Javoblar.
1.Hajim birligidagi massaga to'g'ri keladigan kattalik zichlik deb ataldi.
2.Polimerning fizik ko'rsatkichlariga:Qaynash xarorati,suyuqlanish xarorati,oquvchanligi,qayishqoqligi,rangi,hidi kiradi.
Kimyoviy ko'rsatkichlariga:Destruksiyaga uchrashi,eritmalarda erishi,boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishishi kiradi.
3.O’lchashlar haqida umumiy tushunchalar.
Ma’lumki, har bir sohada, masalan, elektr energetika, issiqlik energetikasi, neft va gaz sanoati va h.k., o‘lchash ishlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya‘ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizikaviy eksperimentdir; uchinchidan – o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchash biriligi ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. Ya‘ni, o‘lchash jarayonida izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishning, tekshirishning vazifasi, maqsadi hisoblanadi va o‘lchash ob’yekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
4.Gidrostatik tortish - suyuqliklar va qattiq jismlar zichligini oʻlchash usuli. Arximed qonuniga asoslangan. Qattiq jismni ikki marta —dastlab havoda, soʻngra zichligi maʼlum boʻlgan suyuqlik ichida (odatda, distillangan suvda) oʻlchash (tortish) orqali shu jismning zichligi aniqlanadi. Birinchi oʻlchashda jism massasi aniqlanadi, har ikkala tortish natijalariga koʻra esa uning hajmi topiladi. Suyuqlikning zichligini aniqlash uchun uning ichiga massasi va hajmi aniq boʻlgan biror jismni (odatda, shisha qalqovuchni) tushirib, maxsus tarozida tortib koʻriladi. Qanday aniqdikda oʻlchash zarurligiga qarab, G. t. texnik, analitik yoki namuna (etalon) tarozida amalga oshiriladi. Ommaviy oʻlchashlarda aniqligi kichikroq, lekin ishlatish uchun qulay gidrostatik tarozidan (konstruksiyasini nemis kimyogari K. F. Mop 1849 y.da taklif qilgan) foydalaniladi.
5.Piknometr (yun. pyknos — zich va ... metr) — gazeimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning zichligini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob; har xil shakl va hajmdagi shisha idish (kolba). P.ning suyuklik uchun moʻljallangan (kolbasimon), gazlar uchun moʻljallangan (Usimon, kapillyarli), qattiq jismlar uchun moʻljallangan (boʻgʻzi olinadigan) xillari bor. Suyuq holatdagi moddaning zichligini oʻlchash uchun P. boʻgʻzidagi belgigacha toʻldirilgan moddani tortib koʻriladi. Qattiq moddaning zichligini oʻlchash uchun u suyuklik toʻldirilgan P.ga botiriladi. Gazlarning zichligini oʻlchash uchun max-sus shaklli (mas, shar) P. qoʻlla-niladi. P.da zichlikni oʻlchashning afzalliklari: zichlik juda aniq (105 g/sm3 gacha) oʻlchanishi; kichik (0,5—100 sm3) hajmdagi moddalarning ham zichligini oʻlchash mumkinligi; moddalar (ayniqsa, gazeimon moddalar)ning bugʻlanib va nam yutib ulgurmasliga va boshqa [1]
6.Zichligni aniqlashda simob suyuqligidan foydalaniladi.
10.Bu formula zichligini aniqlashda qo'llaniladi.
V--hajm
m---massa.
Do'stlaringiz bilan baham: |