Tabiiy fanlari fakulteti


Aluminiyning olinishi va xossalari



Download 391,75 Kb.
bet5/20
Sana24.09.2021
Hajmi391,75 Kb.
#183229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
III gurux asosiy gurux elementlari

Aluminiyning olinishi va xossalari. Aluminiy tashqi ko'rinishidan kumushga o'xshash yengil metali. Uni birinchi marta sanoat miqyosida olish usulini 1885-yilda fransuz olimi Sent-Kler Devil kashf qilgan. Aluminiy olishda, asosan, kriolitni elektroliz qilib, alu­miniy oksid olinadi. Sof holdagi aluminiy metali olishda asosiy xomashyo hisoblangan aluminiy oksidi tarkibida suv, temir oksidlari, shuningdek, kremniy IV oksidi bo'lgan boksitdan olinadi. U awal suyuqlantirilgan kriolit (Na3AlF6)da eritiladi. Sunday eritma elektroliz qilinganida katodda suyuq aluminiy, grafit, anodda esa kislorod ajralib chiqadi:

AI2O3 2AI3+ + 3O2-

Atomar holdagi kislorod grafit bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, uglerod (II) oksid hosil qiladi, u esa tezlik bilan uglerod (IV) oksidga aylanadi. Hosil bo'lgan aluminiy ioni katodda o'ziga uchta elektron biriktirib oladi:

Al3++3e- Al°

Anodda esa kislorod ioni tegishli elektron yo'qotish natijasida awal kislorod atomiga, so'ng kislorod molekulasiga aylanadi. Uning uglerod atomi bilan birikishi natijasida uglerod (IV) oksid hosil bo'ladi:

C + O CO



2CO + O2 2CO2

Uzluksiz hosil bo'lib turayotgan aluminiy har 2—3 sutkada katta cho'michga yig'ilib, undan qoliplarga quyiladi.

Aluminiy oddiy sharoitda havo kislorodi bilan oson birikadi. Natijada sirti yupqa oksid parda bilan qoplanadi va hosil bo'lgan parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid pardaning qalin-ligi taxminan 0,00001 m ga yaqin, lekin bunchalik yupqa bo'lishiga qaramay, aluminiy plastikasi cho'zilganida, bukilganida yoki bural-ganida uning sirti ochilib qolmaydi. Natijada aluminiy namlik va havo ta'siridan yemirilmaydi.

Agar aluminiy qaynoq ishqor eritmasida yoki jilvir qog'oz bilan tozalansa, oksid pardaning yo'qolishi natijasida suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishishi mumkin. Bu ko'rinishdagi aluminiy xlorid va sulfat kislotalarda ham eriydi, lekin sulfat kislotada sekin eriydi. Reaksiyalar quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:



2AI + 6H2O 2AI(OH)3 + 3H2

2AI + 6HCI 2AICI3 + 3H2

2AI + 3H2SO4 2AI2(SO4)3 + 3H2

Aluminiy odatdagi temperaturada konsentrlangan va juda su-yultirilgan nitrat kislotada erimaydi, faqat o'rtacha konsentratsiyaga ega bo'lgan nitrat kislotadagina eriydi. Aluminiy ishqorlarda ham eriydi:

2A1 + 2NaOH + 2H2O 2NaAlO2 + 3H2

2A1 + 2OH- + 2H2O 2A1O2 + 2H2

Aluminiy qizdirilganida galogenlar bilan, yuqori temperatu­rada esa oltingugurt, azot va uglerod kabi metallmaslar bilan kimyo­viy reaksiyaga kirishadi:



2AI + 3CI2 2AICI3 2AI + N2 2AI N

2AI + 3S AI2S3 4AI + 3C AI4C3

Download 391,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish