Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Galaktikaning tuzilishi va evolyusiyasi



Download 1,3 Mb.
bet31/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

7.4.Galaktikaning tuzilishi va evolyusiyasi
Insonga Yerning sharsimonligi ma’lum bo‘lganidan keyin u markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi katta osmon gumbazi Koinot deb xisoblaydi.
Koinotning klassik modeli, I.Nyutonning butun olam tortishish nazariyasiga asoslangan. Bunda Koinot fazoda chegarasiz, vaqt e’tibori bilan cheksiz va «o‘zgarmas xolat» da deb ta’riflanadi. Ammo, bu model o‘tgan asrning oxirida fotometrik, termodinamik va gravitatsion paradokslarga javob bera olmadi.
XVI asrda quyosh sistemasi xaqida tasavvur vujudga keldi, Koinotning diametri 10 mlrd. km. etdi va yulduzlarning sayyoralarga nisbatan ko‘p martta uzoqligi aniqlandi.
XIX asrda Galaktika xaqida tushuncha paydo bo‘ldi va XX asrning 30 - yillariga kelib uning o‘lchamlari, tuzilishi xaqida ma’lumotlar olindi. Galaktika 150 mlrd. yulduzlar sistemasidan iborat. Quyosh, quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar va kometalar birgalikda Galaktikani tashkil etadi.
Astronom olimlarning fikricha Koinotda galaktikaga o‘xshash bir necha o‘n milliard yulduzlardan tashkil topgan mustaqil galaktikalar mavjud. Galaktikalar o‘rta xisobda o‘n milliard yil ilgari paydo bo‘lgan. Ba’zi Galaktika to‘dalaridagi galaktikalarning tezlik dispersiyasi shunchalik kattaki, ular 1-2 mlrd. yilda alohida guruh bo‘lib, yangi galaktikalarga ajralib ketishi kerak. Bundan hozir ham yangi galaktikalar paydo bo‘lmoqda degan xulosa chiqadi.
Galaktikalarning birgalikda olingan sistemasi- Metagalaktika deyiladi. Metagalaktika hozirgi holatigacha kengayishi uchun 17 mlrd. yil kerak ekan. Teleskoplar quvvatining oshirilishi natijasida
Metagalaktikaning ma’lum bo‘lmagan chegara (qism) lari o‘rganildi.
Ilgari, Koinotdagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda to‘plangan, sayyorlar va mayda jismlar (kometa, meteor, gaz va boshqalar) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosining aktiv markaz ekanligi aniqlandi. Galaktika tashqarisidagi ob’ektlarni tadqiq qilish natijasida turli galaktikalar (radiogalaktikalar, kvazarlar va x.k.) kashf qilindi.
Ko‘pgina galaktikalar turli darajadagi murakkab guruhlardan - ikki yoki undan ortiq yulduzlar sistemasidan: o‘nlab, yuzlab, hatto minglab galaktikalarni o‘z ichiga olgan to‘dalardan; o‘ng minglarcha galaktikalardan tuzilgan tumanliklardan iborat bo‘ladi. Bizning Galaktika va unga yaqin joylashgan boshqa galaktikalar mahalliy galaktikalar guruhi deb ataladigan to‘dalarga kiradi.
1970 yilgacha Metagalaktikalarning quyidagi uch xususiyatlari aniqlandi:

  • Unda galaktikalar bir tekis taqsimlanmagan, ko‘pchiligi galaktikalar to‘dalarida va guruxlarida joylashgan. Bizning Galaktika uncha katta bo‘lmagan galaktikalar to‘dasiga kiradi;

  • Barcha galaktikalar ularning oralaridagi o‘zaro propotsional tezlik bilan bir-biridan uzoqlashadi. Bu hodisa Koinotning kengayishi deyiladi;

  • Koinotning biz o‘rganayotgan qismi millimetrli diapazonda nurlanuvchi va xarorati 3OK bo‘lgan mutloq qora jismning nurlanishiga mos keladigan radionurlanish bilan bir tekis bo‘lgan.

SHunday qilib, bizning galaktikadagi yulduzlar qalinligi 1500 yorug‘lik yilga ega bo‘lgan ulkan «disk»dan iborat ekan. Bizning galaktikaga yaqin «Andromeda tumanligi» massasi Galaktikamiz massasidan deyarli 1,5 marta katta. Andromeda tumanligi xaqida birinchi bor arab falakiyotshunosi AlSo‘fi (IX asr) yozib o‘tgan, chunki u oddiy ko‘zga ravshan kichik bulut tarzida ko‘rinadi.
1963 yilda Kvazarlar kashf etildi. Kvazar-radionur tarqatib turadigan, optik diapazonda yulduzsimon bo‘lib ko‘rinadigan, spektri gaz tumanliklariga o‘xshaydigan samoviy ob’ekt.
Shu o‘rinda katta masafalarni ulchash uchun qo‘llaniladigan birliklarni keltirib o‘tsak:

  • 1 astronomik birlik - 1a.b. = 149,5 mln. km. Yerdan Kuyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofa;

  • 1 yorug‘lik yili - yorug‘lik nuri 300 000 km/sek tezlik bilan bir yilda o‘tadigan masofa;

  • 1 parsek (qisqacha parallaks va sekundlardan olingan) 1pk = 3, 263 yorug‘lik yiliga = 206265 a.b.ga teng.

Chunonchi, masalan, Sentavra yulduzlar turkumidan bo‘lgan, bizga eng yaqin yulduz Proksima 1,1 pk masofada joylashgan, mashhur Sirius yulduzi esa 2,66 pk masofada joylashgan. Agar Sirius shu daqiqada yo‘q bo‘lib ketadi deb faraz kilsak, biz bu holatni 8 yilu 8 oy dan so‘ng ko‘ramiz.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish