Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


-MAVZU. «TABIIY FANLARNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI» KURSINING PREDMETI, TADQIQOT USULLARI VA VAZIFALARI, UNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI



Download 1,3 Mb.
bet2/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

1-MAVZU. «TABIIY FANLARNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI» KURSINING PREDMETI, TADQIQOT USULLARI VA VAZIFALARI, UNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Reja:

  1. «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» faniini o’rganishning predmeti, tadqiqot usullari va vazifalari.

  2. Fanning vujudga kelishi va shakllanishi.

  3. Ob’ektiv xaqiqat, fanning eng yuksak maqsadi.

  4. «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» kursining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

Tayanch ibora va atamalar:
Jonli va jonsiz tabiat, fundamental qonunlar, mikro, makro, megaolam, astronomiya, ekologiya, tabiat fanlaridagi asosiy ta’limotlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar, tamoyillar, ellinizm, tabiiy va ijtimoiy ilmlar, riyoziyot, ilm-fan, aniq, tabiiy fanlar, analiz, sintez, bilish metodlari, irrigatsion qurilmalar, olimlar ilmiy hamjamiyati, fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, integratsiya va h.k.
.
1.1. «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» faniini o’rganishning predmeti, tadqiqot usullari va vazifalari

Ilm-fan deyilganda asosan ma’lum bilim turlari tushuniladi, shuningdek maxsus vazifasi bilim olish, to‘plash, tekshirish va ularni haqqoniyligini mantiqiy hamda tajribaviy usullar bilan isbotlash kabi inson va jamiyat faoliyati ham, «Fan» ga ta’rif sifatida qabul qilinishi mumkin. Fan - hodisalarning ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganadi, shu tufayli Fan hodisalarni oldindan ko‘ra oladigan, bashoratchilik funksiyasiga ega. Fanning formulasini quyidagicha ta’riflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish kerak, maqsadli faoliyat yuritish uchun-bashorat qila olish kerak.


Fan, jamiyatning yuqori taraqqiyotini belgilasa, bunga aloqador millat esa zamonaviy sivilizatsiyani belgilab beradi. SHunga qaramasdan ilm-fani umuman yo‘q halqlar ham mavjud (avstraliya aborigenlari, Janubiy Amerikadagi ba’zi xindu qabilalari). Ushbu fikr nisbatan olingan, sababi yuqorida ko‘rsatilgan halqlar ilmiy bilish metodlari, hususan kuzatish, o‘lchov, tajriba va shu kabi metodlardan primitiv holda bo‘lsa ham foydalanishgan (xindu qabilalarining irrigatsion qurilmalari, aborigenlarning bumerangdan foydalangan holda ov qilishlari). Fan bilishning eng yuqori shakllaridan biridir va o‘zini saqlanishi uchun birmuncha murakkab shart-sharoitlar talab qiladi:

  • Olimlarning ilmiy hamjamiyatlarga birlashish zaruriyati;

  • Fanning moddiy rag‘batlantirilishi.

Olimlarning ma’lum u yoki bu «maktab» ga mansubligi ham fan rivoji uchun muhimdir. «Maktab»lar esa, olimlarning eng birinchi birlashish usuli hisoblanadi.
Fan, sifat jihatdan tubdan yangi narsani barpo qilish degan ma’noni anglatadi. Lekin, buni oldindan aytib berish mumkin emas. Ilmiy-tadqiqot sohasi doimiy ravishda kengaymoqda. U o‘zining manfaatlaridan tashqarida joylashgan ob’ektlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda (murakkab, beqaror, ochiq tizimlar va h.k.).
Ilm-kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba natijasida orttirgan bilimi. Ilm-ob’ektiv xodisa qonunlarini o‘rganadi va oldindan ko‘ra oladi. Insonlarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, ya’ni voqelikni inson tafakkurida aks etishi-bilimdir. Tabiat va jamiyat, voqelik haqidagi ma’lumotlarimiz bilim darajasiga ko‘tarilishi uchun quyidagi:

  • ma’lumotlarni voqelikka mutanosibligi;

  • etarli darajada ishonchli bo‘lishi;

  • ma’lumotlar dalillar bilan asoslangan bo‘lishi-kabi shartlar bajarilishi lozim.

Insonning moddiy dunyo to‘g‘risidagi bilimi nisbiydir, u doimo kundalik tajriba, kuzatishlar orqali to‘planib, rivojlanib turadi.
Shu o‘rinda «konsepsiya» atamasining mazmuni bilan tanishib o‘tish o‘rinlidir. Ma’lumki, ilmiy tadqiqotlarning natijalari - bular nazariyalar, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashmalar hisoblanadi. Bu tushunchalarning barchasini «konsepsiya» so‘zi ostida birlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik deganda olamni uni qanday bo‘lsa, Shunday o‘rganish, uning tabiiy holatini insonga bog‘lamagan holda tadqiq etadigan bilim sohasi nazarda tutiladi. Hozirgi zamon tabiatshunosligiga XX asrda yuzaga kelgan konsepsiyalar tegishlidir. Fan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ilmiy kashfiyotlar bizning ko‘z oldimizda Yangilanib, takomillashib Shu bilan birga mukammallashib bormoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, ilmiy hodisalarning o‘zi hozirgi zamonni ifodalab qolmaydi, balki bu tushuncha hozirgi fanlar suyanadigan barcha tayanchlarni ham nazarda tutadi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi konsepsiyalari ahamiyati va tuzilmasini tasavvur etish uchun avvalambor fanning o‘zi nima, uning tarixi, strukturasi va dinamikasi masalalarini tadqiq etish zarur.
Fan asosi qadimda Gretsiyada natural filosofiya formasida keng rivojlandi. Shu bois u natural filosofiya deb ham yuritiladi. Antik davrdagi fanda inson va tabiatni bir butun deb qarab, bitta qonunga bo‘ysunadi deyishgan. Keyinchalik esa u tabiiy va gumanitar fanlarga bo‘lindi. Tabiiy fanlar tabiatni, gumanitar fanlar esa jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy muammolari bilan shug‘ullanadi.
Tabiatshunoslikning izchilligi uning olg‘a rivojlanishida qaytmas (takrorlanmaydigan) tasnifga olib keladi. Har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilish fundamental kategoriyalar va tushunchalar, metodlar, tamoyillar, ya’ni tafakkurni tushuncha bilan birlashtiradigan bilish shakllarining ma’lum yig‘indisidan foydalanadi. Masalan, kuzatish antik tafakkur uslubi uchun bilim olishning asosiy usulidir. Yangi zamon fani eksperiment va oddiy, kelgusida tadqiqotning ajralmaydigan birinchi elementlarini izlashga yo‘naltirilgan tafakkur, analitik yondashuv boshqaruviga tayanadi.
Tabiatshunoslikning butun tarixida diffyerensiatsiya va integratsiyaning murakkab dialektik birikmasini qoplaydi. Ilmiy bilishda diffyerensiatsiyalash ko‘p asrlik tarixga ega. Astronomiya va matematika birinchi fanlardandir. Qadimgi tabiat falsafasidagi “fanlarning fani” - astronomiya va matematika birinchi fanlardan sanaladi.

PHILOSOPHIC


NATURALIS
PRINCIPIA
MATHEMATICA
Autorc JS. NEWTONPT,b.C(JI. СягЛ. Sot.Maibrfiw *
РгоИГогс Lvifo». & SoSmrii Rnpfe Sodip.
IMPRIMATUR
S. P E P Y S, bj.kPKiSES. j.a ?. 1686.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish