Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Koinotning paydo bo‘lishi haqida ilmiy farazlar



Download 1,3 Mb.
bet30/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

7.3.Koinotning paydo bo‘lishi haqida ilmiy farazlar
Inson asrlar mobaynida Koinot va Yer qanday paydo bo‘lganligiga qiziqib kelgan. Koinot - ob’ektiv borliq, zamon va makon bilan cheklanmagan. Koinot cheksiz ko‘p kosmik jismlardan tashkil topgan bo‘lib, ular Yerga qaraganda bir necha million marta kattadir. Ob’ektiv borliq, olamda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlar o‘zaro bog‘liq. Ular ob’ektiv reallik, fazo va vaqtda rivojlanadi. Koinotdagi aloqalarga bo‘ysinadigan qonuniyatlarni, fazo va vaqtni o‘rganish tabiiyotshunoslikning asosiy vazifasidir.
Inson o‘zi yashab turgan joy va uni atrofini, ko‘zga tashlanib turgan osmondagi jismlarni Koinot (Kosmos) deb tushungan. Koinotni to‘g‘ridanto‘g‘ri tajriba (kuzatish) yo‘li bilan tekshirib bo‘lmaganligi tufayli, u turli vositalar yordamida olingan ma’lumotlarni ekstropolyasiya qilish yo‘li bilan bilvosita o‘rganiladi. Natijada, Koinotni tuzilishi va rivojlanishi, shuningdek vaqt o‘tishi bilan uning o‘zgarishini tasvirlab beruvchi model (sxema) yaratiladi.
Jamiyat tarraqiyotining har bir bosqichida insoniyat Koinotning biror chegaralarini o‘rgangan. Ilmiy tekshirish usullari, astronomik asboblar borgan sari takomillashgan, natijada tadqiqotlar yanada chuqurroq, bilimimiz haqiqatga yanada yaqinroq bo‘lib borgan.
XVIII - XIX asrlardagi kosmogonik gipotezalar asosan, quyosh sistemasining paydo bo‘lishiga oid. Faqatgina XX asr boshlarida astrofizika va fizikaning taraqqiyoti tufayli yulduzlarning paydo bo‘lishi va evalyusiyasiga oid kosmogonik nazariyalar paydo bo‘la boshladi.
Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi haqidagi dastlabki nazariyalarga ko‘ra sayyoralar, gaz-chang bulutining aylanishi natijasida halqa shaklida moddalar ajralib chiqib, keyinchalik ularning kondensatsiyalanishidan xosil bo‘lgan (Laplas, 1796).
Bulut moddasining fazoda taqsimlanishiga quyoshning tortishish maydoni katta ta’sir ko‘rsatgan. Meteoritlarda va Yer moddasida topilgan radioaktiv elementlarning yarim emirilish davriga qarab O‘uyosh sistemasining yoshi 4-5 mlrd. yil ekanligi aniqlangan.
Akademik O.Yu.Shmidt fikricha, sayyoralar sovuq xolatdagi gaz va chang bulutidan hosil bo‘lgan. Bulutning gaz qismi Quyoshning yaqin atrofidan termik parchalanish sababli fazoga tarqalib ketadi, shuning uchun xam Yerga o‘xshash sayyoralar kimyoviy tuzilishi jihatidan ulkan sayyoralardan farq qiladi.
Ingliz olimi Jonsning, O‘uyosh sistemasining paydo bo‘lishi xaqidagi gipotezasiga ko‘ra, O‘uyosh atrofida sayyoralar sistemasi bo‘lmagan. Quyoshga juda yaqin masofadan katta og‘irlikka ega bo‘lgan «yulduz» lar o‘tgan. Tortishish kuchi ta’sirida ulardan modda ajralib chiqqan, moddaning quyuqlashishi, birlashishidan sayyoralar paydo bo‘lgan. Yulduzlarning biri ikkinchisiga nisbatan yaqin o‘tishi extimoli juda kam bo‘lganligi sababli bu xato xulosadir. Hozirgi tadqiqotlarga ko‘ra, yulduzlararo diffuz muhitdagi modda quyuqlashishi natijasida yulduz paydo bo‘lgan.
Galaktikada yulduz va yulduzlararo moddaning nisbati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Galaktikaning shakli umumiy galaktik magnit maydonining yo‘nalishi bilan belgilanadi. Agar galaktika sekin aylanayotgan bo‘lsa, yulduzlararo gaz og‘irlik kuchi ta’sirida markazga yig‘iladi. SHunday qilib, galaktikalar evolyusiyasini sfyera shaklidagi gaz-bulut ko‘rinishidan boshlab tekshirish mumkin. Bulut tez aylansa, spiral galaktika xosil bo‘ladi. Akademik V. A. Ambarsumyan yulduzlarning guruh-guruh bo‘lib paydo bo‘lishini aniqladi, uning yulduzlar assotsiatsiyasi kashfiyoti muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda kosmogonik muammolarni hal etishda fizika, kimyo, geologiya, biologiya va boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanilmoqda.
«Vaqtning boshi» va «Koinotning paydo bo‘lishi» xususida gap ketganda, bu iborada shartlilik va ifodalilik mavjud ekanligini unutmaslik lozim. Zamonaviy olamning holatidagi zamon va makon aloqalari materiyaning xususiyatlarini to‘laqonli tasvirlay olmaydi.
Teologlar hamda diniy qarashlarga yondoshgan ko‘pgina olimlar «Kengayayotgan koinot» nazariyasidan kreatsionizm va «olam»ni ilohiy paydo bo‘lishini tushuntirishda foydalanmoqdalar. Lekin, Sh.Lemetr («Kengayayotgan koinot» nazariyasi asoschilaridan biri) bu qarashlarga qarshi chiqqan. Uning fikricha: - koinotni va metagallaktikani tashkil etuvchi «materiya» ga, «materiya» ning boshqa holatlari zamin bo‘lgan. SHu sababli ko‘p olimlar «Metagalaktika bu hali yaxlit koinot emas» - degan fikrni bayon etganlar. Qolavyersa «Metagallaktika» ni mutlaq kosmologik boshlanish deb bo‘lmaydi.
Tabiatda hech narsa yo‘qdan bor va bordan yo‘q bo‘lmasligi ma’lum. «Materiya» butunlay yo‘q bo‘la olmaganidek, mutlaq bo‘shliq ham mavjud bo‘la olmaydi. Agar modda yo‘q bo‘lsa, unda maydon mavjud bo‘ladi. Maydon yo‘q bo‘lsa, bu holda fizik bo‘shliq (vakuum) paydo bo‘ladi. «Fizik bo‘shliq» deganimizda zamonaviy fizika materiyaning o‘ziga xos muhim holatini nazarda tutadi. Qolavyersa, «materiyaning saqlanish qonuni» materiyaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lishi mumkin emasligini tushuntiradi. XX asr boshlarida massaning, energiyaning, elektr zaryadi va impulsning saqlanish qonuniyatlari fanda ma’lum bo‘lgan. Hozirgi kunda esa, bular qatoriga «barion» va «lepton» zaryadlarining saqlanish qonunlari qo‘shildi.
Zamonaviy fanlar «Qora tuynuk» tushunchasi to‘g‘risida ham o‘z qarashlarini o‘zgartirib, ba’zan aniqlik kiritayapti. «Qora tuynuk»lar to‘laqonli yopiq olam emas, balki ular kuchli elektromagnit maydoniga ega bo‘lib, tashqi olam bilan doimiy aloqadadir. Agar astronomik va makroskopik «Qora tuynuk»lar mavjudligi kuzatuv asboblari yordamida aniqlangan bo‘lsa, mikroskopik «Qora tuynuk»lar hozircha nazariyaligicha qolmoqda.
«Qora tuynuk»larni uzoq vaqtgacha mutloq yutuvchi ob’ekt sifatida ko‘rishar edi. Hatto ularning gravitatsiya kuchi yorug‘likni ham ushlab qoladi deb qaralar edi. XX asr oxirlariga kelib «Kvant effekt»lari nazarda tutilgan holda «Qora tuynuk»lar o‘z nomlanishidan qat’iy nazar o‘zini o‘rab turgan bo‘shliqqa, modda va anti moddalar oqimi chiqarishi aniqlandi. Lekin, bu oqimlarni ishlab chiqaradigan virtual zarrachalar o‘zlari «Qora tuynuk»larda nobut bo‘ladilar. Ular atrofida vakuum «qaynashi» (maydonning maxsus holati) sodir bo‘ladi, bu jarayonni esa «Qora tuynuk»ning sekinastalik bilan parchalanishi deb ta’riflash mumkin. Mutloq boshlanish bo‘lmaganidek, rivojlanishning mutloq ohiri ham mavjud emas. Jami o‘rin almashuv jarayonlari nisbiy bo‘lib o‘zaro bog‘langan. Qolavyersa, «Qora tuynuk»lar va neytron yulduzlar xususida yangi nazariyalar paydo bo‘lmoqda.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish