Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Platon akademiyasi allomalarining qarashlari



Download 1,3 Mb.
bet18/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

4.3.Platon akademiyasi allomalarining qarashlari.

Aniq fanlarning rivojlanish tarixi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan mustahkam bog‘langan. Riyoziy tushunchalarning kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi fanlar tizimida uning tutgan o‘rni bo‘yicha asosiy masalalardan biridir.


Riyoziy tushunchalar dastlab qayerda vujudga kelgan degan muammoni hal qilishda manbalarga asoslanib, xulosalar chiqarish mumkin.
Qadimgi YUnon tarixchilari Gyerodot (m.avv. V asr) va sitsiliyalik Diodor (m.avv. 60-yillar)ning bizgacha etib kelgan ma’lumotlariga qaraganda, handasa dastlab Misrda rivojlana boshlagan.
Bo‘stonshunoslar qadimiy ehromlar, Misr podshohlari va kohinlari ko‘milgan maqbaralarning ichkari xonalaridan behisob oltin buyumlar va qimmatbaho toshlar orasida nayga o‘xshatib o‘ralgan to‘q jigarrang qog‘ozga o‘xshash narsalarni topdilar. Bular – iyerogliflar, ya’ni chizilgan papiruslar edi. Turli mamlakatlar olimlari bu topilgan yozuvning sirini bilishga necha yuz yillab urinib ko‘rdilar va ular riyoziyotga oid ma’lumotlar bitib qoldirilganligini aniqladilar. Ular Gyerodotning yozganlarini tasdiqlaydi. Biroq bular boshlang‘ich riyoziy tushunchalar bo‘lib, misrliklarda handasa fan bo‘lib shakllanganligiga dalil bo‘la olmas edi.
Riyoziyot tarixi sohasida hozirgacha yerishilgan muvaffaqiyatlar bizga handasaning fan sifatida shakllanishi qadimgi YUnonistondan boshlanganligini isbotlaydi. Lekin qadimgi dunyo xalqlari handasa tushunchalari qay darajada rivojlanmasin, ularni Evklidning “Negizlar” asaridagidek tizimga solib, bir shaklga keltira olmaganlar. SHunday bo‘lsa ham, handasa tarixi qadimgi dunyoning uzoq o‘tmishidan boshlanadi. Bu haqidagi ma’lumotlar, antik davr tarixchilari Evdem (m.avv. IV asr), Plutarx (50-120), Diogen Layersiy (III asr), Prokl (410-485), Gyerodot (414-425), Ksenofan (430-385) va boshqalar asarlarida mavjud. Ularga ko‘ra handasa SHumer-Bobildan ham qadimgi YUnonistonga o‘tgan.
Qadimgi YUnonistonda aniq fanlar falsafa bilan birgalikda rivojlandi. Ushbu tizim Platon davrida handasani amaliy masalalardan ajratib qo‘ydi va faqat Arximed (mil.av. 287-212) turmush talabiga muvofiq uning nazariy tuzilishini amaliyot bilan bog‘ladi. Miloddan avvalgi VII-V asrlarda qadimgi YUnonistonda handasa sohasida juda ko‘p ma’lumotlar to‘plandi va ularni tizimga solish hamda qat’iy tartibga keltirish zarurati tug‘ildi. Bu ishni mil.av. IV asrda Evklid o‘zining "Negizlar" asarida bajardi.
Qadimgi yunon riyoziyotchilari uchta masalani uddalay olmaganlar:
1) berilgan doira kvadraturasi; 2) ixtiyoriy burchak yoki yoyni uchta teng qismga ajratish (burchak triseksiyasi); 3) hajmi berilgan kub hajmidan ikki marta katta kub yasash (kubni ikki baravarlash).
Doira kvadraturasi masalasi tarixi to‘rt ming yil davom etdi, u echilmaydigan muammo sinonimiga aylandi. Aylana uzunligining uning diametriga nisbati doimiy kattalik ekanligi kelib chiqadi. Bu kattalik  harfi bilan belgilanadi. Radiusi r ga teng doira aylanasining uzunligi l=2r, doiraning yuzsi S = r2 bo‘lganidan, doirani kvadratlash masalasi asosi 2r2 va balandligi h bo‘lgan uchburchak yasash masalasiga keltiriladi. Keyin unga tengdosh kvadrat juda oson yasaladi.
Ushbu muammo doira aylanasining uzunligiga teng kesma yasashga keltiriladi. Uni Arximed ham "Doirani o‘lchash" risolasida ko‘rsatgan, bunda u  soni dan kichik, dan katta ekanini isbotlaydi, ya’ni
3,1408 <  < 3,1429.
Bugungi kunda EHM yordamida  soni millioninchi raqamgacha aniqlikda hisoblanadi.
Xitoyliklar topgan  ning qiymati XVI asrda Evropada qayta kashf qilingan. Qadimgi Hindistonda  ni taxminan 3,1622... ga teng deb hisoblashgan. XV asrda Samarqandda ijod qilgan falakiyotchi va riyoziyotchi G‘iyos ad-Din Jamshid ibn Mas’ud al–Koshiy (vaf. tax. 1429) o‘zining "Aylana haqida risola" nomli asarida  ning qiymatini 17 ta belgi aniqligida hisoblagan. Fransuz riyoziyotchisi F.Viet 1579 yil  ni 9 ta belgigacha aniqlikda hisoblagan. Gollandiya olimi Ludolf Van Seyten 1596 yili  soni ustidagi o‘n yillik tadqiqotining natijasida bu sonni 31 ta belgi aniqligida kashf etdi.
Sharqda Yunon mutafakkirlari ta’limoti va ayniqsa, Arastu asarlarining keng tarqalishi tufayli o‘rta asrlar olimlari ilmlar tasnifi haqidagi qarashlar bilan ham tanishdilar. Arastu merosi va uning ilmlar tasnifi falsafaning keyingi davrlarlagi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
O‘rta asrlar arab-musulmon sharqida ilmiy bilish o‘z davrining ijtimoiy-iqtisodiy talablariga javob tariqasida yangi tarixiy-madaniy asosda rivojlandi. Yangi ilmlar paydo bo‘lishi ilmlar tasnifini va har bir ilmga kirgan ko‘pgina masalalar chegarasini aniqlashni taqozo qildi.
Ilmlarning rivojlanishi natijasida IX asrdan boshlab o‘sha davrda bo‘lgan barcha ilmlarni tartibga solishga va ilmlar tasnifini ishlab chiqishga birinchi urinishlar bo‘ldi.
Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy

Abu Yusuf Yoqub ibn Ishоq KINDIY, (801-866 yy.) — arab faylasufi. Sharq aristоtеlizmi asоschilaridan. Mu`shaziliylar bilan yaqin alоqada bo`lgan. Хalifa Mutavakkil (847—861)ning ratsiоnalistlar bilan kurashi vaqtida quvg`inga uchragan. Yunоn mutafakkirlarining risоlalarini arab tiliga tarjima qilgan, Aristоtеlning «Katеgоriyalar», «Ikkinchi analitika», Еvklidning «Unsurlar» va Ptоlеmеyning «Almagеst» asarlariga sharhlar yozgan.

Abu-Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh, u abadiy mavjud, yagona.


Tabiatdagi narsalar o‘zaro sababiy bog‘langan, ular 4 unsur — olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Abu-Kindiy 5 ta substansiya fazo, vaqt, materiya, shakl va harakatning mavjudligi haqida, dunyoni bilish mumkinligi haqida fikr yuritdi. Abu-Kindiy asarlarining aksariyati bizgacha etib kelmagan, faqat 29 risolasi topilgan, ularning ko‘pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan.
Abu-Kindiyning falsafiy qarashlari keyingi davrlarda sharq mutafakkirlari dunyoqarashiga, o‘rta asr Evropa falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Muhim asarlari: «Aql haqida», «Jon haqida mulohaza», «Ash’yolarning ta’rifi va bayoni», «Beshta substansiya haqida kitob» va boshqalar.
Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va uni hal qilishga harakat qilgan olim – Yoqub ibn Ishoq al-Kindiydir bir vaqtning o‘zida ilmlarning falsafa, tib, riyoziyot, ilmu-nujum, musiqa kabi ko‘pgina jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga yerishgan al-Kindiy o‘zidan keyingi mutafakkirlar foydalangan arab tilidagi falsafiy atamalarni tuzishga va ilmiy tasnifni kiritishga asos soldi. Al-Kindiy ilmlar tasnifi sohasiga oid “Insoniy bilimlar tasnifi”, “Ilmning tub mohiyati va uning tasnifi”, “Arastu kitoblarining soni va falsafani o‘zlashtirish uchun nima lozim” kabi bir necha asarlarni yozdi. Ammo, taassufki, oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari bizgacha etib kelmagan. o‘zining tasnifida al-Kindiy falsafaga katta ahamiyat beradi va uni “hamma narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani bilim va faoliyat, nazariy va amaliy donishmandlikka ajratadi. Al-Kindiy fikricha nazariy bilim (yoki donishmandlik), riyoziyot, tabiiyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa – axloq, uy ishlari va fuqarolik siyosatini o‘zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilish haqidagi ta’limotini uch pog‘onadan iborat qilib tuzadi. Birinchi pog‘ona mantiq va riyoziyotdan, ikkinchi pog‘ona tabiiyotdan, uchinchi pog‘ona esa metafizikadan iborat. Falsafa vazifalarini aniqlashda Al-Kindiy tutgan o‘rin Arastu tutgan o‘ringa juda yaqin va o‘xshashdir. Al-Kindiy fikricha, moddiy olam predmetlari, ya’ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyatlari – miqdori va sifatini o‘rganish asosidagina bilish mumkin. Demak, har bir ilm asosini riyoziyot tashkil etadi. Arifmetika miqdorga taalluqli bo‘lsa, handasa va ilmu-nujum - sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so‘ng esa mantiq, tabiiyot, psixologiya, metafizika, axloq, siyosat keladi.
Shunday qilib, Al-Kindiy falsafiy fanlarni o‘rganishda riyoziyotga alohida ahamiyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyoziyotga asoslangandir.
Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yunon, fors va hind olimlari yaratgan boy g‘oyaviy meroslarni o‘rganib, ularning ilg‘or an’analarini rivojlantirish orqali yaqin va O‘rta Sharqda ilg‘or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlarni rivojlantirishga asos soldi. Amalda u o‘rta asrlar sharqidagi ilmlar tasnifining ilg‘or ta’limoti asoschisidir. Ob’ektiv narsalarning xususiyati, tashqi olam predmetlari va ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy tasnifi ilmlarning predmeti va vazifalarini keyinchalik o‘rganish va aniqlashda katta rol o‘ynadi.
Al-Kindiyning ratsional fikri arab tilida ijod qilgan Ar-Roziy, al-Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi ilm namoyandalarining dunyoqarashi shakllanishiga asos bo‘ldi.


Faxriddin Ar – Roziy

Abu Abdullоh Muhammad ibn Umar ibn Husayn (1149-1209) - Islоm оlamida Faхriddin Rоziy nоmi bilan mashhur bo`lgan - Shimоliy Erоnning Ray shahrida hijriy 544(1149) sana Ramazоn оyining 25-kuni (26 yanvar)da ruhоniy оilasida dunyoga kеlgan. Faхriddin ar - Rоziy diniy va dunyoviy fanlarga оid 150 dan оrtiq ilmiy risоlalar, shе`rlar yozgan. Rоziy o`z ilmiy faоliyati, хususan o`zining ilmiy-falsafiy risоlalarida qadimgi yunоn оlimlari Aristоtеl, Gеraklit, Epikur, Dеmоkrit asarlaridan shuningdеk, Sharqning mashhur mutafakkirlari Farоbiy, Ibn Sinо asarlaridan fоydalangan, ularga sharhlar yozgan.

Roziy o‘z davrida ham diniy, ham dunyoviy ilmlar sohasida birdek shuhrat topdi. U sharqda birinchilardan bo‘lib ilmiy metodologiyaga asos soldi, Beruniydan keyingi davr o‘rta asr sharq falsafasini o‘z fikrlari bilan boyitdi.


U o‘z sharhlarida o‘zidan avval o‘tgan faylasuflar asarlariga o‘z munosabatini bildiradi, ilmni, falsafani ulug‘laydi. Olimning «Miftox al-ulum», «Nihoyat al-ulum», «Ilm al-ahloq» asarlarida olamni bilishning turli yo‘l va usullari, inson doimo o‘z bilimini orttira borishi zarurligi, bilim hissiyot va aql-tafakkur orqali qo‘lga kiritilishi mumkinligi haqidagi muhim g‘oyalar olg‘a suriladi. Roziy o‘zining qator asarlarida mantiq masalalariga, tafakkurning qonun-qoidalariga maxsus boblar ajratgan, mantiq ilmining inson tafakkuri rivojida muhim rol o‘ynashini maxsus ta’kidlab o‘tgan.

Faxriddin ar-Roziyning ilmlar tasnifiga oid qomusiy asari “Jomi’ ul-ulum”ning fotonusxasi (1913 yil. Shaxsiy kutubxona).


O‘rta asrlarda ijod qilgan va arab tilida o‘z asarlarini yaratgan olimlar ilmlar tasnifi bilan bir qatorda alohida har bir ilmning ham ichki tasnifi bilan shug‘ullanganlar. “Tabiiyot ilmlarini o‘rganishdan oldin undan avval kelgan riyoziyot ilmlari ma’lumotlariga ega bo‘lish kerak” deb yozadi Abu Nasr Forobiy.

Abu - Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn o`zlug` ibn Tarхоn Fоrоbiy (870-950) Markaziy Оsiyo ilmiy tafakkurining yirik vakili, halq ratsiоnalizmining asоschisi hisоblanadi.
Fоrоbiyning fan va madaniyat taraqqiyotiga qo`shgan hissasini uning turli sоhalarda оlib bоrgan ilmiy tadqiqоtlari, yozgan asarlari asоsida aniqlash mumkin. Fоrоbiyning ilmiy mеrоsi nihоyatda rang-barang bo`lib, uni avvalо ikki katta yo`nalishga bo`lish mumkin:
Qadimgi yunоn faylasuflari va tabiatshunоslari ilmiy mеrоsini izоhlash, targ`ib qilish va o`rganishga bag`ishlangan asarlar;
O`rta asr faniga alоqadоr bo`lgan muammоlarni mustaqil ravishda ilmiy tеkshirib chiqishga bag`ishlangan asarlar.


Abu Nasr Forobiy

Ilmlar tasnifining asoschilaridan biri-bir yuz oltmishdan ziyod asar muallifi - Abu Nasr al-Forobiydir. Abu Nasr al-Forobiy yunon donishmandligi yutuqlarini O‘rta asrlar sharqida targ‘ib qilgan va ularning izidan borgan tolmas zahmatkashdir. Abu Nasr al-Forobiyning mavsu’iy bilimlari va katta ilmiy qobiliyati unga o‘z davrining birinchi eng mukammal tasnifini yaratish imkonini berdi. Ilmlar tasnifiga bag‘ishlangan “Mantiqqa kirish”, “Saodatga yerishish” va “Ilmlar tasnifi” bo‘lgan asarlarida Abu Nasr al-Forobiy Shu sohaga taalluqli bo‘lgan fikrlarni bayon etib, quyidagi shakldagi tasnifni keltiradi: Bulardan tashqari, shaharni boshqarish ilmi, siyosat ilmi, qonunshunoslik ilmi va kalomlarni keltiradi.


Abu Nasr al-Forobiy o‘z tasnifida faqat har bir ilm ob’ekti xususiyatlarini emas, balki uning o‘ziga xos qonun va qoidalarini hamda unga xos bilish vositalarini ham hisobga oladi.
Abu Nasr al-Forobiy fikricha, tabiiyot ilmlarini o‘rganishdan oldin undan avval kelgan riyoziyot ilmlari ma’lumotlariga ega bo‘lish kerak. Abu Nasr al-Forobiyning ilmlar tasnifi o‘zagi materialistikdir, chunki u ob’ektiv haqiqat asoslaridan kelib chiqadi. Olim fikricha, har bir ilm moddiy jismlarning u yoki bu taraflarini, ma’lum guruhi yoki ma’lum tomonlarini o‘rganadi. Ilmlar va bilim umuman borliq mahsuli sifatida sub’ektiv xohishdan vujudga kelmay, balki insonlarda ularga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi natijasida sekin-asta va muttasil vujudga keladi.
Abu Nasr al-Forobiy tizimida turli ilmlar bir-birlarini o‘zaro inkor etmaydi, aksincha, ular o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Uning ilmlar tasnifi sharqda qanchalik katta rol o‘ynagan bo‘lsa. Ovrupoda ham Shunday rol o‘ynadi va keyingi davr mutafakkirlariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Abu Nasr Farobiy (873-950 yillar) jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan qomusiy olim. O‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, Yunon falsafasini sharxlab, dunyoga tanitganligi uchun ulug‘lanib «Al-Muallim asSoniy», «SHarq Arastusi» deb atalgan. Farobiy boshlang‘ich ma’lumotini ona yurtida oldi, Toshkentda bo‘ldi, Buxoro, Samarqandda o‘qidi. Eronning - Isfaxon, Xamadon, Ray shaharlarida bo‘ldi. So‘ng, Bog‘dodda uzoq yashab zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqatda bo‘lgan. Umrining oxirini Damashqda o‘tkazgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u etmishdan ortiq tilni bilgan va ilmni turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan.
Farobiy Antik davr olimlari - Platon, Aflotun , Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalar asarlariga sharhlar yozgan. Uning sharhlari O‘rta va YAqin SHarq ilg‘or mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Abu Ali ibn Sino Farobiy sharhlarini o‘qib, Aflotun asarlarini tushunganligini ta’kidlaydi.
Farobiy falsafaning umumiy masalalariga, insonning bilish tomonlarining falsafiy bilish tomonlariga, materiyaning miqdori, fazoviy va xajmiy munosabatlarini o‘rganishga, materiya xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlari, tilshunoslik, she’riyat, notiqlik, ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish va boshqa masalalarga oid asarlar yozdi.
Farobiyning tabiiyotshunoslikka oid «Xajm va miqdor haqida so‘z», «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob», «Astronomiya qoidalari haqida mulohazalarni to‘g‘irlash usuli haqida maqola», «Fizika asoslari haqida kitob», «Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola», «Inson a’zolari haqida risola», «Hayvon a’zolari to‘g‘risida so‘z» va boshqalar hozirgi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotganlari yo‘q.
Farobiy asarlari XII asrdan boshlaboq, lotin, qadimiy yaxudiy, fors tillariga tarjima qilinib, Evropada keng tarqaldi. Toshkentda Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutida Farobiyning 16 risolasi saqlanmoqda. Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) mashhur qomusiy olim. Evropada «Avitsenna» nomi bilan mashhur bo‘lgan olim, Buxoroda tug‘ilib o‘sdi, so‘ngra, O‘rta Osiyo, Eronning ko‘pgina shaharlarida ilmiy faoliyatini olib bordi. Eronning Xamadon shahrida vafot etgan.
Abu Nasr al-Forobiydan keyin ham qator olimlar ilmlar tasnifi masalasini o‘rgandilar.

Ular o‘sha davr ilmlarini o‘z ichiga olgan mavsu’a (ensiklopediya) yaratdilar. Bu mavsuqa falsafiy ilmlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda idrok va mantiqiy tafakkurga asoslangan ilmlar nazarda tutilardi. Ular metafizika va ilohiyot qatorida unga riyoziyot va tabiiyotni kiritgan edilar. Mavsu’ada riyoziyot va mantiqqa o‘n to‘rtta risola tabiiyotga o‘n ettita, metafizika va psixologiyaga - o‘nta, ilohiyot va din masalalariga - o‘n bitta risola bag‘ishlangan edi.





Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish