Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi



Download 1,3 Mb.
bet46/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

9.2. Sog‘lom turmush tarzi


Sog‘lom turmush tarzi muammosini, ilmiy va amaliy jihatdan muhim muammo sifatida tushunish Qadimiy YUnonistonda Gippokrat hamda Platon asarlarida ham aniq izohlangan. Qadimgi Rim tibbiyotshunoslari hamda mutafakkirlari ham sog‘lom hayot tarzi ta’limotining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdilar. Turmush tarzining inson holatiga ta’siri haqida O‘rta asrning buyuk allomasi hisoblanmish Abu Ali ibn Sino ham batafsil izohlab bergan. Nemis vrachi Xr. Gufeland (XVIII-XIX asrlar) faoliyatida sog‘lom turmush tarzi muammosi tadqiq etilishi gigienik tavsiyanomalarni ishlab chiqishda alohida o‘rin tutgan. Rus tibbiyotshunoslari S.G.Zыbeli, D.S.Samoylovich (XVIII asr), I.E.Dyadkovsikiy, M.Ya.Mudrov, N.I.Pirogov va boshqalar (XIX asrning birinchi yarmi) inson salomatligini mustahkamlashda turmush tarziga katta ahamiyat berganlar. Turmush tarzining falsafiy va gigienik yo‘nalishlariga o‘rta asrlarda Turon zaminida yashab o‘tgan mutafakkirlar Umar Xayyom, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Abu-nasr Farobiy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, at-Termiziy va boshqalar ham alohida ahamiyat qaratganlar.
Sog‘lom turmush tarzi - ko‘pgina ichki va tashqi omillarning, ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlarning hosilasidir.
Sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillari:

  • Sog‘lom turmush tarzining ijodkori biologik va ijtimoiy jihatdan faol mavjudod hisoblangan insondir;

  • Zararli odatlardan voz kechish (ichkilik, chekish, narkotik va toksik moddalarga ruju qo‘yishdan voz kechish);

  • Ratsional ovqatlanish tamoyillariga amal qilish;

  • Ratsional harakatlanish faolligi;

  • Inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini tartibga soluvchi umuminsoniy ahloq me’yorlari va tamoyillariga amal qilish.

Insonning hayot faoliyatini deyarli barcha jabhalarini, shu jumladan, jinsiy faoliyatini ham tartibga solib turuvchi, sog‘lom turmush tarzini 16 dan ziyod dasturlari ishlab chiqilgan. Mazkur dasturlarning maqsadi - insonning hissiyotlarga, hotira va quvonchlarga boy bo‘lgan faol ijodiy faoliyatini, baxtli hayotini ta’minlovchi uzoq, to‘laqonli hayot sharoitlarini shakllantirish, ayni paytda, venerik (teri-tanosil) kasalliklar, OITS va boshqalar bilan zararlanishining salbiy oqibatlarini tushuntirishdan iborat. Konstitutsional (morfo-fiziologik, ruhiy-fiziologik) tavsiflarga, yoshlarga, jinslarga, sohalarga, yashash joylari va shu kabilarga mutanosib ravishda sog‘lom turmush tarzining tipologiyasi shakllanadi. Ya’ni har bir muayyan insonda sog‘lom turmush tarzining umumiy tamoyillari va dasturlari yuzaga keladi.
Sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilinishiga sub’ektiv va ob’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Sub’ektiv omillar sirasiga alohida inson, oila, kishilar guruhi tomonidan amalda sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga ongli ravishda rioya etilishi, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan mashhur bo‘lishini kiritish mumkin. Ob’ektiv omillar qatorida atrof muhitni (havo, suv, tuproq holatini), oziq-ovqat mahsulotlari, uy-joy, kiyim-kechakning sifatini, jismoniy sport majmualari hamda inshootlari (stadionlar, basseyinlar, sog‘lomlashtirish markazlari va h.k.) shuningdek, sport anjomlarining mavjudligini kiritish mumkin.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Norvegiya, AQSH, GFR, Fransiya va boshqalar) ning tajribasidan ma’lumki, davlat o‘z fuqorolari uchun real sog‘lom turmush tarzini yuzaga keltirish uchun maqsadli siyosatni olib boradi. Aholini iqtisodiy jihatdan rag‘batlantiradi, ma’naviy va ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlaydi, chunki, bu nafaqat inson uchun, balki davlat uchun ham foydalidir. SHu boisdan ham sog‘lom turmush tarzi hamda siyosatning aloqadorliligi haqida, davlat siyosatining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish