Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi



Download 1,3 Mb.
bet35/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Kosmologiya. Kosmogoniya. Astronomiya.

Kosmonavtika


Astronomiya - Kosmik jismlar va ularning sistemalari paydo bo‘lishini, taraqqiyoti va tuzilishini, ko‘rinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir-butun umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan.
Astronomiya - qadimgi fanlardan biri. Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish ma’lumotlarini to‘plash bilan band bo‘lgan. Qadimgi Astronomiya sohasida Pifagor, Aflotun , Yeratosfen, Gepparx, Ptolemey,
Arximed va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. VIII-IX asrlarda Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abbos Javhariy, Axmad Marvaziy va boshqa olimlar Astronomiya bilan jiddiy shug‘ullandilar. Abu Rayxon Beruniy Astronomiyaning hamma masalalarini o‘z ichiga olgan 40 ga yaqin astronomik risola yozgan. Beruniy fanning amaliy masalalarini hal qilish jarayonida bir qancha yangi astronomik asboblarni, jumladan o‘z astrolyabiyasini ixitro qilgan. Beruniyning izdoshi Umar Xayyom, koinotning cheksizligiga oid juda ko‘p yangi g‘oyalarni ilgari surgan. Umar Xayyom hozir qo‘llanilayotgan Grigoriyan taqvimidan ham aniq bo‘lgan quyosh taqvimini ishlab chiqqan. Ibn Sino ham Astronomiyaga oid asarlar yozgan. XII-XIV asrlarda turkistonlik olimlar - Mahmud Chag‘miniy, Muhammad Najib Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va boshqa olimlar Astronomiya sohalarida ijod etganlar. O‘z davrining deyarli barcha masalalari bayoni bilan berilgan Astronomiyaga oid keng astronomik jadvallar sharqda «zij» deb atalgan. Astronomiyaning XV asrdagi taraqqiyoti Samarqand yaqiniga o‘sha zamondagi eng mukammal asboblar bilan jixozlangan ulkan rasadxona qurgan Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq. Rasadxonaning asosiy va eng katta asbobi radiusi 40,2 m.li Faxriy sekstanti edi. Samarqand astronomlari Ulug‘bek rahbarligida yozgan «Ziji Ko‘ragoniy» yoki «Ulug‘bek ziji» deb ataluvchi asosiy asar, ayniqsa, undagi 1018 yulduz vaziyati keltirilgan jadval dunyoga mashhur. «Ulug‘bek ziji» asosan Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar zaminida tuzilgan. Ulug‘bekning ko‘zga ko‘ringan safdoshlaridan §iyosiddin Jamshid Koshiy Evropa olimlarining bir qancha kashfiyotlarini ulardan ancha ilgari ko‘ra bilgan. Samarqand rasadxonasida Ulug‘bekning ustozi, SHarqda «o‘z davrining Aflotuni» nomi bilan mashhur Salohiddin Muso ibn Muhammad qozizoda Rumiy, «o‘z davrining Ptolemeyi» nomini olgan Ali Qushchining hizmatlari katta. Samarqand olimlarining asarlari Evropada 1948 yildan chop qilinib kelmoqda.
Astronomiya XX asrda shiddat bilan taraqqiy etdi. CHukni, bu davrda kuzatish texnikasi nihoyatda murakkablashdi (yangi-yangi teleskoplar, reflektorlar, nurlarni qabul qiluvchi antenalar va boshqalar).
Astronomiya turli bo‘limlardan iborat: astronomiya, radioastronomiya, osmon mexanikasi, yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya va kosmologiya. Bularning har biri o‘z navbatida bir qancha sohalarni o‘z ichiga oladi.
Astrometriya - osmon jismlari vaziyatlarini, o‘ziga xos xususiy harakatlarini va boshqalarni aniqlaydi.
XX asrning 30-yillarida Astronomiyaning radioastronomiya deb ataluvchi yangi tarmog‘i paydo bo‘ldi. Dastlab yoritqichlardan keladigan radionurlarni o‘rganish yoki radiolakatsion tadqiq asosida kosmik jinslar haqida ma’lumot olindi. Radioastronomiya ayniqsa II-jaxon urushidan so‘ng ixtiro qilingan o‘ta sezgir radioasboblarni qo‘llanishi bilan jadal rivojlandi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish