Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 1,3 Mb.
bet19/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:



  1. Dastlabki bilimlar qanday bo‘lgan?

  2. Ilm-fan va dinning qanday farqi bor?

  3. Hozirgi vaqtda fanlar qanday guruhlarga bo‘linadi?

  4. Tabiiyot, ijtimoiy va texnika fanlari guruhlariga misollar keltiring?

  5. Fanlar guruhlari o‘rtasidagi qanday fanlarni bilasiz?

  6. Fanlar sinteziga asoslangan qanday fanlarni bilasiz?

  7. Fan falsafadan, san’atdan nimasi bilan farq qiladi?

  8. Nima sababdan qadimda mifologiya rivoj topgan?

  9. Nima uchun Aflotun barcha zamonlar olimlarining ustozi hisoblanadi?

  10. Ptolemeyning asosiy nazariyasi namadan iborat?

  11. Ilmiy inqiloblar nima va ular nimasi bilan farq qiladi?

  12. Aflotun merosidan kimlar oydalangan?

5-MAVZU. O‘RTA OSIYO ALLOMALARINING TABIIYOTSHUNOSLIK TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN HISSALARI


Reja:
  1. Sharq allomalarining tabiiyotshunoslik fanini rivojlantirishdagi o‘rni. renessans davri.

  2. Fanning «g’arb uyg‘onish» davridagi rivojlanishi.

  3. XIX va XX - asr buyuk kashfiyotlari





  • Tayanch ibora va atamalar:

Renessans (“uyg‘onish»), Sinergetik paradigma, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar, tamoyillar, ellinizm, tabiiy va ijtimoiy ilmlar, riyoziyot, yunon falsafasi, naturfilosofiya, dialektika, metafizika, topika, nikomah etikasi va h.z.




    1. Sharq allomalarining tabiiyotshunoslik fanini rivojlantirishdagi o‘rni. Renessans davri.


Tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalarini nazariya, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar va tamoyillarini o‘rganish, ilmiy bilish rivojlanishi tarixida fanlar tasnifi masalasi bilan barcha tabiat fanlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy fanlar bilan o‘zaro munosabati orasida doimo uzviy bog‘liqlik bo‘lgan.


Ma’lumki, qadimgi vaqtda barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar asoslarini o‘z ichiga olgan yagona - falsafa ilmi mavjud bo‘lgan va tabiiyki, hech qanday ilmlar tasnifi haqida gap bo‘lmagan. Yeramizdan oldingi III asrdan boshlab, ya’ni ellinizm davrida ba’zi bir fanlar, avvalo riyoziyot va tib alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Shu bilan bir vaqtda qadimgi Yunon falsafasi nafaqat falsafiy, balki riyoziyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar masalalarini qamrab olgan naturfilosofiya sifatida rivojlandi.
IX-XII asrlarda yashab ijod etgan O‘rta Osiyolik buyuk olimlarning ijodi, faoliyati, asarlari O‘rta asr ilm-fan rivojida nihoyat muhim o‘rin tutadi. O‘lkamizdan chiqqan Xorazmiy, Farg‘oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi olimlarning nomlari SHarq va Evropa o‘rta asrida xurmat bilan tilga olingan.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850 yillar) SHarqning buyuk olimi. «Algebra» va «Algoritm» tushunchalarining paydo bo‘lishi Xorazmiy faoliyati bilan bog‘liqdir. «Algoritm» Xorazmiy nomining lotin tilidagi ifodasidan, «Algebra» so‘zi esa uning matematikaga oid «Aljabr va alMuqobala» asarining birinchi so‘zining lotincha talaffuzdan olingandir (M.Xayrullaev, 1994 yil).
Xorazmiy musulmon dunyosida birinchi bo‘lib riyoziyot, geografiya, tarix fanlarining rivojini boshlab berdi. Uning ko‘pgina asarlari lotin tiliga tarjima qilingan. Ma’lumotlarga qaraganda, Xorazmiyning «Arifmetikaga oid risola»sining arabcha nusxasi saqlanmagan. «Al-Xorazmiy xind xisobi haqida», «Algebra haqida risola» ilmiy ishlari, matematika rivojiga katta hissa qo‘shgan asarlardir.
Xorazmiyning mashhur asari «Kitob suratil arz» («Yer yuzining haritasi») musulmon SHarqida geografiya ilmini boshlab bergan. Asarda, o‘sha vaqtda insonlarga ma’lum bo‘lgan geografik ob’ektlar tasvirlanadi. Osiyoni sxematik haritasi beriladi.
Ahmad al-Farg‘oniy (797-865 yillar) astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan qomusiy olim. SHarqda alFarg‘oniy, Evropada Alfraganus tahalluslari bilan mashhur bulgan.
Ahmad al-Farg‘oniy dastavval, (811 yili) Farg‘onadan Marvga kelgan, so‘ng, al-Ma’munning saroy a’yonlari va olimlari bilan (819 yili) birga Marvdan Bog‘dodga ko‘chadi. Al-Farg‘oniy avval Bog‘doddagi rasadxonada ish olib boradi, so‘ngra Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha «Zij» yaratishda rahbarlik qiladi, Ptolemeyning «YUlduzlar jadvali» asarida berilgan ma’lumotlarni, asosiy joylarning geografik koordinatalarini qaytadan ko‘rib chiqadi. Al-Farg‘oniy georafik atamalarga izoh beradi va ayrim astronomik asboblarni ixtiro etadi.
861-yili olim Nil daryosidagi suv satxini o‘lchaydigan inshoat qurish uchun Misrning Qohira shahri yaqinidagi Fustat shahriga keladi va ilmiytexnik, me’moriy jihatdan ulkan qurilmaga rahbarlik qiladi (Nil daryosining Sayyolat ul-Rud mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan).
Ahmad al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» dir. Bu asar «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomi bilan ma’lum bo‘lib, 1145 va 1175-yillarda Evropada lotin tiliga tarjima qilingan va bir necha asrlar davomida Evropa univyersitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Asarning geografiyaga oid bo‘limi «Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida» deb ataladi. Asarda Yerning sharsimonligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joyda turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishini o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Hozirgi kungacha Axmad al-Farg‘oniyning etti asari saqlanib qolingan, ular Berlin, London, Parij, Tehron, Toshkent, Dushanbe, Mashxad, Panta, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda.
Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarini arab va fors-tojik tillarida yozdi. Uning talqinicha moddiy dunyo, Olloh, abadiy va doimiy o‘zgarishdadir. U ilmfanning jamiyat rivojidagi ahamiyatiga o‘z ishlarida katta o‘rin beradi va insonlarni adolatli, ahloqli, ilm-ma’rifatli bo‘lishga undadi. Ibn Sino SHarq tibbiyotining yutuqlarini tahlil qilib, o‘rgandi va tartibga solib berdi. Uning eng yirik asarlariga quyidagilar kiradi: «Tib ilmi qonuni», «Ruxni davolash kitobi», «Najot kitobi», «Ko‘rsatmalar va nasihatlar kitobi», «Bilim kitobi», «Insof kitobi» va boshqalar.
Barcha ilmlarni o‘rgangan olim 500 ga yaqin asar muallifidir. Uning qalamiga xos bo‘lgan asarlari lotin va boshqa Evropa xalqlari tillariga o‘girilgan.
Ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Muxammad ibn Axmad Beruniy (973 yili Qadimgi Kot shahrida tug‘ilgan - 1048 yili §aznada vafot etgan) - falakkiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (matematika), ilohiyot, ma’danshunoslik, tibbiyot, astrologiya, geografiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, tarix, falsafa, filologiya fanlarini puxta egallagan va qator asarlar, risolalar maullifidir.
Beruniy O‘rta Osiyo, Eron, Xindistonning qator shaharlarida bo‘lgan. U arab, yunon, fors, turkiy va xind tillarini yaxshi bilgan.
Abu Rayxon Muxammad Ibn Ahmad Beruniy

Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Bеruniy (973-1043) Markaziy Osiyo tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fikriga katta hissa qo`shgan qomusiy olimdir. Bеruniyning madaniyatimiz tarixida salmoqli o`rin turadigan yirik asarlari mavjud: «o`tmish yodgorliklari», «Xorazmning mashhur zotlari», «Gеodеziya», «Hindiston», «Qonun Mas`udi», «Minеrologiya», «Saydana» va boshqalar.Bеruniyning yirik asarlaridan biri «Qadimgi xalqlardan qolgan yirik yodgorliklar» bo`lib, sharqshunoslik fanida «Osor al-boqiya», «Xronologiya» , «Yodgorliklar» nomlari bilan mashhurdir.


“Mening butun fikri-yodim, qalbim-bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo‘ldim. Buni men o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman” – deb yozadi olim.


Bunga Abu Bakr ar-Roziyning (865-925) yuqorida zikr etilgan kimyoviy jismlar tasnifini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Beruniy Jurjonda muxojirlik davrida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», §aznada «Xorazmning mashhur kishilari», «Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash» (bu asarning qo‘lyozmasi Istanbulda saqlanadi, rus tiliga «Geodeziya» nomi bilan tarjima qilingan), «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar», «Xindiston», astronomiyaga oid «Al-Qonun alMa’sudiy» («Ma’sud qonuni»), minerologiyaga oid «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami», oxirgi asari «Dorivor o‘simliklar haqida kitob»i Turkiyada topildi va asar «Saydana» nomi bilan mashhur bo‘lib, unda Eron, Turkistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarga tavsif beriladi.
Beruniyning 152 kitob va risolalaridan 28 asarigina bizgacha etib kelgan.
Beruniyning falakkiyot sohasidagi xizmati katta. U turli nazariyalar to‘g‘risida o‘z fikr-muloxazalarini bildiradi. Beruniy yoritgichlar harakatini handasaviy izohlash asosida olamning tuzilishini tushuntiradigan geotsentrik va geliotsentrik sistema teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. Beruniy birinchi bo‘lib, osmon yoritgichlarining harakat troektoriyasi va shakli elipsoid ekanligi haqida fikr yuritgan, Quyosh tojisini tushuntirishda o‘z xulosalariga ega.
Beruniy o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lmagan Boltiq va Oq dengiz, Sibir, Xitoy va Tibet o‘lkalariga ta’rif beradi. Yer sharining Janubiy tomonida quruqlik mavjud deb taxmin qiladi. Beruniy Evropalik olimlardan 450 yil oldin §arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlik borligini «Al-Qonun al-Ma’sudiy» asarida yozadi. Uning geografik kengliklar va uzoqliklar, Yer sharining o‘lchamlari haqida ma’lumotlari o‘tgan zamondoshlariga nisbatan ancha aniqligi bilan ajralib turadi.
Beruniyning geologiya va minerologiya sohasidagi ishlari, kashfiyotlari ulkan ahamiyatga ega. U Yer taraqqiyotining o‘ziga xosligi, hududiyligi to‘g‘risida to‘xtalib, Amudaryo etaklari, Orol dengizining paydo bo‘lishi haqida o‘z xulosalarini bildiradi. U tog‘larni paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olg‘a suradi.
Akademik Muzaffar Xayrullaev yozishicha: «Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u o‘zining ilmiy tekshirish ishlarida o‘zi ishlab chiqqan ilmiy tadqiqot metodiga, tajriba va kuzatishlariga suyanadi… Olim o‘z oldiga fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish, nazariyalarni ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarni ochish vazifasini qo‘ygan».
Geograf, professor Hamidulla Hasanov Beruniy to‘g‘risida shunday yozadi: «O‘rta Osiyo va Xuroson geografiya fani tarixini aslida «Beruniyning geografik maktabi» deb atash ma’qul bo‘lar edi, CHunki Beruniy O‘rta Osiyo va Xuroson fanining fahri bo‘lish bilan birga, jahonning eng ulug‘ olimlaridan biridir».
Abu Rayhon Beruniy “Tafhim”ni bayon etishda mana shu metodologik tamoyilga amal qilgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, uning risolasi mantiqiy tuzilishi riyoziy jiddiylik usuli bilan birikib ketadi. SHu bilan birga muallif asarni bayon etishda ilmiylikka amal qiladi.
Risolaning planimetrik bo‘limini bayon qilganidan so‘ng, stereometriyaga o‘tishdan oldin, nisbatlar nazariyasini bayon qiladi. Bunda uning son haqidagi tushunchani handasaviy ob’ektlarni ham o‘z ichiga oluvchi umumiy fanga, ya’ni musbat haqiqiy sonlar tushunchasigacha kengaytirish borasidagi harakati yanada aniq namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham nisbatlar nazariyasi hisob yordamida handasaviy ob’ektlar, ya’ni kesmalar nisbatiga asoslangan. Undan tashqari nisbatlar nazariyasi – olimda faqat kesmalar uzunliklarining, ya’ni planimetriya ob’ektlarining nisbatidir. SHu bo‘limni planimetrik va stereometrik bo‘limlar orasida keltirish bilan uning planimetriyaga aloqadorligini uqtirmoqchi bo‘ladi. Bu bilan Abu Rayhon Beruniy o‘z metodologik tamoyiliga amal qilib, mantiqiy izchillik va riyoziy qat’iylikni saqlashga intiladi.
“Tafhim”ning stereometrik bo‘limida u kub, prizma, to‘g‘ri va og‘ma silindr, konus, uning kesimlari, shar, unga ichki chizilgan shakllar, beshta muntazam ko‘pyoqliklar, sfyeradagi katta, kichik doiralar, qutb va o‘q ta’riflanadi. Olim muntazam ko‘pyoqlilardan kub, ikosaedr, oktaedr, tetraedr, dodekaedrni mos ravishda “yer”, “suv”, “havo”, “o‘t” va “osmon” jismi deb ataydi. Ularning bunday atalishi Platondan boshlanadi, chunki u olov (o‘t) atomlari tetraedr, yerniki – kub, havoniki – oktaedr, suvniki – ikosaedr va butun olam – dodekaedr shakliga ega deb hisoblagan edi.
Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo Ar-Roziy

Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Rоziy (865.28.8 - 925.26.10) —sharqning qоmusiy оlimi, tabib va mutafakkir. O`rta asr Еvrоpasida lоtincha Razеs nоmi bilan tanilib, tabоbat sоhasida o`z davrining Jоlinus(Galеn)i dеb sanalgan. Shuningdеk, kimyo, bоtanika, matеmatika, astrоnоmiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur o`rgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shug`ullangan. Rоziy bir qancha vaqt Ray va Bag`dоd shifохоnalarini bоshqargan. U O`rta Оsiyo, jumladan, Buхоrо ilm aхllari bilan ilmiy mulоqоtda bo`lgan.Ko`z kasalligiga uchrab, umrining охirida ko`r bo`lib qоlgan. Rоziyning tabоbatga оid asarlaridan 36 tasi bizgacha yеtib kеlgan.

U terapiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya-gigiena, farmakognoziya, farmakologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni Yangi g‘oya va ixtirolar bilan boyitgan. Tabobat bilan bog‘liq bo‘lgan botanika, mineralogiya va kimyo fan i sohasida qam ancha muvaffaqiyatlarga yerishgan. Roziyning eng muhim asarlaridan biri «Kitob al-hoviy fittib» («Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi») nomli to‘plamidir. Falsafiy-ijtimoiy qarashlari. Roziy o‘rta asr yaqin va O‘rta Sharq xalqlari falsafasida mavjud bo‘lgan ta’limotlarning birortasiga bog‘liq bo‘lmagan holda borliq va uning mohiyati haqida o‘z mustaqil ta’limotini yaratdi. Uningcha, borliq — yagona bir-biriga bo‘ysunmagan 5 mustaqil boshlang‘ich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan.



Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud bo‘lib qolishida «zaruriy vujud»lardir. Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon bilan bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka bo‘ysundirmadi. U o‘z davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izohlashga harakat qildi, o‘z naturfalsafiy qarashlarida ma’lum darajada ilmiy nuqtai nazarga yaqinlashdi. O‘rta asr falsafasi uchun yerishgan eng katta yutuqlaridan biri - Roziyning narsalar moddiy atom zarralardan tuzilgani haqidagi ta’limotidir. U Demokrit va Epikur atomistik ta’limotini o‘rta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab «bo‘linmas zarralar (atom) holatida bo‘ladi», «og‘irlik va tanaga ega», «moddiy zarralarning bo‘shliq zarralari bilan qo‘shilishi» natijasida 4 unsur: tuproq, suv, xavo va olov paydo bo‘ladi.

Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va ob’ektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham ob’ektiv va abadiydir. Roziy zarralarning o‘z-o‘zidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yosa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistik nuqtai nazarda turadi. Roziy makon va zamonni ham substansiya deb tushunadi, bu bilan ularni materiyadan va bir-biridan ajratadi. Roziyning bundan maqsadi ularning ob’ektivligini ta’kidlashdir. Roziy bilish nazariyasida moddiy olam hodisalarining inson sezgi a’zolariga ta’sir etib unda aks etishi, tashqi olam bilish ob’ekta, inson esa bilish sub’ekti ekanini ta’kidlaydi: «Sezgi - seziluvchi narsalarning sezuvchiga ta’siri». Roziy bilishning eng kuchli quroli sifatida aklga yuqori baho beradi. Uningcha, insonning ijodiy faoliyati faqat aql tufaylidir. «Aql bizni olijanoblikka etaklaydi, hayotimizni go‘zallashtiradi, maqsadlarimizga etkazadi». Roziyning axloqqa oid 3 asari «Kitob tibb ar-ruhoniy» («Ruhiy tabobat»), «Kitob siyrat al-falsafiya» («Falsafiy hayot tarzi»), «Maqola fi amorot il-iqbol va-davla» («Davlatmandlik va baxt-iqbol haqida») bizgacha etib kelgan. Roziy Suqrotni axloq sohasida o‘zining va barcha faylasuflarning ustozi deb hisoblaydi. Roziy ratsional (aqliy) gedonizm tarafdori bo‘lib, dunyo noz-ne’matlaridan aqlga muvofiq va me’yor bilan lazzatlanishni yoqlaydi. O‘rta asr manbalarida Roziy dinning ayrim aqida va tamoyillariga salbiy munosabatda bo‘lgani hamda payg‘ambarlik haqida aqidaga zid bo‘lgan asar yozgani ta’kidlanadi. Lekin, uning tabiiy-ilmiy merosi va falsafiy qarashlari yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ma’naviy merosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Roziyning ilmiy merosini birinchi marta o‘rgangan olim Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy Roziyning tarjimai holi, dunyoqarashi va asarlarini tadqiq etib, «Fehrist kutub Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy» («Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy kitoblarining ro‘yxati») asarini yozgan. Roziyning asosiy asarlari o‘rta asrlardayoq G‘arbiy Evropada mashhur bo‘lgan, ba’zilari lotin va boshqa Evropa tillariga tarjima qilinib, keng o‘rganilgan. Keyingi davr olimlarining, jumladan, o‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida Roziy asarlarining ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan qo‘lyozma nusxalari va ularning tarjimalari aniqlanmoqda, ayrim asarlari nashr etilmoqda.
O‘rta asr bosqichida Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim ilm-fan va madaniyatiga chyerkovning kuchli ta’sirini ko‘ramiz. Evropa xristian ilm-fani XII-XIII asrlargacha inqirozga uchradi. Ammo, SHarqda bu davrda, ya’ni VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilm-fan taraqqiyoti kuzatildi.
Arab olimlari ichida Muhammad al-Battani (850-929 yillar) - astronom, yangi astronomik jadval muallifi; Ibn Yunas (950-1009 yillar) - matematika, trigonometriya sohasida ilmiy ish olib borib, bir vaqtda Quyosh va Oy tutilishini kuzatdi; Ibn al-Haysam (965-1020 yillar) - optika sohasida; faylasuf, tabiiyotshunos Ibn Rushd (1126-1198 yillar) kabilar musulmon dunyosi ilm-fanini taraqqiy etishiga katta hissa qo‘shishdi.
Ma’lumki, VIII asrda Yaqin SHarqda Arab halifaligi shakllandi va rivoj topdi. VIII asr oxiri - IX asrning o‘rtalariga kelib Arab halifaligi SHarqda yirik imperiyaga aylandi. Bu davrda birinchi akademiya - «Donolik uyi» tashkil topdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzokaralar uyushtirilib, turli millatlarga xos olimlar bilan birgalikda ilmiy muhokamalar avj oldi. Yaqin va O‘rta Sharqda yangi-yangi ilmgohlar vujudga keldi, asarlar yozish, kitob ko‘chirish, arab tiliga tarjima qilish uchun maxsus tilmochlar maktabi tuzildi. Bu davrda Mansur, Xorun ar-Rashid, Ma’munlarning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ulkan. Akademiya faoliyatida O‘rta Osiyodan kelgan olimlar ham muhim o‘rin egalladilar.
VIII asrning 30-yillariga kelib Mavoraunnahrning deyarli barcha yerlari arablarga bo‘ysundiriladi va Islom madaniyati, adabiyot, san’at, fan, falsafa, ahloq, urf-odat, ta’lim-tarbiya kabilarning barchasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘rta Osiyoda islom dinshunosligi IX asrda o‘ta rivoj topgan bo‘lsa, ilmfan taraqqiyotining cho‘qqisi XII asrga to‘g‘ri keladi.
O‘rta asrning buyuk daholaridan biri Abu Ali ibn Sinoning O‘rta Osiyo ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan hissasi buyuk va beqiyosdir.
Olimning «Shifo kitobi», «Tib qonunlari», «Bilimlar kitobi», «Tabiat durdonasi» kabi asarlari mashhurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib, uni «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»dan iborat, deb e’tirof etadi. «Vujudi vojib» birinchi sabab vazifasini bajaradi. «Vujudi mumkin» esa uning oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo‘lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» ham abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari ham e’tiborga molikdir. Unga ko‘ra, sabablar moddiy(muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol(muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab), shakliy (turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir.


Abu Ali Ibn Sino

Abu Ali al-Husayn ibn Abdullоh ibn al-Hasan ibn Ali (980.8, Afshоna qishlоg`i — 1037.18.6, Hamadоn sh., Erоn) — jahоn fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan o`rtaоsiyolik buyuk qоmusiy оlim. G`arbda Avitsеnna nоmi bilan mashhur. Jahоn madaniyati tariхida qоmusiy bilimga ega bo`lgan yirik arbоb sifatida alоhida o`rin tutadi. U fanning turli sоhalariga оid 450 dan оrtiq asar yozadi. Ularda tibbiyot, musiqa, falsafa, etika, ilоhiyotshunоslik, ijtimоiy-siyosiy, tilshunоslik, estеtika masalalari atrоflicha ko`rib chiqilgan. Оlim yaratgan «Kitоbi ash-shifо» 21 tоmdan ibоrat bo`lib, falsafiy bilimlar qоmusi hisоblanadi, o`z ichiga 4 ta katta bo`lim (mantiq, fizika, matеmatika, mеtafizika)ni оladi.
Abu Ali ibn Sinо buyuk allоma va mutafakkirdir. U Buхоrо yaqinidagi Afshоna qishlоg`ida tug`ilib, Hamadоn shahrida vafоt etgan. Ibn Sinоdan qоlgan ma`naviy mе`rоs taхminan 280 nоmdan ziyodrоqdir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psiхоlоgiya, aхlоq, musiqa, farmakоlоgiya va bоshqa sоhalarga bag`ishlangan.






Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi so‘z borganda quyidagilarni ta’kidlash kerak:


Fanlarni tasnif qilish muammolari. O‘rta asr arab-musulmon madaniyatida fanning o‘ynagan etakchilik roli safiy jihatdan umumlashtirilib beriladi, muayyan tizimga solinadi, qomusiy tarzda bayon etiladi.
Ibn Sino qadimgi yunon olimi Aflotun yo‘lidan borib, falsafiy ilmlarni ikki sohaga bo‘ladi:



Bu tasnif bilish predmetining inson tomonidan amalga oshiradigan faoliyati tamoyillariga asoslanadi. Nazariy fanlarning maqsadi haqiqatni ifodalaydi, narsalarning mavjudligini inson faoliyatiga bog‘lamasdan turib o‘rganadi; amaliy bilimlarning maqsadi farovonlikka yerishishni ko‘zda tutib, Shu faoliyatning o‘zini tekshiradi.


Nazariy fanlar sirasiga fizika, matematika, metafizika kiradi. «Donishnoma» da qayd etilishicha, bu uch fandan odamlarga va ularning bilimiga eng yaqinlari tabiat haqidagi fandir, biroq unda ham ko‘p narsalar aniq emas; matematikada noaniqliklar va chalkashlik ozroq, metafizikaning predmeti alohida narsalar emas, balki mohiyatdir. Nazariy bilimlarning praktika bilan aloqasi ularda birlamchi va ikkilamchi fanlarning ajralib chiqishi bilan amalga oshiriladi.
A) Sof fizika sohasi: predmetlar, narsalar, ularning harakat manbalari, osmon jismlarinig yerdagi hayotga ta’siri, o‘simliklar, minerallar, hayvonlar va inson ruhi. Amaliy fizika: tibbiyot, astrologiya, tush ta’birini aytib berish ilmi, sehrgarlik, alkimyo ilmi va boshqalar.
B) Sof matematika: arifmetika, astronomiya, musiqa nazariyasi. Amaliy matematika: hindlarning o‘nlik sanog‘i, algebra, geometriya, musiqaviy cholg‘ular tayyorlash san’ati.
Bu tasnifdan ko‘rinadiki, unda musulmon o‘rta asrida fanlarni tasnif qilishga va ularning hunarmandchilik ishlab chiqarishi, savdo va kundalik turmush bilan aloqasini ta’minlaydigan tajribaviy bilimlar, malakalar, eksperimental uslublar o‘z aksini topgandir.
V) Sof metafizika: fanning birinchi asoslari; hayotiy-zaruriylikni isbot qilish; birlamchi» va «ikkilamchi» ma’naviy substansiyalar; olam va yerdagi jismlarning «ma’naviy substansiya»ga tobeligi; Amaliy metafizika: vahiylik va narigi olam savoblari haqidagi bilim.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish