34
Mattis har doim, endi Yorgen nima qilarkin, deb kutib yurardi. Yana undan
nimani talab qilarkin? Bunday odamlardan har baloni kutish mumkin.
Ich-ichidan Mattis momaqaldiroq paytidagi ishi uchun Yorgendan minnatdor edi.
Qisqa muddat ichida bo'lsa-da, Mattis o'zini haqiqiy erkakligini ko'rsatdi. U o'zi
umuman ko'rinishdan nochor bo'lsa-da, aslida u qadar ojiz-notavon emasdi, faqat
yomon narsalarni oldindan sezishi tufayli qiynalib yurardi. U Xege bilan Yorgen
bir-biri bilan chiqishib ketganini, Yorgen o'rmondan qaytganda Xege ochilib
ketishini ko'rib turardi. Zo'rg'a payqaladigan ko'pdan ko'p belgilar Xegening
oldingi hayotdan va Mattisdan juda uzoqlashib ketganini aytib turardi.
Holim nima bo'ladi?
U tinimsiz Xege bilan Yorgenni kuzatardi.
Balki ular meni yolg'iz yashashi mumkin, deb o'ylashar? Ehtimol, bu haqda
umuman o'ylashmas.
Bir kuni Mattis Xegedan to'g'ridan to'g'ri so'rab qoldi:
— Nega jala yog'gan kuni Yorgen meni chiqishga majbur qildi?
— Bunga qanchalik chidashingni bilmoqchi bo'ldi, —javob berdi Xege. —
Ko'rdik, sen biz o'ylagandan ko'ra chidamliroq ekansan.
Bu so'zlar Mattisni junjiktirdi. Nimaga chidamli ekanman? O'shanda mazam
qochganda, u rosa sevingandir? Ammo bu uning birinchi odimi edi.
U, xavotir va qora hissiyotlar qo'ynida ko'l bo'ylab suzardi. Ko'ldan o'tishni
xohlovchilar yo'q, haliyam yonidan goho-goho motorli qayiq g'arbiy yonbag'irlarga
o'tar, hech kim Mattisning yordamiga muhtoj emasdi.
Men Yorgendan faqat bittagina yaxshi narsani — qizlar bilan qanday
muomala qilishni o'rgandim. Men ko'p narsani bilmas ekanman. O'shanda Inger
bilan Annaning oldida noto'g'ri ish qilib qo'ymaganim — juda ajoyib bo'lgan ekan-
da!
Ularning nomlari ham doim Mattisning xayolida. U qayig'ida bukchayib
o'tirar va eshkaklarni ohista-ohista yurgizardi. Ko'p o'tmay Mattis yana kelguvsi
hayot haqida gap ochdi.
— Biror qarorga keldinglarmi? — deyarli yovqarash qilib so'radi Xegedan. —
Nimaga ahd qilganlaring-ku shundog'am ravshan.
— Yo'q, — dedi Xege beparvo. — Haliyam bir qarorga kelmadik. Yaxshi yashab
turibmiz-ku. Sen ham bum' o'ylama.
Xegeni tanib bo'lmay qoldi: aytgan gapini ham eslamaydi. Opa-uka birga
bo'lgan onlarida Mattis Xegening quvonchdan to'lib-toshib yurganlarini ko'rar,
o'zini uning quvonchlariga sherikday his qilardi va ular bilan quvnoq va jasur,
deyarli gerdayib muomala qilardi.
— Menga hamma gapni to'ppa-to'g'ri aytaversanglar bo'ladi, — deb qoldi bir kuni
Mattis.
— Nimani aytyapsan?
— Men hammasiga chidayman, — ichida qattiq qo'rqayotgan bo'lsa ham, tashida
sirli va'dalar berdi u.
Xege unga shubha bilan xavotirlanib qaradi, ammo hech narsani ko'rmadi. U
tezroq o'z baxti qobig'iga keta qolgisi keJardi.
— Ilgari qanday edi, esingdami? — deb gap boshladi Mattis va gapini tugatmay
o'rnidan turdi-da ketdi. Haddan ziyod ko'p xotiralar xayolida jonlana boshlagan
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |