III gruppa bosh gruppachasidagi elementlarning ba'zi xossalari
Element
|
Balent elektronlari
|
Atom radiusi 0A
|
Ion radiusi, Me3+
|
Ionlanish potensiali, eV
|
Suyuqlanish xarorati, 0C
|
Qaynash xarorati, 0C
|
Solishtirma og’irligi, g/sm3
|
Erpo’stlog’ida tarqalishi, %
|
B
|
2s22p1
|
1,39
|
0,2
|
|
2075
|
3860
|
2,34
|
0,005
|
AI
|
3s23p1
|
1,43
|
0,50
|
5,95
|
660,2
|
2456
|
2,702
|
7,5
|
Ga
|
4s24p1
|
1,53
|
0,62
|
5,97
|
29,78
|
2237
|
5,904
|
4.10-4
|
In
|
5s25p1
|
1,67
|
0,81
|
5,79
|
156,4
|
2109
|
7,310
|
1.10-5
|
Tl
|
6s26p1
|
1,71
|
0,95
|
6,12
|
304,5
|
1457
|
11,859
|
3.10-4
|
Jadvaldan ko'rinadiki, A13+ dan T13+ ga o'tgan sari ion radi-uslar kattalashadi. Shu sababli, chapdan o'ngga tomon gidroksid-larning asos xossalari kuchayib boradi. B(OH)3— kislota xossali, A1(OH)3, Ga(OH)3 — amfoter, In(OH)3da ozgina asos xossa bor. Lekin bu ham amfoter modda hisoblanadi. Tl(OH)3da amfoter xossa nihoyatda kuchsiz ifodalangan. Ion radiuslarning kattalashu-vi A13+ dan keyin juda kam farq qiladi. B, Al, Ga, In, Tl atomlarining sirtqi qavat tuzilishi bir-birinikiga o'xshaydi. Atom radiusi ortgan sari s- elektronlar bilan p- elektronlar orasida farq kuchaya boradi. Tl ning p1 - elektroni valent elektronga aylanib ketib, TIOH tarkibli kuchli asos hosil qiladi.
Aluminiy.
Tabiatda uchrashi. Aluminiy tabiatda juda xilma-xil birikmalar hosil qiladi. Uning eng asosiy birikmalariga aluminosilikatlar deyi-ladigan birikmalari kiradi. Ularni aluminiy, kremniy, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning oksidlaridan hosil bo'lgan tuzlar sifatida qarash mumkin. Tabiatda uchraydigan boksit, korund va krio-litlar ham aluminiyning asosiy birikmalaridandir.
Alumosilikatlar. Ular yer po'stlog'ining asosiy qismini tashkil qilib, tabiiy jinslarning asta-sekin yemirilishi yoki nurashi natija-sida hosil bo'ladi. Ular loy yoki gil va dala shpatlari — kaolin ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ularning tarkibi A12O3 • nH2O formula bilan ifodalanadi.
Alumosilikatlar va aluminiyning boshqa birikmalarining konlari dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan.
Boksitlar. Bu moddalar, asosan, aluminiy gidroksid bilan temir, marganes, kremniy oksidlaridan tashkil topgan tog' jinslari hisobla-nadi. Boksitlar turli tog' jinslarining yemirilishi va ko'l, dengizlar-ning havzalariga tushishi natijasida hosil bo'ladi. Boksitlarning tarkibi A12O3 • nH2O bilan ifodalanadi. Sof holdagi aluminiy metali shu turdagi aluminiy birikmalaridan ajratib olinadi.
Korund. Bu mineral, asosan, aluminiy oksididan tashkil topgan bo'lib, qattiq kristall moddadir. Shuning uchun undan abraziv (charx) toshlari tayyorlashda keng qo'llaniladi. Aluminiyning ftor va natriy florid bilan hosil qilgan birikmasi kriolit deyiladi va tarkibi Na3AlF6 yoki A1F3 • 3NaF formula bilan ifodalanadi. Bu birikma hozirgi vaqtda sun'iy usulda hosil qilinmoqda va korund hamda kriolitlar kabi turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |