Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Aflotun ilmiy merosi va fanlarning bo‘linishi



Download 1,3 Mb.
bet17/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

4.2. Aflotun ilmiy merosi va fanlarning bo‘linishi.

Tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqot natijalarini nazariya, qonunlar, modellar, gipotezalar, empirik umumlashtirishlar va tamoyillarini o‘rganish, ilmiy bilish rivojlanishi tarixida fanlar tasnifi masalasi bilan barcha tabiat fanlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy fanlar bilan o‘zaro munosabati orasida doimo uzviy bog‘liqlik bo‘lgan.


Ma’lumki, qadimgi vaqtda barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar asoslarini o‘z ichiga olgan yagona - falsafa ilmi mavjud bo‘lgan va tabiiyki, hech qanday ilmlar tasnifi haqida gap bo‘lmagan. Yeramizdan oldingi III asrdan boshlab, ya’ni ellinizm davrida ba’zi bir fanlar, avvalo riyoziyot va tib alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Shu bilan bir vaqtda qadimgi Yunon falsafasi nafaqat falsafiy, balki riyoziyot, tabiiy va ijtimoiy fanlar masalalarini qamrab olgan naturfilosofiya sifatida rivojlandi.
Ilmlarning borgan sari rivojlanishi ilmlar tasnifini taqozo qildi. Bu esa ilmiy bilish masalalarini har tomonlama o‘rganish uchun katta zamin yaratdi. Antik davrda ilmlar tasnifi aniq shakllandi va bu sohaning birinchi ta’limotlari Demokrit, Aflotun va ayniqsa Arastu kabi qadimgi Yunon mutafakkirlari asarlarida ishlab chiqildi. Ular ta’limoti negizida ilmlar oddiydan murakkabga, alohidadan umumiyga, tabiatan mazmun-mohiyati jihatidan o‘tish tartibiga to‘g‘ri keldi. Aflotun — Platonning sharq xalqlari o‘rtasidagi nomi.
Aflotun

Aflotun (eramizdan oldin 427-347 yillar) ilmlar tasnifi masalasini hal etishda dialеktika, ya`ni fikr yuritish san`atini birinchi o`ringa qo`yadi. Dialеktika esa o`z ichiga, birinchidan, fizika - hissiy qabul etish va ikkinchidan, etika - хohish va irodani qamrab oladi. Ilmlar tasnifi masalasiga yondashishda ikki хil yo`nalish paydo bo`ldi. Bu ham bo`lsa matеrialistik “Dеmokrit yo`li”, ya`ni matеriya ruhga nisbatan birlamchi ekanligi va idеalistik “Aflotun yo`li”, ya`ni ruh matеriyaga nisbatan birlamchiligi.

Arastu fikricha, har bir fan o‘zining maxsus mantiqiy ko‘rinishi –


Arastu fikricha, har bir fan o‘zining maxsus mantiqiy ko‘rinishi - “borliqqa” ega. “Borliq”, o‘z navbatida, umumiy predmet va analogiya (qiyoslash) asosi bo‘lib, yagona borliqning turli ko‘rinishlarini birlashtirgani sababli ilmlarning birini ikkinchisi bilan bog‘lash mumkin. Demak, ilmlarni tasnif qilish ham mumkin. Ular uch qismga bo‘linadi. Ular birinchi qismni boshlanish va sababni o‘ziga asos qilib olgan nazariy ilmlarga ajratadi.
Nazariy ilmlar analitika (mantiq), tabiiyot, riyoziyot va metafizikadan iborat bo‘lib, har biri borliqni ob’ekt sifatida o‘rganadi. Ikkinchi qism amaliy ilmlar - etika (axloq), iqtisod va siyosatni o‘z ichiga oladi.


Arastu

Ilmlar tasnifi va umuman falsafa ilmining matеrialistik yo`nalishiga katta hissa qo`shgan Arastu (eramizdan оldingi 384-322 yillar) ilmlar tasnifi masalasini “Mеtafizika”, “Tоpika”, “Nikоmah etikasi” kabi asarlarida ko`rib chiqdi va rivоjlantirdi.


Arastu o‘zining birinchi falsafa deb atagan falsafiy tizimini uch


Amaliy ilmlar, o‘z navbatida, ijod shart-sharoitlarini belgilaydi. Ana Shu ijodiy yoki tasviriy ilmlar poetika, ritorika va san’atdan iborat bo‘lib, uchinchi qismni tashkil etadi.
Zenon

Zenon (eramizdan oldingi 336-264 yillar) asos solgan stoiklar maktabi namoyandalari ham ushbu masalani ko`rib chiqishda yagona falsafa ilmini tabiiyot, mantiq вa etikaga ajratishdi. Falsafani хuddi shunday bo`lishni Epikurda (eramizdan oldingi 342-270 yillar) ham uchratamiz.


Sharqda Yunon mutafakkirlari ta’limoti va ayniqsa, Arastu asarlarining keng tarqalishi tufayli o‘rta asrlar olimlari ilmlar tasnifi haqidagi qarashlar bilan ham tanishdilar. Arastu merosi va uning ilmlar tasnifi falsafaning keyingi davrlarlagi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.


O‘rta asrlar arab-musulmon sharqida ilmiy bilish o‘z davrining ijtimoiy-iqtisodiy talablariga javob tariqasida yangi tarixiy-madaniy asosda rivojlandi. Yangi ilmlar paydo bo‘lishi ilmlar tasnifini va har bir ilmga kirgan ko‘pgina masalalar chegarasini aniqlashni taqozo qildi.
Ilmlarning rivojlanishi natijasida IX asrdan boshlab o‘sha davrda bo‘lgan barcha ilmlarni tartibga solishga va ilmlar tasnifini ishlab chiqishga birinchi urinishlar bo‘ldi.
Qadimgi Yunonistonning buyuk olimlaridan biri, faylasufi Aflotun (Arastu), hisoblanadi (meloddan avvalgi 384-322 yillar). Platonning shogirdi va uning akademiyasida tahsil olgan Aflotun, Aleksandr Makedonskiyga (Iskandar Zulkarnayn) murabbiylik qilgan. Aflotun fan sohalarini tasniflab insoniyat tafakkurini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Aflotun bilish, mantiq, biologiya, etika, siyosat, tarbiya nazariyasi, iqtisodiyot ta’limotlarida ilmiy ishlar olib bordi. U olamdagi hodisa va predmetlarning sabablarini to‘rt guruhga bo‘ldi.
Biologiya sohasida Aflotun , o‘simlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqida ta’limot yaratdi. O‘simliklarning urug‘idan o‘sib rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, a’zolarining o‘zaro mutanosib ravishda harakat qilishi-tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
Aflotun tarixda boy falsafiy meros qoldirgan buyuk olim. Uning qalamiga xos asarlar: “Fizika”, “Metafizika”, “§oyalar haqida”, “Farovonlik haqida”, “Birinchi analitika”, “Ikkinchi analitika”, “Kategoriyalar”, “Jon haqida”, “Ahloqi kabir”, “Siyosat”, “Ekonomika”, “Etika” va boshqalar.
Akademik Muzaffar Hayrullaev shunday yozadi: «Aflotun , barcha zamonlar olimlari uziga ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari SHarq mutafakkirlari ijodida chuqur iz qoldirgan». VII asrlardan boshlab Arab halifaligi hududida Aflotun asarlari tarjima etilib, o‘rganildi, ularga o‘nlab izoh va sharxlar bitildi (Farobiy, Abu Ali ibn Sino).
Arximed (yeramizdan avvalgi 287-212 yillar) buyuk matematik va mexanik. Arximed matematikaga oid bir qator ilmiy ishlar qildi. Ular orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va xajmlarni aniqlash alohida ahamiyatga ega. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ham ochgan.
Arximed Qadimgi YUnonistonning eng so‘nggi tabiiyotshunos mutafakkirlaridan hisoblanadi. Uning ko‘pgina asarlari bizgacha etib kelmagan. Ammo, ba’zi asarlari faqat 1500-yillardan so‘ng Uyg‘onish davrida tarjima qilindi (1543 yil).
Yeramizdan oldingi davrlarda Qadimgi YUnonistonda yangi, mustaqil ilm-fan, madaniyat o‘choqlari-shahar va davlatlar vujudga keldi. Bu davrda Qadimgi Rim tezlik bilan odimlab bormoqda edi. Yeramizgacha bo‘lgan III asrda Aleksandriya (Iskandariya) shahrida ilm-fanni yanada rivojlantirish uchun ilm-fan (madaniyat) qasri qurildi. Ilm-fan qasri bir vaqtda muzey, ilmiy maktab bo‘lib, unda qator olimlar etishib chiqdi va ular turli fan sohalarida unumli hizmat qilishdi.
Qadimgi Rimda ham bir qator naturfaylasuflar etishib chiqdi. Ular tabiiyotshunoslik taraqqiyotiga salmoqli hissalarini qo‘shdilar.
Klavdiy Ptolemey (tahminan 170-yillarda vafot etgan) Qadimgi YUnoniston olimi, ammo, olim Rim imperiyasi gullagan davrda asosan Iskandariya shahrida ijod qilgan.
Ptolemey asosan matematika bilan shug‘ullangan, geografiya bilan qiziqqan, ko‘pgina vaqtini astronomik kuzatishlarga ajratgan. Uning matematika va astronomiyaga oid «Analemma», «O‘lchamlar haqida», «Matematika tuzumi» kabi asarlari hozirgi kungacha o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q. Ptolemey Quyosh, oy va o‘sha vaqtlarda insoniyatga ma’lum bo‘lgan besh sayyora harakatini tasvirlab berdi. Ammo, Ptolemey tasvirlashiga ko‘ra «Fazo markazida Yer turadi». Bu geotsentrik nazariyadir.
Ptolemeyning «Geografiyadan qo‘llanma» asarida ko‘pgina geografik ma’lumotlar beriladi. Ayniqsa, O‘rta Osiyoga xos Buxoro, Samarqand, Kulob, Binkent, SHosh, Zomin, Farob, Farg‘ona kabi shahar va viloyatlarning o‘sha vaqtdagi geografik koordinatalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar biz uchun qimmatlidir.
Ptolemey asarlari SHarqda matematika, astronomiya va geografiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Abu Rayxon al-Beruniy «Qonuni Ma’sudiy» asarini yozishda Ptolemey asarlariga asoslangan.
Ptolemey geotsentrik nazariyani qo‘llashga juda katta kuch sarf qildi, bu nazariya, hatto olim vafotidan 1375 yil keyin ham (N.Kopernik asari e’lon qilingunga qadar) ilm-fan olamida hukmronlik qildi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish