Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Fan - Texnika inqilobi. Uning jamiyat hayotiga va insonlar dunyoqarashiga ta’siri



Download 1,3 Mb.
bet24/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

6.2.Fan - Texnika inqilobi. Uning jamiyat hayotiga va insonlar dunyoqarashiga ta’siri
Kishilik jamiyatida hozirgi zamon fan va texnikasining ahamiyatini baholash mushkul. Fan-texnika inqilobi rivojlangan mamlakatlarda aholi turmush darajasini oshishiga olib keldi. Ushbu mamlakatlarda bolalar o‘limi keskin qisqarib, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davri birmuncha uzaydi. Turmush sharoitida tubdan o‘zgarish bo‘ldi, televizorlar, magnitafonlar, videotexnika, personal kompyuterlar oddiy uy jihozlariga aylandi. Hayot nisbatan qulay va go‘zalroq tus oldi.
Mamlakatlar rivoji haqida so‘z ketganda, ularda FTI yutuqlarining qay darajada foydalanilayotganligiga ahamiyat beriladi.
Texnik vositalar, tanlash imkoniyatini hamda shaxs yerkinligi darajasini oshiradi va inson o‘z ehtiyojlari hamda maqsadiga mos keluvchi sharoitni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda inson organizmida o‘zi tomonidan yaratilgan sun’iy muhitga psixosomatik moslashish muammosi yuzaga keladi. Insonning moslashish imkoniyatlari jonli tabiatning boshqa shakllariga nisbatan birmuncha yuqori.
Albatta, FTI jamiyat va shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda, barcha moddiy boyliklarni ko‘plab miqdorda ta’minlab, insonni baxtli qila oladi, deyish mumkin emas. FTI inson qo‘liga atom energiyasini berdi, ammo undan qanday foydalanish jamiyatga bog‘liq. U inson manfaatlari uchun hizmat qilishi ham, sayyoramizni yadro urushi tufayli vayron qilishi ham mumkin.
Yana bir misol. FTI radio va televizorni yaratdi va bu bilan dunyo haqidagi axborotlarni olish imkoniyatini oshirdi. Lekin, inson o‘zining barcha bo‘sh vaqtlarini televizor qarshisida o‘tkazsa, boshqa insonlar va tabiat bilan muloqot qilish xususiyatidan mahrum bo‘lib, nokommunikal bo‘lib qoladi, ko‘rish darajasi pasayadi va h.k. Shu boisdan FTI yutuqlaridan ongli ravishda va to‘g‘ri foydalanish lozim.
FTI inson bilan, uning xoxish va istaklari bilan chambarchas bog‘liq. Bir tomondan fan, insonga istalgan narsani beradi, ikkinchi tomondan esa, FTI ning o‘zi ma’lum darajada insonga ta’sir ko‘rasatadi-ki, buni u sezmasligi mumkin. FTI davridagi inson turmush tarzining ruhiy nuqtai nazardan murakkablashib borishi, uning umumiy jismoniy faolligini kamayishi bilan bog‘liq tarzda kuzatilayotgan bo‘lsa-da, u endi avvalgi inson emas.
Fan insonning istaklarini bajaradi - degan iboraga yana bir jiddiy qo‘shimcha qilish mumkin. Fanning biron-bir yutug‘ini hayotga tadbiq etish orqali ko‘zda tutilgan natija bilan birga bazi noqulay oqibatlar ham yuzaga keladi. Buni sanoatda, qishloq xo‘jaligida, energetikada ko‘rish mumkin.
Masalan: inson tabiat bilan kurashmoqda, uni o‘ziga bo‘ysindirmoqda, g‘alaba qilmoqda deb juda ko‘p yozilar edi. Bunday g‘alabaning natijasi ayon: tabiat muvozanati buzilmoqda, o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib, noyob bo‘lib bormoqda va «O‘izil kitob»ga kiritilmoqda, daryolar, dengizlar, okeanlar, atmosfyera, litosfyera ifloslanmoqda.
Ma’lumki, insonning tabiat ustidan g‘alabasi, futbol o‘yinidagi singari raqiblarning biri ikkinchisining ustidan g‘alaba qozonishidek emas ekan. Inson tabiatdan tashqarida yashay olmaydi. U tabiat mahsuli, uning qo‘ynida hayot kechiradi. SHu boisdan ham tabiatda nimaki o‘zgaradigin bo‘lsa, barchasi oxir oqibatda insonda namoyon bo‘ladi.
Fan kishilar dunyoqarashida katta ahamiyat kasb etadi. Buni tushunish uchun dunyoni bilishning geotsentrik nazariyasidan voz kechib, «Kopernik inqilobi» nomini olgan geliotsentrik nazariyaga o‘tilishi, ongdagi tub burilish bo‘lganligini anglashning o‘zi kifoya.
So‘nggi yuz yilliklarda, fanning jamiyat hayotidagi ahamiyati sezilarli darajada o‘sdi. Shunga monand tarzda fanning dunyoqarashdagi ahamiyatining ham o‘sganligini ta’kidlash mumkin. Fan va FTI bugungi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Fan bugungi ekologiyaning isbotlashiga ko‘ra, ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yangi ilmiy-metodologik vositalar ham masalan tizimli yondashuv ham dunyoqarash ahamiyatiga ega. Istiqbolda fanning dunyoqarashdagi ahamiyati yanada ortib boradi, deyishga asos bor.
Ammo, shu o‘rinda aks ta’sir mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Ya’ni, nafaqat fan kishilar dunyoqarashning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, balki dunyoqarashdagi siljishlar ham ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda ko‘pchilikni o‘zga sayyoraliklar masalasi o‘ylantiradi. Avvallari ham, yoki hozirda bizga o‘zga sayyoralardan ongli mavjudotlar kelganmi? Kelib turishadimi? - kabi savollar barchaga ma’lum. Tabiiyki, fan bu savollarga aniq javob berishi kerak. SHuning uchun ham bugungi kunda ufologiya va palevizitologiya kabi, insonning o‘zga sivilizatsiya vakillari bilan o‘tmishda aloqa qilish imkoniyatlarini o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishlarning vujudga kelishi bejiz emas. Hech qanday o‘zga sayyoraliklar bo‘lamasa ham, fan bu muammoga bo‘lgan qiziqishni ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan bo‘lsada o‘rganishi lozim.
Odamlarning katta qismini e’tiborini tortayotgan narsa (muammo) ilmiy qiziqishga olib keladi.
Dunyoning gelio va geotsentrik tuzilishi haqida munozara ketayotgan vaqtda ham Kopernik raqiblari inson - ijod gultojisi, shuning uchun ham u yashayotgan sayyora, Koinotning sayyoralaridan biri bo‘lishi, shu jumladan O‘uyosh atrofida aylanishi mumkin emas, balki Koinotning markazi bo‘lishi lozim, degan argumentni qo‘yganlar. Ma’lumki, bu argument oxir-oqibatda ilmiy ma’lumotlarga qarshi tura olmadi. Shu kabi, o‘zga sayyoralarda hayot borligi hamda ular bilan aloqa muammosining bo‘lishi ham, ikor etilishi mumkin. Ilmiy ma’lumotlar bunda ham, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish