, adolatli, qo‘li ochiq va jangovar lashkarboshi sifatida tasvirlaydi. Bu esa qahramonning tashqi qiyofasini jonli faoliyat bilan bog‘liq tasvirlash, tasavvur qilish uchun imkoniyat yaratadi.
«yosh Spitamen o‘zini janglarda ko‘rsatib, yuqori mansablarga erishdi, bora—bora so‘g‘dlardan tuzilgan otliq askarlarga boshliq bo‘lib oldi. Adolatli, qo‘li ochiq bo‘lgani uchun qo‘l ostidagi askarlar uni yaxshi ko‘rar, mard —jangovar boshliqlarining bir og‘iz so‘zi bilan o‘zlarini o‘tga ham, suvga ham tashlashga tayyor edilar. U boshqa sarkardalar singari jangda qo‘lga tushgan o‘ljaning ko‘p qismini o‘ziga olmas, topganini o‘ziga tobe odamlar bilan baham ko‘rib, ularning chekkan mashaqqatlariga, shodliklariga sherik bo‘lar edi»9. Spitamen Iskandarga qarshi daxshatli jangga kirar ekan, Vatani Sug‘diyonani ozod qilish istagi unga dalda beradi. Kuchiga kuch qo‘shadi, lekin ayrim vatandoshlarining og‘makashligi, hiyonatchiligi uni iztirobga soladi. Dardi —dunyosi qorong‘u tortadi. Bu dunyo shevalarini anglash oson ekanu, inson deb atalgan bir ushoq jonni tushunish o‘lim bilan barobar mavhum — a, deya yozg‘iradi. Samarqand yaqinidagi hal qiluvchi jangda Spitamen qo‘shinlari son jihatdan ozchilikni tashkil etgani uchun engiladi; u qolgan tiriklar bilan cho‘lga chekinadi. Yana el —yurtini ozod etish uchun hayot —mamot muhorabasiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Dushman xizmatida bo‘lgan otasining qutqulariga uchgan xotini Spitamen boshini tanasidan judo qilib, Iskandarga jo‘natadi.
Asar tarixiy haqqoniyligi, voqealar tasvirining qiziqarliligi bilan kitobxon diqqatini mixlab oladi. Spitamen obrazi vatanparvarlikning baland timsolida namoyon bo‘ladi.
Qissada maromiga etmagan holatlar ham yo‘q emas. Xususan, tarixiy fakt va ma’lumotlar mohiyatini, ruhini ochishda holatlar, kayfiyatlar kechinmasini yaratish etishmayotgandek tuyuladi. Tarixiy tafsilotlar tasvirida tuyg‘u, hissiyot teranligi bo‘rtib turmaydi. To‘g‘ri, Spetamenning atrof — tevaragidagilar, lashkarlari va boshqa munosabat — muomalalarida badiiy tahlildan ko‘ra publitsistik ifoda ustundek ko‘rinishi mumkin.
Albatta, bu borada, ya’ni tasvir va talqinda muayyan andoza — retsept bo‘yicha ish ko‘rish mumkin emas. Buni talab etish ham aqlga sig‘maydi. Qolaversa, olis voqea —hodisalar psixologiyasini yaratishdan ko‘ra xayotiy holatlar xaqidagi xolis — ob’ektiv hikoya asar uslubini belgilab berayotir. Ana shu badiiy tasvirdagi xolislik, obe’ktiv munosabat Mirkarim Osimning boshqa qissalari uchun xam xos xususiyat hisoblanadi. Ma’lumki, xarakter psixologiyasini yaratish uchun yozuvchidan murakkab ruxiy jarayonlar manzarasini chizish, kechinmalar holatini berish talab etiladi. «Iskandar va Spitamen» qissasida badiiy tasvir va talqin o‘rnini aksar sahifalarda bayon egallab olaganligini kuzatish mumkin. Chunonchi, Spitamenning o‘ldirilishi epizodini olaylik. Spitamen o‘limi tarixiy manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Rim tarixchisi Arrian «Aleksandrning yurishi» asarida xabar berishicha, Iskandarning Spitamenni quvib, izma — iz qo‘shin tortib kelishidan massagetlar cho‘chiganlar. Shu tufayli, go‘yo Iskandar shafqati va muruvvatini qozonish uchun Rim qo‘shinlarining eng havfli dushmani va shu bilan barobar o‘zlarining tayanchi, xaloskori bo‘lgan Spitamenni o‘ldirishgan. O‘z sadoqatliklari dalili sifatida xalq qahramoni boshini Iskandarga tuhfa etishgan.10 Kvint Kurtsiy Ruf esa «Aleksandr Makedonskiy tarixi» asarida Spitamen o‘z xotini tomonidan o‘ldirilganligi haqidagi rivoyatni keltiradi." Strabonning bizgacha etib kelmagan manbaga suyanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, Spitamen saklar va xorazmliklar tomoniga qochib ketgan ekan. To‘g‘ri, badiiy asar ijodkori bu taxlit o‘lim tafsilotining turli xil ko‘rinishlariga o‘z badiiy — estetik niyati taqazosiga ko‘ra murojaat etish huquqiga ega. Hamma gap ana shu fakt — ma’lumotning nechog‘lik badiiy asoslanishidan, psixologik jihatdan ishonarli ko‘rsatib berishdan iboratdir.
Mirkarim Osim qissasida Spitamen o‘ldirilishi bilan bog‘liq tarixiy tafsilotlarni badiiy dalillashda Kvint Kurtsiy Ruf asaridagi ma’lumotlarga tayanadi. Ya’ni, Spitamenni o‘z xotini o‘ldirgan, degan haqiqatni yoritishga e’tiborni qaratadi. Bunga e’tiroz yo‘q. Ammo ana shu hiyonatning daxshatli ko‘rinishi tasviriga e’tibor beraylik — chi. Jumladan, qissada o‘qiymiz: «Spitamen kechki ovqatdan so‘ng dong qotib uxlab qoldi. Mag‘lubiyat va yo‘l azobi uni qattiq charchatgan edi. Xotini esa uning yonida uxlayolmay chodir shiftiga ko‘z tikib yotardi. Yarim kechada butun lashkargoh uyquga ketgach, tashqariga chiqib, bir aylanib keldi —da, o‘rtadagi ustunga osig‘liq qilichini qinidan asta sug‘urdi va zarb bilan erining boshini tanidan judo qildi. So‘ng bir laxza yuzini teskari o‘girib turdi —da, titragan qo‘llari bilan erining boshini xurjunga solib, tashqariga olib chiqdi»12. E’tibor berayapsizmi, g‘oyat fojiali, dramatik holat o‘ta sovuqqonlik bilan ifodalanayapti. Ya’ni, ana shunday qaltis xiyonatga jazm etgan ayolning qahri yoki mehri, iztirobi yoki afsus — nadomati, xursandchiligiyu nafrati singari turfa ruhiy evrilishlar jarayoni ko‘rinmaydi, kuzatilmaydi. Axir, odam o‘ldirish, yana bir yostiqqa bosh qo‘ygan umrdoshi, taqdirdoshi boshini sapchadek uzib tashlash g‘oyat og‘ir qiynoqlar, ikkilanishlar, azoblar girdobini engib o‘tish evaziga hosil bo‘ladi —ku. Vaholanki, bu xil ayol qalbida, ongi — shuurida kechishi mumkin bo‘lgan mushohada — muxokamalar, xis—tuyg‘ular, kechinmalar ma’nosi bizga qorong‘uligicha qolayotir. Yana, kuni kecha: "bol tomgan tilingdan bir o‘pay», «iloyo, aytganing kelsin», deya xayrixohlik, mehr ko‘rsatib turgan ayol birdaniga xiyonatkorga, o‘z erining qotiliga aylanishi o‘quvchini ishontirmaydi. Hech qanday qo‘rquvsiz yoki his — hayajonsiz, kiprigini qilt etkazmasdan, dahshatga tushmasdan erining tanasidan boshini judo qilsa. Bu xil xissiz lavhalar kitobxonda shubxa uyg‘otadi, tarixiy haqiqatga nisbatan ishonchsizlik tug‘diradi. Mana shunday badiiy dalillanmagan holatlarni asardan yana keltirish mumkin.
Yozuvchi Maqsud Qorievning «Spitamen» nomli romanida ham ana shunday nuqsonlarni sezish mumkin. Muallif tarixiy zamindan uzilib, Spitamenni o‘ta zamonaviylashtirib yuboradi. Qahramonning el—yurt tinchligi, adolat va urush to‘g‘risidagi mulohaza — muxokamalari, farzandlari va xotini o‘rtasidagi oila suhbatlari o‘ta sun’iyligi bilan o‘quvchiga erish tuyuladi. Yana oxirgi sahifalarda Spitamenning o‘ldirilishi bilan bog‘liq lavxa — holat Mirkarim Osim qissasidagidan ham ko‘ra sun’iy chizilgan. Hayotiy, psixologik asoslar etishmaydi. Qissada Spitamen xotini qilichni bir sermab, zarb bilan erining boshini tanasidan judo qiladi. Maqsud Qoriev romanida esa xotini ushbu xiyonatni xanjar bilan bajarganligi aytiladi. Avvalo, qanday qurol bilan (qilich yoki xanjar) Spitamen boshi uzib tashlangani kitobxonda ishonchsizlik tug‘diradi. Boisi, xotinining bunday xiyonatga jazm etish sabablari ochilmay qolgan. Ikkinchidan, xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lishida oddiy xayotiy mantiqqa putur etkazilyati. Haqqoniylik, hayotiylik, xolislik jabr ko‘rayapti.
Isfandiyorning «Qasamyod» qissasi bilan Yavdat Ilyosovning «So‘g‘diyona» tarixiy romanida Spitamenning o‘ldirilishi epizodi hayotiy mantiqqa ancha yaqin, ishonarli ko‘rsatilgan. Xususan, «So‘g‘diyona»da Spitamenni xotini Zaro o‘ldirmaydi. U Aleksandr Makedonskiy ayg‘oqchilari tomonidan erining o‘ldirilishiga qarshilik ko‘rsatmaydi, xolos. Xuddi, etti yot begona kimsadek beparvo, bepisand qolaveradi. «Zaro!—yana qichqirdi Spantama’no. Ayollar bu nolani eshitmaslik uchun qishloqdan chiqib ketishdi. Ammo Zaro qimirlamadi. U o‘zini alg‘ov —dalg‘ov tush ko‘rayotganday his qilar, o‘rnidan turmoqchi-bular, lekin qimirlay olmas, oyoqlari bo‘ysunmas, titroq bo‘g‘ib qo‘ygan tomog‘ida faryod qotib qolgan edi. Kulba eshigida ikkinchi tog‘liq ko‘rindi. Qonga bo‘yalgan boshini ushlagancha bir yonga chayqalib ketdi va devor tagiga o‘tirib yig‘lab yubordi.
— Zaro!!! — ichkaridan Spantama’noning so‘nggi nolasi eshitildi. Qichqiriq «arra —a —a —ax!» degan kuchli xirillashga aylandi. Uchinchi tog‘liq kulbadan otilib chiqdi —da, ko‘zlari ola — kula bo‘lib, darvoza tomon yugurib ketdi. So‘ngra hamma yog‘i kesilgan, kiyimlari tilka — pora qilib yuborilgan Tigran chayqala — chayqala chiqib keldi. U Spantama’noning qoplon terisidan tikilgan chakmoniga o‘ralgan yumaloq bir narsani qo‘ltig‘iga qisib olgan edi. Tugundan Tigranning soniga qon oqib turardi.
Zaro qimir etmasdi»13.
Asarlarda tarixiy xaqiqatning badiiy haqiqatga aylantirishda hayotiy mantiqning badiiy mantiqqa mos, mutanosib kelishini ko‘ramiz.
Mirkarim Osim bilan Maqsud Qoriev asarlarida xalq qahramoni Spitamenning xotini tomonidan o‘ldirilishi tarixiy haqiqatga mos kelsa —da, psixologik jihatdan dalillanmaganligi boisdan obraz haqqoniyligiga soya soladi. Bu esa, tabiiyki, asar badiiyatiga putur etkazayotir. Kitobxonda Spitamen xotiniga nisbatan tug‘ilajak kuchli nafrat paydo bo‘lmasdan burun so‘nib qolayapti.
«Qasamyod» qissasida xuddi shu epizodning badiiy tasvir va talqinida ma’noli hayot xaqiqati o‘z ifodasini topgan, deyish mumkin. Voqealar tizimiga ko‘ra son jihatidan ko‘p bo‘lgan va kuchli qurollangan Iskandar qo‘shinlarining qo‘li jangda baland keladi. U Spitamenni butkul yo‘q qilish, jisman bartaraf etish maqsadida izma —iz ta’qib eta boshlaydi. Saxro tomon chekinayotgan yarador Spitamenni saxroda xotini Gulruxeor zahar berib o‘ldiradi: «— Meni kechir, mening erim, mening yagona sevgilim! Ammo men buni faqat sen uchun qilaman! — u dodlab yig‘laganicha Spitamenning ko‘ksiga yiqildi. — Bilaman, sen ham shunday qilgan bo‘larding! Sen rafiqangni dushmanlar haqoratlashini istamasding! Yaxshisi, sen ko‘zdan yo‘qol. Hech kim sening yo‘qolib qolganingni bilmasin. Yaxshisi dushmanlaring seni doimo o‘z yonlarida deb bilishsin va dahshatdan qaltirab yurishsin. Alvido, jonginam, Spitamen! — U ko‘z yoshlaridan xo‘l bo‘lib ketgan boshini ko‘tardi, yonidan kichik shisha idishni chiqardi. U uxlab yotgan so‘g‘d bahodirining yuziga tikildi va idishdagi suyuqlikni erining xiyol ochiq turgan og‘ziga tomizdi»14.
Spitamenning o‘z xotini tomonidan o‘ldirilishiga oid tarixiy fakt —ma’lumotlar ko‘pgina tarixiy asarlarda ko‘rsatilgan. Biroq badiiy asarlarda bu voqea turlicha talqin etiladi. Mirkarim Osim bilan Maqsud Qorievning tarixiy qissa va romanida dushman xizmatidagi otasining dag‘dag‘a — qutqulariga uchgan xotini Spitamenning boshini oladi va Iskandarga etkazadi. Yavdat Ilyosov romanida Spitamenning o‘ldirilishiga xotini Zaro hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydi. Har uchala asarda ham Spitamenning xotini eriga nomunosib, xiyonatkor, vafosiz, sotqin ayol sifatida kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Isfandiyorning «Qasamyod» qissasida esa Gulruxsor kitobxon idealidagi mard, jasur, vatanparvar va vafoli ayol sifatida namoyon bo‘ladi.
Qissadagi badiiy talqinga ko‘ra, Gulruxsor erining o‘zi tugul, hatto, o‘ligi ham yov qo‘lida xor bo‘lishini istamaydi. Dushman lashkari Spitamenning jasadini oyoqlari ostida tepkilashiga qo‘ymaydi. Zero, Iskandar uni tiriklay mahv etolmagan edi; o‘ligini ham enga olmasligi uchun yozg‘iradi. U eriga zahar berib o‘ldiradi va jasadini yog‘iylar nazaridan yashirib qo‘yadi. O‘zini Iskandar hibsga olsa —da, erining qaerdaligini aytmaydi. •
« —Demak sen Spitamenning xotini ekansan —da?
Gulruxsor javob bermadi. Aleksandr o‘z taxtiga borib joylashib o‘tirdi.
— Uni nimaga o‘ldirding?
— Spitamen tirik, — dedi ayol tezda tiklanib, o‘zining qop —qora, o‘tdek yonib turgan ko‘zlari bilan unga yoqtirmay qarab.
— U o‘lgan, — dedi Aleksandr astagina. — Va sen buni mendan ko‘ra yaxshiroq bilasan.
— Yo‘q, u tirik,—dedi qat’iyat bilan Gulruxsor, — Spitamenning ismi hali ko‘p vaqt davomida sening askarlaringni qo‘rquvga solib turadi.»15 Bu holat tarixiy xaqiqatni badiiy haqiqatga aylantirishning go‘zal tasdig‘idir. Yozuvchi o‘z asarida ajdodlarimizning jasoratlarini tasvirlar ekan, ayollarimiz matonati, fahm —farosati, olijanobligini ko‘rsatadi. Hamma koriholda bo‘lgani kabi, yurt boshiga og‘ir kunlar tushganda xam yurtdan tashvishni daf etishda ayollar fidokorligiga alohida urg‘u beradi. Yozuvchi qahramonlari xarakterini yoritishda psixologik taxlil — vaziyat, holat va kayfiyatlar, munosabatlar ruxiyatini badiiy ifodalash yo‘lidan boradi. O‘z ishonch — e’tiqodiga kitobxonni xam ishontiradi, maftun etadi va ong —shuuriga ta’sir ko‘rsatadi. Yozuvchi Spitamen obrazini yaratishda xarakter psixologiyasi bilan holat va sharoit kechinmalari uyg‘unligiga erishishga katta e’tibor beradi. Bu adib mahoratini ko‘rsatadi. Spitamenning vatani uchun ko‘rsatgan qahramonligini hayotiy kartinalarda jonlantirib tasvirlaydi. Har ikkala asarda xam Spitamen obraziga ancha erkin yondashilgan.
Maqsud Qoriev asarida Spitamen real — hayotiylikdan ko‘ra, nazarimizda, afsonaviy qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. Isfandiyorning «Qasamyod» qissasi bilan Yavdat Ilyosovning «So‘g‘diyona» romanida Spitamen xarakteri tarixiy xaqiqatga mos jixatlari bilan jonli qiyofasi ancha real gavdalantirilgan. Mazkur asarlarda kitobxon muxim ijtimoiy voqelar, moziyning o‘ziga xos urf — odatlari, xayotiy haqiqatlari bilan tanishadi. Bu narsa ko‘xna o‘tmishga oid tushuncha va tasavvurlarni kengaytirishga, oydinlashtirishga yordam beradi. «So‘g‘diyona» romanidagi Spantama’noning g‘oyat kamtarligi, ishonuvchanligi, shu bilan barobar yana o‘z yurtini jon—dilidan sevgani, uni bosqinchilardan ozod qilish uchun fidoiy faoliyati, mardligi va jasorati kitobxon ko‘nglini ko‘taradi, g‘urur tuyg‘ularini bag‘ishlaydi. So‘nggi sahifalarda Spitamen bilan donishmand mo‘ysafid suxbati beriladi: «Men xalq tomonidaman, — g‘amgin e’tiroz bildirdi Spantama’no, — biroq bundan ko‘nglim halovat topayotgani yo‘q.
— Sen xalq tomonidasan, — chol oxista bosh chayqadi. — Sen o‘z vujuding ovoziga quloq sol, so‘ngra ayt, sening nimang xalq bilan birga — aqlingmi yoki yuragingmi?»16 Shu tariqa yozuvchi xalq ozodligi harakati yo‘lboshchisining murakkab obrazini, ruxiyati bilan fikrini uyg‘unlikda chizadi. Qahramon xarakteridagi vatanparvarlikni me’yoridan tashqari bo‘rttirishga yo‘l qo‘ymaydi; zero, bo‘yoqni haddan ziyod quyuqlashtirish xarakter ichki mantig‘ini buzadi, ta’sir kuchini yo‘qotadi. Natijada, hayotiylik susayib, zo‘rma —zo‘rakilik, sun’iylik kuchayadi. Asarda Spitamenning hayoti, qahramonligi, odamiylik xislat — fazilatlari harorat bilan tasvirlansa — da, biroq ayrim o‘rinlarda obraz mantig‘iga mos kelmaydigan iboralar ishlatiladi: «Saroy ichini alg‘ov —dalg‘ov qilib, Spantama’no ayvonga yugurib chikdi va oqsoqollar rad qilgan qimmatbaho toshlarni ko‘rib qoldi. Siyovush avlodi ularni hovuzga tepib yubordi, boltani ham suvga otdi —da, namatga o‘zini tashlab, ayollarga o‘xshab ho‘ngrab yig‘lay boshladi» (181 —bet); «Spantama’no bo‘zarib ketdi»; «Spantama’no arvoxday oqarib, qaytib keldi» (179 —bet); «Kechqurun musallas ichib, molday mast bo‘ldi—da, bolta ko‘tarib bo‘ralab so‘kingancha manzilgoh bo‘ylab yugura boshladi» (222 —bet); «Endi u kun bo‘yi xech kimga gapirmas, hech qaerga chiqmas edi. Musallas bermay qo‘ysalar, darhol pichoqqa yopishadi. Uning buyrug‘i bilan Deyoka nasha topib keldi. Siyovush avlodi chekishga ruju qilib qoldi» (223 —bet); «Natijada yuz va qovoqlari shishib, ko‘karib ketdi. Iflos, taralmagan sochlari pag‘a —pag‘a bo‘lib ko‘zlariga tushib turardi» (223 —bet). Shu xildagi ma’lumot — tafsilotlar Spitamen obrazyga soya solib, tarixiy shaxs tabiatini buzib ko‘rsatadi.
Muallif tarixiy manbalarga qat’iy suyanib ish ko‘rganligi boisidan u yaratgan qahramonlar xatti — harakati badiiy ifoda jihatidan dalillanishiga alohida diqqat qiladi. Xarakter jonli, hayotiy va ishontirarli. U asarda mustaqil, to‘laqonli hayot kechiradi; fe’li — faoliyati, yurish—turishlari, qiliqlari, o‘y —kechinmalari, atrofidagilarga muomala — munosabati o‘zining ichki mantig‘iga bo‘ysungan, psixologik jihatdan dalillangan. Mirkarim Osimning «Iskandar va Spitamen» qissasida ana shu holning guvohi bo‘lamiz. Va lekin, asarning barcha saxifalari ham ana shunday maroqli va hayotiy, haqqoniy asoslangan, deb bo‘lmaydi. Xususan, Spitamenning Iskandarga qarshi olib borgan kurashi sahifalari barcha holatlarda ham badiiy dalillangan, deb bo‘lmaydi. Yozuvchi qaxramonning ichki dunyosini chuqur ochish o‘rniga asosan voqealarni bayon qiladi: «Spitamen o‘z askarlari bilan Maroqandaan chekinib, Zarafshonning o‘ng tomoniga o‘tib oldi, jangchilarning bir qismini qirg‘oqdagi to‘qayda pistirmada qoldirib, o‘zi cho‘lga chekindi. Karan otliq qo‘shinlarini daryodan olib o‘tishi bilan to‘qayda berkinib yotgan so‘g‘d jangchilari ularni o‘qqa tutdilar. Otlar jon talvasaga botib kishnaganlaricha yiqila boshladi, oyoqlari ot ostida qolgan suvoriylar ham o‘q eb, er tishlab qolaverdilar. Shu payt Spitamen otliq qo‘shini bilan kelib dushman ustiga sherdek tashlandi. So‘g‘dlar nog‘ora va burg‘ular ostida bog‘u bo‘stonlarga bostirib kirgan yovni ayamay qirardilar. Zarafshon qip —qizil qonga belanib oqa boshladi»17.
To‘g‘ri, Mirkarim Osim grek muarrixi Geradot va rus tarixchisi Bartold asarlaridagi moziyga tegishli, Sharq xalqlari o‘tmishiga doir fakt—ma’lumotlarga, voqea — hodisalar tafsilotiga tayanadi, asoslanadi. Bu narsa o‘quvchining moziy voqeligiga nisbatan ishonchini orttiradi; tarixiy shaxs qismati, kechmishiga dahldor voqea — hodisalar tafsilotiga nisbatan e’tiborini kuchaytiradi.
Mirkarim Osim qissalari va hikoyalaridagi ana shu taxlit tarixan asosli manbalarga tayanib ish ko‘rishlik samaralarini adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonov ham ijobiy baholaydi: «M.Osimning ... kichik tarixiy asarlari ko‘proq faktlarni qayd qilish usulida yaratilgan bo‘lsa ham, ulug‘ ajdodlarimiz hayotini, xususan ulardagi bugungi yoshlarga faqat o‘rnak bo‘ladigan epizodlarni topib, sodda tilda, oddiy shaklda aks ettirib berishi adabiyotimiz taraqqiyoti uchun, so‘zsiz, zarur qissadir»18.
Ma’lumki, har qanday badiiy asardagi xarakter hayot haqiqatining aynan andozasi bo‘lmasa—da, badiiy mantiqqa ko‘ra uning ko‘zgusiga aylana boradi. Agar uning o‘rnini uzundan — uzun bayon, ta’rif va tavsiflar egallasa, unday asar badiiylikdan mahrum bo‘lib qolishi shubhasiz.
Yuqorida, Mirkarim Osim ijodiy tajribasi misolida kuzatilganidek, xarakterning hayotiyligi va ob’ektivligi yozuvchining mahoratiga, ijodiy maqsadiga bog‘liq. Xarakter o‘zida hayot haqiqatining muhim jihatlarini ifodalay olsagina, u kitobxonning tarix, inson va o‘tmish voqeligi haqidagi tasavvurini boyita oladi: ongi —shuuriga yangi fikr, yuragiga qo‘r bag‘ishlaydi.
Moziyga tayanib qahramonlik sahifalarini yoritish, kitobxonning ma’naviy — intellektual ehtiyojlariga javob bera oladigan asarlar yaratish g‘oyat mas’uliyatli vazifadir. Bu, aytishga oson, aslida g‘oyat og‘ir. Zero, o‘tmish bilan bugungi kun ruhiy ehtiyojlari qon tomirlaridagi hamohanglikni ilg‘ash, topish va aks ettirish bilan bog‘liq. Bu — xar bir ijtimoiy taraqqiyot bosqichida uzoq o‘tmish bilan hozirgi kun ehtiyojlari o‘rtasidagi hamohanglikning yangi — yangi ko‘rinishlari vujudga kelaveradi, demakdir. Bugungi o‘zbek prozasining katta qismini ushbu yo‘nalishdagi asarlar egallab borayotgani ham shundan. Bunday asarlar ruxiga singdirilgan tiriklik saboqlari, hikmat va ibrat, tuyg‘u va tafakkur madaniyati bizning kelajakka parvozimiz uchun tayanchdir. O‘z yurtini sevish, ardoqlash, uni himoya qilish naqadar ezgu ekanligini dildan tuyamiz. Ajdodlarimiz el —yurt deb yashaganlarining, jondan kech! anliklarining guvohi bo‘lamiz. Shuning o‘ziyoq yuraklarda vatansevarlik, erksevarlik urug‘ini o‘stiradi.
Ma’lumki, olis o‘tmish mavzusiga qo‘l urgan, ajdodlar shaxsiyati va qismatini yoritishga intilgan yozuvchi tarixiy faktlarga suyangan holda badiiy haqiqat manzaralarini yaratadi. Bu narsa yozuvchi dunyoqarashi, badiiy — estetik ideali bilan bog‘liq o‘rtaga chiqqanligi bois tarixiy manbalardagi voqea — xodisalar, fakt va ma’lumotlar badiiy talqinida ham xilma — xilliklar yuzaga kelishi tabiiydir. Yuqorida Spitamen obrazining bir necha badiiy asarlardagi turlicha tasvirini, talqin ma’nolarini ko‘rdik. Mirkarim Osimning «Iskandar va Spitamen», Yavdat Ilyosovning «Spitamen», Isfandiyorning «Qasamyod» asarlaridagi ijodiy izlanishlarda kuzatilganidek, Spitamen taqdiri tasvirida mushtaraklik bor. Biroq xalq qaxramoni tasvirida tarixiy manbalardan uzoqlashgan holda ijodiy xayol parvoziga xam-erk berilgan.
Yana bir tarixiy ajdodimiz Muqanna hayoti va taqdiri, jasorati ham badiiy asarlarda turlicha talqin etib kelinmoqda. Bu haqdagi dastlabki badiiy asar Hamid Olimjonning «Muqanna» dramasi edi. Muallif saxna asarida Muqanna obraziga ancha erkin yondashadi. Dramada ko‘plab tarixiy voqealarning aynan berilishi, asar tabiiyligi va haqqoniyligini ta’minlay olgan, real tarixiy shaxs xarakterining badiiy obraz darajasiga o‘sib chiqishini ta’minlagan.
Yozuvchi Mirzapo‘lat Toshpo‘latov ham Muqanna shaxsiyati, xayoti va qismatini badiiy gavdalantirishga jazm qilib, «Beorom to‘lqinlar» qissasini yaratdi. Ancha qiyin va mas’uliyatli ishni o‘z zimmasiga olgan yozuvchi Muqanna ko‘zg‘olonining bostirilish davrini tasvirlaydi. Avvalo, ijodkor o‘z asariga mavzu bo‘lgan davr, tarixiy shaxs hayot yo‘lini tegishli manbalardan, o‘sha davrga bag‘ishlangan asarlardan o‘rganishga, ular bilan puxta tanishib chiqishga intilgan. Eng muximi, asarda tasvirlanayotgan davrni ham, o‘sha zamonning olim va fozil kishilari tomonidan yozib qoldirilgan tarixiy asarlarni xam sinchiklab o‘rganishga xarakati sezilib turibdi. To‘g‘ri, intilish, sa’y — harakat ezgu. Va lekin, uning badiiy talqini bilan bog‘liq samaralari haqida bir nima deyish ancha qiyin. Niyat yaxshiyu ijrosi, badiiy talqinda qoqilishlar bor. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida Muqanna qo‘zg‘oloni voqeasi bilan bog‘liq o‘sha tarixiy davr haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Biroq «Beorom to‘lqinlar» qissasida janglar tasviri ham, voqea yuz berayotgan muhitning aniq manzaralari ham ko‘rinmaydi, sezilmaydi. Asar, asosan, ikki kishi uchrashuvi asnosida kechgan suxbatdan iborat. Muallif Muqanna tarixini, o‘tmish voqealarini ana shu suhbatlar orqali ochib bermoqchi bo‘ladi. Bu esa yozuvchi ishini ancha mushkullashtyrgan, janr imkoniyatini toraytirib qo‘ygan.
Chunki faqat dialog shaklida tarixiy koloritni saqlash, moziy muhitini yaratish, o‘ziga xos tabiatini ochib berish qiyin vazifa ekan. Buni Mirzapo‘lat Toshpo‘latov izlanishlaridagi etishmovchiliklar anglatayotir.
Asarda VIII asr hayoti tasvirlangan. Bu davrda arablar maxalliy xalqqa o‘z tilini zo‘rlab o‘tkaza olmay turgan payt edi. Biroq yozuvchi qahramonlari tilida arabcha so‘zlar ko‘p uchraydi. Bu narsa muallifning tarixiy manbalarni chuqur o‘rganmaganligidan, o‘zlashtirolmaganidan dalolat beradi. Bu haqda adabiyotshunos Mahkam Mahmudov quyidagi mulohazalarni bildiradi: «Mirzapo‘lat Toshpo‘latov tarixiy voqealarni yozish uchun tarixiy ilmiy manbalarni o‘rgandimi, yo‘qmi, bilmadik. Lekin ko‘p o‘rganmaganligi asardan sezilib turibdi. Ko‘hna tarixdan hikoya qiluvchi «Beorom to‘lqinlaryada ikkita tarixiy nomni uchratamiz. Arab lashkarboshisi Al —Harashiyning nomi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida tilga olingan. Hikoyada boshqa tarixiy ma’lumotlarni ko‘rmaymiz. Yozuvchi Muqanna harakatini badiiy to‘qima asosida tasvirlaydi. Holbuki, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida Muqanna haqida qimmatli ma’lumotlar bor»19. «Buxoro tarixi»da Muqanna Marv atrofi axolisidan, Qoza deb atalgan qishloqdan ekanligi aytiladi. «Axbori. Muqanna»(nomli kitob) muallifining aytishicha, Muqanna nomi Hoshim ibn Hakim edi. U ilgari kudungarlik qilar edi; keyin esa ilm o‘rganishga mashg‘ul bo‘ldi va har xil ilmlarni: ko‘zbo‘yamachilik, sexr va tilsim ilmlarini o‘rgandi. Ko‘zbo‘yamachilikni yaxshi bilib olib, payg‘ambarlik da’vosini ham qildi. Muqanna ko‘zbo‘yamachilikni o‘rgangan va g‘oyatda ziyrak bo‘lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qigan va jodugarlikda ustoz bo‘lgan edi»20. «Hoshim ibn Hakimni Muqanna deyishlariga sabab shu ediki, u juda xunuk, boshi kal va bir ko‘zi ko‘r bo‘lganidan hamisha boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurar edi».21 «Beorom to‘lqinlar» qissasida esa odamlarni o‘z ta’limotiga ishontirgan Muqanna qiyofasi epizodik holatda tasvirlanadi. Asarda Muqanna va unga ergashgan omma olib borgan talato‘p xarakatning ma’lum qismigina aks etadi. Va yanayam muximi, qissadagi voqelik tarixiy asarlardagi xaqiqatdan ancha uzoq. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Muqanna dushman qurshovida qolib, engilishiga ko‘zi etgach, hamma xotinlarini yig‘ib, ularga zahar berib o‘ldiradi. O‘zini esa qizib turgan tandirga tashlaydi. Bu voqyoani Muqannaning tirik qolgan xotini hikoya qilib beradi. Ayol Muqanna o‘limi sababini quyidagicha sharxlaydi: «Uning o‘zini —o‘zi o‘ldirganiga sabab shu ediki, hamisha: «Qachon bandalarim menga bo‘ysunmasalar, men osmonga chiqib, u erdan farishtalarni olib kelaman va ularni bo‘ysundiraman», — der edi. Xalq: «Muqanna farishtalarni olib kelishi uchun va bizga yordam berishi uchun osmonga chiqib ketdi, uning dini abadiy qoladi», desin deb Muqanna o‘zini —o‘zi kuydirdi»22.
«Beorom to‘lqinlar» qissasining o‘ziga xos yutuqlari xam bor. Unda yozuvchi Muqanna o‘limini tarixiy haqiqatni chetlab o‘tmagan xolda ko‘rsatishga xarakat qiladi. Uning davosiz kasalga uchragani, dushman qo‘liga tushib xoru zor bo‘lgandan ko‘ra, o‘zini yondirishga qaror qilganligini qiziqarli badiiy lavhalarda tasvirlab beradi.
Eramizning I —VIII asrlari oralig‘iga oid tariximiz haqidagi manbalar deyarli yo‘qligi sababli arablarning yurtimizga bostirib kelishi, ajdodlarimizning ularga qarshi kurashi, taqdiri to‘g‘risida juda kam ma’lumotlarga egamiz. Shuning uchun yozuvchilarimiz bu davr xaqida asar yaratar ekan, asosan Beruniyning «Osorul boqiya» va Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarlariga tayanib ish ko‘rishayotir. Shu jihatdan «Beorom to‘lqinlar», «Quyosh ham olov», «Buxorodagi birinchi namoz» qissalari bizga o‘sha davr tarixiga oid moziy haqiqatlarini badiiy lavhalarda yoritishga qaratilganligi bilan e’tiborlidir.
Alisher Ibodinov «Quyosh xam olov» tarixiy qissasida qariyb o‘n ikki asr ilgari kechgan arab istilosiga oid o‘tmish voqeligini jonlantirishga, xalq qahramonlarining ma’naviy — intellektual darajasini ko‘rsatishga, jasoratli kechinmalarini tasvirlashga intiladi. Bu borada tarixiy voqealarni ob’ektiv ko‘rsatishga harakat qilib, xalq hayotidagi yorug‘ jihatlarni xam, fojeali tomonlarni ham ishonarli lavhalarda jonlantiradi. Asar markazida vatan erkini, xalq xurriyatini, dini va maslagini, e’tiqodini dushmanlardan himoya qilish yo‘lida o‘z jonini tikkan Alp Tegin obrazi turadi. U turkiy qabila boshliqlaridan biri sifatida talqin qilinadi. Keskin bir vaziyatda yurtdoshlarining dushman qo‘shinlari oldida bosh egishi, xiyonatkorligi Alp Teginga ruhiy azob beradi. Tarafdorlari kamligi uchun yolg‘izlanib qoladi. Biroq shunda xam o‘z e’tiqodidan qaytmaydi: «Yaxshi, unday bo‘lsa shu bugundan boshlab, turk yurtining o‘rdasi Kitkon! Turk elining qalqoni men Alp Teginbekman! Butun turklarga qilquyruq buyuraman, ko‘rgonni amul tutgaymiz. Turk Vatanni sotganlarga ham omon yo‘q turur»23.
Yozuvchi qalamga olayotgan voqealarni Alp Tegin atrofida mujassamlashtiradi; kitobxon tasavvurida VIII asrning 80 — yillarigacha bo‘lgan davr turkiy xalqlari hayoti manzaralarini gavdalantirishga urinadi: «Eh! — deb o‘yladi u alam bilan. —Bir zamonlar Chochondan to Rumog‘acha, Oltoydan to Beypingacha jang bilan yo‘lida uchraganlarni xasdek supurib borgan turk elining shon — shavkatli bahodirlari, siz endi qaydasiz, qaerdasiz»24.
Alp Teginning xarakteriga xos jo‘mardlik, tantilik, olijanoblik, ximmat singari xususiyatlar, ruhiy madaniyati to‘kis, fikran — aqlan boy va teran ma’naviyati moziy voqeligi bilan mos tasvirlanadi; xatti — xarakatidagi o‘zgarishlar, ko‘pincha o‘sha tarixiy sharoitda sodir bo‘layotgan voqealar rivojidan keltirib chiqariladi: «O‘g‘ullarim! — Alp Teginning tilingan yuzini ko‘rib, bo‘rilar Arslon Tarxon o‘ldimikan degan xayolda bir — biriga ma’noli qarab qo‘ydilar, — Dindoshlarim. Eshit, el! Mana, o‘z akamga qarshi qutqu bo‘ldim! Bilasizlar, u otashparast edi, iligi ostidagi turklar ham topinurdilar! Ammo, endi u dinini, tilini taxtiga almashturdi! Axir din, tilimizda jaranglayotgan tirik Vatan — ku, el! Mana bu to‘lib oqayotgan Yenchi— O‘g‘iz ham, sero‘t yaylovlar ham, bu olmazor bog‘lar ham, xamma — hammasi bizga jonajon vatandir, ammo qayga borsak o‘zimiz bilan olib ketadigan, to go‘rgacha bizdan ajralmas Vatan bordurki, u ham bo‘lsa din va tildir. El! Ana shu bobolarimizdan meros vatanni, otalarimizning eng sevimli injusini allaqanday xira toshlarga almashtirgan odam iniga og‘a bo‘la olurmi, Ayt, el!»25.
Qissaning eng oydin saxifalari Alp Tegin va Chibilg‘a taqdirini, ikki oshiq o‘rtasidagi ishq — muxabbat tuyg‘ulari tarxini ko‘rsatishga qaratiladi. Alp Tegin ona Vatani taqdirini, kelajagini o‘ylab iztiroblar girdobida qovrilayotgan bir paytda sevgilisi Chibilg‘aning o‘z tilidan, dinidan qaytganini eshitib, fig‘oni falakka chiqadi. Chibilg‘ani bu yo‘ldan qaytarishga har qancha urinmasin, u o‘z ko‘ngil rayidan qaytmaydi. «Alp Tegin tomoq qirdi— da: — Chibilg‘a, — deb gap boshladi. — Qaytgil bu yo‘ldan! O‘z dinimizdan, tilimizdan yuz o‘girmagin.
— Men ollohning bandasi, Muhammadning ummatimen, o‘lsam xam o‘zga dinga qaytmasmen! — dedi Chibilg‘a.
— Chibilg‘a, otang musulmon diniga u ezgu dinligi uchun emas, yiqqan qut-qarog‘i sog‘inchida kirgandur.
— Bekor aytibsen! Otam biri budda, biri moniyga topinib yurgan turklarni musulmon diniga kiritib, bir din, bir tilli qilish niyatidadur!»26 Chibilg‘a o‘z maslagidan tongan xiyonatkor, sotqin emas; yurtda xamisha tinchlik hukm suradi, deb kalta o‘ylaydi. Ma’jusiylikdan islomga o‘tishga jazm etishi xam ana shu qisqa xayollarga bandilik oqibatidir. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, qissada Chibilg‘aning islomiy e’tiqodga o‘tishi jarayoni badiiy jixatdan dalillab berilmagan. Axir, bir dindan voz kechib, boshqa e’tiqodni tanlash oson kechadigan, jo‘n bir narsa emas. Buni badiiy asarda ko‘rsatish uchun iste’dod bilan birga juda katta bilim ham kerak.
Psixologik dalillash badiiy asar qimmatini oshiradigan, estetik ta’sir kuchini ta’minlaydigan asosiy omillardandir. Bu borada qahramon ruxiyatini yoritishda ichki madaniyati bilan xatti —harakati, faoliyatini mutanosiblikda, xayot haqiqati bilan uyg‘unlikda aks ettirish psixologizmning eng muhim, e’tiborli ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Mazkur qissada esa Alp Tegin obrazi badiiy xarakter darajasiga o‘sib chiqa olganligi bilan e’tiborga loyiq. Bunga yozuvchi qahramon ruxiyatini, atrof — tevaragidagi odamlar munosabatini, ayniqsa, qallig‘i Chibilg‘a bilan o‘rtalarida kechgan suhbat dramatizmini ta’sirli lavhalarda yoritish orqali erishadi:
«Alp Tegin, eshit, senda gapim bor edi. — Alp Tegin boshini bir siltadi —da, qizga qaradi. — Bordi —yu men o‘zga dinga o‘tsam, unda ne qilarding...
— Chibilg‘a! — yigitning bo‘g‘zidan otilib chiqqan yovvoyi hayqiriq naq ko‘ksiga xanjar sanchilgan odamning jon talvasasi — faryodiday tuyuldi Chibilg‘aga. Alp Tegin xanjarini sug‘urdida, yuzini tilib —tilib yubordi»27.
Asar qahramoni fe’li, faoliyati va tabiatida hayot haqiqatining muhim jihatini ifodalay olgan, kitobxonning inson haqidagi tasavvurini boyitadigan, uning ongiga xam, qalbiga ham ta’sir etadigan obrazdir. Yozuvchi Alp Teginni buyuk bir e’tiqod egasi, Vatan tushunchasini muqaddzs deb biluvchi inson sifatida ko‘rsatadi; pirovardida qahramon ana shu e’tiqod yo‘lida muqaddas olov — Vatanga muhabbat olovida kuyib kul bo‘ladi.
«Beorom to‘lqinlar» bilan «Quyosh xam olov» qissalarining badiiy echimi, o‘z e’tiqodi, maslagi, dini va erkidan voz kechmagan qaxramonlarning olovga, ruhga aylanib ketishi holati bilan yakunlanadi. Bu narsa kitobxon qalbida faxr, g‘urur va Vatanga muxabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
Yozuvchi tarixiy faktlarning hayot haqiqatini yorqin gavdalantiruvchi jihatlariga alohida urg‘u beradi. Qahramonlar psixologiyasining real voqelik bilan uyg‘unlikda tasvirlanishi moziy muxitiga qayta jon baxsh etgan. Adabiyotshunos Mahkam Maxmudov muallifni tarixiy faktlarni chuqur o‘rganmaganlikda ayblaydi. U yozadi: «Alisher xikoyasida esa Arslon Tarxon obrazi vatanparvar lashkarboshi sifatida emas, balki arablarga sotilgan xoin sifatida beriladiki, bu tarixiy xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Narshaxiyda sheri Kishvar El Arslon xalqparvar baxodir deb tavsiflanadi. Alisher o‘z qaxramoni Alp Arslonni boshqa shaxs deb e’tiroz bildirishi ham mumkin»28.
To‘g‘ri, qissada tasvirlangan arab istilosi davrining o‘zi muarrixlar tomonidan unchalik mukammal va mufassal o‘rganilgan emas. Adiblarimiz ko‘proq, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Narshaxiy bilan Beruniy asarlariga tayanib ko‘proq ish ko‘rishayotir. Asarda kamchiliklarning bo‘lishi tabiiy. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida Tarxun nomi xam uchraydi; u qissada ta’kidlanganidek, Arslon Tarxon obrazi kabi arablarga sotilgan, xoin, xiyonatkor sifatida tasvirlanadi: «Shunda turklar ham qaytadilar. Sen biz bilan sulx qilib, shartnoma tuzganingdan keyin biz senga yomonlik istamaymiz va seni ranjitmaymiz, sen qiyinchilikdan qutulasan», dedi. Tarxon: « Menga yaxshi maslahat berding, men shunday qilaman, shu kechayoq qaytaman», dedi. Kechasi bo‘lgach, Tarxon Qutayba oldiga odam yubordi. U bilan sulx tuzib, mol va ikki ming diram yubordi. Uning lashkari karnay chalib, qaytishga boshladi. Dehqonlar va amirlar «Nima bo‘ldi?» deb so‘raydilar. U «Zinhor hushyor bo‘ling! Hajjoj va Nashxab tomonidan ko‘p lashkar yuboryapti, ular orqamizdan kelib bizni o‘rtaga oldilar, men o‘z viloyatimga qaytaman», deb javob berdi»29.
Shu nuqtai nazardan Alisher Ibodinovning adabiyotshunos Mahkam Mahmudov fikrlariga e’tiroz bildirishi tabiiydir. Yozuvchi asarda Sabuk Taginbek, Arslon Tarxon, Bug‘orbek kabi og‘makash, e’tiqodsiz salbiy tiplar obrazini ham yaratgan. Ular timsolida o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday ikkiyuzlamachilikdan, ifloslikdan qaytmaydigan munofiq, xiyonatkor kimsalar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.
Bizningcha, muallif qissada qahramonlar fe’li, faoliyati, shaxsiyati bilan hayot xaqiqatini mantiqan bog‘lay olgan; davr ruxini aks ettiruvchi urf —odatlar, rasm — rusmlar, otashparast xalqning hayot tarzi ishonarli badiiy lavhalarda o‘z ifodasini topgan.
«Lekin kezi kelganda aytish lozimki, — deydi Mirkarim Osim, — yuqoridagi qissalarda bosh qahramon — real tarixiy shaxslarning ruxiy olamidagi ziddiyatli xolatlarning ta’siri unchalik mufassal emas. Qolaversa, so‘nggi davrda yozuvchilarning asarlaridagi tarixiy manbalar chuqur o‘rganilmaganligi boisdan kamchiliklar ham tez—tez ko‘zga tashlanib.turadi. Bu esa tarixiy mavzuda bir qator badiiy sayoz asarlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘layapti. Yosh yozuvchilarning tarixiy mavzuda asar yozishga o‘rganishlarini qoralab bo‘lmaydi. Yozuvchi istagan mavzusida asar yozaverishi mumkin, lekin ular o‘zlari aks ettirayotgan davr yoki xodisaning moxiyatini yaxshi bilishlari, tarix qo‘llanmasidan biron fikrni bilib olib, shartta roman yozishga o‘tirish befoyda ish... Sizga ijodim davomida kelgan bir xulosani aytay: arab grafikasida bitilgan eski asarlarni o‘qiy olmaydigan yozuvchining tarixiy mavzuda biror jo‘yali asar yozib o‘rnnlata olishiga shaxsan men ishonmayman »j. Mirkarim Osim qalamiga mansub «O‘tror», «Temur Malik», «Mahmud Torobiy» kabi tarixiy qahramonlik qissalarida tarixiy voqelikni badiiy haqiqatga aylantirishda nechog‘lik mashaqqatli izlanishlar olib borganligini ko‘rishimiz, kuzatishimiz mumkin.
Bu tarixiy davr haqidagi manbalar aslida etmish va saksoninchi yillarda sharqshunos olimlar tomonidan ruschaga o‘girilib, bizga etib kelgan.
Mirkarim Osim esa bu manbalarni fors va arab tillarini mukammal bilganligi uchun aslidan o‘qib, asarlariga materialni o‘shalardan olgan. Shunga ko‘ra adibning yuqorida bildirgan fikrlari naqadar o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Turon xududlariga bostirib kelgan arab va mo‘g‘ul istilochilari xunrezligi aks etgan, ularga qarshi kurashgan qahramonlarimiz obrazi yoritilgan asarlar talaygina. Mirkarim Osim qissalaridagi Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna va Temur Malik kabi xalqimizning mard va jasur o‘g‘lonlari bosqinchilarga qarshi kurashga otlangan xalqqa boshchilik qiladilar. Xususan, yigirma ming askari bilan Xo‘jandga bostirib kirgan Chingizxonning Suktu va Uloq nuyon sarkardalari qo‘shiniga qarshi Xo‘jand hokimi Temur Malik Chumchiq oroldagi istexkomda turib qaqshatkich zarbalar beradi. Adib Temur Malikni oqko‘ngil, bilimdon, fe’li keng va bag‘ri butun sarkarda sifatida tasvirlaydi:
«Kuch—quvvatini ayamay, ishtiyoq bilan ishlayotgan hasharchilar orasida o‘qtin —o‘qtin baland bo‘yli bir kishi paydo bo‘lar, o‘zini hurmat bilan qarshilagan hasharchilarning ishlariga kushoyish tilab, ishda maxorat ko‘rsatgan ustalarga tashakkur bildirar, sust ishlayotganlarga piching otib, uyaltirar edi. Bu kishi Temur Malik edi. U ba’zan orqasidan ergashib yurgan mulozimlarining elkasidagi xurjundan bir qism tanga olib, yaxshi ishlayotgan kishilarga ulashib berar edi»31. Temur Malik shaxsini bezab turgan odamlarga mehr — muhabbat, oqibatlilik singari xislatlar asarning boshidan oxirigacha qizil chiziqdek o‘ta boradi. Bosh qahramon xarakterini nurlantirib turgan fazilatlar juda ko‘p. Birinchi galda u Vatanining jonkuyar himoyachisi, tolmas va jasur kurashchi. Dushman harsang toshlardan ko‘tarma yasab, tobora istehkomga yaqinlashib kela boshlagach, mudofaachilar vaqtincha chekinishga qaror qiladi. Shunday qiyin vaziyatda Temur Malikning o‘tkir aqli, uddaburonligi qo‘shinni halokatdan qutqarib qoladi:
«Tezda kemalar yasash kerak. Bizni faqat kemalar qutqaza biladi!» Tong bilan duradgorlar, kemasozlar ishga tushib ketdi. Tayyor bo‘lgan kemalarga ustunlar o‘rnatib, ustini namat bilan yopdilar, atrofini ham namat bilan o‘radilar. Namatlarning ich —tashini sirka qorilgan ganch bilan suvadilar, o‘q otish uchun tuynukchalar qoldirdilar»32.
Temur Malik Xorazmshoxdan madad kelgunga qadar dushman zarbalarini qaytarib turishga ahd qiladi. Biroq bu davrda Xorazmshoh o‘z askarlarini tarqatib yuborgan edi. Bu voqeadan xabar topgan Temur Malik madadaan umidini uzgan bo‘lsa —da, o‘z shashtidan qaytmaydi: «Ammo biz qurol —yarog‘ni tashlamaymiz. Safar kemasiga o‘ltirib, yog‘iy birla jang qila —qila, najot sohiliga erushurmiz»,—deydi. Shu tasvirning o‘ziyoq qahramon vatanparvarligi va jasoratining mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
Temur Malik chekinayotgan bo‘lsa —da, yovqur, shiddatli hamlalari bilan yovga qutqu solib jang qiladi. Vatan erkini, el—yurt ozodligini har narsadan ustun qo‘yadi. Shu boisdan ham navkar —chmulozimlarning unga xurmati baland, sadoqati yuksak. O‘zi ham elkadoshlariga qattiq, suyanadi, ishonadi. Adib Temur Malik xarakteridagi mardlik, harbiy tadbirkorlik xususiyatlarini bor murakkabligi bilan ifodalab, bu obrazning hayotiy va jonli chiqishiga erishadi. Asarda Temur Malik etagidagi qo‘shinlar olib borgan erk —ozodlik kurashi mo‘g‘ullar shamshiri damini qaytaribgina qolmay, dushmaniga qayta o‘nglanmas zarbalar berganligi ham yorqin badiiy ifodasini topgan. Temur Malik qissa nihoyasida dushman qo‘lida fojiali o‘lim topadi, biroq uning o‘limi kitobxon qalbida g‘urur, faxr tuyg‘ularini paydo qiladi.
Mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi Temur Malik singari kurashgan jasur yurtdoshlarimizdan biri Jaloliddin Manguberdidir. Temur Malik o‘z yigitlari bilan Jaloliddin qo‘shiniga kelib qo‘shiladi. Elkama —elka turib olib borilgan kurash ancha qutlug‘ samaralar bergani, dushman saflariga qo‘rquv, sarosima solganligi tarixdan ma’lum. Bu davr tarixi xaqida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy tarixchisi Shahobiddin Muxammad an — Nasaviyning «Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti» asarida mufassal ma’lumot berilgan. Bundan tashqari Mirkarim Osim, Maqsud Shayxzoda («Jaloliddin Manguberdi» dramatik dostoni) asarlarida xam mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga otlangan xalq hayoti va qahramonliklari tasvirlangan.
Xalq qahramonligi ruxi yozuvchi Shaxodat Isaxonovaning «Intiqom» qissasida ham tahsinga loyiq badiiy ifodasini topgan. Garchand tarixiy mavzuga murojaat etsa —da, muallif o‘z rixiyatiga yaqin, qalbidan his etgan kishilar, voqealar xaqida yozadi. Shahodat Isaxonova tarixiy manbalarni chuqur o‘qib — o‘rgangan, o‘zlashtirgan va shu intilish samarasi o‘laroq Xorazmshox davridagi xalq turmushi haqida jonli, xayotiy badiiy lavhalar yarata olgan. Asarda mo‘g‘ul istilochilarining xunrezligi, bosqinchilarga qarshi Jaloliddin Manguberdi boshliq xalqning buyuk vatanparvarlik kurashi tarixiy real manzaralarda tasvirlangan. Xorazm hukmdori Sulton Alouddin Takish olamdan o‘tgach, hokimiyat uning voris o‘g‘li Sulton Muxammad qo‘liga tegadi. Vaqtinchalik esa —da, davlat ishlarini uning onasi Turkon xotun boshqaradi. Yarim dunyoni o‘z ilkida ushlab turgan Chingizxon bilan katta kuch —quvvatga ega bo‘lgan, harbiy qudrati bilan uzoq — yaqin ellarga taxlika solib kelayotgan Sulton Muxammad o‘rtasida nizo chiqadi. Ikki o‘rtada jangu —jadal boshlanib ketadi. Lak —lak lashkar tortib kelgan Chingizxon Gurganjni bosib oladi. Xorazmshohlar avlodi parokanda holatida turli tomonga to‘zib ketadi. Mo‘g‘ullar tomonidan qattiq ta’qibga olinadi. Qo‘lga tushganlari esa turli xil qiynoqlar girdobida azoblanadi. Dushman hamlalaridan yurak oldirgan Sulton Muxammad o‘z yurtidan bosh olib ketishga tutinadi. U oxirgi ilinj, umid tariqasida farzandlarini, saroy a’yonlarini chaqirib, davlat boshqaruvini Sulton Jaloliddinga topshirajagini aytadi: «Padarining bu marhamatidan xam shoshib, ham hijolatda qolgan Sulton Jaloliddinning boshi quyi egildi. «Og‘angizga xiyonat etmang. Mening so‘nggi vasiyatim shu. Yaratgan egam qarg‘agan bu noshud padaringizni avf eting...» Xorazmshoh so‘nggi kuchlarini yig‘ib, kamar va xanjarini uzatdi. Sulton Jaloliddin o‘rnidan dast turib padarining oyoqlariga bosh egdi»33.
Otadan oq fotiha olib shoxlik tojiga, salohiyatli qo‘shinni boshqarish xuquqiga ega bo‘lgan Jaloliddin Manguberdi Chingizxon lashkariga zarba berib, yo‘liga g‘ov bo‘ladi; bir necha bor uni chekinishga majbur etadi. Qissadagi badiiy tasvirga ko‘ra, qo‘shin orasida parokandalik yuzaga keladi; Jaloliddindan omad yuz o‘giradi. Bor boyligidan, shavkatidan ayrilib, qachonlardir qaytib bo‘lsa—da, g‘alaba qozonish ilinjida, alam bilan o‘z yurtini tark etadi. Qissada tasvirlangan voqealarning tarixiy xaqiqatga mos kelishi asarning ishonarli va tabiiy chiqishini ta’minlay olgan.
Qissada o‘ndan ortiq real tarixiy shaxslar obrazi bor. Yozuvchi tarixiy haqiqatni mavjud shaxslar taqdiri orqali badiiy haqiqatga aylantira olgan. Asarni o‘qish jarayonida tarixdan ma’lum bo‘lgan kishilarning jonli qiyofasi, ko‘rsatgan qahramonliklari, ruhiy olami ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Sulton Jaloliddin — qissaning bosh qahramoni. Yozuvchi tarixiy faktlarni atroflicha batafsil o‘rgangani sezilib turibdi. O‘zining g‘oyaviy — badiiy maqsadiga muvofiq u moziy voqeligini badiiylashtirib, Jaloliddin singari xalq qaxramonining xatti — harakatini ob’ektiv, tarixan real yoritib bera olgan.
Yozuvchi Jalolidainni qo‘rqmas, botir va shu bilan birga or — nomusli, sha’nini pokiza saqlash uchun xar narsaga qodir inson sifatida gavdalantiradi. Asarda tasvirlanishicha, u o‘z mayli, qiziqishlari va hayotini Vatan mustaqilligi, xalq ozodligi oldida arzimas bir narsa ekanini his qila biladi. Mo‘g‘ullar qurshovida qolgan Jaloliddin onasi, xotini, farzandi va qarindoshlarini olib ketayotgan kemani dushman qo‘liga tushmasligi uchun cho‘ktirib yuboradi. U o‘z yaqinlarining dushman qo‘liga tushib, vahshiyona qiynoqlarga, xor —zorlikka giriftor bo‘lishini istamaydi. Oila, farzand, shohlik sha’nini yuksak tutib, o‘lishni afzal biladi: «Sultonim... ul jo‘ngda volidai muxtaramangiz Oychechak begim... - Sulton Jaloliddinning boshi quyiroq egildi. — Bilurmen, norasida go‘dagingiz Mirzo Jaxongir birlan zavjai muhtaramangiz. — Boring... alar gunohi bo‘ynimdadur. - Yo, darig‘! Ey, dunyoi dun» (95-bet).
Qahramon xarakteridagi millatsevarlik, vatanparvarlik singari xususiyatlari, olijanob qiyofasi mana shunday lavhalarda yaqqol namoyon bo‘la boradi. Ortidan ta’qib qilib kelayotgan dushman ko‘z oldida Jaloliddin oti bilan serg‘uluv suvga sakraydi. Yigitlari, yuz —ikki yuz chog‘li navkarlari ham uning orqasidan izma —iz o‘zini suvga otadi. Buni ko‘rgan Chingizxon xangu —mang bo‘lib, ortidan lolu hayrat aralash qarab qoladi: «Tangrim har kimsaga shunday o‘g‘lon ato etsin», (114-bet) deydi u havas bilan. Ashaddiy dushman — mo‘g‘ul xukmdorining e’tirofi, uning jasoratini tan olishi Jaloliddinga berilgan eng oliy baxo edi. «Tarixiy o‘tmish haqida qalam te'bratuvchi adibning vazifasi shundan iboratki, — deb yozadi adabiyotshunos Naim Norqulov bilan Mahmud Sattorov, - o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqea —hodisalar zamonamiz uchun ham aktual bo‘lsin, uning maqsadlariga ham xizmat qilsin. O‘tmish hamisha hozirgi kunlar zaminida yashaydi, xozirgi kunlar esa o‘zining chuqur ildizlari bilan o‘tmishga borib taqaladi. Kimki bu ildizlar qaerda va qay tariqa ko‘karayotganini bilsa, ularning taraqqiyoti yo‘llarini ko‘ra bilsa, bunday adib tarixiy mavzuda asar yoza oladi»34.
«Intiqom» qissasida mana shunday vazifa bajarilgan. Shahodat Isaxonova o‘zbek o‘g‘loni Jaloliddinning mo‘g‘ul istilosiga qarshi ko‘rsatgan mislsiz qahramonliklarini, yurtdoshlarining murakkab taqdirini bugungi avlodlarga ibrat qilib ko‘rsatishga intiladi. «Tangri taologa ming qatlalar shukurki, huzurimga sizni yuborib, yolg‘iz emasligimdan darak bermish; zero, qaysiki elning sizga o‘xshash qo‘rqmas, dovyurak, botir o‘g‘lonlari bor ekan, uni hech bir zot, xech bir kuch mahv eta olmaydur! Yodgorjahon! O‘g‘lonim! Yodingazda bo‘lsin, inshaollo g‘alaba qilurmiz. Elimiz, yurtimiz, tilimiz, dinu iymonimiz uchun g‘alaba qilishimiz shart va lozimdir. Balki, u kunlarni ko‘rish menga nasib etmas, lekin ishonchim komilki, siz bu qutlug‘ kunlarning shohidi va muzaffar kurashning yodgori bo‘lursiz!»35 Qahramon nutqidan keltirilgan ushbu parcha Jaloliddin xarakteriga xos mardlik, oliyhimmat xususiyatlarni mujassam etishi bilan birga, bugungi kunning ma’naviy-axloqiy muammolarini o‘rtaga qo‘yadi. Bu xil yorug‘ badiiy lavhalar orqali ilgari surilgan ijtimoiy, axloqiy ma’no zamondoshlarimizni sergaklikka undaydi. Ularda ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.
Muallif qahramonlari xarakterlarini ochishda psixologik taxlil yo‘lidau borganligi bois asar o‘qimishli chiqqan. Asar so‘ngida raqibidan engilgan Jaloliddin qalbida hali g‘alaba qozonish alangasi so‘nmaganligini, Vatanni ozod ko‘rish istagi bag‘oyat cho‘ngligini uning quyidagi kechinmalari orqali beriladi: «E vox, uning yigit boshi, mana, ikkinchi marotaba egilib, ikkinchi marotaba yig‘layotir! Birinchisida, yarim dunyosini yo‘qotgan edi. Endi esa bor dunyosidan ayrildi: ota — onasi, jigarlari, qarindosh-urug‘lari, zurriyodlari, barcha-barchasidan... yo darig‘, bul bevafo dunyoda endi uning uchun ne ilinj qoldi... Hech ne... Nega? Yurti-chi, eli —chi? Kindik qoni to‘kilgan tuprog‘i-chi?» (12-bet).
Qissadagi asosiy qahramonlardan yana biri Turkon xotun obrazidir. Bu ayol Sulton Aloumin Takishning xotini. Alouddim Takish olamdan o‘tgandan so‘ng davlat ishlarini Turkon xotun o‘z zimmasiga oladi. Asarda davlat boshqaruvchisi, mehribon ona, suyukli buvi va Vatan ximoyasi yo‘lida oqilu dono ayol sifatida tasvirlanadi: «Malikaning adabiyot, san’atga, fan va dinga mehri, ehtiromi o‘zgacha edi. Ma’rifatparvarlik mamlakatni, elni yuksaltiruvchi omil deb biladi. Raxmatlik eri Xorazmshoh Takish ham nihoyatda ma’rifatparvar inson edi. Ul zoti muxtaramning quvvayi hofizasi nihoyatda yuksak, ayni zamonda, ilmi aruzdan, ilmi bayondan ham xabardor hukmdor edi. O‘g‘li Muxammad Xorazmshoxda bu xislatlar rivojlanmadi. Shul vajdan ham malika xukmdorlikni butunlay unga topshirishni paysalga solar va elga xush keluvchi har xil tadbirlar topib, axli raiyat ko‘nglini olardi»(12 —bet).
Turkon xotun davlat ishlarini boshqarar ekan, o‘zining oqilona tadbirlari, elga manzur yumushlari bilan xalq mehrini qozonadi. Asar mutolaasi asnosida bu ayolga nisbatan mehringiz oshib boradi, asar so‘ngida uning mo‘g‘ullar qo‘lida chekkan azobini kuzatar ekansiz, siz ham iztiroblar komiga botib, daxshatga tushasiz. O‘quvchini larzaga soladigan mana shunday lavhalar tasvirida yozuvchi mahoratining yana bir qirrasi namoyon bo‘ladi. Yuraklar tubiga cho‘qib yotgan hasrat — nadomatlar ifodasida, ayniqsa, o‘zaro dialoglarda qaxramonning xarakteri yaxshi ochilgan. Qahramonlar nutqi harakat va xolatlar bilan uyg‘unlashib, kitobxon qalbida uzoq saqlanib qoladigan badiiy manzaralar yaratadi. Mana, shunday dialoglardan biri: «Volidai muhtaramasini yog‘iylar ilkiga tashlab ketmoq tuproqni, Vatanni tashlab ketmoq bilan barobar turur, bonu, - malika azbaroyi hayajonlanganidan ovozi bo‘g‘ilib chiqdi. Lablari ayanchli titrab, o‘zini idrok qilaolmay qoldi. Ikki kundan beri o‘zi bilan o‘zi olishaverib, yurak bag‘ri to‘lib ketganligi uchunmi birdan yorildi: — ul farzandi noqobil Sulton ersa, o‘z jonini qutqarmoq uchun, bergan oq sutimni bir tangaga sotib ketmish!
rabbiy, ne yoziqlarim uchun tangri menga bu ko‘rguliklarni ravo ko‘rmish!»(44-bet). Mazkur holat tasviri Turkon xotunning o‘z nevarasi Xonsulton bilan kechgan suxbatlaridan keltiriladi.
Mana shu tasvirning o‘ziyoq "noqobil" o‘g‘il tomonidan tashlab ketilgan ona iztiroblarini, ruxiy xolatini, Vatan taqdiriga qayg‘urib, uning himoyasi uchun yozg‘irgan so‘zlari qanchalik chuqur ma’noga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Turkon xotunning Chingizxon qo‘lida asirlikda kechirgan fojeali ko‘rguliklari, xolatlari xam chuqur kechinmalari, tuyg‘ulari ila yo‘g‘irilgan. Qissada xarakterlar ishonarli va hayotiy asosga ega ekanligidan dalolat beradi.
Asardagi Chingizxon obrazi ham esda qolarli chiqqan, yorqin belgilarga ega. Bu obraz Jaloliddin xarakterining ochilishida muhim o‘rin tutadi. Chingizxonning makkor, bilimdon, ustomon, hiylakor ekanligi ishonarli detallar vositasida ko‘rsatib berilgan. Qissada u buyuk sarkardalarga xos tadbirkor, o‘zgalar shaxsiyatidagi ibratni tan oladigan shaxs sifatida yoritiladi. Xoqon o‘ychan ko‘zlarini qoragina nuqtaga aylanayotgan Sultondan olib, Munka bahodirga shunday farmoyish beradi: «Kun botib, tun cho‘kkanga qadar shunday bir gulxan xozirlang, toki bunday gulxanni hech bir hukmdor hech bir mamlakatda yoqmagan bo‘lsin. O‘g‘lonlarim, baxodirlarim, bosqoq va no‘yonlarim, barcha navkarlarim gulxan atrofiga yig‘ilsinlar. Ular Sulton Jaloliddinday dovyurak sarkardasiga xiyonat etgan lashkarlar va ularning maslakdoshlari qismatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rsinlar. Zero, xiyonat yo‘liga kirgan har kas, bir kunmas bir kun padariga xiyonat qilur...» (45 —bet).
Qissada o‘tmishdagi ijtimoiy muhit, Chingizxon va uning o‘g‘illari tomonidan amalga oshirilgan xurrezliklar, xalq ommasining xonavayron bo‘lishi kabi xolatlar tiniq badiiy kartinalarda tasvirlangan. Vatan mustaqilligi yo‘lida kurashgan qahramonlar hayoti ta’sirchan lavhalarda chizilgan.
Xalqimizning milliy qahramonlari haqidagi asarlarda tarix saboqlari zulm — istibdodning har qanday ko‘rinishlariga qarshi erk —ozodlik kurashi tarzida ko‘rsatiladi. Mamlakatning osuda hayotiga tahdid solgan, adolatni, haqiqatni bo‘g‘ib qo‘ygan qirg‘inlik, yovuzlik ana shunday Vatan fidoyilarini maydonga chiqaradi. Bu - tarix xaqiqati. Tarixiy adolat tuyg‘usi ezgulik himoyasidagi qahramonlik qissalarida o‘z aksini topayotir. Shu haqiqatni chuqur va to‘la-to‘kis anglamay turib bugungi mustaqillik mohiyatini tushunib etmaymiz.
Tabiiyki, qaxramonlik mavzusidagi qissalarda ma’naviy — axloqiy masalalarga e’tibor kuchaydi; psixologik taxlil teranlashdi. Bu xil asarlarda voqealar tizmasi obrazlar psixologiyasi tasviriga to‘la ravishda bo‘ysundirilgan. Nasrullo Qobilning «Yog‘iy» qissasida ana shu fazilat ko‘zga tashlanadi. Asar XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi tomonidan Buxoroning bosib olinishi, amir Muzaffarning taslim etilishi fojeasiga bag‘ishlangan. Qissa amir Muzaffarning Zirabuloq yaqinidagi jangda rus qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga ' uchrashi, fon Kaufman bilan sulx tuzib qaytish voqealari bilan boshlanadi: «Shu kun kechga tomon mag‘lub lashkar amir Muzaffar boshchiligida qaytdi. Qal’a darvozasi oldida to‘plangan shaxarliklar mag‘lub lashkar poyidan ko‘tarilgan chang ichida qolib ketdi. Asr namozi o‘qilgach, amir Muzaffar a’yonlari qurshovida shaharga qarab yurdi. U egar ustida boshini xam qilib o‘tirar, jussasi juda kichkina va g‘arib ko‘rinar, saroy shoirlari qo‘shiq qilib kuylagan «soyai xudo»dan ko‘ra, piridan dakki eshitgan muridga o‘xshab ketardi»36.
Sulx voqeasidan xabar topgan Buxoro xalqi amirga norozilik bildirib chiqadi. Amirning joylardagi ishongan xos odamlari, hatto o‘g‘li Abdumalik xam undan yuz o‘giradi. Qo‘shinlari orasida parokandalik, parchalanish ro‘y beradi. Boshboshdoqlik boshlanadi. Amir boyligidan umidini uzgan, aloxida — alohida guruxlarga uyushib jangga otlanganlar esa chor armiyasi tomoni — dan tor —mor etiladi. Abdumalik o‘z joniga qasd qiladi. Qissa ming bir azoblar gardobida qolib, qovjiragan el—yurt boshiga tushgan fojealarga o‘zini aybdor hisoblagan amir Muzaffarning haj safariga otlanishi bilan yakunlanadi.
Asarga qahramon xayotidagi eng og‘ir, mas’uliyatli, fojeali voqealar asos qilib olinadi. Muallif ana shu fojea ildizlarini ko‘rsatishga intiladi. Ruhiy inqiroz omillarini topishga, yoritishga intilish asardagi psixologik taxlilning o‘ziga xos tabiatini belgilab bergan. Bu narsa qahramonlar ruhiy dunyosiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi.
Amir Muzaffar qissaning bosh qahramonidir. U — murakkab shaxs. Uzoq yillar Qarshida va Karmanada hokimlik qilgan. Amirlik rutbasiga etishgandan keyin ham xalq g‘ami bilan yashaydi. U halol, pokiza va diyonatli. Vatan, xalq manfaatlari himoyasi faoliyatining bosh a’moli edi. Fon Kaufman bilan tuzilgan sulh ham yuz yildan buyon tinch —osoyishta yashab kelayotgan xalqini mustamlakachilar zulmidan qutqarib qolish yo‘lidagi urinishlardan edi. Aslida esa sulx amir uchun dushman tomonidan qo‘yilgan tuzoq edi. Yovlarning yovuz niyatini u kech payqaydi. O‘sha asnolardan boshlab xalovati, oromi yo‘qoladi. Fuqarolari, xalq uni noto‘g‘ri tushunganidan iztirobga beriladi. Qissada amir Muzaffar xarakteriga xos adolatparvarlik xususiyatlari kechinmalar tasviriga boy epizodlarda ochib beriladi: «Mana, yuz yildan oshdi, bu erda og‘a —inilar taxt talashmaydi, ota bolasini, farzand otasining qonini to‘kmaydi. O‘zboshimcha beklar isyon ko‘tarib, g‘avg‘o chiqarmaydi. Avom faxshdan, haromdan jirkanadi. Buxoro pok dinli muqaddas shaharga, islomning tayanchiga aylanadi. Agar Fon Kaufman bilan sulh tuzmasam, Buxoro yog‘iyning oyog‘i ostida qolmasmidi. Mashaqqat bilan dini poklangan yurt butkul tanazzulga yuz tutmasmidi. Yo‘q, nonko‘r beklar, yanglishasiz. Sulx tuzib xonlikni xarob qilmadim, aksincha, uni saqlab qoldim» (21-bet).
Muallif qahramon xarakterini uning ruhiyati tahlillariga asoslanib ochib berar ekan, tuyg‘ular suratining holatlarga singdirilgan manzarasini dalillaydi. Sulhning ertasigayoq Fon Kaufman Samarqand Chorsusida odamlarni ostirgani, Sibirga surgun qilib, shaharga o‘t qo‘ygani, odamlarga soliq solib, to‘lamaganlarni bola —chaqasi bilan xovuzga cho‘ktirgani haqidagi xabarni eshitgach, amir o‘zinshGg aldanganligini va bu fojealarga aybdor ekanligini anglab etadi. O‘g‘li Abdumalikning oila ra’yiga qarshi chiqib, fon Kaufman ustiga qo‘shin tortmoqchi ekanligidan daxshatga tushadi: «Uning karaxtlangan ongida «o‘g‘lim —a, mening o‘g‘lim —a», degan o‘y charx uradi. «Abdumalik! Nimalar qilmoqchisan, bolam. Naxot menga xiyonat qilsang. Ishongim kelmaydi! Yuq, bunday bo‘lishi mumkin emas! Bunday o‘yga borishning o‘zi gunoh! U ota yuziga oyoq qo‘yishini xayoliga ham keltirmas, balki! Men esa g‘animlarning bo‘lar — bo‘lmas gaplariga ishonib o‘tiribmanmi?» (36 —bet) Ayni shu holatlar tasvirida amir Muzaffar shaxsiyatidagi ikki qutbni — amir hamda ota sifatidagi xususiyatlarni uyg‘unlikda yoritib berilganligini ko‘ramiz.
Qissada amir Muzaffarning tushkun, o‘ychan xolatlari, o‘zini —o‘zi so‘roqqa tutishi taxlilning galdagi ko‘rinishidir. Bu borada o‘quvchining bo‘layotgan voqealarni muqoyasa qilib, xolis xulosaga kelishiga imkoniyat yaratiladi. «Anavi xoin, shaytoni lain Sayida’zamboy nima degandi. «Endi kech», dedimi?! «Saltanatdan butkul ayrilamiz», dedimi? Darhaqiqat, fon Kaufmanning shartiga rozi bo‘lmasam, sulh buzilmaydimi? So‘ngra kofirlar Buxoroni bosmaydilarmi? Dini islomni oyoqosti qilmaydilarmi? Fuqaroning qoni to‘kilmaydimi? Jondan to‘kilajak qon kelajakda oqadigan qonlar oldida, ummondan tomchilar bo‘ladi —ku. Islom tayanchining zabun bo‘lishiga, taqvodorlarni qurbon qilishga haqqim bormi?» (36 —bet).
Bu o‘rinda amir Muzaffarning ruxiy tushkunligi xam, ilojsizligi xam o‘zining aniq yfodasini topgan. Amir taxtni ham, yaqin odamlarining o‘ziga bo‘lgan ishonch - hurmatini ham yo‘qotdi. Lekin uning tabiatidagi yurtini obod ko‘rish istagi barham topgan emas. Biroq amirlik inqirozga yuz tutib, omad undan butunlay yuz o‘girdi. O‘g‘li Abdumalikning o‘limi uni bitmas azoblar girdobiga tashlaydi: «Yuzini oching, og‘alik, — dedi. Eshik og‘asi choyshabni ko‘tardi. Amir Muzaffar o‘g‘lining engagiga tang‘ilgan sallapo‘shga, do‘ng peshonasiga, burniga va kuzalgan mo‘ylaviga rangi bo‘zarib tikildi. Qushbegining nazarida, u birpasda qarib, munkayib qolganday tuyuldi.
— Qushbegi, -dedi amir Muzaffar o‘g‘lidan ko‘z o‘zmay.
— Qulog‘im sizda olampanoh.
— Kuydirayapti..
— Nima? - Qushbegi xukmdorga yaqinroq keldi.
— A’zoyi badanim yonayapti...
— Ko‘rinish xonag‘a chiqaylik, olampanoh, — dedi Qushbegi amirning tirsagidan tutib, - ko‘rinishimiz kerak. Yura qoling» (54-bet).
Yozuvchi bu lavha orqali qaxramonning fojiali xolatini ochib bera olgan. Asar nixoyasida bunday fojealarga chiday olmagan amir haj safariga otlanadi: «Amir bo‘g‘ziga tiqilgan g‘azabdan ingrab yubordi, hamon qo‘lida changallab turgan joynamozni alam bilan chaynay boshladi. Da’fatan xajga otlanayotgani yodiga tushdi-yu, boshini ilkis ko‘tardi. «Saroyda ortiqcha qololmayman! Makkaga, tezroq haj safariga jo‘nashim kerak» (54-bet).
Qissada amir Muzaffar fojiasini keltirib chiqargan omillar yoritilgan; tarixiy voqelik va tarixiy shaxs taqdiri ochib berilgan. Asarda Usmonbek Qushbegi, Sayida’zamboy va Sodiq Sulton singari obrazlar xam bor, ular bosh qaxramon xarakteri qirralarini ochish uchun xizmat qiladi. Muallifning tarixiy shaxslar qiyofasini aniq, ravshan ochib berishda o‘tmishda kechgan voqealardan moxirlik bilan foydalana olganini ko‘ramiz.
Biz yuqorida tarixiy — qaxramonlik mavzusiga bag‘ishlangan qissalarda moziy haqiqatining badiiy haqiqatga aylantirilishi, real tarixiy shaxslar obrazining tasviri va adiblarimizning (Mirkarim Osim, Yavdat Ilyosov) qahramonlar psixologiyasini yoritgan asarlariga to‘xtaldik. Hozircha olis moziy shu’lalarini o‘rgangan bunday qissalarni daryodan tomchi, deyish mumkin. Kelajakda bunday qissalar ko‘p yaratiladi, deb o‘ylaymiz.
Olis o‘tmishdagi yunon, zron bosqinlari, arab, mo‘g‘ul va rus istilosi juda katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, o‘z Vatani, tili, dini va elining erki, mustaqilligi uchun jon fido qilgan qahramonlar hayotini badiiy lavhalarda tasvirlash bugungi kunda ijtimoiy — siyosiy, ma’naviy — axloqiy, ma’rifiy axamiyatga ega.