T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
 
36 
Xege uyga chopib kelayotgan ukasini ko'rganda qo'lida ushlab turgan 
narsalarini tushirib yubordi, uy eshigidan ko'cha eshikka, ko'cha eshikdan 
so'qmoqqa otildi. Supurgi o't qoplagan tepalik orasidan o'tuvchi bu so'qmoq unga 
juda uzun ko'rindi. 
— Daraxt bosib qoldimi? 
— Kimni? 
— Kimni deganing nimasi? 
— Yorgenmi? Yo'q, u daraxt kesyapti, shundayki, boltasidan har yoqqa faqat 
payraxalar uchadi. 
— Xudoga shukur-e, hammasi joyida bo'lsin iloyim.— Xege suyunib ketdi. — 
Sening shamolday uchib kelayotganingni ko'rib, bir balo bo'pti, deb o'yladim. 
Esingda bo'lsin, Mattis, daraxt kesiladigan joydan bunday chopib kelmaslik kerak, 
bo'Imasa, odamlar bir falokat yuz beribdi, deb o'ylashlari mumkin. 
Men buni unutibman, — dedi past ovoz bilan Mattis. — Xayolim butunlay 
boshqa narsada edi. 
— Senga nima bo'ldi? 
— Ha yo'q, hozircha hech nima. Men senga buni oldindan dangal aytolmayman. 
Mattis gaplari chalkashib ketayotganini sezib turardi. 
— Men sen bilan gaplashib olishim kerakligi uchun uyga chopib keldim, seni 
ko'rgim kelgandi. 
Xege piqillab kuldi. 
— Meni ko'rging keldi? Topgan gapingni qara! Sen meni qo'rqitib yubording: u 
daraxt ostida qoptimi, debman. 


Mattis qoyilmaqom rejasini darhol amalga oshiraman deb turganda oldindan 
nobop ahvolga tushdi. Yorgen o'rmondaligida Xegeni o'zimga og'dirib olaman 
degan umidda negayam jinnilarga o'xshab uyga yugurib keldi? U yerda o'ziga 
birdan-bir chora shu bo'lib ko'ringandi. Yo'q. Xege Yorgenni qattiq sevarkan: u 
daraxt tagida qolmaganidan shu qadar baxtli ediki, o'zini naq yettinchi falakda his 
qilardi. 
Opa-uka shoxdevor yonida turardilar. Xege o'zi ham sezmagan holda 
Mattisga rejasini amalga oshirib ko'rishiga yordam berib yubordi. Xege sevinchi 
ichiga sig'may, Mattisni quchoqladi va uni do'nglikka o'zi bilan yonma-yon 
o'tqazdi. 
— O'tir, nafasingni rostla, — dedi u xursandchilik bilan. — Chopganingda 
boshdan oyoq terlab ketibsan. 
Ular xuddi ilgarigiday, dunyoda ikkovlaridan bo'lak hech kim yo'qday do'nglikka 
yonma-yon o'tirishdi. Mattisning ko'z o'ngida qutulish chorasi yarq etib ko'rindi — 
u nima qilish kerakligini tushundi. 
Oldin u Xegega qarab jilmaydi. Xege ham xursandchilik bilan Mattisga 
qarab jilmaydi. 
Keyin Mattis bosh irg'adi. 
Xege ham bosh irg'adi. 
Bu xuddi unutilgan va birdan qayta yodga tushgan eski o'yinga o'xshardi. 
Ammo Mattis Xege o'ylaganiday juda ham sodda, go'l odam emasdi: rejasi yodida 
edi. 
— Mana sen bilan do'ngda o'tiribmiz, — deb gap boshladi Mattis. 
Xege bosh irg'adi. Mattis davom etdi. 
— Biz ilgari ham sen bilan do'ngda o'tirardik. 
— Ha, — uning fikriga yopishib oldi Xege. — Bu yaqin-yaqinginada edi. 
Mattis kulib yubordi, hammasi o'ylaganiday ketayotgan edi. Endi u Xegeni 
sezdirmay Yorgendan tortib olishi kerak edi. 
— Sen bilan ikkimiz do'ngda o'tirganimiz — bundan ham yaxshiroq baxt bormi? 
Xege biroz ajablandi, ammo Mattis fursatni qo'ldan chiqarmay qo'shimcha qildi: 
— Menimcha, biz do'ngda Jco'proq o'tirishimiz kerak. 
— Shunaqami? 
— Seningcha qanaqa? Xege javob bcrdi: 
— O'tiraver, hech kirn senga xalal bermaydi. Mattis opasi o'zini undan ayirib 
olganini payqadi. 
Chekinishga vaqt qolmagan, endi masalani ochdi-ochdi qilib olmasa boimasdi. 
— Sen-chi, sen? Sen men bilan birga o'tirasanmi? 
— Buni menga nima aloqasi bor? — so'radi u. Opasining ko'zlari o'ynab turar, bu 
esa Mattisning qalbini og'ritardi. 
— Nega ammo? 
— Kim bilan o'tirishimni bilasan-ku, — deb javob berdi u. 
Xege buni shunday oddiy qilib aytdiki, Mattisning rejasi bir pul bo'ldi, undan nom-
nishon qolmadi. Mattisning qat'iyati va kashfiyoti g'alvirdan o'tgan suvday oqib 
ketdi. U o'yinni boshlamasidan burun oxirigacha yutqazdi. 
— Boshqa gaplashadigan gapimiz yo'q, — dedi u g'amgin va o'rnidan turdi. 


Xege indamadi, hatto unga o'girilib ham qaramadi. Mattis qo'shimcha qildi: 
— Ajab, do'nglik ham yordam bermadi. Men bo'lsam, Yorgen kelmasidan burun 
seni o'zimga og'dirib olish qo'limdan keladi deb o'ylagandim. 
Xege hamon yumshoq o'tli do'ngda o'tirardi. Nihoyat u ham o'rnidan turdi. 
— Eh, men hatto bilmayman ham, — deb qo'ydi u esankirab. 
— Nimani? 
— Biz sen haqda gaplashmaymiz deb o'ylaysanmi? 
— Bilaman, gaplashasizlar, — dedi tez-tez Mattis. 
— Biz qo'limizdan neki kelsa hammasini qilamiz,— dedi Xege. — Umid 
qilamanki, sen buni anglaysan. 
Mattis uni eshitmasdi. U faqat opasining shoxdevor eshigini ochib ichkari 
kirganini, so'ng uyga yashiringanini ko'rdi, xolos. Mattisni endi boshqa masala — 
«zo'r fikr» degan gap qiziqtirardi. Zo'r fikr— nima u, ochig'ini aytganda? Hech 
nima. Sen zo'r fikr bilan kelib, aqlli odamga og'iz ochishing bilan u axlat 
chelakdagi axlat kabi yerga sochilib to'kiladi. Xegega bor-yo'g'i bir-ikkitagina so'z 
aytgan edi, Mattis o'zi xarob bo'ldi, rejasi ham kunpayakun boiib, xoki tuproqqa 
aylandi. 
Biz qo'limizdan neki kelsa, hammasini qilamiz, dedi u. Bu borada Xege 
nimani ham tushunardi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish