Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 1,3 Mb.
bet16/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Fan bilishning maxsus shakli sifatida qachon kelib chiqdi?

  2. Ilmiylikning mantiqiy mezoni degaanda nimani tushunasiz?

  3. Fanda ilmiy tushuntirish – mazmun-mohiyatini yoriting.

  4. Fanning qanday xususiyatlari mavjud?



4-MAVZU. TABIIYOTSHUNOSLIK TARIXI
Reja:

  1. Qadimgi Yunonistonda ilm-fan rivoji.

  2. Aflotun ilmiy merosi va fanlarning bo‘linishi.

  3. Platon akademiyasi allomalarining qarashlari.



Tayanch ibora va atamalar: ilm-fan, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar, tamoyillar, ellinizm, tabiiy va ijtimoiy ilmlar, riyoziyot, yunon falsafasi, naturfilosofiya, dialektika, “Demokrit yo‘li”, “Aflotun yo‘li”, metafizika, topika, nikomah etikasi, Renessans davri va h.z.

4.1. Qadimgi Yunonistonda ilm-fan rivoji.


Fan kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holda rivojlangan bo‘lib, u asosan amaliy tavsifga ega bo‘lgan.


Insoniyat tarixida ilm-fan kurtaklari birinchi marotaba mifologiya sifatida Qadimgi SHarq va YUnonistonda paydo bo‘ldi. O‘zbek ensiklopediyasida Mif (yunoncha mifhos - rivoyat, afsona) - koinot va hayotning paydo bo‘lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qaxramonlar haqida ibtidoiy tushunchalarning badiiy ifodasidir. Mifologiya - miflarni (afsonalar) o‘rganuvchi fan. Mifologiya dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida olam haqida fantastik tasavvurlarning yagona shakli sifatida mavjud bo‘ldi. Mifologiyada, ibtidoiy jamiyat xayotining rivojlanish darajasi pastligi, inson bilimining zaifligi sababli vujudga kelgan bo‘lsa xam, kishilarni, hayotni sevishga intilishi zarurligi va unda yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o‘rtasidagi kurash o‘z ifodasini topgan edi.
Kishilik jamiyati rivojlanishining davom etishi bilan mifologiya o‘rnini asta-sekin «Naturfilosofiya» egalladi. Naturfilosofiya (nemischa naturphilosophie - tabiat falsafasi) - tabiatni falsafiy prinsiplar asosida, bir butun tizim holida sharhlash, tabiatni umumiy nazariyasini ko‘rsatib berishga urinishdir. Naturfilosofiyaning tabiiyotshunoslik bilan falsafa o‘rtasidagi o‘rni, fan tarixida o‘zgarib bordi.
Dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar tizimining birinchi kurtaklari qadimgi YUnonistonga xosdir. YUnonistondagi mutafakkirlar bir vaqtda, ham faylasuf, ham tabiiyotshunos olimlar bo‘lishgan. Ularning matematika, mexanika, astronomiya kabi fanlarga qo‘shgan hissalari insoniyat ilm-fan tarixida alohida o‘rin egallaydi.
Yeramizdan oldingi VI asrda Kosmos tushunchasi hozirgiga qaraganda boshqacha talqin qilingan. «Kosmos» so‘zi oldin «Tartib» ma’nosini bildirib harbiy saflarda, davlat tizimida qo‘llanilgan. Keyinchalik yeramizdan oldingi V asrda «Kosmos», koinot, borliq, insonni o‘rab turgan dunyo, tabiat kabi tushunchalar ifodalay boshladi.
Qadimgi YUnoniston naturfaylasuflarida, atrofdagi rang-barang dunyoning asosi oddiy narsalardan (olov, suv, havo, yer) iborat degan fikr vujudga keldi.
YUnon faylasufi Gyeraklit Efes (yeramizdan oldingi 544-483 yillar) koinotni olovdan vujudga kelganligi to‘g‘risidagi fikrni bildiradi. Fales Miles (yeramizdan oldin 625-547 yillar) esa butun borliq suvdan iboratligini uqtiradi. Fales antik davrning birinchi olimlaridan hisoblanadi, u ilm-fan tarixida astronomiya va matematika sohalarida o‘ziga xos iz qoldirgan. O‘uyosh, oy tutilishi, oy nuri o‘ziniki emasligi, qutb yulduzi va qator yulduzlar turkumidan foydalanib dengizda suzish, yilning 12 ga teng o‘ttiz kecha kunduzdan iborat ekanligini ko‘rsatib berdi.
Falesning shogirdi, izdoshi Anaksimen (yeramizdan oldin 585-525 yillar.) ni ta’kidlashicha butun borliqning asosi havodan iborat. Uning fikricha havoni siyraklashishi va quyuqlashuvi oqibatida barcha narsalar yuzaga kelgan, ya’ni havo siyraklashuvidan olov, quyuqlashuvidan esa bulut, suv va yer hosil bo‘lgan. Havoning harakati oqibatida rang-barang dunyo vujudga kelgan.
Falesning boshqa shogirdi, Anaksimandr (yeramizdan oldin 611-545 yillar.) «tabiat haqida» - dastlabki yunon falsafiy asarining muallifi. Anaksimandr Koinotning geotsentrik modelini, ilk geografik xaritani tuzgan va odamni «boshqa turdagi hayvonot» (baliqlar) dan kelib chiqqanligi g‘oyasini bayon qilgan.
Pifagor (yeramizgacha 582-500 yillar) Qadimgi YUnoniston matematikasida alohida o‘ringa ega. Son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik tizimi degan g‘oyalar Pifagor falsafasida ilgari surilgan. Pifagor geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritgan, to‘g‘ri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, o‘xshashlik haqidagi ta’limotni yaratgan, to‘g‘ri burchakli uchburchak xaqidagi teoremani isbotlagan (teorema Pifagordan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz ma’lum bo‘lgan). Pifagor nomi bilan juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar tushunchalari bog‘liq. Pifagor Yerni sharsimonligi va o‘z o‘qi atrofida aylanishiga oid fikr - mulohazalarni bildirgan. SHu bilan birga, Pifagor Koinotning markazi Yer degan nazariyaga qo‘shilgan.
Empedokl (yeramizgacha 483-423 yillar) yer, suv, havo va olovni tabiatning «ildizi» deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiat unsurlari bo‘lgan to‘rt element bir-biri bilan aralashib tabiat boyliklarini hosil etadi.
Demokrit (yeramizdan oldingi 460-370 yillar atrofida) Koinotni mayda zarrachalardan iborat deb hisoblaydi. Zarralar - «atom» lar abadiy, ularni yo‘q qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun Koinot, borliq abadiydir. Demokritning fikricha atomlar (yunocha «atom» - bo‘linmaydi, parchalanmaydi degan ma’noni bildiradi) o‘zgarmaydi, sinmaydi, bo‘linmaydi va har doim harakatda. Ularni shakli va kattaligiga qarab ajratish mumkin. Ammo, atomlar shunday kichikki, uni inson o‘zining sezgi a’zolari bilan anglab ololmaydi. Demokritning atomni tuzilishi, koinotni cheksizligi, abadiyligi to‘g‘risidagi ta’limoti o‘z zamonasidan ancha ilgarilab ketdi va kelgusida bir qator olimlar uning nazariyasi-fikriga qayta-qayta yondashishdi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish