Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


XIX va XX- asr buyuk kashfiyotlari



Download 1,3 Mb.
bet22/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

5.3. XIX va XX- asr buyuk kashfiyotlari

YAngi to‘rtinchi inqilob davrida, ilm-fan moddaning ichiga kirib borishi, nisbat nazariyasi va kvant mexanikasi bilan ifodalanadi.


XIX asrning oxirida dunyoning fizik tasviri qurildi va shakllandi. Endi faqat uning qismlariga aniqlik kiritish qoldi. Ammo, XX asr boshlarida fizikaviy nuqtai nazar keskin o‘zgardi, oqibatda juda qisqa tarixiy davrda (XIX asrning so‘nggi yillari va XX asrning birinchi o‘n yilligi) qator ilmiy kashfiyotlar amlga oshirildi.

  1. yili fransuz olimi Antuan Anri Bakkyerel uran tuzining o‘zidan yerkin holda nur chiqarish hodisasini kashf etdi. Ammo, yangi hodisaning tabiati noma’lum bo‘lib qoldi.

Keyinchalik, bu ilmiy tadqiqotga fransuz fiziklari Per Kyuri (18591906 yillar) va Mariya Skladovskaya-Kyuri (1867-1934 yillar) qo‘shilishdi va 1898 yili ular yangi elementlarni kashf etishdi (poloniy va radiy). YAngi elementlarni o‘rgangan olimlar ulardan nur sochilishini aniqlashdi va radioaktivligini belgilashdi.

  1. yili Jozef Jon Tompson Kembridj laboratoriyasida gazlarda elektr razryadlarini o‘rgandi va birinchi bo‘lib, elektronni kashf etdi. Olim, moddalar atomlardan iboratligini, elektronlar esa atomning ajralmas qismi ekanligini aniqlab, 1903 yili atomning elektromagnit modeli (namunasi) ni yaratdi.

Atomga xos xususiyatlar, qonuniyatlar, nazariyalar, modellar asosida Yernest Rezyerford, Gans Geygyer, Yernest Marsten, Nils Bor, Maks Plankt, Fredyerik Saadi va boshqalar kashfiyotlar qilishdi.
XX asrda ilm-fan juda ko‘p shov-shuvli kashfiyotlarga boy bo‘ldi. Bulardan biri, Albert Eynshteyn (1879-1955 yillar) 1905 yili o‘zining maxsus nisbiylik nazariyasini kashf etishidir. Olim I. Nyuton mexanikasidan keskin farq qilib, fazo va vaqt mutloq emas, ular modda bilan o‘zaro bog‘liqdir degan fikrni bildirdi. A. Eynshteyndan nisbiylik nazariyasining asl mohiyati nimadan iboratligini so‘rashganda, u shunday javob beradi: «Oldin Koinotdan hamma moddalar yo‘qolsa, fazo va vaqt qoladi deyishardi, nisbiylik nazariyasi esa moddalar bilan fazo ham, vaqt ham yo‘qolishini isbot qiladi».
Maxsus nisbiylik nazariyasi oldin kichik doiradagi fizik- nazariyotchilarga ma’lum edi, 20-yillardan keyin, umumiy nisbiylik nazariyasi kashf etilgandan so‘ng, A. Eynshteyn kashfiyoti keng ommada tan olindi.
Elektron, foton, rentgen nuri, nur to‘lqinlari, kvant mexanikasi kabi kashfiyotlar quyidagi fizik olimlariga xosdir: P.N. Lebedev, V. Rentgen, Lui de Broyl, Klinton Devis, Lester Jyermer, Vyerner Geyzenberg va boshqalar.
SHunday qilib, atom fizikasining bunyodga kelishi, shakllanishi va taraqqiyoti tabiiyotshunoslik tarixining yangi bosqichini belgilab berdi.
Fan va texnika qadimgi davrda bir-biridan ajralgan holda, mustaqil bo‘lgan bo‘lsa, XVI-XVIII asrlarda ilm-fan «Ishlab chiqarishning xizmatkori» bo‘ldi. Bu ilmiy-texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi edi. XVIII-XX asr o‘rtasigacha bo‘lgan davrda amaliy va ishlab chiqarish hamda tajribakonstruktorlik tadqiqotlarga zaruriyat tug‘ildi. Bu davr ilmiy-texnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi edi.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining uchinchi bosqichi hozirgi zamon fantexnika inqilobi bilan bog‘liqdir. Bu davrda radioelektronika, atom energetikasi, elektron hisoblash, amaliy kosmanavtika rivoj topdi.
Tabiiyotshunoslik tarixida bir narsani unitish kerak emas. XX asr ilmiy bilish jarayonida fizika fani oldinda (lidyer) bo‘lgan bo‘lsa, undan qolishmaydigan biologiya fani muvaffaqiyatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Biologiyaning o‘ziga xos, yirik yo‘nalishlari: evolyusion ta’limot, genetika, ekologiya va boshqalar, kibernetika va axborot nazariyalari bilan bir qatorda turib, dunyoning hozirgi ilmiy tasvirini vujudga keltirdi. SHuningdek XX asrda vujudga kelib, so‘nggi yillarda yanada rivojlanib borayotgan etologiya, psixologiya, parapsixologiya va ijtimoiy biologiya fnalarini ham, alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Texnik fanlarning, tabiiy fanlar bilan sintezi natijasida yangi kashfiyotlar bo‘lishi aniq.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish