Ta 'Um maktablarining 9- sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlagan



Download 1,25 Mb.
bet15/57
Sana27.03.2022
Hajmi1,25 Mb.
#512717
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
jahon tarixi 9 uzb

Davlat departamenti - AQSH tashqi ishlar vazirligi.
Doktrina (lotincha - ta’limot) - siyosiy rahbarlik tamoyili.
Nota (lotincha) - bir davlatning boshqa davlatga yozgan rasmiy murojaatnomasi.

  1. AQSH tashqi siyosati mohiyatini izohlab bering.

  2. ,,Yo‘g‘on kaltak“, „Dollar diplomatiyasi“, „Monro doktrinasi“ ibo- ralarining mazmunini tushuntirib bering.

  3. Panama kanali qurilishi qay tariqa amalga oshirildi?

  4. „Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar“ mazmuni haqida nimalami bilib oldingiz?


„Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta“ shiorining mazmuni nimadan iborat edi?
Xaritadan foydalanib AQSH ta’sirini o‘tkazishning asosiy yo‘- nalishlarini izohlab bering. ♦
Panama kanalining qurilishi va hozirgi ahvoli haqida referat yozing. - \

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari
. Amerika qit’asi sfiartli ravish da Shimoliy va Ja-
Umumiy tavsit nubly^™erikaga bo‘linadi. Ba’zan Lotin Ameri­kasi iborasi ham ishlatiladi. Ma’lumki, Janubiy Amerikani ispan- lar va portugallar istilo qilgan edi. Ulaming tili lotin tilidan kelib chiqqanligiga nisbat berilib, bu materik Lotin. Amerikasi deb atalgan. Lekin Lotin Amenta Janubiy Amenkaga msbatan keng tushnncha. Unga Janubiy Amenkadan tashqari Meksika (Shimoliy Amerikanmg bit qismi) va Markaziy Amenka hududlari ham kiradi (.lovaga qa- rang).
Shimoliy va Lotin Amerikasinmg taraqqiyoti bir xil darajada kechgani yo‘q. Shimoliy Amerikada joylashgan AQSH dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo‘lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda or- qada qolib ketdi.
Buning asosiy sababi Lotin Amerikasi davlatlarini tashkil etgan hukmron doiralar va ulaming vakili bo‘lgan siyosiy arboblar kelib chiqishiga ko‘ra ispaniyalik va portugaliyaliklar bo‘lganligi bilan izohlanadi.
Ispaniya va Portugaliya bu davrda G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy jihatdan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlari edi. Bu ikki davlat jamiyati hayotida o‘rta asr feodal tartiblarining hamon saqlanib ke- linayotganligi buning asosiy sababi edi.
Lotin Amerikasi davlatlari hukmron doiralari aynan shu ikki davlatda hukm surayotgan o‘rta asr feodal munosabatlariga asoslangan andozadagi tartiblami o‘zlarida ham saqlab turganlar. Chunki xuddi shu tartiblar ularga hokimiyatni o‘z qo‘llarida mustahkam saqlab tu- rishning kafolati bo‘lgan o‘rta asr feodal tartiblarining saqlanib qol- ganligi Lotin Amerikasida ham jamiyat taraqqiyotining orqada qoli- shiga sabab bo‘lgan.
Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bolgan davlatlaming tashkil topish jarayoni 1870-yilga kelib, deyarli tugallandi. Argen­tina, Meksika, Chili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mamlakatlari Ispaniya zulmiga qarshi uzoq vaqt o‘z mus^qilliklarini saqlash va feodal monarxiyani ag‘darib tashlash uchun kurashdilar.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligida XIX asming oxir- gi choragida sanoat taraqqiyoti endigina tkishlangan edi. Ulaming iqtisodiyotida kapitalistik munosah^tlar bilan bir qatorda, feodal mu- nosabatlar, qulchilik qoldiqlari va hindulaming sodda urug‘-qabilachi- lik jamoalari ham mavjud edi. Bi^mamlakatlaming asriy qoloqligidan Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH va Germaniya kabi rivojlangan davlatlaming monopolistlari foydalanib qoldilar. XIX asrning oxir- lariga kelib, Lotin Amerikasi mamlakatlari amalda Buyuk Britaniya va AQSHning yarimmustamlakalariga aylanib qoldilar.
Lotin Ameritoi davlatlarida kapitalizmning qaror topishi uzoq va о ta mashaqqath yo Idan bordi. Bu mintaqaga eng ко p kapi- tai kiritgan davlat Buyuk Britaniya edi. Asosiy mablag'lar bandar- gohlarga, tenuryo liar qunltshtga, banklarga hamda troptk о stmhklanu o stinshga va go sht sanoatiga sarflanardi.
XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSH kapitali ham kirib kela boshladi.
. . x ..... 1868-1878-yillarda Kuba xalqi ispan mus- Kubanmg mustaqillik , . . ... . , . ,..? . , ■ ...
tamlakachilanga qarshi ozodhk kurashi ohb bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib ol- gan edi). Biroq Ispaniyaga qaramlikdan ozod bo‘la olmadi. Shunday bo‘lsa-da, qulchilikning bekor qilinishiga erishdi.
Tez orada Kubaga AQSH da’vo qila boshladi. U Kubani sotib olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq Ispaniya rozi bo‘l- madi. 1895-yilda Kuba xalqi o‘z milliy qahramoni Xose Marti ham- da Maksimo Gomeslar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardi.
Parijda imzolangan Ispaniya-AQSH sulh shartnomasiga ko‘ra, Kuba mustaqil deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda AQSHga qaram bo‘lib qoldi.
M . .. . n. XIX asming 70-yillarida AQSH-Meksika (Mek- ediktaturasiiaS s^a 1^21-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritgan edi) munosabatlari keskinlasha bordi. Bunga AQSHning Meksikani o‘ziga siyosiy va iqtisodiy qaram qilishga in- tilishi sabab bo‘ldi. AQSH o‘ziga chegaradosh Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo‘llar qurish uchun Mek-
sika hukumatidan ruxsat so‘radi. Biroq hukumat bu murojaatni rad etdi. Natijada, davlat to‘ntarishi uyushtirildi. AQSH va mahalliy po- meshiklar reaksiyasiga tayangan Porfirio Dias 1876-yilda prezident deb e’lon qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1911-yil- gacha turdi. 11 ▼
Dias diktaturasi davri Meksikani chet el ^monopoliyalarining ya- rimmustamlakasiga aylantirish davri bo'ldi.
Dias idora qilgan davming oxiriga borib, AQSHning Meksikaga qo‘ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. AQSH Meksikaning neft konlarini, tashqi savdosini o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi.
1909-yilda esa Meksikada hosil bo‘lmadi. Oqibatda, dehqonlar g‘alayoni boshlandi. Dehqonlar harakatiga Emiliano Sapata rahbar- lik qildi Sapata „Dehqonlami himoya qilish xuntasiyi tuzdi. Uning shion „Yer va ozodhk degan chaqinqdan iborat edi.
mm -al l 1910-yil iyulda Meksikada prezidentlik say-
1910-yilgi prezidentlik , . •<, x x _ _. . _ . , '
saylovi OV1 0 tkazlld1' P^tator Diasm prezidenthk-
ka qayta saylashga qarshi turgan ко pchihk muxolifat yetakchisi Madero atrofida birlashdi.
Prezidentlikka saylovda Madero o‘z nomzodini qo‘ydi. Saylov oqibatlaridan qo‘rqqan Dias Maderoni turmaga tashlatdi.
Saylovlar tinch o‘tib, odatdagidek, Dias yana g‘alaba qozondi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, turmadan bo‘shatilgan Madero saylovlar- ning soxtaligini oshkor qilib, o‘zini esa qonuniy prezident deb ata- di. Diktatura davrida hindulardan tortib olingan noqonuniy yerlarini qaytarib berishga, pomeshiklarga qarashli yerlaming bir qismini haq to‘lash evaziga dehqonlarga berishga va’da berdi. Xalqni qo‘zg‘olonga chaqirdi. Xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib ketgan Dias Meksikadan qo- chishga majbur bo‘ldi.
Madero esa poytaxtga kirib keldi va prezidentlik lavozimini egal- ladi. Biroq Meksikadagi og‘ir ichki siyosiy vaziyat tufayli u biror jiddiy o‘zgarishlar qila olmadi. Shunday bo‘lsa-da, ish kunini 10 soatgacha cheklab qo‘ydi va ishlab chiqarishda jarima tizimini be- kor qildi. Chet el kapitalini cheklashga va milliy iqtisodini himoya qilishga intildi.
ri 1 ггы 1 • AQSH Maderoning siyosatiga dushmanlik bilan
u er diicx aiu г л s i ■« ■« • • 1111* 1
qaradi va diktator Diasnmg maslakdoshi, general Uertani Maderoga qarshi gijgijlay boshladi. AQSHning qo‘llashidan ruhlangan Uerta 1913-yilda davlat to'ntarishi o‘tkazdi. Madero otib tashlandi.
Uerta diktaturasi Meksikadagi ahvolrfi yanada og‘irlashtirdi. Faqat oddiy xalq emas, balki milliy burjuaziya va burjualashgan po- meshiklaming bir qismi ham Uertaga qarshi chiqdilar. Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Milliy vatanparvar kuchlar general Uerta diktaturasini ag‘darib tashladilar.
M . .. . .... XX asr boshlarida Meksikada qudratli dehqonlar
e si a mqi о i boshlandi. Buning sababi dehqonlar -
ning yersizligi edi. Dehqonlar harakati inqilobga aylandi. Bu inqilob (1910-1917) Meksika tarixiga „Burjua inqilobi“ nomi bilan kirgan. Mamlakat janubidagi dehqonlar harakatining rahbari Emiliano Sapata 1911-yilda o‘z agrar dasturini e’lon qildi. Bu dastur hindulardan tortib olingan yerlami ularga qaytarib berish, qolgan barcha yerlami musodara qilish va ulami yersiz dehqonlarga bo‘lib berish kabi talablardan iborat edi.

Mamlakat shimolidagi dehqonlar haraka­ti rahbari Fransisko Vilya bayrog‘iga „Yer va ozodlik“ shiori yozilgan edi. E. Sapata va F. Vilya qurolli kuchlari 1914-yilda mamlakat poytaxti Mexiko shahrini egalladi. Lekin, ko‘p o‘tmay, hukumat qo‘shini ularni chekinishga majbur etdi. 1917-yilga kelibgina dehqonlar qo‘zg‘oloni bostirildi. E. Sapata va P. Vilyalar turli yillarda yollangan qotillar tomonidan o‘l-
Emiliano Sapata dirildi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa-da, izsiz ketmadi. Huku- mat agrar masalani qisman bo‘lsa-da, hal etdi. Chunonchi, latifundist- lar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi. Bundan tashqari, 1917-yilda demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish