Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


«Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» kursining boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Download 1,3 Mb.
bet6/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005




    1. «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» kursining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Fan va din


Fan rivojlanishining shakli va yo‘llari xilma-xil. U o‘zining ichki rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Fandagi har bir yangilik avvalgi yutuqlarni butunlay inkor etmaydi, balki unga yangi shakl va ifoda bergan holda rivojlanishni ta’minlaydi.
Ilmning o‘zaro aloqadorligi fan predmeti va uning turli sohalari o‘ratasida ob’ektiv munosabatlar orqali belgilanadi. Ilm-fan o‘zining turli belgilari orqali san’atdan, texnikadan, mafkuradan, falsafadan, dindan, mifologiyadan va mistikadan farq qiladi.
Ilm-fan dindan farq qiladi va bunga bog‘liq turlicha qarashlar mavjud. Asosiy farq ilm-fanda aql, fahm, idrok va zehn; dinda-ishonch, iymon ustunlik qiladi. Albatta, olim biror ilmiy-tadqiqot xulosasiga ishonmasa, unga qo‘l urmaydi. SHunday qilib, ilm-fan - empirik haqiqat bo‘lsa, dinsezishdan, his etishdan tashqaridadir.
Ateistik adabiyotlarda - ilmiy bilim bilan diniy e’tiqod hech qachon bir-birini tan olmaydi, - degan fikr hukmron edi. Fan va din o‘rtasidagi farq ko‘p jihatdan ong bilan e’tiqod o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq holda shakllanadi. Fanda tafakkur, ong ustunligi ahamiyatga egadir. SHu bilan birga fanda xam e’tiqod, iymon mavjud. CHunki iymon, e’tiqodsiz haqqoniylikka ishonish mumkin emas. Iymonsiz, e’tiqodsiz olim ob’ektiv tadqiqotlar olib borishi birmuncha mushkuldir. To‘g‘ri, fanga har doim ratsionallik xos emas, unda intuitsiyaga ham o‘rin bor. Demak, ong bilan e’tiqod mutloq to‘siq bilan ajratilmagan.
Fan va din birga taraqqiy etishi mumkin. CHunki, ushbu madaniyat tarmoqlari har xil maqsadlarni ko‘zlaydi. Fan empirik haqiqatni, din esa ilohiy kuchga asoslangan haqiqatni himoya qiladi.
SHu o‘rinda fan va din aloqalariga «Ziddiyat» va «bog‘liqlik» nuqtai nazaridan ta’rif berib ko‘raylik - Fan va din har doim o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. Zotan, Fan inson yashaydigan muhit-tabiat va jamiyat bilan ish tutsa, din insonning ichki dunyosi-qalbi va ruhiga taaluqlidir. Har ikki jabha ong va tafakkur ko‘priklari bilan tutashgan. Tarixda ularning munosabati turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Qadimgi YUnonistonda Suqrot, Aflotun, Arastu uchun fan va din deyarli ayni bir sohafalsafadan iborat bo‘lib, u «Fizika» va «Metafizika» qismlariga bo‘lingan. Keyinroq matematika, astronomiya va tibbiyot rivojlana boshlaganda ham fan va din o‘zaro uyg‘unligini saqlagan. Xuddi shunday munosabat Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino va boshqa SHarq mutafakkirlari faoliyatida ham kuzatiladi. Islom SHarqida «ilm» tushunchasi ham diniy, ham dunyoviy mazmun kasb etgan. Ayni paytda ilmning bu ikki pallasi o‘ziga xos jihatlarga egaligi ham inkor etilmagan. XI asrdan boshlab, ya’ni tasavvuf ta’limoti ilm sifatida shakllanganida, «ilmi qol» va «ilmi hol» tushunchalari muomalaga kiritiladi. «Ilmi qol» bu, so‘z bilan ifodalash, o‘rgatish yo‘li orqali berilishi mumkin bo‘lgan bilimni anglatsa, «ilmi hol» har bir so‘fiyning o‘z tafakkuri va e’tiqodiga xos, qalb ko‘zi bilan etishgan, o‘zgalarga o‘rgatish imkoni bo‘lmagan bilimni bildirgan. SHu nuqtai nazardan qaralsa, Abu Rayhon Beruniy «qol ilmi», Bahovuddin Naqshband esa «hol ilmi» ning etuk vakillari edi. Biri avlodlar uchun nodir asarlar yozib qoldirgan bo‘lsa, ikkinchisi yuzlab izdoshlariga ruhiyat sabog‘ini bergan. Xullas, o‘rta asr SHarqida fan va din bir-birini to‘ldirgan. Ular orasidagi ayrim kelishmovchiliklar murosasiz ixtilof darajasiga etmagan. Zotan, fanning ham, dinning ham maqsadi - Haqiqatga intilish. SHunday ekan, ular orasida ob’ektiv ziddiyat bo‘lishi mumkin emas. Mavjud ziddiyatlar esa sun’iy va sub’ektiv. Misol uchun, insonning paydo bo‘lishi haqidagi diniy ta’limot bilan CH.Darvin nazariyasi o‘rtasida ziddiyat bordek tuyuladi. Holbuki, evolyusiya nazariyasi inson ruhi qanday paydo bo‘lganini tushuntirmaydi, bunga da’vo ham qilmaydi («olamning yaratilishi» mavzusini qarang). Fan va din mutanosibligi XV asrgacha SHarqda matematika, astronomiya, tibbiyot va qisman kimyo fanlarining yuksalishiga imkon bergan. XVI asrdan bu mintaqada fan ham, hatto diniy ilm ham inqirozga yuz tutdi. Evropa, SHarqdan falsafa va tabiiyot bilimlari estafetasini olib ulgurgan va jadal rivojlanish ko‘chasiga kirgan bo‘lsa, diniy ilm §arbda ham SHarqdagidek reaksion kuchga aylandi. Fan va din tarixidagi bu tafovut-biri jadal taraqqiyotga, ikkinchisi sxolastik - yuzaki, quruq safsatadan iborat, qotib qolgan aqidalarga yuz tutishi, ular o‘rtasida murosasiz kurash davrini keltirib chiqardi. Fan va san’atda Uyg‘onish davrining, dinda esa katolitsizmning markaziga aylangan Italiyada bu qarama-qarshilik o‘zining avj pardasiga chiqdi. Fan va adabiyot dinni yolg‘onga chiqardi, nafaqat ruhoniylar, hatto xudo ustidan pamfletlar (o‘tkir satirik asar) yozildi. Din ham, to‘g‘rirog‘i din peshvolari fandagi deyarli har bir yangilikni kufrga yo‘ydilar (Galiley sazoyi qilindi, Jordano Bruno o‘tda yoqildi). Bir tamondan, «din-afyun», ikkinchi tarafdan «Darvinning o‘zi maymundan tarqagan» kabi da’volar asorati hozirgacha seziladi. XX asrda bu kurashga siyosatning aralashuvi talay fojialarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, hokimiyat «jangovor» ateistlar va teokratlar (siyosiy hokimiyatni ruhoniylar boshqarishi) qo‘liga o‘tgan paytlarda o‘rta asr jaholatidan qolishmaydigan terror qo‘llandi. So‘nggi yillarda fan va din munosabatlari mo‘‘tadillashib, ular bilan bog‘liq masalalar ancha oydinlashdi. Ta’kidlash joizki, tarixda - fan va din aslida bir-biriga zid emas, balki uyg‘un sohalar, - degan g‘oyani ilgari surgan va rivojlantirgan buyuk olimlar ko‘p bo‘lgan. Masalan, Hakim Termiziy bizning tushunchamizdagi fanni ilm, diniy ilmni esa ma’rifat, hikmat deb atagan va ularning inson tafakkuridagi o‘rnini to‘g‘ri belgilagan. Bu g‘oyalarni Faxriddin Roziy, Muhyiddin ibn Arabiy, Ibn Rushd kabi olimlar rivojlantirgan. Fan va din uyg‘unligini Ibn Sino o‘z faoliyatida yanada teranroq ko‘rsatgan bo‘lsa, Sohibqironning rahnamolaridan biri Sa’diddin Taftazoniy kalom, tafsir ilmlari bilan bir qatorda grammatika, mantiq, poetika va hatto geometriyaga oid asarlar bitgan.
Lekin fan va din uyg‘unligi tarafdorlari ko‘pincha fan arboblari tamonidan ham, diniy ulamolar tarafidan ham qarshilikka uchragan. Ba’zan og‘ir ayblar bilan ta’qib qilingan. Bu fikrga qarata ham ilmiy, ham diniy nuqtai nazaridan zamondoshimiz, faylasuf Abdulla A’zam quyidagicha mulohaza yuritadi: - fan va din munosabati masalasi shunchaki puch munozara emas, balki millat, davlat istiqboli, qolavyersa, butun insoniyat taqdiri uchun muhim va dolzarb mavzudir. Bu masala to‘g‘ri anglansa va hal etilsagina jamiyatning ham iqtisodiy, ham ma’naviy taraqqiyoti ta’minlanadi.

Fan va Falsafa


Falsafadan farqli o‘laroq, fan xulosalari empirik sinovdan o‘tib «nima uchun?» degan savolga emas, balki «qanday», «qanday qilib» kabi savollarga javob beradi.
Fan bilan falsafa o‘rtasida necha asrlar mobaynida vujudga kelgan munosabatlarni ham to‘g‘ri tushunish zarur. CHunki, yaqin-yaqinlargacha falsafa fanlar ichida «Oliy fan» maqomini olishga harakat qilgan. Ayrim olimlar esa o‘zlari amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlar bilan falsafiy qarashlar o‘rtasida chegara o‘tkazishmagan.
Fan xususiyati shundan iboratki, u falsafadan farqli o‘laroq jami borliqni tadqiq etish uchun kurashmaydi, u xususiy bilim manbaidir, fan undan tashqari har qanday natijani empirik jihatdan tekshirib ko‘rishni talab qiladi. Falsafiy qarashlardan farq qilib, ilmiy farazlar empirik tadqiqotlar asosida tasdiqlanishi yoki inkor qilinishi mumkin. Bu va shunga o‘xshash farqlar, fan bilan falsafa o‘rtasida o‘ziga xos chegara o‘tkazishga imkon beradi. Ma’lumki, faylasuflar barcha omillarni o‘ziga xos materiallar sifatida taqdim etar edi, ya’ni ular dunyo moddiy borliqdan iboratligini oldindan tan olgan deb hisoblashgan. Bunday talab qo‘yishning o‘zi shart emas. CHunki, fanda har qanday xulosa yoki natija empirik jihatdan asoslab beriladi. SHuning uchun ham har qanday olim materialist yoki idealist hisoblanishi mumkin.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish