O`ZBEK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA QARSHI MILLIY-OZODLIK HARAKATI. JADIDCHILIK.
REJA:
Rossiya imperiyasi qo`shinlarining O`rta Osiyoning xonliklariga istilochilik yurishlari.
Rossiya imperiyasining o`lkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Rossiya aholisini ko`chirib keltirish siyosati.
Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish
Rossiya imperiyasi qo`shinlarining O`rta Osiyoning xonliklariga istilochilik yurishlari. XIX asr ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo xonliklaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahvol tang darajada bo`lganligi bu paytda jahondagi eng agressiv davlatlar qatoriga kirgan Yevropa davlatlariga insbatan iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolayotgan Rossiyaning Markaziy Osiyoni o`ziga bo`ysundirish niyatini ro`yobga chiqarishini tezlashtirdi. Bu niyat Rossiya imperatori Pyotr I (1672-1725) davrida tug‘ilgan bo`lib, Markaziy Osiyoga 1715-yilda Buxoroga Buxgols, Xivaga 1716-1717 yilda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida harbiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan edi. Lekin bu harakat, undan keyingi boshqa harbiy harakatlar ham jumladan, 1839-40 yillarda Perovskiy boshchiligidagi harbiy yurish ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmi davomida rus hukumati Pyotr I orzularini amalga oshirish yo`lida uning vasiyatlarini bajarib, qipchoq dashtlarini o`ziga bo`ysundirdi va u erda harbiy istehkomlar bunyod etdi. Bu davrda Rossiya uchun sanoatni rivojlantirish, uni xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun yangi bozorlar kerak edi.
Rossiyaning agressiv tashqi siyosati davomida uning kelajakda imperiyani kengaytirish uchun Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston, Eronga uyushtiradigan harbiy yurishida, janubdagi dengizlar, ular orqali okeanga chiqishida Markaziy Osiyo platsdarm vazifasini bajarishi kerak edi.
Chorizmning Turkistonga bo`lgan qiziqishi o`lkadagi katta er osti boyliklari bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga XIX asr o`rtalarida Markaziy Osiyoda Rossiya va Angliya manfaatlari to`qnashdi. XIX asr o`rtalariga kelib Chor Rossiyasi Markaziy Osiyo hududlariga yaqinlashib qoldi. O`z navbatida janubdan Hindiston va Afg‘oniston orqali Angliya ham Markaziy Osiyoga intilmoqda edi. Shunday qilib, bu erda Angliya va Rossiya manfaatlari to`qnashdi. Bular quyidagilar edi:
Rossiya manfaatlari:
1. O`rta Osiyoni arzon xomashyo bazasiga aylantirish;
2. Markaziy Osiyo bozorini egallash, ya’ni o`z mahsulotlari uchun tashqi bozor ochish;
3. Rossiya markaziy shaharlarida ko`payib ketgan va er islohoti natijasida paydo bo`lgan ortiqcha ishchi kuchi va aholini ko`chirish;
4. Turkiston orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish;
Angliya manfaatlari esa;
1. O`zbek xonliklari bilan diplomatik va savdoiqtisodiy aloqalarni kuchaytirish;
2. Rossiyaning rejalarini barbod qilish, uchchala xonlikni Rossiyaga qarshi bir kuch qilib birlashtirish;
3.Markaziy Osiyo bozorlarini egallash;
4. Sharq da o`z manfaatlarini himoya qilish;
Tabiiyki, Rossiya o`z maqsadiga erishish uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko`rdi. Xususan, janubig‘arbda Orenburg, Sharq da Omsk harbiy qal’alari, ularni bog‘lovchi front liniyasi barpo etildi. Bu ikki tayanch harbiy istehkom oralig‘ida 46 ta katta va 96 ta kichik qal’alar qurildi. Ularga qo`shimcha qurolyarog‘, oziqovqat, otulov, kiyimkechaklarning zahirasi to`plandi.
Shunday qilib, chor Rossiyasi bir qator iqtisodiy va siyosiy sabablarga ko`ra XIX asr o`rtalarida o`zining Markaziy Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlarini boshlab yubordi. Dastlabki urush harakatlari ham Sharq dan, ham g‘arbdan qo`qon xonligiga qarshi qaratildi. qo`qon xonligi ikki tomondan xavf ostida qoldi.
Oldindan belgilangan reja asosida rus qo`shinlarining hujumi qo`qon xonligiga qaratildi. Zamonaviy qurollar bilan to`la ta’minlangan 2850 kishilik rus qo`shini bir yil oldin mag‘lubiyatga uchragan general Perovskiy boshchiligida 1853 yil iyul oyida Oqmachit qal’asiga hujum qildi. Oddiy qurollar bilan qurollangan 400 ga yaqin qal’a himoyachilari 20 kun davomida dushman hamlasini qaytarib, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik namunalarini ko`rsatdilar. Ammo, kuchlar teng emas edi. Nihoyat, og‘ir qamal natijasida va hech qanday yordam bo`lmagach 1853 yil 28 iyulda Oqmachit himoyachilari taslim bo`lishdi.
1853-1856 yillardagi Qrim urushi sababli Rossiya Markaziy Osiyodagi harbiy harakatlarini to`xtatib turishga majbur bo`ldi. U Qo`qon xonligidagi faol harakatini 1860 yil yozidagina qayta tashkil qila oldi. Ko`p o`tmay Shimoliy Sharq da Sibir general-gubernatori Gosford ham hujumga o`tib, Qorabuloq, Verniy(Olmaota) qal’alarini barpo etib, Qo`qon xonligiga qarashli Ettisuv(hozirgi Qirg‘iziston)ga kirib bordi va 1860 yilda xonlikning To`qmoq, Pishpak(hozirgi Beshkek) qal’alarini bosib oldi.
1864 yilda general Chernyaev va Veryovkin qo`shinlari hujumga o`tib, Avliyootani egallab qo`qon xonligining muhim va tayanch shaharlari Turkiston va Chimkentga xavf sola boshladi. Qo`qon xoni Turkiston va Chimkentni himoya qilish uchun katta kuch bilan sarkarda Alimqulni yuboradi. Bu orada general Veryovkin Turkistonni olib bu erdagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasidagi noyob tarixiy asaru-atiqalarni talon-taroj qilib Rossiyaga jo`natib yubordi. Chernyaev esa Chimkentni qamal qildi. Ammo Alimqul qo`shinlarini enga olmadi. Janglar juda og‘ir bordi. General Chernyaev 1864-yil 22-sentyabrda Chimkentni egallashga muvafaiq bo`ldi. Shunday qilib, Turkiston va Chimkentning qo`ldan ketishi chor qo`shinlariga Toshkent sari yo`l ochdi. General Chernyaev shu yiliyoq Toshkentni olishga kirishdi. Ammo buni uddasidan chiqa olmadi. Chimkentga qaytib qishni o`tkazdi, tayyorgarlik ko`rdi.
1865 yil bahorida Chernyaev qo`shinlari yana Toshkent sari yo`lga chiqib Niyozbek qal’asini oldi. SHahar suv ta’minotini bo`g‘ib qo`ydi. Bu vaqtda Toshkentda 100 ming aholi, 4 ta daha, 12 ta darboza, 189 ta masjid, 10 ta madrasa bo`lib shahar uzunligi 25 chaqirim, eni 2-3 metr, balandligi 5-7 metr devor, uning atrofi esa suv bilan o`ralgan edi. Toshkent o`zini qattiq mudofaa qildi. Bunda sarkarda Alimqulning hizmatlari katta bo`ldi. 1865 yil 9 mayda Alimqul jangchilari, shahar mudofaachilari bilan Chernyaev qo`shinlari to`qnashdi. Himoya-chilarning fidokorligi, Mulla Alimqulning tadbirkorligi yangi harbiy qurollar va muntazam harbiy qo`shin oldida ojiz edi. Jangda Alimqul halok bo`ldi. Bu mudofaachilarni sarosimaga soldi. Toshkentni ruslar 42 kun deganda bosib oldilar.
CHernyaev shaharning taniqli kishilari Hakimxo`ja qozikalon, Abduraxmon Eshon, domla Solihbek Oxunlar bilan muzokara o`tkazib, ularniToshkent aholisi o`z ixtiyori bilan Rossiya imperiyasi tarkibiga qo`shildi degan soxta xujjatga qo`l quyishga majbur qildi. Ular bunga rozi bo`lmagach jazolandi. So`ngra Abdusattor qoraboshi o`zi ahdnomani to`ldiradi, u shahar kattalariga majburan imzolantiriladi.
Nima uchun chor Rossiyasi bunday qildi? Sabab: birinchidan, rus hukumati Angliya bilan urushdan cho`chidi, ikkinchidan, jahon jamoatchiligi oldida o`zini oqlashga urindi. Toshkent olingach, shu vaqtga qadar bosib olingan erlar negizida Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Toshkent viloyati tashkil etildi. Natijada Toshkent barcha siyosiy va harbiy masalalarda rus qarorgohi xizmatini bajaruvchi makonga aylanib qoldi.
Endigi vazifa Buxoro amirligi bilan orani ochiq qilish edi. 1865-1866 yillarda rus qo`shinlari Qo`qon xoni va Buxoro amiri o`rtasida hamisha qo`ldan-qo`lga o`tib turgan Xo`jand, O`ratepa, Jizzax shaharlarini qattiq janglardan keyin egalladi.
1866-68 yillarda olib borilgan urush harakatlarida amirlikning Samarqandgacha bo`lgan hududi Rossiya tarkibiga o`tdi. Buxoro amiri Muzaffarning ko`rgan tadbirlariga, xalqning qahramonona qarshiliklariga qaramasdan 1868 yilgi Cho`ponota va Zirabuloq janglarida ruslarning qo`li baland keldi. Hal qiluvchi jang 1868 yil iyunda Zirabuloq yaqinida bo`lib o`tdi. Unda amir Muzaffar engildi. Natijada amir Muzaffar Qo`qon xoni Xudoyorxon (1864-1879) kabi Rossiya bilan noteng sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. Qo`qon xonligiga va Buxoro amirligiga tegishli bo`lgan erlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o`tkazildi. Katta miqdorda tovon puli to`landi. 1868 yil 23 iyulda sulh tuzildi. Unga ko`ra Buxoro amirligi Rossiya vassaliga aylanib oyoq-qo`li bog‘lab tashlandi.
Olinmas qal’a hisoblangan Xiva xonligiga ruslar qattiq tayyorgarliklardan keyin 1873 yilda hujum qildilar. Ancha esankirab qolgan qo`qon va Buxoro jim edi. Xiva Angliyadan yordam kutdi, ammo bo`lmadi. Uning o`zida 27 ta eski zambarak, 2 ming otliq, 4 ming navkar bo`lib, chorizm unga qarshi 37 ta rota, 2400 kazak va 26 ta to`p tashladi. Ko`rinib turibdiki, ustunlik Rossiya tomonida edi. Xonlikdagi qoloqlik, harbiy texnika va san’atning pastligi bu erda ham ruslarning g‘olib kelishiga asos bo`ldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz (1864-1910) 1873 yil 12 avgustda Gandimiyon shartnomasini imzoladi. SHartnomaga asosan Xiva xonligi chor Rossiyasiga 2200000 oltin so`m tavon to`ladi hamda Amudaryoning o`ng qirg‘og‘idagi erlaridan va mustaqil tashqi siyosat yurgizishidan mahrum bo`ldi. Xiva xonligi taslim bo`lib, qaram, vassal davlat bo`lib qoldi.
Ruslarning Markaziy Osiyodagi harbiy harakatlari XIX asrning 80-yillari o`rtalarigacha davom etdi. Rossiya o`lkamiz xalqlarini kuch, qurol, talonchilik va vayrongarchilik yo`li bilan bosib oldi.
CHor Rossiyasi 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligini tashkil etib, o`lkani boshqarish katta vakolatlarga ega bo`lgan Turkiston general-gubernatorligiga topshirildi. Turkiston general-gubernatori lavozimiga general K.P. fon Kaufman tayinlanadi.General-gubernator katta huquqlarga ega bo`lib, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borishi, soliq siyosatini belgilashi, rus fuqaroligi huquqini berishi, mahalliy aholi ustidan chiqarilgan turli hukmlarni ijro etishga ruxsat berishi mumkin edi. Shunga yarasha K.P. fon Kaufman rahbarligida «Vaqtli Nizom» ishlab chiqiladi. Bu «Nizom» chor ma’muriyatining mustamlakachilik siyosati manfaatlariga to`la mos kelayotgani sezila boshlangach, Fon Kaufman Rossiya imperatoriga 1873 yilda Turkiston o`lkasini boshqarishning yangi nizom loyihasini taqdim etadi. Nizom 1886 yilda podsho Aleksandr II tomonidan tasdiqlanadi. Nizomning asosiy g‘oyasiga ko`ra, o`lkada Rossiya hukmronligi yanada mustahkamlanishi, o`lka erlari avvalgidek harbiy vazirga bo`ysindirilishi nazarda tutilgan. Markaziy o`lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va Mahkamasidan iborat edi.
Fon Kaufmanga Rossiya xududida birorta ham gubernatorlar ega bo`lmagan huquq va imtiyozlar berildi.
Turkiston general-gubernatorligiga berilgan huquqlar:
1. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish;
2. Soliq siyosatini (mustaqil) belgilash;
3. Rus fuqaroligi huquqlarini berish;
4.Mahalliy aholi ustidan chiqarilgan hukmlarni belgilash;
Turkiston harbiy okrugi va general-gubernatorligining asosiy vazifalari:
1. O`lkada harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirish;
2. Rossiya manfaatlarini har tomonlama himoya qilish;
3. O`lka tabiiy boyliklarini talash;
4. Buxoro amirligi va Xiva xonligi faoliyatini nazorat qilish;
5. Ma’muriy boshqaruv apparatiga asosan ruslarni jalb etish va h.
Shuningdek generalgubernatorlik tarkibida quyidagi viloyatlar tashkil etildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |