Mavzuni takrorlash yuzasidan savollar:
O‘rta Osiyoda o‘rta asrda ilm-fan taraqqiyotining cho‘qqisi qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
Muhammad Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» asariga izoh bering.
Ahmad al-Farg‘oniyning tabiiyotshunoslikka qo‘shgan hissasi.
Abu Nasr Farobiyning tabiiyotshunoslikka oid asarlari.
Abu Ali ibn Sino tibbiyotdan tashqari yana qanday fan sohalari bilan shug‘ullangan?
Abu Rayhon Beruniy - Quyi Amudaryo tabiatini o‘rgangan olim.
Beruniyning geodeziya, etnografiya, o‘lkashunoslikga oid asarlariga izoh bering.
Mirzo Ulug‘bek ilm-fan g‘amxo‘ri ekanligini ta’riflang.
Ulug‘bekning «Ziji Ko‘ragoniy» asarini mazmuni.
Nimaga O‘rta Osiyoda IX-XII asrlardan ilm-fan rivojlanib, keyinchalik inqirozga yuz tutgan?
6-MAVZU. HOZIRGI ZAMON ILM FANINING TEXNIKA BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI
Reja:
1. Fan va texnikaning o’zaro aloqadorligi.
2.Fan - Texnika inqilobi. Uning jamiyat hayotiga va insonlar dunyoqarashiga ta’siri.
3.Fan - texnika inqilobining salbiy oqibatlari.
Tayanch ibora va atamalar:
Fan va texnika inqilobi, FTI, fazo, jarayonlar, fizik qonuniyatlar, tabiat, fizik vakuum, makroskopik jismlar, ionlar, kosmik jism,ekvator, magnit, sfyera, radiatsion qutb, magnit maydoni, zaryadlangan zarrachalar, qutb, kosmik nurlar va h.z.
6.1. Fan va texnikaning o’zaro aloqadorligi
Biz fan-texnika inqilobi davrida hayot kechirmoqdamiz. Bu tushuncha orqali fan va texnikaning hayotimizda naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida shunday bo‘lgan emas. Fan va texnika kurtaklari qadimda shakllangan, ammo ular birbiridan ayrim tarzda rivojlanib borganlar. Masalan, qadimiy yunonlar, madaniyatning noyob na’munasini shakllantirish bilan birga tabiatni anglashga xarakat qilganlar, ammo og‘ir ishlarni ular uchun ilmiy taraqqiyot natijasida yaratilgan mashinalar emas, balki qullar bajarganlar.
Faqatgina yangi davrga kelib g‘arb madaniyatida «insonning tabiatga hayoliy munosabati amaliy ahamiyat kasb eta boshladi. Endi ular tabiatni qanday bo‘lsa shunday qabul qilmasdan, uni o‘zgartirish imkoniyatlarini qidira boshladilar. Bu esa tabiiyotshunoslikni texnikaga aylantirdi. Aniqrog‘i, tabiiyotshunoslik texnika bilan uyg‘unlashib bir butunlikni hosil qildi» (V. Geyzenberg).
Texnika - atorf-muhitni tabiiy, shuningdek antropogen jihatdan qayta qurishga (o‘zgartirishga) yo‘naltirilgan urinishlar yig‘indisidir.
Texnika - bu nafaqat mashinalar, balki ob’ektlarga nisbatan matematik vositalarni va turli tajribaviy jarayonlarni qo‘llash asosidagi tartibli yondashuvdir.
V.Fyerkisning «Texnologik odam. Hayolot va voqelik.» nomli kitobida - «Hozirgi zamon fiziologiyasi, ruhshunosligi, evolyusion biologiya hamda antropologiya birgalikda xomo-sapiens va xomo-faber, ya’ni fikrlovchi hamda o‘zgartiruvchi odamni bir-biridan qat’iy ravishda farqlash chegarasini o‘tkazish mumkin emasligini isbotlaydi» - deya ta’kidlaydi. Ayni paytda, biz, agarda odam o‘sha davrda o‘zgartiruvchi bo‘lmaganida edi, bugungi kunda u fikrlovchi bo‘la olmasligini yaxshi tushunamiz. Odam qurollarni yaratdi, biroq shu qurollar insonni qayta yaratdi.
Fan va texnikaning o‘zaro bog‘liqligi haqida B.Rassel shunday degan edi: «Texnika fandan kelib chiqadi, fan esa texnikaga asoslanadi». Fan va texnikaning mazkur bog‘liqligi, ayniqsa uning g‘arb madaniyatiga kuchli bog‘lanishi XX-asrning ikkinchi yarmida sayyoramizda sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu voqelikni anglash - o‘z nihoyasidan hali juda olis jarayondir.
SHunday qilib, hozirgi zamon fani ikki asosiy funksiyani bajaradi. Bular- nazariy (tanishuv va anglash) va amaliy. Odamlar fanni, tabiat jumboqlarini hamda amaliy muammolarni echish maqsadida rivojlantiradilar. Fanning nazariy funksiyasi, atrof muhitning mavjud aloqadorligini anglashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini beradi. Fanni nazariy-amaliy talabi va xususiyatlari orqali belgilansa ham mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Fan - texnika inqilobining hozirgi bosqichi - fanning jamiyat hayotini va ishlab chiqarish rivojlanishining asosiy omiliga aylanishi oqibatida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan qayta qurilishi bilan tavsiflanadi (tubdan qayta quradi, shu boisdan ham «Inqilob» iborasi qo‘llaniladi). Fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanadi va texnika bilan, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanadi (shuning uchun ham alohida ilmiy, yoki texnika inqilobi emas, balki fan-texnika inqilobi deb ataladi). Bu esa ijtimoiy mehnatning mazmunini, sharoitini, ishlab chiqarish kuchlarining tarkibini o‘zgartirib, ijtimoiy mehnatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi.
So‘nggi asrlarda fan-texnika taraqqiyotining amalga oshishida atom tarkibining aniqlanishi, radioaktivlikning kashf etilishi, nisbiylik nazariyasining, kvant mexanikasining, genetikaning, kibernetikaning, reaktiv texnikalrning yaratilishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashuvi va avtomatizatsiyalashuvi, shuningdek ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari bugungi kunda oddiy hisoblangan avtomobil, samolyot, radio, televidenie ham FTI mahsulidir.
Ammo, ta’kidlash joizki, fan-texnika inqilobi xususida XX asrning o‘rtalarida atom bombasi yaratilganidan so‘nggina so‘z yuritila boshlandi. Atom energiyasidan foydalanish ulkan ruhiy natija berdi. CHunki, bu bilan odamlar fanning nafaqat yaratuvchanlik, balki barbod etish imkoniyatining cheksizligiga ishonch hosil qildilar. Davlat hamda xususiy sarmoyadorlar fanni moliyaviy jihatdan ta’minlay boshladilar va ilmiy-tatqiqot institutlari miqdori keskin ko‘payib bordi. Ilmiy faoliyat ommaviy mutaxassislikka aylandi.
Insonning kosmosga chiqishi fan-texnika inqilobining yana bir muhim bosqichi bo‘lib hizmat qiladi.
Bugungi kunda elektron hisoblash mashinalari fan-texnika inqilobining ramzi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Sababi, inson tobora EHM ning zimmasiga mantiqiy funksiyani ham yuklamoqda va istiqbolda boshqaruv hamda ishlab chiqarishni majmuali tarzda avtomatlashtirishni ko‘zlamoqda (Noosfyera).
SHuningdek, FTI sharoitida sun’iy-kimyoviy mahsulotlarni keng qo‘llanila boshlanganligini, biotexnologiyaning rivojlanganligini, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar hamda pestitsidlardan foydalanish natijasida hosildorlikning oshirilishini (yashil inqilob) ham alohida ta’kidlash lozim.
FTI ning asosiy yo‘nalishlari - ishlab chiqarishni, uni nazorat qilish majmuali avtomatlashtirish; energiyaning yangi turlarini kashf etilishi va foydalanilishi; yangi materiallar ishlab chiqarish. Biroq, FTI mohiyatan biron-bir alohida yirik ilmiy kashfiyot yoki ilmiy yo‘nalish va texnik taraqqiyotga bog‘liq bo‘lmaydi. FTI butun texnologik bazaning hamda ishlab chiqarish usulining qayta qurilishini anglatadi. U materiallar hamda energetik jarayonlardan foydalanishdan boshlanib, mashinalar tizimi va tashkil etish hamda boshqaruv shakllari bilan insonning ishlab chiqarish jarayoniga munosabati orqalin yakunlanadi.
FTI insonning xo‘jalik faoliyatini yagona tizimini shakllanishiga; tabiat va jamiyat qonunlarini nazariy anglashga, tabiatni o‘zgartirishning majmuali texnik vositalarini va tajribasini tushunishga, moddiy boyliklar yaratish jarayonini va ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro oqilona bog‘liqlikni yuzaga keltirilishiga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |