Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi



Download 1,3 Mb.
bet38/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Qiyofasi o‘zgargan Yer
Inson, aniqrog‘i jamiyat tabiatni o‘zgartirgan sari kun sayin o‘ziga yangi muammolar yarata boshladi. Bu muammolardan biri oziq-ovqat muammosidir. Ilk davrlarda odamlar oddiy yig‘ib terish va ovchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, bu faoliyat kamlik qila boshladi. Dehqonchilik va hunarmandchilikning paydo bo‘lishi esa vaqtincha muammolar echimida ko‘mak bo‘ldi. Dehqonchilik rivojlanishi bilan yangi hududlar o‘zlashtirilib, Yer po‘stiga zarar etkazilgan bo‘lsa, temirchilik va shunga o‘xshash faoliyat natijasida bunday zarar hajmi kengaya bordi. Qolavyersa, odamlar sonining oshishi ham yana boshqa yangidan-yangi muammmolarni keltirib chiqara boshladi. Tabiiyki, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish va tabiatni o‘zgartirish ko‘lami kengaya bordi.
Odam paydo bo‘lgan dastlabki davrlarda aholi o‘sish sur’ati juda past bo‘lgan yoki o‘sish sur’ati tabiiy bo‘lgan desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Davrlar o‘tishi bilan aholi sonining o‘sishi tezlasha boshladi. Agar bundan 9 ming yil ilgari Yer yuzida 10 mln. aholi yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1000 - yilga kelib 275 mln. kishiga etdi. Keyinchalik o‘sish yanada jadallashdi. 1650-yilda 500 mln. aholi 1850 yilga kelib, 1,3 mlrd. ga etgan. Bir asrdan so‘ng odamlar soni ikki barobar, ya’ni 2,5 mlrd. ni tashkil etgan. 1978-yili 4,3 mlrd. kishi yashagan va BMT ning shu yildagi bergan tahminiy ma’lumotlari hozirgi kunda o‘z tasdig‘ini topdi, ya’ni Yer aholisi soni 6 mlrd. dan ortib ketdi.
Ma’lumki, Yer yuzida aholi o‘ta notekis joylashgan. SHimoliy yarim sharda umumiy aholi sonining 85 foiz yashaydi. Bu albatta markazlashgan aholi yashaydigan puntklari vujudga kelishiga olib kelgan. Bunday markazlar shaharlar hisoblanadi. Urbanizatsiya haqida so‘z ketganda, albatta shaharlar o‘sishi keskin tezlasha borishi ham nazarda tutiladi. YAna raqamlarga murojaat qilsak quyidagi manzara kelib chiqadi - 1770-yilda Yer yuzida aholisi 100 ming kishini tashkil etgan 41 ta shahar bo‘lgan. 1800-yili bunday shaharlar soni 65 taga, 1900-yili 299 taga, 1951 yilga kelib esa 879 taga etgan. 1965 yilga kelib faqatgina AQSH da bunday shaharlar soni 132 ta bo‘lgan. Hozirgi kunda xisob-kitoblar millioner shaharlar bo‘yicha ketyapti. Aholisi 10 mln atrofida bo‘lgan Tokio, Nyu-York, London, Moskva kabi shaharlar soni ortib bormoqda. Qolvyersa, Hindistondagi Kalkutta shahri aholisi 40 mln. ga etishi kutilmoqda. Zamonaviy shaharlar tabiiy muhit uchun aytarli joy qoldirmayapti. Baland imoratlar, tosh, shisha, temir, sanoqsiz avtomashinalar - bu yirik shahardagi texnogen landshaftning oddiy ko‘rinishidir.
Agar hozirgi kunda yirik shaharda istiqomat qiluvchi odam imkoniyat tug‘ildi deguncha tabiat qo‘yniga intilsa, shaharlarning bunday keskin o‘sishi oqibatida bu intilish ham yaqin kelajakda yo‘qqa chiqishi mumkin. Qolavyersa, shaharlar kengayishining zamonaviy usullari oqibatida tabiat yoki tabiiy muhit siqib chiqarilyapti.
Urbanizatsiyaning globallashuvi, sanoatning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Buning natijasida sanoat markazlari xisoblangan shaharlarning boshqarib bo‘lmaydigan darajada to‘xtovsiz o‘sishi davom etmoqda. Demak, shaharlarning stixiyali o‘sishini tartibga solish va qaysidir ma’noda Yer yuzini “temir beton qoplami” bosqinchiligidan asrash vazifasi vujudga kelyapti. Masalaning echimlaridan biri shuki, shaharlar o‘sishi jarayonida iloji boricha tabiiy muhitni saqlab qolishga harakat qilish kerak. Shahar landshaftlari tabiiy landshaft bilan uyg‘unlikda bo‘lsa, albatta ko‘p jihatlardan ma’qul bo‘lar edi. Qolavyersa, shaharlarda sun’iy ravishda tabiat zonalarini yaratish mumkin. Buning natijasida balki, shahar manzarasini toza suv xavzalariyu, xiyobon va yovvoyi hayvonot vakillari to‘ldirib turar. SHu xususda Avstraliyaning yirik shaharlaridan biri Sidney to‘g‘risida fikr yuritsak. Albatta, Sidneyda ham dunyodagi boshqa yirik shaharlar kabi, ko‘p qavatli inshoatlar, katta kichik korxonalar mavjud. Lekin, bu shaharda tabiiy muhit saqlanib qolgan. YA’ni, aholi yashaydigan kvartallarni kichik qo‘riqxonalar, aniqrog‘i shahar ichidagi yovvoyi tabiat orolchalari ajratib turadi. Dunyoga mashhur koala ayiqlari bu hududlarda bemalol yashaydilar. Albatta, aholining munosabati ham o‘zgacha. Afsuski, bunday shaharlar soni kam. Mavjudlarida ham insonlarning o‘ylamay qo‘ygan qadamlari oqibatida saqlanib qolgan shahar ichidagi tabiiy muhit «orolchalari» yo‘q qilinib, ular o‘rniga osmon o‘par imoratlar, savdo markazlari va boshqalar qurilayapti. Eng achinarlisi, bunday qarorlar hech bir vijdon azobisiz, faqat moddiy nuqtai nazardan qabul qilinayapti.
Ko‘pgina xorijiy arxitektorlar orasida «vyertikal shahar» tarafdorlari ham mavjud. Ularga qarshi bo‘lgan mutaxassislarning fikricha: - birinchidan, yuqori va quyi qavatlarda yashaydigan odamlar orasida biologik farq paydo bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan - bunday shaharlarni seysmik faol hududlarda barpo qilib bo‘lmaydi, nihoyat, uchinchidan - “vyertikal” shaharlar oziq-ovqat va transport muammolarini chuqurlashtirib yuboradi.
Transport vositalaridan foydalanish ko‘lami oshgan sari, talab qilinadigan temir va avtomobil yo‘llari xajmi ham ortib borishi tabiiy.
So‘nggi yillarda FTI hatto, La-mansh bo‘g‘ozi tubidan ham yo‘l o‘tkazish imkoniyatini berdi. Yo‘llar qurilishi faqatgina, tabiiy landshaftga zarar etkazib qolmay, balki hayvonlar migratsiyasiga o‘simliklarning tarqalishiga, hattoki, qishloq xo‘jaligiga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. YAngi yo‘llar zarurligi hammaga ayon, ammo, bu yo‘llar aniq, puxta, har tomonlama o‘ylangan reja asosida qurilish kerak. SHuningdek, sanoatning transport tarmog‘iga neft va gaz quvrlari ham kiradi. Ular Yer yuzidagi jarayonlarga ta’sir o‘tkazibgina qolmay, dengiz va okean tubida ham tabiiy muhitning o‘zgarishga sabab bo‘lmoqda.
Yer evolyusiyasi davomida Yer qiyofasi bir necha bor o‘zgargan. Bu global o‘zgarishlar yangi davrlarni boshlagan. SHu o‘rinda, «tabiat o‘zini-o‘zi tiklash» xususiyatiga ega ekanligini eslash lozim. Insonlar faoliyatining salbiy oqibatlarini tiklashga tabiatga vaqt etmasligi mumkin. Kelajakda, albatta yangi loyihalar paydo bo‘lishi tabiiy. Faqatgina ularda tabiat va tabiiy muhit saqlanib qolinishi birinchi o‘rinda turishi zarur.
Ma’lumki, suv, shamol, tirik organizmlar faoliyati va haroratning o‘zgarishi Yer yuzasini o‘zgartiruvchi tashqi kuchlardir. Bu kuchlar ta’siridagi jinslarning emirilishi nurash deyiladi. Nurash oqibatida jismlar parchalanadi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chadi va Yer yuzining relefi o‘zgaradi.
Botiqlar, tekisliklar va tog‘lar quruqlik yuzasi relefining eng muhim shakllaridir. Relefning o‘zgarishi insonlar hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin, bu yerda ko‘proq antropogen omillar, ya’ni inson faoliyati ta’siri to‘g‘risida so‘z ketishi kerak. YUqorida ta’kidlanganidek, tabiat o‘zo‘zini tiklash xususiyatiga ega. Relefning tabiiy omillar natijasidagi o‘zgarishi o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysinadi. Lekin, sun’iy ravishda tabiat ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatish oqibatida qaytarib bo‘lmas talofatlar ko‘rilmoqda.
Yer yuzasi quruqliklaridan tashqari okean tubida ham o‘zgarishlar mavjud. Telekommunikatsiya sohasining rivojlanishi natijasida aloqa o‘rnatishning yangi texnologik usuli vujudga kelgan. Bu shisha tolali kabellardir. Bunday kabellar yordamida sun’iy yo‘ldoshlar tomonidan bajariladigan ba’zi aloqa usullari yangilandi. Bu ko‘rinishdagi kabellar o‘zining arzonligi va sifat jihatdan yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi. Hattoki, shisha tolali kabellar qit’alarni bir-biri bilan bog‘lab turibdi. Muammo esa shundan iboratki, bu texnik yangilikni suv tubidan o‘tkaziladi va albatta bunday faoliyat natijasida ba’zi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ular qatoriga okean tubi landshaftining birliklari o‘zgarib, suv osti ekosistemasining buzilishi va kabellardan chiqayotgan nurlanish ta’sirida organizmlarning genetik xususiyatlari o‘zgarishini kiritish mumkin. Demak, qaysidir ma’noda baliq ovlash va iste’mol qilish xavfi vujudga kelmoqda.
Ilmiy adabiyotlarda insonni geterotrof mavjudot sifatida ta’riflanadi. Bu ibora ishlatilganda insonlar o‘z hayotlarini o‘simlik va hayvonlarni nobud qilish bilan saqlashi tushuniladi. Demak, insoniyatning kelajagi qishloq xo‘jaligi, ovchilik va baliqchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq, ya’ni biosferaning oziq-ovqat resurslariga tayanadi. Shu o‘rinda sayyoramizning ba’zi hududlarida insonlar oziq-ovqat kamchiligidan aziyat chekayotganligini eslash lozim. Albatta, bu muammoni faqat antropogen omilga bog‘lash noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, Yer yuzida tabiiy muhit o‘zgarishi ham bunga sabab bo‘lmoqda. Yer ko‘chkilari, surilmalar, suv toshqinlari, hayvon populyasiyalari sonining o‘zgarishi, dehqonchilik mahsulotlarini hashoratlar tomonidan nobud qilinishi bunga misol bo‘la oladi. Nima bo‘lganda ham, qishloq xo‘jaligining ta’sirida tabiatdagi o‘zgarishlarni ko‘rsatishimiz zarur.
Haydaladigan yerlar maydonining kengaytirilishi oqibatida tabiiy yaylovlar va o‘rmonlar ko‘lami kamayib bormoqda. Qolavyersa, hosildorlikni oshirish zamonaviy texnologiyalari Yer po‘stini ba’zi hududlarda tiklanmaydigan darajaga keltirib qo‘ygan. Oqibatda, hosildorlik, mahsulotlarning sifati o‘zgarib, inson salomatligiga ta’sir o‘tkazmoqda.
Insoniyatning hozirgi kundagi yana bir katta muammolaridan biri bu chiqindilardir. Sanoat rivojlanishi, aholi sonining ko‘payishi texnik va maishiy chiqindilar hajmini orttirmoqda. Ma’lum miqdorining qayta ishlanishi bilan bir qatorda chiqindilar ochiq maydonlarda ham to‘planib qolgan. Bu ko‘rsatkich ham landshaftning o‘zgarishiga, tabiiy muhit buzilishiga olib kelgan.
BizningYerimiz makro dunyo darajasiga tegishli, ammo Quyoshning bir sayyorasi sifatida u bir vaqtda mega dunyo darajasida ham bo‘ladi. Materiyani makro va mikro darajada bog‘lovchi zarrachalar molekulalar deb ataladi. Oxirgi atomlardan o‘xshash tuzilgan, ammo bu erda egallagan elektron va orbital va bir necha marta katta molekulyar orbital hajmi fazoda yo‘naltirilgan.
Natijada har bir molekula ma’lum shaklga ega. Murakkab molekulalar uchun ayniqsa hal qiluvchi qiymatga ega bo‘lgan anorganik shakllarga xos. Moddalarning xususiyati molekular tarkibi, ionlar bilan aloqasi turi, ularning fazodagi tuzilishini aniqlaydi. O‘rta deb ataladigan “o‘rta hajm”dagi ob’ektlar dunyosi bizning sayyoramiz Ergacha molekulalardan tarqaladi. Kosmik jism sifatida Er quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi: hajmi 1012 kub.km.,og‘irligi 6×1012 t, moddaning o‘rtacha zichligi 5,5 g/sm3. Ekvator aylanasi 6378 km., qutbniki esa 21 km. kam Er yuzasining umumiy maydoni 510 mln.km, ulardan 361 mln km dunyo okean suvlari va 149 mln km quruqlikka to‘g‘ri keladi.
Quyoshdan 150 mln km uzoqlikda va uning atrofida 30 km/s tezlik bilan aylanadi. Yer 4,6 mlrd yil avval paydo bo‘lgan.
Yer atrofidagi fazo magnit maytoni bilan o‘ralgan va magnit sferasi deb ataladi. Magnit sferasi radiatsion qutb bo‘lib, magnit maydoni zaryadlangan zarrachalar bilan qoplangan. Yer bular va qutblar bilan barcha tirik mavjudot uchun xavfli bo‘lgan kosmik nurlardan himoya qilinadi.
Yerni o‘ragan sayyoralararo muhit turli o‘lchamdagi qattiq jismlar, changlar, atomlar, molekulalar, elementar zarrachalar, sun’iy yo‘ldoshlar va inson fazoga olib chiqqan boshqa ob’ektlardan tashkil topgan.
Yer qa’rini bilish Koinotda ajratilgan sohalarni o‘rganishdan ko‘ra murakkab. Er osti boyliklari tabiati haqidagi ko‘proq muhim ma’lumotlar zilzila va portlashlarda paydo bo‘ladigan mexanik tebranishlar – seysmik to‘lqinlar tahlilini beradi. Yer osti boyliklari uch asosiy sohaga bo‘linadi: mikro, mantiya va qobiq.. Yer qa’ridagi harorat oshib borib Er markazida 10000 gradusga etadi.



Zichlik va bosim quyidagi shaklda bo‘ladi. Qit’alardagi Yer qobig‘i 65 km.gacha qalinlikda, suv ostidagilari esa 8 km.gacha bo‘ladi. Yer yuzasining maksimal balandligi Jamolungma va Himolay tog‘lari-8848 m, eng chuqur joyi tinch okeaniga quyiladigan Mariana chuqurligi - 11022 m. Yer osti qobig‘ida mantiyaga joylashgan bo‘lib, Yerning eng kuchli qattiq pardalaridan iborat. U 2900 km. gacha chuqurlikda tarqaladi va u Yer og‘irligining 60 foizdan ko‘prog‘i va hajmining 80 foizga yaqinini tashkil qiladi. Yer yadrosi kuchli o‘rganilmagan. U tashqi(suyuq) va ichki(qattiq) qismdan iborat deb hisoblanadi. Yerning boshqa sayyoralardan farqi biz o‘zimiz tushunadigan darajadagi mavjud hayotda yashashga imkon beradigan harorat va atmosferaning kislorodga boyligidir.
Ekotizim Venera orbitasidan Mars orbitasigacha tarqaladi. Yer ekotizimi bu quyosh nurlanishi oblasti bo‘lib, yashash uchun mos sharoit yaratadi. Yer yadrosining mustahkam temir boyligi bilan bog‘liq bo‘lgan magnit maydoni Yer xususiyatiga mos.






( Quyosh sistemasi va uning atrofidagi tasvirlangan sayyoralar: Quyosh, Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton va boshqa kichik jismlar.)

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish