XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA IMPERIYASI, MARKAZIY VA JANUBI-SHARQIY YEVROPA DAVLATLARI
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida M9-§. Rossiya imperiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli
Rossiyaning Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya bo‘lib, siyosiy tuzumi butun hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan edi. (Tarix kitoblarida Rossiya hokimiyatiga nisbatan „chorizm“, „samoder- javiye“ iboralari ham ishlatiladi.)
Imperator hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshiklar hamda Pravoslav cherkovi edi. Imperator xonadonining o‘zi eng katta po- meshik bo‘lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina = 1,1 gektar) yerga egalik qilardi. Pomeshik xo‘jaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy to‘siq edi. Pomeshiklar jon-jahdlari bilan eski tartib- laming saqlanib qolinishiga harakat qilar edilar.
Rossiyada burjuaziya sinfi ham bor edi. Ularning sarmoyalari hajmi tobora o‘sib bordi. Biroq burjuaziyaning siyosiy nufuzi past, davlatni boshqarishdagi ishtiroki deyarli sezilmas edi.
Iqtisodiy ahvol R°ssiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aho- lisining asosiy qismi qishloqlarda yashardi. Shun- day bo‘lsa-da, Rossiyada kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og‘ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Uning metallurgiya, mashinasozlik, neft va ko‘mir qazib olish kabi tarmoqlari yuksala boshladi. Rossiya qisqa vaqt ichida neft qazib chiqarish bo‘yicha AQSHni ham ortda qoldirdi va dun- yoda birinchi o‘ringa chiqdi. Chetga ko‘plab kerosin eksport qilindi.
Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xol yana bir xususiyat - monopo- liyalaming vujudga kelganligi bo‘ldi. Rossiya qora metallurgiyasida ,,Prodmet“, ko‘mir sanoatida ,,Produ£ol“ nomli yirik monopoliyalar vujudga keladi. Rangli metallurgiya sohasida ,,Med“ jamiyati (1907) hal qiluvchi mavqeni egallal oldi.
Rossiya iqtisodiy tarttqqiyotiga xos yana bir xususiyat - chetga kapital chiqarishdan koTa, chetdan Rossiyaga kapital kiritishning ns- U” ‘S‘ ed.‘ Bu, bir-Wmondan, Rossiya kapitahzmining zaifligi oqibati bo Isa, ikkinchidan, Rossiyada chet el kapitaliga katta foyda keltiruv- chi sohalaming mintaqalaming ko'pligi hamda arzon ishchi kuchi- nmg mavjudligi bilan ham izohlanardi. . . .
Mamlakat sanoatiga qo yilgan chet el kapitalining asosiy qismi Fransiya kapitali edi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi ham sekinlik bilan bo‘lsa-da, taraqqiy etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish ham o‘sdi. Asosiy eksport mahsuloti - g‘alla edi.
Rossiyada kapitalizm taraqqiy etishi bilan moliya kapitali ham vujudga keldi. „Peterburg xalqaro banki“, ,,Azov-Don“ va „Rus-Osi- yo“ banklari mamlakat hayotida yetakchi rol o‘ynay boshladi.
Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda boshqa buyuk davlatlarga nisbatan orqada edi.
Rossiya imperiyasi tarkibida 100 dan ortiq mil- c siyosat va xa|g yashar edi. Ulaming hududlari turli asrlarda, turli tarixiy sharoitlarda Rossiya tomonidan istilo etilgan bo‘lib, istilo etilgan o‘lkalarda ruslashtirish siyosati olib borildi. Bos- qinchilar zulmiga qarshi ko‘tarilgan milliy ozodlik harakatlari esa ayovsiz bostirildi.
Binobarin, Rossiya imperiyasida fuqarolaming katta qismi, shuning- dek, mustamlaka xalqlari og‘ir hayot kechirardi. Bu esa qachondir katta inqilob ro‘y berishiga olib kelishi shubhasiz edi. Buning usti- ga, 1904-yildagi Rossiya-Yaponiya urushi xalq ommasining turmush darajasini yanada og‘irlashtirib yubordi. Oxir-oqibat, bu - 1905-yilda birinchi rus inqilobi yuz berishiga olib keldi. To‘g‘ri, inqilob yengil- di. Hukmron tabaqalar bu inqilobdan zarur ^aboqlar ham chiqardi. Uning asosiysi dehqonlami inqilobiy harakatdan chetlatish haqidagi saboq edi. Ikkinchisi, qishloqlarda chorizmning kuchli ijtimoiy ta- yanchini vujudga keltirish muammosi edi.
Bu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchMn agrar islohot o‘tkazishga qaror qilindi. Imperator Nikolay II 1906-yilda agrar islohot o‘tkazish va dehqonlami ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu islohot Bosh vazir P.A. Stolipin tashabbtfci bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun u tarixga „Stolipin agrar islohoti“ nomi bilan kirgan. Unga ko‘ra, dehqonlaming o‘z xususiy yeriga ega bo‘lishi masalasining quyidagi 3 usul orqali amalga^oshirilishi mo‘ljallandi:
. - jantoa yer egaligini bekor qilish ya dehqonlarga sotib olgan
,amoa yemn xuffiiy mulkka aylantinsh hantda dehqonga о z yenm sotish huquqim ham bensh;
dehqonlaming davlat va pomeshiklarga qarashli yerlami sotib ohshlan uchun ularga „Dehqonlar banki orqali yordam bensh;
yer tanqishgi kuchli bo‘lgan markaziy mintaqalardagi dehqon- larning bir qismini Sibir, Turkiston, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka o‘lkalariga ko‘chirish.
Stolipin agrar islohoti qishloq aholisining tabaqalanishini va ich- ki bozoming o‘sishini kuchaytirdi. Badavlat dehqonlar (quloqlar)ning mavqeyini mustahkamladi. Biroq agrar islohot pomeshik yer egaligini tugata olmadi.
Bundan tashqari, ko‘chib ketganlar yana avvalgi joylariga qayta ko‘chib kelishga majbur bo‘la boshladilar. Chunki ko‘chirish mod- diy jihatdan yetarli ta’minlanmadi. Shuningdek, ko‘chirish siyosati 68
milliy chekka o‘lkalardagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Bunga chekka o‘lkalardagi, xususan, Turkistondagi mahalliy aholiga qarashli eng yaxshi yerlaming ko‘chib kelganlarga berilganligi, yerli aholining esa sharoiti og‘ir yerlarga surib chiqarilganligi sabab bo‘ldi.
Shu tariqa, Stolipinning islohotlari mamlakatni „tinchlantira" ol- madi. Hukmron tabaqalar uning iste’fo berishini talab eta boshladilar. Bunga erishilmagach, 1911-yilda Stolipin otib o‘ldirildi. Lekin barcha nuqsonlariga qaramay, Stolipin agrar siyosati qishloqda kapitalizmning taraqqiy etishiga yo‘l ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |