Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi



Download 1,3 Mb.
bet1/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI


 
MASHARIPOVA GULARAM KAMILOVNA


TOG’AYEVA GULANDON JUMMAYEVNA

TABIIY FANLARNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI” FANIDAN O’QUV DARSLIGI




Toshkent – 2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI







Masharipova Gularam Kamilovna
Tog’ayeva Gulandon Jummayevna
TABIIY FANLARNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI”
FANIDAN DIZAYN (KOSTYUM) MUTAXASSISLIGI UCHUN O‘QUV DARSLIGI


Toshkent – 2019
MUALLIFLAR:
T.F.N., DOTSENT G.K.MASHARIPOVA
F.F.N., DOTSENT G.J.TOG’AYEVA


TAQRIZCHILAR:


F.f.n., B.Isroilov– “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent
S.f.d. Jumaniyozov– Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, s.f.n.

Mazkur o‘quv darslik Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va nashrga tavsiya etildi.


© Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” fanidan o‘quv darsligi. – TTYESI, 2019, 264 b.


A N N O T A S I YA
Fan-dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar tizimi. Fan-tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni hayotga tatbiq qilishgacha bo‘lgan faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy tavsifga ega bo‘lgan. Benihoya syerqirra bo‘lgan fanda, u bajaradigan quyidagi uchta funksiyani alohida ajratib ko‘rsatishi lozim:

  • fan madaniyat tarmog‘idir;

  • fan dunyoni bilish usulidir;

  • fan maxsus institutdir (bu tushunchaga oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda ilmiy jamiyatlar, akademiyalar, laboratoriyalar va boshqalar kiradi).

Shularning ichida fan dunyoni bilish usuli sifatida beqiyos va betakror vazifalarni bajaradi.
“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiya” kursini o‘qitishda talabalar o‘zlarining dunyoqarashini tabiiy fanlarni o‘rganish bilan mustahkamlash va kelajakda o‘z ixtisosliklarini chuqur egallashda va muhim masalalarini echishda qo‘llashlari kerak. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiya fani asosida olam evolyusiyasi va uni tabiiy, iqtisodiy, sotsial va boshqa gumanitar fanlar ta’sirida sivilizatsion dunyoga munosabatlar va haqiqiy tabiat qonunlarini bilishga qaratilgan kursdir. Bu fanning vazifasi talabalarga, ya’ni yosh avlodga Yangi ma’lumotlar berish, ma’naviy va material imtiyozlar yaratishga jamiyatni rivojlantirishga, yagona umum insoniy madaniyat yaratishga xizmat qilishdir.
Система объективных знаний о мире науки. Он включает в себя мероприятия, начиная от приобретения новых знаний о науке, природе, обществе и мышления до их реализации.
Первые зачатки науки связаны с появлением человеческого общества. Начальные знания были практическими. В самой передовой науке она должна выделить три функции, которые она выполняет:
• наука - это культурная сеть;
• наука - это способ познания мира;
• Наука - это специализированное учреждение (в которое входят не только университеты, но и академические общества, академии, лаборатории и т. Д.).
Среди них наука служит уникальным способом познания мира.
При преподавании курса «Современные научные концепции» студенты должны использовать свое мировоззрение для изучения естественных наук и применять их в будущем для углубления своей специализации и решения важных проблем. Это курс по эволюции Вселенной, основанный на современной концепции естествознания и ее применении к цивилизованному миру и естественным законам природы, на которые влияют природные, экономические, социальные и другие гуманитарные науки. Целью этого предмета является предоставление новой информации студентам, молодому поколению, чтобы способствовать развитию сообщества, создавать духовные и материальные блага, создавать общую человеческую культуру.
The system of objective knowledge about the world of science. It includes activities ranging from the acquisition of new knowledge about science, nature, society and thinking to their implementation.
The first rudiments of science are associated with the emergence of human society. Initial knowledge was practical. In the most advanced science, it should distinguish three functions that it performs:
• science is a cultural network;
• science is a way of knowing the world;
• Science is a specialized institution (which includes not only universities, but also academic societies, academies, laboratories, etc.).
Among them, science serves as a unique way of knowing the world.
When teaching the course "Modern Scientific Concepts", students should use their worldview to study the natural sciences and apply them in the future to deepen their specialization and solve important problems. This is a course on the evolution of the Universe, based on the modern concept of natural science and its application to the civilized world and the natural laws of nature, which are affected by natural, economic, social and other humanities. The purpose of this subject is to provide new information to students, the young generation, to contribute to the development of the community, to create spiritual and material benefits, to create a common human culture.
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil
7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham, aniqrog‘i Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustvor yo‘nalishlari deb nomlangan 4.4 - bandida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish1 masalaga alohida e’tibor berilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qo‘ygan vazifasi – bu oliy o‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga etkazish hisoblanadi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi esa, albatta ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining bir tizimga solingan ilmiy-nazariy va metodik asoslangan yangi shakl, usul va vositalarining majmuidir. Bunda yangi mazmun, shakl, usul va vosita uyg‘unligida maqsad, vazifa, faoliyat va pedagogik natija yaxlitligi ta’minlanadi hamda o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga va xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birga, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. O‘quv-tarbiya jarayonida pedogogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi talabalarning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa ulardan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi fani dizayn mutaxassislarini tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. Shu sababli bu fanga ijtimoiy fanlarning ajralmas va tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida har bir etuk mutaxassisdan tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyalariga rioya etish talab qilinib, bu jarayon nafaqat inson hayotiga, balki jamiyat rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.
“Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” fani umuminsoniy ma’naviyatning ajralmas qismi bo‘lib, u hozirgi zamon ilmiy bilimlarning fundamental asosini, dunyoqarashini metodologiyasini o‘rganishda mutaxassislarning umummadaniyatini shakillantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Uning asosiy bo‘limlari tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar fanlar bilan birgalikda butun tabiatning bir butun manzarasini tushuntirib beradi. Zamonaviy inson chuqur bilimga ega bo‘lish bilan birga hozirgi zamon tabiatshunosligining asosiy g‘oyalari, uslublari natijalari haqida ilmiy tassavurga ega bo‘lish kerak. Demak, insonning kelajagi tabiiy fanlarning rivojlanishi, yangidan yangi kashfiyotlar vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.
Tabiiy bilimlar insoniyat ma’naviy madaniyatining ajralmas va muhim qismidir. Uning zamonaviy fundamental ilmiy asoslarini hamda uning metodologik hulosalarini bilish turli sohadagi mutaxassislarni tayyorlashda muhim elementlar hisoblanadi. Ushbu o‘quv darsligida “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” fanining mazmuni, predmeti va metodi, fanning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining dizayn yo‘nalishida uzoq yillar davomida to‘planilgan tajribalar zaminida yaratildi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tabiiy fanlarning rivojlanish muammolari va tendensiyalari haqida tushunchaga ega bo‘lishi, tabiiy - ilmiy bilim metodologiyasini o‘rganish, gumanitar fanlar sohasida tabiiy ilmiy metodlarini qo‘llay bilishdan iborat. «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» fanining vazifasi – talabakarni komil insonning shakllanishida eng avvalo tabiiy (fundamental) fanlardagi eng asosiy qonuniyatlarni bir yaxlit mantiqiy muhit doirasida muntazam tarzda o‘rganish va amalda qollay bilishdan iborat.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish