Reja juda og'ir sharoitlarda amalga oshiriladi. Shuning
uchun ham munavvarlik
quvonchi pasaygach, Mattis maqbulroq bir chora topishga haqqim bor,
degan
xulosaga keldi.
Ertasi kuni u Yorgen ishga ketguncha sabr qilib o'tirdi-da, so'ng tantanavor
ko'rinishda Xegening oldiga kirdi. Xege o'z koftalarini to'qib o'tirar va o'zicha
ming'illab bir narsani xirgoyi qilar edi.
— Nima bo'ldi, Mattis? — so'radi u kuylashni to'xtatib. Mattisning afti-angoridan
qandaydir juda jiddiy gap ochmoqchi ekanligi ko'rinib turardi.
— Bu muhim, — dedi u. — Sen o'ylaganingdan muhimroq.
— Qani, ayt bo'lmasa, — bir oz sabrsizlik bilan talab qildi Xege.
Mattisning ovozi xuddi tomog'i qurigandek eshitildi.
— Ayt, Yorgen bilan bo'lishni xohlaysanmi, men bilanmi... endi... — u gapning
po'stkallasini aytib qo'ya qoldi.
Ortiq Xegega izohning keragi yo'q edi. O'ylab o'tirishga ham muhtojligi yo'qdek
ko'rinardi.
— Hammasi qanday bo'lsa, shunday qoladi, — dedi u qat'iy ravishda. — Men kim
bilan bo'lishimni o'zing ham bilasan, men o'sha bilan bo'Iaman... Endi...
— Ha, lekin u holda... — dedi Mattis qat'iyatsiz. Lekin gapni xato boshlaganini,
ortiqcha gapirib yuborishiga
sal qoiganini payqab, o'zini to'xtatib qoldi. Xege har
narsani bir yoqlama baholardi.
— Bu tabiiyligini tushunmaysanmi, axir? O'zing o'ylab ko'r.
U o'ylab ko'rdi va Xegening haqligini tan olishga majbur bo'ldi, ammo hali
hammasi o'zgarishi mumkin-ku! U bu fikrga yopishib oldi. O'zgarishi' mumkin,
bilaman. Tugadi. Tamom. Dalada bir-birini chimchilaganlarning muhabbati
tugagani kabi.
— Xege, hech narsa o'zgarmasligiga ishonasanmi? —
hammasi uning javobiga
bog'liq edi.
— Ha, shu yerda o'tirganimga ishonganimday ishonaman, —javob berdi u. —
Xudoga shukur.
Mattisning boshi egildi:
— Nima ham der edim...
Xege nima deyayotganini biladi. Uning ovozi toshday qattiq edi. Endi Mattisda
Xegeni o'ziga qaytarishga hech qanday umid qolmadi.
— Bu oqil va qiyin ish, — dedi Mattis. — Ha, unday qilish oson emas.
— Nimani? Qanday qilish? — so'radi Xege. —
Nahotki Yorgen ikkimizni
keragicha daromad ishlab topisholmaydi deb o'ylasang?
Mattis lol bo'lib qoldi: Xege hech nimani tushunmabdi.
— Sen men uchun sevinishing kerak, Mattis, — Xegening bu so'zlari hammasini
hal qildi.
Shirq: qulf qulflandi.
— Ha... sevinishim... — dedi u. Berkildi. Endi gaplashadigan gap qolmadi.
— Yana bir nima demoqchimiding? — do'stona ohangda so'radi Xege, chunki
Mattis indamasdi, ammo ketmasdi ham.
Mattis boshini chayqadi. Xege, hammasi ravshan... Bundan ham
ravshanrog'i bo'lmaydi, deb javqb berdi unga. Demak, masala hal. U o'zining