Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Asteroidlar, kometalar va meteor moda



Download 1,3 Mb.
bet33/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

Asteroidlar, kometalar va meteor moda
Asteroidlar. Kichik sayyoralar yoki asteroidlar, Asosan Mars va Yupiter orbitasi oralig‘ida aylanadi va bevosita qaraganda ko‘rinmaydi. Birinchi kichik sayyora 1801 yilda kashf etilgan va uni an’anaga ko‘ra yunon-rim mifologiyasidagi nomlardan biri - Syerryera deb atashdi. Tezda boshqa kichik sayyoralar topildi va ularga Pallada, Vesta va Yunona nomlari berildi. Fotografiyaning qo‘llanilishi natijasida yorug‘ligi xira bo‘lgan asteroidlar kashf etila boshlandi. Hozirgi vaqtda 3000 dan ortiq asteroidlar ma’lum. Milliardlab yillar davomida asteroidlar vaqti-vaqti bilan bir-birlari bilan to‘qnashadilar. Bir qator asteroidlar sharsimon bo‘lmay, aniq shaklga ega emasligi ana shunday xulosaga olib keladi. Asteroidlarning umumiy massasi, Yer massasining atigi 0,1 qismiga to‘g‘ri keladi.
Eng yorug‘ asteroid - Vesta, 6 chi yulduz kattaligidagi yulduzlardan yorug‘ emas. Eng katta asteroid - Syerryera hisoblanadi. Uning diametri 800 km va u Mars orbitasidan narida bo‘lganidan quvvatli teleskoplar yordamida ham uning kichik yuzasida hech narsa ko‘rib bo‘lmaydi. Kashf etilgan asteroidlardan eng kichigining diametri 1 km ga yaqin. Asteroidlarda atmosfyera yo‘q. Osmonda kichik sayyoralar yulduzlarga o‘hshab ko‘rinadilar, shuning uchun ham ularga asteroidlar, ya’ni qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda,
«Yulduzsimonlar» degan nom berilgan.
Kometalar (Dumli yulduz). Kometalar fazoda Quyoshdan uzoqda joylashib, markazlarida yadrosi bo‘lgan juda xira tumanli oqish dog‘lar shaklida ko‘rinadi. Faqat Quyoshga nisbatan yaqinlashib o‘tadigan kometalargina juda yorug‘ va «dumli» bo‘lib ko‘rinadi. SHuningdek, kometaning Yerdan qanday ko‘rinishi ungacha bo‘lgan masofaga, uning Quyoshdan burchak uzoqligiga, ayni paytda Oyning yorug‘ligiga va shunga o‘xshash omillarga bog‘liq bo‘ladi. Katta kometalar - uzun oq dumli tumanliklar - qadimda turli baxtsizliklar, urushlar va shu kabi falokatlarning xabarchilari deb hisoblangan. CHor Rossiyasida, xatto 1910 yilda ham «kometa qiyofasidagi xudoning g‘azabini» qaytarish uchun ibodatxonalarda toat-ibodatlar qilinar edi.
I.Nyuton, birinchilar qatorida kometaning yulduzlarga nisbatan siljishini kuzatib, uning orbitasini hisobladi va kometalar ham planetalar singari, Quyosh sistemasida, Quyoshning tortishish kuchi ta’sirida xaraktlanayotganiga ishonch xosil qildi. Uning zamondoshi ingliz olimi E.Galley (1656-1742) ilgarilari ko‘ringan bir necha kometalarning orbitalarini hisoblab chiqib, 1531, 1607 va 1682 yillarda kuzatilgan kometalar Quyoshga davriy ravishda yaqinlashib turadigan bitta kometaning o‘zi ekanligiga ishonch hosil qildi va uning navbatdagi Quyoshga yaqinlashishini oldindan aytib berdi. 1758 yili (Galley o‘limidan 16 yil o‘tgach) haqiqatan ham, olim bashorat qilganidek, kometa ko‘rindi va u Galley kometasi deb nom oldi. Afeliyida - bu kometa Neptun orbitasidan ham chetga chiqib ketadi va 75-76 yildan keyin yana Yerga va Quyoshga yaqinlashadi. 1986 yilda uning navbatdagi Quyoshga juda yaqin masofadan o‘tishi kuzatildi. Kometani yaqindan kuzatish maqsadida, unga tomon birinchi marta, har-hil ilmiy apparatlar bilan jihozlangan sayyoralararo avtomatik stansiyalar uchirildi.
Meteor modda. Koinotda, osmon jismlarining (asteroidlar) bir biri bilan to‘qnashishi natijasida, nisbatan kichikroq jismlar paydo bo‘ladi. Ular fanda Meteor moddalar nomini olgan. Meteor modda yakka holda yoki to‘p bo‘lib, Quyosh va boshqa yirik osmon jismlarining tortishish kuchiga bo‘ysunib, doimiy harakatda bo‘ladi. Sayyoramiz yonidan uchib o‘tayotganda Yerning atmosfyera qobig‘iga kirib kelishi ham mumkin. Atmosfyerada, ishqalanish natijasida emirilib, yo‘q bo‘lib ketganlari Meteorlar deyiladi, yergacha etib kelgan qoldiqlari esa meteoritlar deb ataladi. Meteor moddaning bir vaqtning o‘zida atmosfyeraga ko‘plab kirib kelishi Meteor yomg‘iri hodisasini vujudga keltiradi. Ba’zida meteor modda juda katta tezlikda kirib kelishi mumkin. Bu holda ular Bolidlar ya’ni «uchar yulduz» deb ataladi. Bolidlar yer sathidan 40 hatto 20 kilometrgacha etib kelishi va reaktiv samoletlar uchishiga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bolidlar, ko‘pincha, sezilarli darajadagi ko‘rinma diametrga ega bo‘lib, ba’zida hatto kunduzi ham ko‘rinadi. Meteoritlarning uch xili ajratiladi: toshli, temirli va tosh temirli. Yergacha ko‘pincha ishqalanishga bardoshli temir meteoritlar etib kelgan va to‘qnashuv natijasida o‘ziga hos kraterlar paydo qilgan.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish